Malaka talablari:
Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan
xabardor bo‘lishi zarur.
Klassifikator bo‘yicha:
T/r
|
Lavozim nomi
|
MMSK bo‘yicha kod
|
Xodimlar toifasi
|
Ma’lumotining eng past darajasi
|
O‘MKTMTYKM va OTYMK bo‘yicha kodi
|
903
|
Bosh buxgalter o‘rinbosari
|
1231
|
B
|
Oliy ma’lumot
|
5230900,5231000,
5A231001,5A230106
|
BOSH BUXGALTER O‘RINBOSARI-AUDITOR LAVOZIM VAZIFALARI:
OTMsida mavjud asosiy vositalar, tovar moddiy qimmatliklar, naqd pul mablag‘lari, qimmatbaho qog‘ozlar, qat’iy hisobda turuvchi blankalar va hokazolarning inventarizasiyasini tashkil etish hamda o‘tkazish jarayonida faol qatnashish, shuningdek, uning amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga mos ravishda o‘tkazilishi ustidan nazorat olib borish;
Asosiy vositalar, pul mablag‘lari, tovar-moddiy qimmatliklarning inventarizasiyasi jarayonida va boshqa tekshiruvlar natijasida aniqlangan kamomadlarning OTMsi hisobiga undirilishi, ortiqcha mablag‘larini kirim qilinishiga erishish yuzasidan mutasaddi xodimlar bilan hamkorlikda monitoring faoliyatini yuritish;
Kamomadlarga yo‘l qo‘yilishi, pul mablag‘lari va tovar-moddiy qiymatliklarni talon-toroj qilinishining oldini olish tadbirlarida mutasaddi xodimlar bilan faol qatnashish;
Asosiy vositalar, pul mablag‘lari, tovar moddiy qimmatliklar OTMsi hisobiga to‘liq kirim qilinishi, shuningdek, ularning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan birlamchi hujjatlarni to‘g‘ri yuritilishi va buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirilishi ustidan ichki auditorlik nazoratini amalga oshirish;
OTMsi g‘aznasida me’yoriy hujjatlarga rioya qilinishi yuzasidan ichki auditorlik tekshiruvlarni amalga oshirish;
Tegishli me’yoriy hujjatlar asosida asosiy vositalarni va tez eskiruvchi moddiy qiymatliklarning balansdan chiqarilishi ustidan ichki auditorlik nazoratini amalga oshirish;
Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larning kommunal xizmatlar va elektr energiyasining sarflanish limitlariga rioya etilishi ustida ish rejasi asosida ichki auditorlik nazoratini olib borish;
OTMsi talabalariga stipendiya to‘lovlarining to‘g‘ri berilishini, to‘lanishini va amaldagi me’yoriy hujjatlarga mos ravishda qayta hisob-kitob qilinishi yuzasidan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish;
Pul mablag‘lari va tovar-moddiy qimmatliklarning kirim-chiqim hujjatlarini yuritishda, mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy xatti- harakatlarga yo‘l qo‘yilayotgandik holatlari aniqlanganda, tegishli choralar ko‘rish uchun OTMsining bosh hisobchisi yoki rektorga yozma ravishda xabar berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |