Tayanch so‘z



Download 256 Kb.
bet26/58
Sana16.03.2022
Hajmi256 Kb.
#496269
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58
Bog'liq
ma\'ruza

Nazorat savollari:


    1. Ekstremizm, aqidaparastlik, mutaassiblik va terrorizm tu­ shunchalarining mazmuni nima?

    2. Ekstremistik g‘oya va qarashlar paydo bo‘lishining saba­ bi nimada?

    3. Diniy mutaassiblikning ilk paydo bo‘lishi qaysi davrga bo­ rib taqaladi?

    4. Xorijiylikning kelib chiqishi haqida ma’lumot bering.

    5. Xorijiylik yo‘nalishi va ta’limoti haqida gapirib bering.

    6. Hashshoshiylar va qaramatiylar haqida nimalarni bilasiz, ma’lumot bering.

    7. Soxta salafiylikning buzg‘unchi mohiyati nimalarda namo­ yon bo‘ladi?

9-Mavzu: O‘zbekistonning din niqobidagi ekstremizm va terrorizmni oldini olish va unga qarshi kurash borasida olib borayotgan siyosatining mohiyati.
Reja:

    1. Ekstremizmning oldini olishda mintaqadagi hamkorlik shakllari.

    2. O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqa- ro tuzilma va tashkilotlardagi ishtiroki.

    3. O‘zbekiston Respublikasida terrorizm xavfining oldini olish masalalari.

Tayanch so‘z va iboralar: xalqaro xavfsizlik, mintaqaviy hamkor- lik shakllari, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi tashabbuslari, xalqaro tuzilma va tashkilotlar, xalqaro hamkorlik.


Ekstremizmning oldini olishda mintaqadagi hamkorlik shakl- lari. Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston Respublikasi diniy mu- taassiblik, ekstremizm va terrorchilikning mintaqaviy va umum- bashariy miqyosdagi xavf ekanini ta’kidlab, jahon hamjamiyati unga qarshi birgalikda kurashishi lozimligini jahonning nufuz- li tashkilotlari minbarlaridan e’lon qildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1993-yil 28-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qil- gan ma’ruzasida jahon hamjamiyatini Afg‘oniston muammosini izchil o‘rganish va yechishga chaqirdi.
2001-yilning 28-sentyabrida BMTning Xavfsizlik Kengashi 1373 (2001)-sonli rezolyutsiyani qabul qilib, tashkilot qoshi- da terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasini tuzdi. Ushbu qo‘mita- ning tuzilishi va faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Preziden- ti Islom Karimov taklif qilgan terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazining konsepsiyasiga hamohangdir. Zero, Yurtboshimiz 1999-yilning noyabrida Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tash- kilotining (YeXHT) Stambulda bo‘lib o‘tgan Sammitida va 2000-yilning 7–8-sentyabrida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining «Mingyillik sammiti»da BMT tuzilma- larida terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazini tuzish taklifini bayon qilgan edi. Ushbu tashabbus amalga oshganidan so‘ng, O‘zbekiston 2001-yil dekabr oyida va 2002-yilning avgust oyida BMT Xavfsizlik Kengashining yuqorida zikr etilgan rezolyutsi- yasining bajarilishi xususida BMTning terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasiga ma’ruzalar taqdim etdi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Ka- rimov tashabbusi bilan 1998-yilda tashkil topgan «6+2» guruhi- ning BMT rahbarligida 1998–1999-yillarda olib borgan faoliyati Afg‘onistonda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega bo‘lganini ta’kidlash zarur. Bu guruh Afg‘oniston bilan chegaradosh olti davlat (Xitoy, O‘zbekiston, Pokiston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston) va mintaqa tashqarisidan Afg‘onis- tondagi vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatib turgan ikki davlat – AQSH va Rossiya Federatsiyasining yuqori darajadagi vakillaridan tash- kil topgan edi. Bu guruh bir qator majlislar, muhokamalar va mu- zokaralar o‘tkazib, ularga Afg‘onistonda bir-biri bilan kurasha- yotgan kuchlar vakillarini jalb qilib, «Afg‘onistondagi mojaroni tinch yo‘l bilan bartaraf etishning asosiy tamoyillari to‘g‘risida»- gi Toshkent Deklaratsiyasini va mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha bir qator boshqa hujjatlarni ishlab chiqdi. 1999-yilning 28-iyulida BMT Xavfsizlik Kengashi majlisida «6+2» guruhining Toshkent uchrashuvi yakunlari yuksak baholandi.
Xalqaro tashkilotlar va ayrim mamlakatlar ushbu yo‘nalish- da muayyan ishlarni amalga oshirayotgan bo‘lsa-da, Afg‘onis- ton jahon hamjamiyati uchun hali-hanuz tahdidlar o‘chog‘i bo‘lib qolayotganini, ushbu mamlakatda ziddiyatlarning kucha- yib borishi, keskinlik va terrorizm ko‘lamining kengayishi global xavfsizlik va barqarorlik uchun hamon jiddiy tahdid solayotganini ham ta’kidlash zarur. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, O‘zbekis- ton Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2007-yil aprelda Buxarest shahrida bo‘lib o‘tgan, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida ko‘p tomonlama hamkor- lik, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga doir masalalar muhokama qilingan NATO Yevroatlantika hamkorlik kengashi sammitida qilgan ma’ruzasida bayon etilgan g‘o- yalar diqqatga sazovordir.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan Afg‘onistonda vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha yagona xalqaro amaliy mexanizm bo‘lib kelgan, 1997–2001-yil- larda BMT rahnamoligida samarali faoliyat ko‘rsatgan, Afg‘onis- ton bilan qo‘shni davlatlar, AQSH va Rossiyaning vakolatli vakil- laridan tashkil topgan «6+2» muloqot guruhini hozirgi voqelikni inobatga olgan holda va muzokaralar jarayonida NATO vakolat- xonasi ham albatta ishtirok etishini nazarda tutib, «6+Z» guru- higa aylantirish zarurligi haqidagi g‘oyat qimmatli amaliy taklif ilgari surilganini ham alohida qayd etish lozim. Bunday mexa- nizmning qayta tiklanishi barcha manfaatdor tomonlar ishtiroki- da Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz.
O‘zbekiston Respublikasi ekstremizm va terrorizm bilan bir- ga uni moliyalashtirish bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan narkobiznes va narkotrafikka qarshi kurashda ham qat’iy siyosat olib bormoq- da. 1999-yilda «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi, 2000-yilda «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»- gi va 2006-yilning 1-yanvaridan amalga kiritilgan «Jinoiy faoli- yatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunlarning qabul qilingani ham fikrimizni tasdiqlaydi. Shuningdek, terro- rizmga qarshi qaratilgan ko‘plab xalqaro shartnomalarni rati- fikatsiya qilib, ulardagi majburiyatlarini izchil bajarib kelmoqda. Shu bilan birga, bu masalalarda o‘zining tashabbuslarini ilgari surayotganini ham alohida ta’kidlash zarur.
Ma’lumki, BMTning terrorizmning oldini olish va unga qar- shi kurashga qaratilgan 13 ta hujjati (11 ta konvensiya va 2 ta pro- tokol) mavjud. Hozirda O‘zbekiston 12 ta ana shunday xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilgan.
O‘zbekiston Yevropa Kengashi doirasida ham terrorizmga qar- shi kurashga qaratilgan 7 xalqaro shartnomani imzolagan.
Markaziy Osiyo respublikalari hamkorligi doirasida ham O‘zbekiston ekstremizm, xalqaro terrorizm va narkobiznes xav- fini o‘zaro birgalikda bartaraf etish bo‘yicha qator tashabbuslar bilan chiqib, uni ro‘yobga chiqarib kelmoqda. 2000-yil 21-aprelda Toshkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston respublikalari terrorizm, siyosiy va ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilik hamda tomonlarning barqarorligiga xavf tug‘diradi- gan boshqa tahdidlarga qarshi kurashda hamkorlikda harakat qi- lish haqida shartnoma imzolagani ham buning isboti bo‘la oladi. Jamiyat taraqqiyotiga muqobil ravishda ekstremizm va ter- rorchilik bilan bog‘liq jinoyatlar sifat va miqdor jihatidan o‘zgarib, uning masshtab doirasi tobora kengayib bormoqda. Shuningdek, terrorchilar sodir etayotgan jinoyatlarning intensivligi va og‘ir- lik darajasi ham kun sayin dahshatli tus olayotgani juda achinarli holdir. Bu esa insoniyat xavfsizligi va dunyo mamlakatlarining ij- timoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga tahdid hamon saqlanib qolayotga-
nidan dalolat beradi.
XX asrning so‘nggi choragiga kelib, diniy ekstremistik va terrorchi kuchlarga qarshi kurash xalqaro muammo darajasiga ko‘tarildi. Bu esa ekstremizm va terrorizm tinchlik va barqaror- lik uchun asosiy tahdid ekanini ko‘rsatadi. Ayniqsa, ko‘plab eks- tremistik va terrorchi guruhlar faoliyat olib borishga intilayotgan Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’min etishda minta- qadagi davlatlar o‘rtasida terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik aloqalari muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 256 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish