Bilishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasi Mexnat va axolini ish bilan ta’minlashga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Maxkamasi Qarorlari va vazirliklarning buyruqlari, topshiriqlari, maxalliy xokimyat organlarining Qarorlarini xamda Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, filial ichki tartib-qoidalarini bilishi.
Malaka talablari:
Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
Bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
Klassifikator bo‘yicha:
№
|
Lavozimlar
nomi
|
MMSK
bo‘yicha
kod
|
Xodimlar
toifasi
|
Ma’lumotining
eng past
darajasi
|
O‘MKTMTYKM
va OTYMK bo‘yicha kodi
|
1946-1.
|
Xodimlar bo‘limi boshlig’i
|
1229/1237
|
B
|
Oliy ma’lumot
|
Bilimini qo‘llash sohasi bo‘yicha
|
688
|
Xodimlar bo‘limi boshlig’i
|
1212
|
B
|
Oliy ma’lumot
|
Bilimini qo‘llash sohasi bo‘yicha
|
XODIMLAR BILAN ISHLASH BO‘LIMI XODIMLAR BO‘YIChA MUHANDISINNIG LAVOZIM VAZIFALARI:
O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, modemogramma va telefonogrammalarini ijrosini ta’minlash va monitoringini olib borish;
Filialning professor-o‘qituvchilari bo‘yicha shtatlardan to‘g’ri foydalanish va joylashtirishni amalga oshirish;
Professor-o‘qituvchilarga asosiy mehnat qonunlarini tushuntirish;
Kafedra professor-o‘qituvchilarilarining ro‘yxatini tuzish, T-2 shakl shaxsiy varaqalari, mehnat daftarchalarini o‘z vaqtida to‘ldirish, mehnat daftarchalariga ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish, qayta saylash, o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish, ishdan ozod qilishni qayd qilish, mehnat daftarchasi xarakati haqida aloxida hisob daftarini yuritish;
Xodimlar bo‘limi faoliyati bo‘yicha belgilangan tartibda mexnat organlariga va yuqori tashkilotlarga xisobotlar tayyorlash;
Bo‘sh professor-o‘qituvchi lavozimlariga iqtidorli yosh magistr darajasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni tanlash, kadrlar zaxirasiga kiritish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha bo‘lim boshlig’iga takliflar kiritish.
Filial professor-o‘qituvchilariga nafaqa tayinlash uchun zarur xujjatlarni tayyorlash va filial sug’urta komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritish;
Filialda ishlayotgan professor-o‘qituvchilarga ularning so‘rovlariga ko‘ra belgilangan tartibda ma’lumotnoma berish;
Professor-o‘qituvchilarning mexnatga qobilyatsizlik varaqalariga ish stajini aniqlash va belgilangan tartibda to‘ldirish;
Professor-o‘qituvchilarning belgilangan tartibda asosiy va o‘rindoshlik asosida lavozimlari bo‘yicha aloxida-aloxida mexnat shartnomalarini rasmiylashtirish;
O‘rindoshlik asosida va bir necha kasb va lavozimda ishlovchi professor-o‘qituvchilar ro‘yhatini yuritish va qonunda belgilangan me’yordan ortiqcha ishlashlariga yo‘l qo‘ymaslik;
Professor-o‘qituvchilarning tabellarini tekshirib borish va haqiqatda ishlamagan xodimlarga ish vaqti qo‘yilishi holatlarini oldini olish choralarini ko‘rish;
Professor-o‘qituvchilarning yillik mehnat ta’tillari jadvalini ishlab chiqish va ta’tillarni jadval asosida berilishini ta’minlash;
Xomiladorlik va tug’ish xamda bola parvarishlash ta’tiliga chiqqan professor-o‘qituvchilarning xujjatlarini rasmiylashtirish;
Professor-o‘qituvchilarning mehnat ta’tili, saqlanmagan ta’tillarini, hamda mehnatga layoqatsizlik davrini nazorat qilib borish;
Bo‘lim boshlig’ining qonuniy topshiriqlarini bajarish;
Axborot kommunikasiya texnologiyalarni puxta bilish;
Filial ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |