Plastilin.
Kichik yoshdagi bolalar bilan ishlashda qoilanila-
digan eng qulay xomashyodir. Plastilinga oldin ishlov berish shart
emas, shu tufayli ko‘pincha loy o‘mida ham ishlatiladi. Bu
noto‘g‘ri, chunki loy va plastilin turli xil xomashyodir.
Plastilin bilan ishlash jarayonida o‘quvchi!ar, haykaltaroshlik,
grafika kabi san’at turlari bilan tanishadilar. Lepka zamonaviy
arxitekturada keng qo‘llaniladi. Plastilinda ishlashdan oldin bunday
(lepka) ishlarini bolalarga ko‘rsatish, ulami ishlatilish joyi to‘g‘-
risida hikoya qilish kerak.
Plastilin yuzasida turli ornamentlar hosil qilish mumkin. Shu
asosda bolalar go‘zallikni ko‘rish, xis qilishga o‘rganadilar, ularda
yangi ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi, mayda qo‘l muskullari
rivojlanadi.
231
Yasalgan buyumlar esa ko‘rgazma zali, ish xonasi yoki boshqa
xonalarni bezab turishi mumkin.
Shuni unutmaslik kerakki, bu ishlar oddiydan boshlab murakkab
tomonlariga rioya qilinishi shart. Chunki, agar bolaga birdan
murakkab ish berilsa, u ishidan sovushi mumkin. Eng awalo, ish
obyektini tahlil qilish va lepkaning usulini to‘g‘ri topish.
Buyumlaming murakkabligini hisobga olgan holda, amaliy
mashg‘ulotlami bajarishda usullami to‘g‘ri aniqlash kerak, ya’ni
kostruktiv, plastik va aralash.
Lepkaning konstruktiv usuli oson ish boiib, bunda bir necha
qismdan (gavda, bosh, qo‘l, oyoq) bir yagona narsa (hayvonlar)
yasaladi.
Lepkaning eng qiyin plastik usuli bulib, bunda yaxlit bo‘lakdan
katta narsa yasaladi. Ish boshlashdan oldin qilinadigan ishni ko‘z
oldiga keltirish, uning shaklini, hajmini mo‘ljallab olish kerak.
Aralash usul ham, konstruktiv ham plastik usulni tashkil etadi.
Pape - mashe-
qog'oz bilan ishlash usuliga kiradi. Mayda qilib
kesilgan qog'oz parchalaridan turli shakldagi buyum yasaladi.
Buyumning sirti yog‘lanadi, keyin mayda bo‘laklarga boiingan
qog‘oz parchalari namlanib buyum sirtiga yopishtiriladi. Keyin
uning ustiga, parchalangan qog‘ozga, kleystr surib yopishtiriladi.
Kerakli qalinlikda qog‘oz yopishtirilgach, buyumni quritishga
qo‘yishadi. Ichidagi buyum ajratib olinib, usti tekislanib, bo‘yaladi,
rasm chiziladi, laklanadi. Bu mashg‘ulotlar mayda qo‘l muskullari
motorikasini yaxshilashga yordam beradi
Tabiiy material yordamida lepka va o‘yinchoqlar yasashga
o‘rgatish. Bolalar ko‘z oldida turgan narsanigina yasay oladi. Hayol-
da uni tasawur qilib, keyin yasashi ancha murakkab mashg‘ulotdir.
Buyum yasash jarayoni fikrlash, tafakkur, xotira, harakat
kabilami o‘z ichiga oladigan murakkab jarayondir.
Biror ish bajarishdan oldin bola uzoq uz fikrini bir joyga jam-
lab, so‘ng barmog‘ini harakatga keltiradi. Buning uchun diqqatini
jamlash maqsadida qulay sharoit tug‘diriladi, bola asta - sekin uzoq
va diqqat bilan bajariladigan vazifani bajarishga o‘rgatiladi. Loydan
turli shakllar tayyorlash jarayonida, bola o‘z tushunchasini namoyon
qila boradi.
232/
Bu ish jarayonning dastlabki pog‘onalarida yetakchi darajada
malakali boMmaydi, ayniqsa harakati buzilgan bolalarda bu yaqqol
namoyon bo‘ladi. Ishning malakaliligi ish jarayonida asta - sekin
o‘sib borib, bolalar qo‘l harakatlari ham aniqlik sari ko‘tariladi. Loy
va plastilin bilan ishlash - qo‘l rivojlanishida muhim omildir. Ish
jarayonida barmoq muskullari va barmoqlaming barchasi ishtirok
etadi. Ko‘z nazorati ostida o‘ng va chap qo‘Ilaming harakati
bolaning rivojida muhim o‘rin tutadi. Loy va plastilin bilan ishlash
uzoq vaqt davomida fikrlashga, o‘ylab topishga majbur etadi.
Yordamchi maktablarda plastik materiallar va loydan ishlarga katta
ahamiyat beriladi. Chunki bunga yuqorida keltirilgan misollar javob
bo‘la oladi. Tabiiy mahsulotlar o‘zining tabiiyligi, saqlanishi va
yemirilishining o‘ziga xosligi bilan boshqa lepka materiallaridan
ajralib turadi. Ularga o‘simlik, loy, qum, tosh, rakushka va
boshqalar kiradi
Tabiiy mahsulotlar tekis va hajmli bo‘ladi. Har bir ekzemplyar
boshqalaridan o‘zining bir qator belgilari bilan ajralib turadi:
hajmi, rangi, konturasi, tashqi ko‘rinish xususiyatlari Tabiiy va
stabil, ulami o‘zgartirganda mahsulotlarning bu xususiyatlari
buziladi va sinadi. Tabiiy mahsulotlarning tashqi tomonlarini,
chidamliligi, ishlovga mos kelishini hisobga olgan holda boshqa
mahsulotlar bilan qo‘shiladi. Shunday tabiiy mahsulotlar borki,
ularga bigiz yordamida ham teshik qilib bo‘lmaydi. Detallar unga
yopishtiriladi yoki 2 ga bo‘lib ular orasiga yopishtiriladi.
Naturani xotirasida saq lagan holda tasawur qilish orqali har xil
lepka turlari bo‘yicha ishlash usullari. Aqli zaif o‘quvchilar uchun
lepka ish turi ancha qiyin hisoblanadi. Qiyinchiligi shundaki, Tabiiy
predmet o‘z hajmi bilan katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. Bu bola
bajarayotgan mahsulotga mos kelmaydi. Shu sababli lepka ishlari-
ning dastlabki etaplarida, programmada belgilanganidek, namunaga
qarab bajarish kerak.
Naturadan lepka predmetni analiz qilish qobilyatini shakllan-
tiradi, ish jarayoni davomida o‘z faoliyatini nazoratini shu bilan
birga aqliy harakatlami shakllamishga yo‘l ochadi.
Tasavvurga qarab lepka - bolalar uchun ishning qiziqarli
turlaridan biridir. Oddiy kompozitsiyalami tasawurda lepka qilish,
maketlar tuzish bola ijodida katta yo‘llar ochib beradi.
233
Tasavvurda lepka - eng qiziqarli ish turlariga kirib, o'quvchi-
larda ko‘rish xotirasini rivojlanishiga yordam beradi, predmetning
tashqi mohiyati fikran analiz qilinadi. Tabiiy obyekt yoki namu-
nanani diqqat bilan kuzatishiga imkoniyat yaratadi. So‘ngra uni olib
qo‘yiladi, bolalar esa tasawuriaridagi xotira asosida ko‘rgan
predmetlami yasashlari kerak bo‘ladi.
Tabiiy mahsulotlar bilan o‘tkazilgan mashg'ulotlami nutq o‘s-
tirish, matematika, tasviriy san’at darslari bilan bog‘lash mumkin.
Ish jarayoni davomida masofa haqidagi tushunchalami mustah-
kamlashga sharoit yaratiladi. Berilgan sonlami ko‘paytirish, kamay-
tirish bilimlari ham mustahkamlanadi.
Tasviriy san’at darsi bilan aloqasi shundaki, ranglarni ajrata
bilish, masofa tushunchasi aniqlik kasb etadi, elementar badiiy did
shakllanadi.
Lepka mashg‘ulotIaming boshqa darslar bilan bog‘liqligini -
umumta’lim jarayonida har bir darsda yaqqol namoyon bo‘lishini
guvohi bo‘lish mumkin.
Lepka darslarini rasm darslari bilan bog‘liqligini kuzatish
mumkin. Bu ko‘p jihatdan dars strukturasini aniqlaydi yoki belgilab
beradi. Misoi uchun rasm darslaridek, bu yerda ham quyidagi ish
turlarini ko‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |