O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro tuzilma va tashkilotlardagi ishtiroki. O‘zbekistonning xalqaro ter- rorizmga qarshi kurashdagi ishtiroki mintaqaviy tashkilotlardagi faoliyatida ham yorqin namoyon bo‘lmoqda. Xalqaro siyosatning asosiy subyektlariga davlatlar tomonidan tuzilgan xalqaro-siyosiy yoki harbiy-siyosiy tashkilotlar ham kiradi. Ular qatoriga Bir- lashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Janubi-sharqiy Osiyo dav- latlari assotsiatsiyasi (ASEAN), Yevropa Ittifoqi, Arab mam- lakatlari ligasi (AML), Amerika davlatlari tashkiloti (ADT),
Afrika birligi tashkiloti (ABT), Yevropada xavfsizlik va hamkor- lik tashkiloti (YeXHT), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH), Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT), Islom Hamkorlik Tash- kiloti (IHT) kabi bir qator mintaqaviy tashkilotlar doirasida qa- bul qilingan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashga qaratil- gan shartnomalarni bajarishda faol qatnashib kelmoqda. Zero, O‘zbekiston Respublikasining ushbu shartnomalarda qatnashishi uning ichki va tashqi siyosatining mantiqiy davomidir.
Terrorizmga qarshi kurash, uni bartaraf etish masalalariga oid siyosiy-huquqiy hujjatlar nafaqat BMT doirasida, balki Musta- qil Davlatlar Hamdo‘stligi, YeXHT, Shanxay hamkorlik tashkilo- ti kabi tuzilmalar a’zolari bo‘lgan davlatlar o‘rtasida ham im- zolangan. MDH a’zolari tomonidan 1999-yilning 4-iyunida imzolangan «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi shartnoma» O‘zbekiston MDHdagi aksilterror markazi ishida ham faol qatna- shayotganidan dalolat beradi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti tomonidan 2001-yil 15-iyunda
«Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash» Konven- siyasi qabul qilindi. Mazkur konvensiya nisbatan qisqa muddatda tashkilotga a’zo barcha mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston par- lamenti tomonidan ratifikatsiya qilindi. O‘zbekiston ekstremistik guruhlarga qarshi kurashda mazkur konvensiyaning 1-moddasi- da «ekstremizm» tushunchasiga berilgan ta’rif va undan kelib chi- qadigan me’yorlarni asos qilib olganini alohida ta’kidlash o‘rinli.
2002-yil 7-iyunda Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zolari o‘rtasida imzolangan kelishuv va boshqa hujjatlarda terrorizm, separatizm va ekstremizmning xalqaro tinchlik va xavfsizlikka, davlatlararo do‘stona munosabatlarga hamda insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlashga xavf solayotganligi, shuning uchun barcha tinchliksevar kuchlarning unga qarshi kurashda hamkorlik qilishi zarur ekanligi qayd etilgan.
2004-yil iyunida Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkent- da bo‘lib o‘tgan Sammitida xavfsizlikka tahdidlar masalasida ya- gona yondashuv va qarash, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro miq- yosdagi yetakchi aksilterror markazlari (BMT, Interpol, ASEAN) bilan konstruktiv hamkorlik qilish Mintaqaviy aksilterror tuzil- masining faoliyatidagi o‘ziga xos prinsipial jihatlar ekanligi yana bir bor qayd etildi. Shuningdek, Mintaqaviy aksilterror tuzilma- si terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmning barcha ko‘rinish- lari hamda xalqaro jinoiy faoliyatni moliyaviy ta’minlab turgan narkotrafikka qarshi izchil kurashish borasida mintaqa mam- lakatlariga ko‘maklashishi zarur.
Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatida «uch yovuz kuch», ya’ni «terrorchilik», «ayirmachilik» (separatizm) va
«ekstremizm»ga qarshi kurashda hamkorlikni rivojlantirish alohida o‘rin tutadi. 2004-yil 1-yanvaridan boshlab, Toshkent- da ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi faoliyat yurit- moqda. Bu tuzilma faoliyati tufayli 2005-yilning o‘zida ko‘plab sodir etilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik harakatlarining oldi olinganligi ma’lum.
Xususan, 2005-yilning iyul oyida tashkilotning Shanxay shahrida bo‘lib o‘tgan sammitida unga a’zo davlatlar rahbarlari tomonidan bir qator hujjatlar imzolandi. Xalqaro axborot xavf- sizligi to‘g‘risidagi bayonot; terrorchilik, separatizm va ekstre- mizmga qarshi kurash bo‘yicha 2007–2009-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturiga doir qaror; ShHT mamlakatlari hududida qo‘shma aksilterror mashqlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi bi- tim; a’zo davlatlar hududiga terrorchilik, ayirmachilik va eks- tremistik faoliyatga aloqador kishilar kirib kelishini aniqlash va bunday yo‘llarni to‘sib qo‘yish borasidagi hamkorlik to‘g‘risida- gi bitim shular jumlasidandir. Bundan tashqari ShHT doirasida 2020-yilgacha bo‘lgan davrda savdo-iqtisodiy hamkorlikni ko‘zda tutuvchi dastur qabul qilingan. Shuningdek, ShHTga a’zo mam- lakatlarning huquqni muhofaza qiluvchi idoralari, jumladan ich- ki ishlar organlarining terrorchilik, separatizm, ekstremizmga va
giyohvandlikka qarshi birgalikda harakat qilishi, bu borada o‘za- ro axborot almashishi yaxshi samara bermoqda.
Shuning bilan birga, O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkilotiga 1994-yildan a’zo bo‘lgan. Mazkur tashkilotning maqsadi musul- monlar birdamligini mustahkamlashga ko‘maklashish, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ilmiy sohalarda hamkorlik qilish- dan iborat. Shuningdek, irqiy kamsitishlarga, kolonializmning barcha shakllariga chek qo‘yish, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga oqilona yondashish, tashkilotga a’zo mamlakatlar orasida va boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro kelishuv, hamkorlikni rag‘batlantirish IHT faoliyatida muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekistonning yuqorida qayd etib o‘tilgan mintaqaviy tash- kilotlar ishidagi faol ishtiroki, tashabbuslari va takliflari global xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda O‘zbekistonning tut- gan o‘rni muhim ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Jumladan, 2010-yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining «Mingyil- lik rivojlanish maqsadlari» bo‘yicha oliy darajadagi yalpi majlisida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nutq so‘zladi. Unda terro- rizm, ekstremizm, ayirmachilik va narkotrafikka qarshi birgalik- da kurashish hamda Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish mavzusiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Bu xalqaro tashkilotlar bi- lan samarali hamkorlik kelgusida ham O‘zbekiston tashqi siyosa- tining ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lib qolaveradi.
«Biz xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlangan o‘z yo‘limiz- da qat’iymiz: ya’ni O‘zbekiston aqidaparastlikning – u xoh diniy, xoh kommunistik shaklda bo‘lsin – har qanday ko‘rinishlariga qar- shimiz».
Islom Karimov
Do'stlaringiz bilan baham: |