O‘zbekiston Respublikasida terrorizm xavfining oldini olish masalalari. O‘zbekistonda shakllanayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati o‘ta murakkab va mashaqqatli si- yosiy jarayonga asoslangan. Bir tomondan, eski sovet tuzumidan
qolgan salbiy meros demokratik o‘zgarishlarga qarshilik ko‘rsat- sa, ikkinchi tomondan, ayrim siyosiy kuchlar xalqimiz tanlagan dunyoviy taraqqiyot yo‘liga rahna solib, uni izdan chiqarish va diniy maqomga burib yuborishga harakat qilmoqda. Bu «ayrim siyosiy kuchlar» ekstremizm va terrorizmning bevosita ilhomchi- lari va bajaruvchilari bo‘lib, ular nopok siyosiy maqsadlari yo‘li- da inson va jamiyatning eng nozik va qaltis tarixiy qadriyati – dindan foydalanishga urinmoqda.
Ayniqsa, 1999-yilning 16-fevralida Toshkent shahrida terro- ristlar tomonidan uyushtirilgan portlashlardan keyin terrorizm muammosi O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hayotga tahdid soluv- chi asosiy xavf-xatarlardan biriga aylandi.
Mustaqil davlatimiz qonunchiligida terrorizmga qarshi kurash- ning asosiy tamoyillari (qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi, jazoning muqarrarligi) bir qator normativ-huquqiy hujjatlarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardir:
O‘zbekiston Respublikasining «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonuni (2000-yil 15-dekabr).
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksi (2001-yil 18-oktyabrdagi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan).
O‘zbekiston Respublikasining «Jinoyat, jinoyat-protsessual kodeksi va ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni (2001-yil 29-av- gust).
O‘zbekiston Respublikasining «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonuni (2004-yil 26-avgust).
Ushbu huquqiy-me’yoriy hujjatlar orasida O‘zbekiston Res- publikasining «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi va «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonunlar alohida e’tiborga molik. Chunki bu qonunlar tufayli O‘zbekistonda ter- rorizmga qarshi kurashning normativ, tashkiliy va moddiy-texnik asoslari yaratildi. Unga ko‘ra, terrorizmni targ‘ibot qilish, ter- roristik guruh va tashkilotlarni tuzish hamda ularning faoliyati, tayyorlanayotgan yoki amalga oshirilgan terroristik jinoyatlarga oid ma’lumot va dalillarni yashirish taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |