Malaka talablari:
Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish xususiyatlariga;
O‘rta maxsus ma’lumotiga ega bo‘lishi zarur.
O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.
|
Klassifikator bo‘yicha:
|
T/r
|
Lavozim nomi
|
MMSK bo‘yicha kod
|
Xodimlar toifasi
|
Ma’lumotining eng past darajasi
|
O‘MKTMTYKM va OTYMK bo‘yicha kodi
|
123
|
Buxgalter
|
3433
|
M
|
O‘rta maxsus
|
5230900
|
REJA-MOLIYA BO‘LIMI BOSHLIG’I LAVOZIM VAZIFALARI:
Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlar mehnatini tashkil qilish;
Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
Bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g’inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, filial rektori buyruqlarining ijrosini ta’minlash;
Yangi ishga qabul qilingan professor-o‘qituvchi, xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Yagona Tarif Setkasiga asosan oylik ish xaqi qo‘yib berish;
Filialning Davlat byudjeti va kontrakt bo‘yicha xarajatlar smetalarini tuzish va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlash;
Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning oylik maoshlarini qonuniy belgilanishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Hukumat qarorlariga asosan ish xaqlari va boshqa to‘lovlarni o‘zgarilishi bo‘yicha smetalarni o‘z vaqtida tuzish va tasdiqlanishini ta’minlash;
Filial faoliyatini rejalashtirish va moliyalashtirilishini amaldagi me’yoriy xujjatlar asosida shakllantirilishini ta’minlash;
Filialning Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag’lari doirasida shtatlar jadvallarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlanishini amalga oshirish;
Shtatlar jadvali asosida har bir xodimning lavozim me’yorini belgilangan qonunlar va boshqa xuquqiy xujjatlar asosida belgilanishini ta’minlash;
Byudjet, kontrakt va xo‘jalik shartnoma smetalarini tuzishni tashkil qilish va bajarilishini nazorat qilish;
Filialning shahsiy xamda safar bo‘yicha chiqarilgan buyruqlarning xarajatlar qismini tasdiqlangan smetaga mosligini nazorat qilib borish;
Chorak va yillik xisobotlarni tayyorlanishini tashkil qilish va vazirlikka belgilangan muddatlarda taqdim qilinishini ta’minlash;
Axborot kommunikasiya texnologiyalarni puxta bilish;
Filial ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |