Islomiy jihod ittihodi. «Islomiy jihod ittihodi» (arab. «Ittihad al-jihad al-islamiy»). Mazkur guruhning «Islom jihodi», «Islom ji- hodi uyushmasi», «Islom jihodi – mujohidlar jamoati» nomlari ham mavjud. Ma’lumotlarga ko‘ra, guruhga avvallari «Turkiston islom harakati»ning a’zosi bo‘lgan, o‘zini «amir» deb e’lon qil- gan Najmiddin Jalolov asos solgan. Mutaxassislar «Islomiy jihod ittihodi» guruhi «Turkiston islom harakati»dan ajralib chiqqanini e’tirof etishadi. Bunga moliyaviy masalalar, strategiya va maqsad- lar bo‘yicha «Turkiston islom harakati»ning rahbari bilan bir guruh jangarilar o‘rtasida ixtilofning yuzaga kelishi asosiy sabab bo‘lgan. Guruhning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi huku- matiga qarshi chiqish, konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darish, terro- rizm orqali islom xalifaligini o‘rnatishdan iborat. Ushbu maqsadda guruh Afg‘oniston, Pokiston va Kavkazdagi xalqaro terrorchi ja-
moa va tashkilotlar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatgan.
Ushbu guruh Markaziy Osiyo mintaqasidagi faoliyati davo- mida bir qator teraktlar sodir etgan. Guruh a’zolari tomonidan 2009-yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloya- tida qo‘poruvchilik harakati sodir etilgan. Shuningdek, 2009-yil- ning yoz oylarida ular tomonidan Toshkent shahri, Qashqadaryo hamda Toshkent viloyatlarida amalga oshirilgan qotillik va bos- qinchiliklar natijasida 3 kishi halok bo‘lgan, 24 fuqaro turli dara- jada tan jarohati olgan.
«Islomiy jihod ittihodi» bugungi kunda «Internet» tarmog‘i orqali targ‘ibot ishlari o‘tkazish va mehnat migrantlari ichida yol- lash ishlari o‘tkazish kabi usullar bilan o‘z safini yangi jangarilar bilan to‘ldirishga harakat qilmoqda.
Yuqorida qayd etilgan diniy-ekstremistik tashkilotlar Marka- ziy Osiyo mamlakatlari, xususan O‘zbekiston xavfsizligiga tah- did solgani yuqorida keltirilgan ma’lumotlarda o‘z aksini top- gan. Shunga mos ravishda, O‘zbekistonda ham ekstremizm va
terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha salmoqli tajriba to‘plangan. Mazkur tajribadan kelib chiqadigan eng asosiy xulosa shuki, eks- tremizm va terrorizm bilan kurashda, asosan, huquq-tartibot or- ganlariga suyanish, faqat jazo choralarini qo‘llash orqali unga barham berishga intilish mazkur salbiy hodisaning oqibati bilan- gina kurashish deganidir. Boshqacha aytganda, bunday yo‘ldan borilsa, ekstremizm va terrorizmni oziqlantirib turgan «ildiz»lar zararlanmay qolaveradi, ma’lum bir davr o‘tishi bilan ular yangi
«kurtak»lar berishda davom etaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |