«Hizbut-tahrir al-islomiy» (arab. «Islom ozodlik partiyasi»).
«Hizbchilar», «tahrirchilar» deb ham yuritiladi. Falastinlik Ta- qiyiddin Nabahoniy (1909–1979) mazkur ekstremistik tashkilot- ning asoschisi hisoblanadi. Isroil davlatini tashkil etish haqida- gi BMT qaroridan keyin 1947-yilda oilasini olib, Falastindan Bayrutga ko‘chgan. Aslida Misrdagi «al-Ixvon al-muslimun»
(«Musulmon birodarlar») tashkiloti a’zosi bo‘lgan Nabahoniy 1953-yilda mazkur jamoa a’zoligidan chiqib, Quddus (Iyerusalim) da «Hizbut-tahrir al-islomiy» tashkilotini tuzgan. Nabahoniy va- fotidan so‘ng hizbga falastinlik Abdulqadim Zallum (1925–2003) boshchilik qildi. Uning rahbarligi davrida tashkilot sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan respublikalarda (asosan Markaziy Osiyo hududi- da) o‘z faoliyatini jadallashtirgan.
Dastavval Falastinni ozod qilishni maqsad qilgan Nabahoniy, keyinchalik butun dunyo musulmon mamlakatlarini birlashtiruv- chi yagona xalifalik davlatini qurishni bosh maqsad deb e’lon qil- gan. Shundan keyin esa, ushbu shakllangan islom ummatining da’vatlari orqali butun dunyoda xalifalik davlatini qurish mum- kin, deb hisoblaydi.
Tashkilotning strategiyasi quyidagi uslublar orqali namoyon bo‘ladi:
fikriy kurash. Bu omma orasida o‘zining «madaniy» qa- rashlarini targ‘ib qilish orqali bo‘ladi;
fikriy inqilob. Bunda madaniy va siyosiy faoliyat olib borilib, hizbning fikrlari jamiyat ongiga singishi bilan yuzaga keladi;
hukumatni egallash. Bu bosqich «tarbiyalangan ummat» orqali barcha hukmni qo‘lga olish bilan yakunlanadi.
So‘nggi yillarda «Hizbut-tahrir»da g‘oyaviy yakdillik yo‘qolib, faoliyatida yuzaga kelgan samarasizlik tarkibiy bo‘linishlarga olib keldi. Undan «Hizbun nusra» guruhi ajralib chiqdi. Shuningdek,
«Hizbut-tahrir»ning «Ayollar qanoti» kuchaytirilishi barobarida, ular orasida o‘zini o‘zi o‘ldirish amaliyotidan keng foydalanil- moqda.
«Hizbut-tahrir»ning a’zolari o‘rtasida taqsimlangan vazifalar aniq belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, «Amir Qiyodat» (dunyo bo‘yi- cha xalifalik davlatining eng katta rahbari), «Mo‘tamad» (vakil, ma’lum bir davlat boshlig‘i), «Mas’ul» (javobgar, viloyat bo‘yicha boshliq), «Naqib» (rahbar, rais, tuman bo‘yicha boshliq), uning yordamchisi esa «Musoid» va undan keyingi lavozimdagilar «Ji- hoz a’zolari» (boshqaruv idora a’zolari) deb ataladi. Harakatga kiruvchilarni o‘qitishga mas’ullar «Mushrif» (guruh rahbari) de- yilsa, o‘quvchilarni «Doris» (o‘quvchi) deb belgilangan.
«Hizbut-tahrir» jamoasi g‘oyalarining Markaziy Osiyoga kirib kelishi 1980-yillarning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Bu davrda jamoa ta’limotlariga oid chet davlatlarda nashr etilgan turli xildagi kitob, risola va jurnallar noqonuniy yo‘llar bilan mintaqaga olib kiril- di. Mazkur tashkilot 1992-yildan boshlab, O‘zbekiston hududida o‘zining o‘ta zararli faoliyatini olib borishga harakat qilib kelgan.
«Hizbut-tahrir»ning faoliyati O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘izis- ton, Tojikiston, Livan, Misr, Iordaniya, Germaniya, Rossiya, Po- kiston va Suriya kabi bir qator davlatlarda qonun bilan taqiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |