Bilishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari va filial rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi.
Malaka talablari:
Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
Bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
Klassifikator bo‘yicha:
№
|
Lavozimlar
nomi
|
MMSK
bo‘yicha
kod
|
Xodimlar
toifasi
|
Ma’lumotining
eng past
darajasi
|
O‘MKTMTYKM
va OTYMK bo‘yicha kodi
|
1946.
|
Bo‘lim boshlig’i
|
1229
|
B
|
Oliy ma’lumot
|
Bilimlarning
qo‘llanish
sohasiga ko‘ra
|
1-BO‘LIM BOSh MUTAXASSISINING LAVOZIM VAZIFALARI
Bo‘lim faoliyati va xodimlar mehnatini tashkil qilish;
Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
Bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g’inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, filial rektori buyruqlarining ijrosini ta’minlash;
Yuqori davlat organlari va filial rektori tomonidan berilgan buyruqlar, farmoyishlar va topshiriqlarni bajarilishini ta’minlash;
Bo‘limning yillik hisobotlarini tayyorlash va belgilangan muddatlarda hamda tartiblarda tegishli davlat organlariga taqdim etish;
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida belgilangan tartibdagi xujjatlarni alohida ro‘yxatini yuritish;
Xorazm viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi hamda shahar bo‘limi bilan belgilangan tartib asosida ishlarni amalga oshirish;
Filial xodimlari va talabalarini harbiy xizmatga oid xujjatlarini rasmiylashtirish va xisobini yuritish ishlarini tashkil qilish;
Axborot kommunikasiya texnologiyalarni puxta bilish;
Filial ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |