Tasviriy san’at va qo‘l mehnatiga 0 ‘qitish maxsus



Download 7,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/79
Sana26.11.2022
Hajmi7,47 Mb.
#873162
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   79
Bog'liq
tasviriy sant va qol mehnatiga oqitish maxsus metodikasi

Savollar:
1.Mehnat darslari qanday tashkil etiladi va olib boriladi?
2.Qo‘l mehnati bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlar haqida 
gapirib bering.
3. Mehnat darslarining fanlararo bog‘liqligi haqida gapirib 
bering.
Adabiyotlar:
1.J. A Rubin Bolalar art terapiyasi. 2005.263-283.
2. Yusupova N., “Qo‘l mehnatini o‘qitish maxsus metodikasi va 
predmetli-amaliy ta’lim” Т.: «Nizomiy nomidagi TDPU”, 2012.
179


Qo‘shimcha adabiyotlar:
LAytmetova S.Sh. «Aqli zaif o‘quvchilami mehnatga tay­
yorlash». Т.: “0 ‘qituvchi”, 1994.
2.Т.С.Зыкова, М.А.Зыкова., «Методика предметно-практи­
ческого обучения» М.:2002.
1.4. Alohida yordamga muhtoj bolalar predmetli amaliy ta’lim
darslar tizimi va shakli
Bola kattalar u uchun ma’lum harakatlami bajarish jarayonida 
o'rgana olmagani o‘zi bajarish jarayonida o‘rganishi va estetik 
tuyg‘ularini rivojlantirishi lozim.13
Shunday qilib nogiron bola o‘zi uchun afzalroq usulni yoki 
tanlash va o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Shundan 
keyingina bola shaxsan muvofiq biron narsa yaratish yo‘lini kashf 
etadi. Keng tanlash imkoniyati bulardan axborot va tasvirlash 
vositalaridan foydalanish uchun ochiqlik nogiron bolalar va boshqa 
bolalar uchun muhimdir. Agar san’atning ikkita asosiy maqsad- 
laridan nogiron bolalarga o‘z-o‘zini aniqlash va mustaqil faoliyatni 
singdirish bo‘lsa, sodir bo‘lgan strukturasi muhim hisoblanadi. 
Strukturani osonlashtiruvchi san’at materiallarining mustahkamlik 
va oldindan ko‘ra olish imkoniyatidir va ko‘zi shu materiallarni 
hattoki ojiz bolalar ham maksimal darajada mustaqil ishlatish 
imkoniyatini berish (15.9C). Shu materiallar oson ishlatuvchanligiga 
ishonch hosil qiiish (15.9D).14
Predmetli amaliy ta’lim darsi tuzilishi
Predmetli amaliy ta’lim darsi tuzilishi buyumni tayyorlash 
bo‘yicha ishning quyidagi bosqichlari asosida aniqlanadi:
-ishga tayyorgarlik;
-buyumni tayyorlash (ishni bajarish);
13 Meeting die Needs o f Children with Disabilities Families and professionals facing the challenge together Edited 
by Helen K. Warner. Simultaneously published in the USA and Canada by Routledge 270 Madison Ave, New York, 
NY 10016. p-96 
(mazmun-mohiyati olindi).
14 J. A Rubin Bolalar art terapiyasi 2005. 272-27S betiar.
180


-natijalami tahlil qilish.
Ishga tayyorgarlik o‘zida quyidagilami mujassam etadi: 
-mavzuni e’lon qilish;
-buyumni tahlil (nima, nimadan yasalgan, qismlari, rangi, hajmi
.... ) qilish;
-ish rejasini tuzish.
-ish uchun kerakli narsalarni «Talabnoma» sifatida tuzish 
(og‘zaki, yozma);
-ish qurollarini tanlash va tarqatish.
Mavzuni e’lon qilish va buyumni tahlil qilish yuzasidan 
yuqorida tavsiyalar keltirildi.
Ish reja tuzish asosan 1 sinf oxirlarida amalga oshiriladi. 
Shuningdek, talabnoma yozish ham shu davrdan boshlanadi.
0 ‘qituvchi ish reja tuzish va talabnoma yozdirishni maqsad 
qilib belgilasa, unda ushbu dars asosini shu jarayonlar tashkil qiladi.
Talabnoma tuzilgandan so‘ng kerakli qurollar va materiallar 
tarqatiladi.
Shu bosqichda o‘qituvchi muammoli vaziyatlar yaratishi lozim, 
ya’ni ish qurollarining kimgadir yetmasligi, kimdadir qurolning 
boshqachaligi kabilami eslatish o‘quvchilarda norozilik yoki 
murojaat qilishga ehtiyoj tug‘diradi. Masalan:
0 ‘quvchi: - Opa, menda qalam yo‘q.
0 ‘qituvchi: - Qara, kimda ortiqcha.
0 ‘quvchi: - Dilshodda 2 ta qalam bor.
0 ‘qituvchi: - So‘ra.
0 ‘quvchi: - Ma, ol, marhamat.
0 ‘quvchi: - Rahmat.
Ish qurollarini tarqatish bo‘yicha quyidagi ish usullari:
1. 
0 ‘qituvchining topshirig‘iga ko‘ra materiallar tarqatish 
(tayyorlov sinf).
0 ‘qituvchi navbatchi yoki «Kichik o‘qituvchi»ga topshiriq 
beradi. Masalan: - Tayyorlov sinflari uchun plastilinni ol, 
taxtachalarni tarqat. Ahmadga plastilin ber. Likopchalami tarqat va 
suv quy...
Ikkinchi sinf uchun - Samandar, 4 ta qora qalam ol - tarqat, qizil 
qalamni 2 ta kam ol - tarqat...
181


Topshiriqlar yil sayin murakkablashadi va o‘zida boshqa o‘quv- 
predmetlar mazmunini mujassam etadi.
0 ‘quvchilarga topshiriqlar nafaqat og‘zaki, balki yozma tarzda 
ham berilishi zarur.
2. 0 ‘quvchilar topshiriqni o‘qib, bajarganligi haqida yozma 
hisobot tuzishga ham o‘rgatiladi. Masalan, 2-sinf uchun:
3. Men plastilinni..... ga berdim.
4. Men qalamiami tarqatdim.
5. Men rasm chizdim.
6. Men olma rasmini chizdim.
7. Men boMdim. Olmani bo‘yadim.
8. O‘rtog‘ining topshirig'ini bajarish. (tayyorlovJ.II.III.IV-V 
sinflar). Sinfda navbatchi yoki «kichik o‘qituvchi» belgilanadi. 
Bunda o‘quvchiIar topshiriq tuzishga o ‘rgangan boMishi kerak. Ular 
mustaqil ravishda tarkibi va mazmuni har xil boigan nutqiy 
murojaatlar tuzadilar. Ular uchun tayanch so‘zlar, tugallanmagan 
topshiriqlar namunasi polotnoda turadi.
Bu ish quyidagicha kechadi. Guruh a’zosi boshlovchiga talab- 
noma aytadi yoki yozadi va ishni bajarganligi yuzasidan hisobot 
beradi.
3. 
Ish qurollari va materiallami mustaqil tanlash (tayyorlov 
sinfidan boshlanadi).
0 ‘quvchilar talabnomani tuzganlaridan so‘ng o‘qituvchi stoliga 
kelib kerakli narsalami olishni talab qiladi. Bu jarayon qat’iy nutqiy 
asosda bo‘ladi. Masalan:
Nodir, kel. Senga nima kerak?
M enga. . . , . . . , . . . kerak.
Yana o‘yla-chi ? Nima kerak?
Menga yana... kerak.
Sen nima olding ?
M en ... ni oldim.
U senga nimaga kerak?
Men qalam bilan chizaman.
Mumkinmi, o‘tirsam.
Bu ish o‘quvchilar yozgan talabnoma asosida kechganda, ular 
talabnomani to‘liq tuzishga harakat qiladilar. Agar bola talab- 
nomada biron bir ish qurolini yozmagan bo‘Isa, ish davomida
182


muammoli vaziyatga duch keladi va o‘qituvchiga yoki boshlovchiga 
murojaat qilishga majbur boiadi. Keyingi darslarda bu xatoni 
qilmaslikka harakat qiladi.
Predmet amaliy ta’lim darsi buyum ustida ish bosqichlariga ega 
boiadi. 0 ‘quvchilar har xil buyumlami yasash davomida atrofdagi 
boriiq, uning ichki tuzilishi bilan tanishadilar. Bu bilan ular turli 
bilim, ko‘nikma, malakalami egallaydi.
Masalan: Topshiriq. Ikkinchi qavatda 4 tadan oyna boisin. 
Uyning ayvoni boisin.
Bunda o‘quvchilarga quyidagi nutqiy material beriladi: devor, 
oyna, eshik, tom, yuqorida, pastda, orqada va boshqalar....
Buyumni tayyorlash bosqichida q o i mehnati malaka va 
ko‘nikmalari ustida ish olib boriladi. Bunda o‘qituvchining 
namoyishi (tayyorlash bo‘yicha) alohida o‘ringa ega. 0 ‘quvchilar 
o‘qituvchining har bir harakatini aniq ko‘rishi zamr va shu o‘rinda 
o‘qituvchi harakatlari qismli, aniq, tushunarli boiishi shart. Ayrim 
hollarda namoyish takrorlashni taqozo qiladi. Ammo hech qachon 
o‘qituvchi o‘quvchi uchun uning o‘miga bajarmasligi kerak.
Buyum qanchalik noto‘g‘ri bajarilmasin, o‘quvchining o‘zi 
xatoni tuzatishi lozim.
Ish jarayonida bolalar nutqini rivojlantirish quyidagicha:
-yasash davomida jarayon parallel ravishda og‘zaki aytib 
boriladi, bunda nutqiy instruksiya harakatdan kech qolib yoki 
ilgarilab ketmasligi kerak.
-Har bir foydalanilayotgan qurol nomi aniq aytiladi, vazifasi 
yetkaziladi;
-Qaychi. Qaychi bilan qirqamiz.
-Qog‘ozni qirqamiz.
-Yelim. Yopishtiramiz.
- Yelim bilan qog‘ozni yopishtiramiz.
Shu paytda o‘qituvchi alohida o‘quvchilaming ismlarini aytib 
(bunda shu o‘quvchiga qaramasdan harakatni davom ettiraveradi):
-Umida, men nima qildim.
-Otabek, endi nima qilaman.
-Menga endi nima kerak boiadi, kabi nutqiy murojaatlar bilan 
instruksiyalami bajartirishi mumkin. Bu o‘quvchilaming nutqni og‘- 
zaki eshitib qabul qilish, labdan o‘qish malakalarini shakllantiradi.
183


Predmetli amaliy ta’lim darsida o‘quvchilar nafaqat axborot 
berishga, balki axborotni qabul qilishga ham o‘rgatiladi.
0 ‘quvchilarda qo‘l mehnati malakalarini shakllantirish, o‘qi- 
tuvchining o‘zi bu malakalarga qanchalik egaligiga bog‘liq.
Darsning oxirgi bosqichi-natijalami tahlil qilish, ish yuzasidan 
hisobot tuzish, bajargan faoliyati haqida axborot berish, tayyor- 
langan buyumni tekshirish, baholash kabilami o‘z ichiga oladi.
Ish yuzasidan hisobot talab qilish har doim ham dars bosqichiga 
kirmaydi. Chunki, har bir faoliyat bajarib bo‘lingandan so‘ng 
o ‘quvchi hisobot beradi. Umumiy hisobotga ehtiyoj sezilmaydi.
Agar bir mavzu bir nechta darsda amalga oshirilsa, o‘quv- 
chilaming hisoboti oxirgi darsda talab qilinadi. Tayyorlangan bu­
yumni tekshirish ham oxirgi darsda amalga oshiriladi. Bunda 
0
‘quv- 
chilar buyum sifatiga qarab emas, balki unga sarflangan vaqtga, 
ishni mustaqil bajarganligiga, o‘rtog‘i yoki o‘qituvchi yordamida 
bajarganligiga qarab baholanadi.
0 ‘quvchilaming bajargan ishlarini o‘zaro baholashlarini tashkil 
qilish maqsadga muvofiqdir. Bu o‘quvchilami o‘z ishi yoki 
o‘rtog‘ining ishiga tanqidiy yondoshishga, kamchilikni ko‘ra 
bilishga, xatoni tuzatish yo‘llarini izlab topishga o‘rgatadi.
Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun quyidagi usullar:
- o‘quvchilar navbatma-navbat o‘z buyumlarini namoyish 
qiladilar, qolgan o‘quvchilar o‘z fikrlarini bildiradilar (1-sinfdan 
boshlab);
- o‘qituvchining stoliga o‘quvchilaming yasagan buyumlari 
qo‘yiladi, ichidan eng yaxshisi tanlanadi;
- o‘quvchilar buyumlami almashtirib, solishtiradilar, kamchi- 
ligini topadilar, fikr bildiradilar. (1-sinfdan boshlab);
- o‘quvchilardan biri o‘rtog‘ining ishini baholashi mumkin;
- boshqa sinf o‘quvchisi (katta sinf) yoki o‘qituvchi tegishli 
tahlilni amalga oshirishi mumkin.
0 ‘qituvchining baholash usullarini doim almashtirib turishi 
o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otadi. 0 ‘quv yilining boshlarida baho­
lash «yaxshi», «yomon» tarzida bo‘lishi mumkin. Keyinchalik esa 
predmet amaliy ta’lim darslarida tayyorlangan (rangli) shakllami 
«a’lo», «yaxshi», «yomonga» ajratib baholash mumkin.

Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish