Predmetli amaliy ta’lim darslarida ishni tashkil qilish
shakllari va ish turlari
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, predmetli amaliy ta’lim darsla
rida faoliyatni tashkil qilishning turli shakllaridan foydalaniladi:
1. 0 ‘qituvchining sinf bilan yalpi (frontal) ishi.
2. «Kichik o‘qituvchi bilan ishlash».
3. Guruh bo‘yicha ishlash.
4. Juftlik bilan ishlash.
5. 0 ‘quvchilaming yakka ishlashi.
Faoliyatni tashkil qilishning har bir shakli o‘z maqsad va vazi-
falariga ega hamda o‘qitishning aniq bir vazifasini hal qilish uchun
qo‘llaniladi.
Predmetli amaliy ta’lim darsi uchun
tashkiliy shakllami nav-
batma-navbat o‘zgartirib qo'llash samara keltiradi.
Jamoa bo‘lib, o‘qituvchi yordamida ishlanganda o‘quvchilar
ko‘proq harakat bajaradilar. Shuning uchun bu usulni yangi mavzu
asosida egallanishi kerak boigan ko‘nikma, malakalarga o‘rgatish-
da qo‘llash maqsadga muvofiq. O'quvchilar egallagan ko‘nikma va
malakalar yakka holda ishlashda mustahkamlanadi.
Ishning tashkiliy shakli dars maqsadi, mazmuni,
egallash uchun
ajratilgan nutqiy materialdan kelib chiqqan holda tanlanadi.
0 ‘qituvchining sinf bilan ishlashi
Faoliyatni tashkil qilishning ushbu shakli tayyorlov sinfidan
boshlab qo'llaniladi. 0 ‘qituvchi
yordamida yalpi ishlanganda
o‘quvchilar bir xil topshiriqlami bir xil usulda bajaradilar.
0 ‘qituvchi o‘quvchiIar faoliyatini tashkil qiladi,
uning nutqi
namunaviy hisoblanadi. Quyidagi ish turlarini keltiramiz:
1.Namuna bo‘yicha topshiriqni bajarish.
0 ‘qituvchi ish namunasini ko‘rsatadi, predmet nomini aytadi
(masalan, olma) va topshiriq beradi:
Olma rasmini chizing - chizdim.
Olmani bo‘yang - bo‘yadim.
Band chizing - chizdim.
Bandni bo‘yang - bo‘yadim.
■
185
2. Namunadan farqli buyum tayyorlang.
0 ‘qituvchi ish namunasini ko‘rsatadi.
0 ‘quvchilar predmetni muhokama qiladilar (rangi, hajmi, nima
chizilganligi va hokazo).
So‘ngra o‘qituvchi o‘quvchilarga
namunadan farq qiiuvchi
predmet yasashni buyuradi. Masalan, namunada qizil olma rasmi
chizilgan.
Topshiriq:
- Sariq olma chizing.
- Yashil olma chizing.
- Kattaroq olma chizing.
3 .0 ‘qituvchi topshirig‘ini bajarish. (Tayyorlov sinfdan bosh
lanadi).
Topshiriqlar o‘zida buyumni yasash uchun muhim bo‘lgan
talablar, jarayon (operatsiya)lami mujassam etadi.
Ish quyidagicha
kechishi mumkin.
Bunda o'qituvchi aw al 1 ta topshiriq beradi, o‘quvchilar uni
bajaradilar yoki o‘qituvchi birdaniga bir necha topshiriq
berishi va
o‘quvchilar uni birin-ketin bajarishlari mumkin.
Topshiriqlaming nutqiy bezagi predmet amaliy ta’lim va nutq
o‘stirish bo'yicha dastur talablaridan kelib chiqadi.
Topshiriqlar og‘zaki va yozma ravishda (doskada
yoki kar-
tochkalarda) berilishi mumkin.
Bunda o‘quvchilaming topshiriqlami to‘g‘ri bajarishlarini na
zorat qilish zarur, chunki bajarish orqali o'quvchilarda tushunchalar
shakllanadi, atrofdagilar nutqini tushunish rivojlantiriladi.
4. Rasm yoki chizma asosida topshiriq bajarish. (1-sinfdan
boshlanadi).
Bu ish turi darsga o‘yin vaziyatini olib kiradi. U ko‘pincha
mozaika va konstruktor bilan ishlashda qoilaniladi. 0 ‘qituvchi
biror predmet tasvirlangan rasm yoki naqshni ko‘rsatadi va olib
tashlaydi. Bolalar xotiraga tayanib ish bajaradilar!
Ishni tugatgach,
nima qilgani, ish uchun nimalar kerak bo‘lgani haqida hisobot
beradilar.
5. «Huddi shunday qil» topshirig‘ini bajarish. (1-sinfdan bosh
lanadi).
186
Buyum namunasi ko‘rsatilgach,
uning tayyorlanishi haqida
hikoya, matn o‘qiladi.
Bolalar ishni matn mazmuniga ko'ra bajaradilar.
Bu ish turi «Nutq o‘stirish» darsligi va ilovasidagi buyumlami
yasash uchun berilgan mavzulami amalga oshirishda qoMlaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: