Bilishi kerak:
OTMsida ilmiy ishlarini olib borish bo‘yicha normativ hujjatlar, vazirlik buyruqlari bilan belgilangan lavozim vazifalarini, oliy ta’limga oid qonunligini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va yo‘riq xatlarini bilishi, professor-o‘qituvchilar tarkibining tanlov orqali lavozimlarini egallash tartibini bilishi, ilmiy daraja va ilmiy unvonlar berish tartibini bilishi.
Malaka talablari:
Oliy ta’limga oid qarorlarini, oliy o‘quv yurtlari to‘g‘risidagi Nizomni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va yo‘riq xatlarini bilishi;
OTMsiga, ilmiy kengashga, ilmiy unvon berishga taalluqli ko‘rsatmalarini hamda rahbariy va me’yoriy hujjatlarini bilishi;
Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
Professor-o‘qituvchilar tarkibining tanlov orqali lavozimlarini egallash tartibini bilishi zarur.
Klassifikator bo‘yicha:
T/r
|
Lavozim
nomi
|
MMSK bo‘yicha kod
|
Xodimlar toifasi
|
Ma’lumotining eng past darajasi
|
O‘MKTMTYKM va OTYMK bo‘yicha kodi
|
2407
|
Kengash kotibi
|
3439
|
M
|
Oliy ma’lumot
|
Bilimlarning qo‘llanish sohasiga ko‘ra
|
BOSH BUXGALTER LAVOZIM VAZIFALARI:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;
UzASBO tizimida tashkilot kabinetini boshqarish
Professor-o‘qituvchi va xodimlar oylik ish haqlarini, talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida hisoblashni va ularni tarqatilishini nazorat qilish;
Hisob varaqalarda aktivlarning holatini va harakatini, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq xamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
Moddiy boyliklar va pul mablag‘lari inventarizasiyasini o‘z vaqtida o‘tkazish;
Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;
Mahalliy va respublika byudjetiga hisoblangan soliqlarni o‘z muddatlarida o‘tkazish;
Bankdan olingan pul mablag‘larini maqsadli sarflash;
Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo‘lishining oldini olish;
Ish haqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish;
Stipendiya fondini rektor tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida to‘g‘ri saflanishini nazorat qilish;
Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilishni nazorat qilish;
Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida xarajatlar moddalari bo‘yicha sarflanishini nazorat qilish;
Pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklari va asosiy vositalar inventarizasiyasini o‘rnatilgan tartib asosida sifatli o‘tkazilishini nazorat qilish;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, soliq inspeksiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni o‘z muddatlarida topshirilishini nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |