Tasviriy san’at va qo‘l mehnatiga 0 ‘qitish maxsus



Download 7,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/79
Sana26.11.2022
Hajmi7,47 Mb.
#873162
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   79
Bog'liq
tasviriy sant va qol mehnatiga oqitish maxsus metodikasi

Kimyoviy tolalar 
Fan va texnikaning rivojlana borishi bilan 
imkoniyat paydo boidi va turli qulayliklarga ega boigan kimyoviy 
tolalar olishga erishildi. Kimyoviy tolalar ikki turga boiinadi: 
sun’iy va sintetik.
235


Sun’iy 
tolalar 
tabiatdagi polimerlardan ya’ni paxta, yog‘och va 
boshqa sellyuloza, o‘simliklardan oqsillarga turli kimyoviy birik- 
malar qo‘shish bilan olinadi, masalan: azot, sirka, sulfat kislotalar, 
ammiak aralashmasi, mis oksidi va ishqorli natriy. Nitrohelok, misli 
ammiak va viskozalar shunday tolalar turkumiga kiradi.
Nitroshyolklar ishlab chiqarishda, asosan mato o‘zagi vazifasini 
bajaradi. Ammiakli misdan esa hech qanday qo‘shimchalarsiz 
tolalar olinadi.
Sintetik tolalar 
turli narsalami kimyoviy ishlovdan o‘tkazish 
natijasida olinadi: qishloq xo‘jalik chiqindilari, neft, ko‘mir, tabiiy 
gaz va boshqalardir. Bundan tashqari, qog‘oz-sellyuloza sanoati 
chiqindilaridan ham foydalaniladi. Sintetik tolalardan bizga 
toshxlorvinil, neylon, kapron, lavsan nitron tanishdir.
Aralash tolalar 
Hozirgi paytda aralash tolalardan foydalanish 
boy assortimentga ega bo‘lgan tolalar va matolar yaratishda 
imkoniyat darajasi yo‘lini ochib beradi. Tabiiy tolalar bilan (paxta 
va jun, paxta va tabiiy ipak, paxta va zig‘ir) yoki tabiiy, sun’iy va 
sintetik qo‘shilmalarida (paxta va viskoza, zig‘ir va kapron, jun va 
neylon). Yarim jun va yarim ipak matolami olishda, to‘qish jarayoni 
davomida asos etib bir tola va bir ip olinadi.
To‘quv sanoatlarida tolalar ishlab chiqishda turli to‘qish 
jarayonlaridan foydalaniladi. To‘qish jarayoni 4 guruhga bo‘linadi.
1. Oddiy va silliq.
2. Mayda naqshli.
3. Murakkab naqshli.
4. Yirik naqshli.
Oddiy va silliq guruhga to‘qishning eng keng tarqalgan to‘rtta 
turi kiradi: atlasli, satinli, sarjali, matoli to‘qish eng oddiysi hisob- 
lanadi. Bunday to‘qilgan mato silliq o‘ralgan bo‘ladi. Matoning o‘zi 
juda chidamli bo‘ladi: chit, bo‘z, batist, polotno, porusina, ba’zi jun 
va ipakli matolar, shtapel matolari bunga misol bo‘la oladi. To‘- 
quvning qay darajasida ekanligi, dokada ayniqsa, aniq ko‘rinadi.
Saijelik matolar to‘quvi boshqa matolar to‘quvidan tashqi 
ko‘rinishi bilan ajralib turadi. Ulardan chapdan o‘ngga to‘qilgan 
qiyshiq yo‘llari yaqqol ko‘rinib turadi. Boston diagonal, kaverkot, 
matolari shunday to‘quvga egadir.
236


Satin va atlas matolari tashqi ko‘rinishi bilan oldingi ikkita 
matolar to‘qilishidan keskin farq qiladi, chunki ulaming oldi tomoni 
silliq va yaltiroq tusga ega bo‘ladi. Bunday to‘quv yo‘li orqali 
paxtali (satin), ipakli (atlas, astarli) matolar ishlab chiqariladi.
Mayda naqshli to‘quv: Mayda to‘quvda matoning ustki qismida 
doimo to‘g‘ri va mayda naqshlar bir xilda takrorlanib turadi. 
Naqshlari aniq ajralib turmaydi. Matoda zigzag4lar, yo‘Ilar va 
to‘Iqinli chiziqlar ko‘rinib turadi.
Yirik naqshli to‘quv turli oddiy iplar to‘quvi asosida olib 
boriladi.
Murakkab to‘quv.
To‘quv sanoatida tukli va ko‘p qatli matolar ishlab chiqariladi. 
Bulami iplami to‘qish ancha murakkab bo‘lgan yo‘llar bilan olish 
mumkin. Matoni bunday yo‘1 bilan to‘qish kashtachilikni eslatadi.
To‘quv stanoklarida iste’molga tayyor bo‘lmagan dag‘al 
matolar ishlab chiqariladi. Bu matolar keyingi ishlovdan o‘tishlari 
kerak: ulami oqartirilib dazmol qiladilar, matolar turli qayta 
ishlovlardan so‘ng silliq va yaltiroq holga keladi.
Turli matolarga ishlov berish ma’lum xususiyatga egadir shun- 
day yo‘llardan biri, ishlovning bir turi hisoblangan «appreti- 
rovka»da matoga maxsus tarkibli suyuqlik yupqa qilib suriladi. Bu 
esa matoni yanada go'zallashtiriladi yumshatadi yoki dag‘al- 
lashtiradi, tarangligini va sifatini yaxshilaydi Matoga turli app- 
retorlar bilan ishlov berish natijasida mato kam kirishuvchan va 
shunga o‘xshash kerakli sifatlarga ega bo‘ladi. Matolaming yanada 
ko‘rkamligini oshirish maqsadida «appret» ga boshqa tarkiblar 
qo‘shiladi.
Matolar kraxmal va dekstrin tarkiblari bilan shimdiriladi. Bu esa 
ulami yanada chidamli, qattiq va silliq bo‘lishini ta’minlaydi. Suvga 
va olovga chidamli maxsus matolar esa maxsus tarkibiy suyuqliklar 
bilan shimdiriladi. So‘ngra matolar bo‘yaladi, quritiladi, dazmol 
qilinadi va tortiladi. Matolami bo‘yash va unga rasm tushirishning 
turli texnologiyalari mavjud.
Gazmollar o‘z tavsiyasiga binoan maishiy, maxsus va texnik 
turlarga boMinadi. Gazmollami texnik turlarining ko‘pchiligini 
maishiy matolar tashkil qiladi. Texnik va maxsus matolardan esa 
yordamchi yoki mustaqil gazmol sifatida foydalanish mumkin. Tex-
237


nik va maxsus gazmollarga quyidagilar kiradi: elektroizolyatsiyasi 
uchun qoplagich matolar, konveyer uchun lentalar, parashyut uchun 
matolar, ximiya kiyimlari, brezent, kleyonka, qoplar uchun.
0 ‘simlik yoki hayvonlardan olinadigan tolalardan tayyorlangan 
matolar tashqi ko‘rinishidan farqlanadi va ulardan turli Tabiiy 
gazmollar tayyorlanadi: paxta tolalaridan satin, bo‘z, bumaziy, 
paxmoq, chiyduxoba, vual.
Zig‘ir tolasi: salfetka va sochiqlar tukli va choyshab uchun.
Jundan: boston, gabardin, drap, kashimir.
Ipakdan: krepdeshin, krep satin, atlas, duxoba.
Kimyoviy tolalardan tayyorlanadigan turli sun’iy gazmollar: 
shoyi, kapron, neylon.
II. 
Tekstil matolari ishtirokida o‘tkazilib boriladigan mash- 
g‘ulotlar aqli zaif bolalarda korreksion - ongni rivojlanish 
faoliyatida, bichish-tikish ishlarini o‘rganishda, qator bilimlarga ega 
bo‘lishda ko‘p yordam beradi. Bunday mehnat turi o‘zining qator 
ijobiy tomonlariga ega. Darslarda o‘quvchilar matolar, iplar bilan 
tanishadilar. Amaliy mashg‘ulot davrida esa o'quvchilarda yangi 
bilimlar, qolaversa, matolar bilan olib boriladigan turli ishlar bilan 
tanishadilar. Ulaming ishlov berish jarayonlari bilan ham tani­
shadilar.
Masalan, ba’zi jarayonlar - o‘lchash, matolar bilan ishlaganda, 
qaychi bilan kesish, bu qog‘oz bilan ishlaganda ham uchraydi. 
Bichish-tikish barcha tana a’zolarini faol, har taraflama ishlashga 
undaydi. 0 ‘quvchilarga matolar bilan ishlash jarayonini o‘rgatish, 
o‘z ishida ketma-ketlik, reja bilan ishlashga o‘rgatadi. Ishlash 
jarayonidan oldin namunalardan, so‘ngra esa matolardan foyda- 
lanishga o‘rgatib boriladi.
Bolalarga ko‘p kiyimlaridan namunalar berilsa, unda iplar 
to‘qilishi yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu narsa tikish jarayonida 
doimiy uchraydi.
Mashg‘ulotlaming dastlabki jarayonlaridanoq bolalardan may­
da, diqqat talab etuvchi ishlami so‘ramaslik kerak, chunki bunday 
ishlar bolalaming ko‘rish qobiliyatini charchashiga olib keladi. 
Dars jarayonining o‘rtalarida ish olib borilayotgan matolar 
to‘g‘risida o‘quvchilar bilan qisqa suhbatlar o‘tkazilsa, maqsadga 
muvofiq boiadi. Ba’zi bolalarda ignadan ipni o‘tkazish, tugun
238


qilish jarayonlari muammoli holda kechadi. Bunday hollar ko‘proq 
korreksion harakati yoki ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan bolalarda 
uchraydi.
Boshlangich sinf o‘quvchilari mehnat darslarida quyidagi gaplar 
bilan tanishadilar: «igna oldinga», «atrofmi tikish», (qayirib)-l- 
sinfda; «igna orqaga», novdasimon, tamburga, ilgakli - II - sinfda; 
«chiziqchada», nay ostida, ilgakli - П1 - sinfda, mehnat darsidagi 
barcha ishlar yuqoridagilarga suyangan holda olib boriladi. Sinfdan 
tashqari ishlarda o‘quvchilar yangi gaplar bilan tanishadilar. Bu esa 
mehnat darsliklarida o‘rgatilgan tikishlar qatorida yangilarini o‘r- 
ganishga zamin tayyorlaydi. Bu esa matolar tikilgan mahsulotlarni 
bezatishda qo‘l keladi.
Har bir tikilgan chok qo‘lda tortiladi. Choklarni qo‘lda 
tekshirish degani, bu ish faoliyati davomida matoga ignalar ip bilan 
kirgizib ma’lum oraliqdan so‘ng undan chiqariladi. Matoda turli 
oraliqda bo‘lgan izlar qoladi. Bunda qanday oraliqda ignalar 
sanchilganini ko‘rish mumkin. Matoda qolgan iplar izlari «chok » 
deb ataladi.
Chok uzunligi 1,5 mm dan 3 sm gacha bo‘lib, bir tomonga 
qarab yoki bir tomonga qiyshaygan holda bo‘lishi mumkin. Bir- 
birining ketidan borib, bir xilda bo‘lgan tikish chok deb ataladi. 
Choklar o‘z vazifasiga qarab, birlashtiruvchi, mustahkamlovchi, 
qattiqlovchi bo‘ladi.
III. 
Boshlang‘ich sinflarda mehnat darsini o‘rgatish dasturi 
o'qituvchi oldiga quyidagi aniq masalalami qo‘yadi:
A) Bolalar bilimini oshirishda doimiy va individual ravishda 
ishlab chiqarish faoliyati, texnika shu bilan birga matolar va ularga 
xos bo‘lgan tomonlami yanada kengroq tushuntirib borish kerak 
bo‘ladi.
B) Matolar ishlovida, turli matolarga ishlov berishda oddiy qo‘l 
mehnati davomida foydalaniladigan asboblardan foydalanish o‘r- 
gatiladi.
D) 
Umumiy mehnat bo‘limlarini shakllantirish, mehnat ma- 
daniyati, mehnatga faol munosabatda bo‘lish, mehnat jarayoni yoki 
davomida mustaqil bo‘lish, ish jarayonida o‘z mehnatini nazorat 
qila bilish kabi fazilatlarga o‘rgatish.
239


E) 
Mehnat jarayoni davomida bolalami har tomonlama tar- 
biyalash va rivojlantirish: estetik, jismoniy va aqliy.
Ushbu mehnat darslarining umumiy masalalaridan kelib 
chiqqan holda «mato bilan ishlash» o‘z mazmuniga, o‘z maqsadiga 
va aniq masalalarga ega.
Amaliy mashg‘ulotiar davomida o‘quvchilar asboblar bilan 
ishlash va ularga ko‘nikmalar hosil qiladilar: qaychilar, igna, 
shablon, o‘lchov asboblari.
Tekstil matolarga ishlov berishdagi amaliy mashg‘ulotlar esa 
ko‘zda chamalashni o‘rgatadi. Bu esa umumiy mehnat faoliyatiga 
tayyorlashda rnuhim ahamiyatga egadir.
Barehaga ma’lumki, tekstil matolarga ishlov berish boshqa 
matolarga ko‘ra ancha murakkabdir. Mato bilan ishlab boigach, 
qog‘oz bilan ishlash ancha oson keladi.
Tikish, to‘qish, kashtachilik jarayonlari o‘z natijalari yaqqol 
ko'zga tashlanganligi bilan bolalami o‘ziga jalb etadi.
Ba’zi bilim va uquvlar bolalarda o‘z kiyimlariga ehtiyotkorlik, 
ozodalik bilan qarashga o‘rgatadi. Gazlama bilan ishlash jarayoni 
bolalarda mehnat madaniyati, rejalashtirish va tashkil etish 
qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bolalar sabr toqatli bo‘ladilar. Ular bir 
so‘zli, tirishqoq, boshlagan ishlarini oxiriga yetkazishga harakat 
qilishga o‘rganadilar.
Tikish, kashtachilik darslarida bolalaming estetik dunyoqarashi 
takomillashib boradi. Tikish jarayoni predmetlar o‘rtasidagi aloqa 
vositasi rolini bajarishda muhim o‘rin tutadi. Bolalaming so‘z 
boyligi oshadi. Geometrik shakllar haqidagi tushunchalari oshadi, 
sifati, rangini, tanlash qobiliyatlari kuchayadi.
Matolar bilan ishlash darslari tikish, kashtachilik, to‘qish 
ishlarida oddiy texnik va ommaviy tayyorgarlik jarayonlarini o‘r- 
gatadi. Biroq, shuni doimo nazarda tutish zarurki, bolalami meh- 
natning bu turiga o‘rgatilganda darsdan tashqari amaliy mash- 
g‘ulotlar bilan ham ko‘proq mustahkamlash kerak bo‘ladi.

Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish