Tasviriy san’at tur va janrlari



Download 433,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/26
Sana08.02.2022
Hajmi433,65 Kb.
#437184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Maruzalar matni

 
5-mavzu. Kolorit
Kolorit
(ital. colorito, lot. color — rang , boʻyoq) — tasviriy sanʼat asarlari 
(koʻpincha rangtasvir) voqelikni real va ifodali tasvirlashda ranglarning oʻzaro 
mutanosibligi. Voqelikni taʼsirli tasvirlash vositasining tarkibiy qismi boʻlgan K. 
asarning gʻoyasi, mazmuni, davri, uslubi hamda muallifning shaxsiga bogʻliq. 
Tarixda voqelik tasvirida mahalliy ranglar ozmi-koʻpmi cheklanib, ramziy 
ranglardan koʻproq foydalanish (oʻrta asrlar sanʼatida) va voqelikni barcha 
boʻyoklarda (uning rangi, tusy, nursoya va boshqalardan foydalanib) rangdor 
ifodalash anʼanasi shakllangan. K. ranglar uygʻunligiga koʻra, iliq (qizil, sariq, 
zargʻaldoq) yoki sovuq (koʻk, yashil, binafsha), sokin va jiddiy, yorugʻ yoki toʻq, 
rangdorligiga koʻra, yorqin, xira va boshqa boʻlishi mumkin. Ranglar uygʻunligi, 


uning toʻldirilishi va keskinligiga amal qilib, betakror va murakkab K. yaratiladi 
(Velaskes, Titsian, V.I. Surikov, I.Ye. Repin, Oʻzbekistonlik rassomlardan P. 
Benkov, Oʻ. Tansiqboyev, 3. Kovalevskaya, Ch. Ahmarov va boshqalarning 
asarlari).
Naqshlarda K. birorta rang (zangori, yashil, qizil, jigarrang va boshqalar)ning 
hukmronligiga asoslaniladi, qolgan ranglar unga boʻysundiriladi. Mac, yashil 
rang muhitida barcha rang tuslari yashil rangga boʻysundiriladi.
Shuningdek, K. biror narsaning oʻziga xos tomonlari majmuini ham anglatadi. 
Mas, badiiy asarning oʻziga xos xususiyatlari (davr, milliylik va boshqalar) 
Predmetning rangli tasviri deyilganda, uning faqatgina obyektiv mavjud bо‘lgan 
va ungagina xos bо‘lgan rangini nazarda tutilmaydi. Predmetning mana shu 
mavjud bо‘lgan rangi rangtasvirda “lokal rang” deyiladi. Rangtasvirda 
predmetning “rangli taviri” deyilganda bu iboraga anchayin chuqurroq ma’no 
beriladi. Biz bilamizki tabiatda bodring rangi yashil, pomidor rangi qizil, limon 
sariq, osmon zangori, qor rangi esa oq. Lekin bu predmetlarning rangli tasviri 
haqida sо‘z ketganda, shu predmetlarga bо‘lgan tasavvurimizni biroz 
о‘zgartirishimizga tо‘g‘ri keladi. Chunki rangtasvir biror kengash yoki yо‘l-
tansport hodisasi tafsilining hisoboti protokoli emas. Bu kо‘zimiz bilan kо‘rib 
turgan obyektiv - konkret sharoitdagi predmetlarning badiiy tasviridir. 
Atrof-muhitda biz kо‘zimiz bilan kо‘rayotgan yoki bizga “shartli” 
kо‘rinayotgan rangni nima belgilaydi? Atrofimizdagi predmetlarning u yoki bu 
rangda kо‘rishimizning shart-sharoitlarini shu turfa rangli predmetlarnig о‘zaro 
xilma-xil joylashuvi, ularning kuzatuvchiga nisbatan uzoq yaqinligi, yorug‘lik 
manbasiga nisbatan joylashuvi, tabiatning shu paytdagi holati kabi bir qancha 
faktorlar belgilar ekan. Rassom tasvir ustida ishlar ekan, о‘z palitrasidagi ma’lum 
darajada cheklangan ranglardan unumli foydalanib tabiatdagi bu rang-


baranglikni tо‘laqonli ifoda etishga muvaffaq bо‘ladi. Bunga u tabiatdagi 
predmetlarni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kо‘chirib emas, balki predmetlar va ular 
joylashgan muhit orasidagi ranglarni о‘zaro munosabatini tо‘g‘ri olib tasvirning 
ifodaliligiga erishadi.
Tasviriy san’at tarixidaXVasr italyan rassomlari rassomlari realistik rangtasvirda 
kolorizm tushunchasiga asos soldilar. Ulardan keyinroq XVII asrda rangtasvir 
san’atining buyuk daholari - ispan rassomi Diyego Velaskes (1599-1660) va 
golland rassomi Rembrandt Van Reyn (1606-1669) va boshqalar rangtasvirdagi 
bu vosita borasida Venetsiyalik rassomlarning boshlagan ishlarini davom 
etdirishdi. Bu yо‘lda ular rangtasvirdagi uning tasviriy va ifodaviy vositalari, 
shakl va rang, rasm va kolorit, yorug‘lik tabiatining mohiyati va ularning 
kо‘rinishlarini birgalikda jamlab, reallikni ifodalashda rangtasvirning buyuk 
imkoniyatlarini ochib berishdi.
XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan romantizmning otasi hisoblanmish 
buyuk fransuz rassomi va nazariyotchisi Ejen Delakrua (1798-1863) tasvirda 
rangning alohida tutgan rolini kо‘rdi. Rangning tasvirda obraz yechimini 
ifodalashda badiiy-ifodaviy vosita sifatida xizmat qilishi, inson tuyg‘ulariga ta’sir 
kо‘rsatib unda u yoki bu kayfiyatni yuzaga keltirib chiqarishi va unda har xil 
hissiyotni uyg‘otishi mumkin deb ta’kidladi. Tasvirda rang albatta asarning 
syujeti bilan uzviy bog‘liq bо‘lishi shart, u asar mazmunini ochib berishda undagi 
voqelikka kayfiyat baxsh etishi lozim deb hisoblagan.
Rangning obrazli-ifodaviy xususiyatlarini kо‘rib chiqsak. Bilamizki, har bir 
rang о‘zining ifodaviy kuchiga ega. Aks holda biz tabiatdagi ranglarni bir xil 
loqaydlik blan qabul qilar edik. Tabiatdagi tirik jonzodlarning har xil rangga 
bо‘yalganligi, inson qо‘li bilan yaratilgan buyumlar ranglari bizda har xil 
tuyg‘ular uyg‘otadi. Ba’zi ranglar bizning hissiyotimizni junbushga keltiradi, 
boshqalari bizni tinchlantirib sokinlik baxsh etadi, uchinchi xil ranglar esa 


g‘ashimizga tegib, asabimizni qitiqlaydi. Tabiatda shunday ranglar borki, ular 
bizni quvontiradi; erkalatadi, boshqa ranglar uchraydiki, bizni jismonan 
charchatishi bilan birga kо‘zimizni undan olib qochishimizga majbur etadi. 
Rassom tasvirda insonning rangdan oladigan hissiyotlarini nazarda tutib, rangdan 
badiiy-ifodaviy tarzda foydalanib, obrazning ma’naviy hissiyotini ochishda, 
rangni g‘oyaviy-obrazli ifodaga aylantiradi.
Har bir rangni doimo о‘ziga yaqin yoki kontrast bо‘lgan boshqa rang yoki 
nimranglar orasidagi о‘zaro aloqada qabul qilamiz. Rassom atrof-muhitda sodir 
bо‘layotgan ranglar orasidagi bu murakkab va nozik munosabatlarni 
“tarbiyalangan” nigohi bilan ilg‘ab oladi va uni bо‘yoqlar vositasida tasvirlay 
oladi. Rangtasvir mana shu ranglar va nimranglarning о‘zaro nozik 
munosabatlarida quriladi va bu munosabatlar vositasida rassom borliqni va unga 
bо‘lgan hissiyotini tasvirlab asar yaratadi. Rang-tasvir asarining rangli tо‘qimasi 
ranglarning о‘zaro nisbati olingan munosabatlaridan tashkil topadi va rassom bu 
ranglar munosabatini ma’lum bir yaxlitlikka jamlaydi. Bu ranglar 
mutanosibligiga kolorit deyiladi.
О‘rta asrlar rangtasvirida kolorit asosan lokal ranglar (murakkab bо‘lmagan ochiq 
ranglar lokal ranglar deyiladi) munosabatida qurilgan. Bu yorqin ochiq ranglar 
figura va predmetlarni konturlarigacha yopgan, rassom bu konturlarni aniq ichki 
chiziqlar yordamida, predmetlar hajmiga urg‘u berib chegaralangan. Asar 
kompozitsiyasidagi predmetlarning doimiy (haqiqiy) ranglari munosabatiga 
qurilgan kolorit lokal kolorit deyiladi. Hozirgi zamon rangtasvirida ham ba’zi 
rassomlar shu usuldan - lokal ranglar munosabatiga qurilgan lokal koloritdan 
foydalanishadi, lekin bu ranglar munosabati yoritilganlik va havoviy muhit 
qonuniyatlariga rioya qilgan holda quriladi.
Agar lokal yoki ochiq tonlar munosabati asosida kolorit nisbatan yaxlit va 
katta, bir xil bо‘yalgan maydon va dog‘larning о‘zaro munosabati hisbobiga 


qurilsa, ikkinchi holda esa asarning umumiy garmoniyasi mо‘yqalam qoldirgan 
kо‘p miqdordagi mayda va rang-barang dog‘chalar hisobiga erishiladi. Bu usul 
rang-tasvir usulidir. Shakl va rangga nisbatan bо‘lgan bu yonldashuvda kartina 
yozish tizimi yaqin masofadan har xil ton va nimranglar chizgisidan iborat 
mozaikaga о‘xshasa, uzoq masofadan qaralganda tо‘liq tugallangan shakl 
taassuroti va real mavjud predmetning alohida maxsus yoritilgan sharoitdagi 
xavoviy muhit va fazodagi mavjudlik hissi yuzaga keladi. Koloritning rang-tasvir 
usuli yorug‘lik va xavo bilan chambarchas bog‘liqdek, predmetlarni о‘z 
qobig‘ida о‘rab olib ularga harakatli holat, hayotiy tiyraklik va о‘zgaruvchanlik 
ifodasini baxsh etadi. Shuning uchun uning ifodaliligi tabiatining turlanishi 
hamda his-tuyg‘u, kayfiyat, hayot lirikasi limmo-lim bо‘lgan obrazlar bilan uzviy 
bog‘liqdir.
Asarda kolorit ifodaliligi ranglar och yoki tо‘qligi; uning yorqinligi, 
sokinligi, rangning sovuqligi yoki issiqligi bilan birga tasvirlangan predmetning 
yoritilganligi xarakteriga – yorug‘lik manbaining tabiiy yoki sun’iyligiga,
yorug‘likning kuchliligi yoki kuchsizligi va boshqa jihatlariga ham bog‘liq. Bu 
holatning badiiy mohiyati shundaki, yoritilganlik xarakteriga qarab moddiy
muhit har xil qabul qilinadi.
Tabiat ta’sirida muhitning asl kо‘rinishlari mutlaqo boshqa qiyofaga kiradi. Bu 
о‘zgarishlarni kuzatib ular bizga о‘zining har-xil ta’sirini о‘tkazadi – ongimizda 
turli xotiralarimizni tiklaydi va biz turli hissiyotlarga berilamiz. Tabiatdagi bu 
estetik ifodalilik bizning xoxishimizdan tashqarida, tuyg‘ularimizga kirib boradi 
va keyingi hayotiy faoliyatimizda qayta uyg‘onish uchun ongimizga singib 
ketadi. Tabiat xarakteridagi bu nozik xususiyatlarni ilg‘ab о‘z asarida tо‘g‘ri 
ifoda eta olgan rassom о‘z asarining ta’sir kuchi orqali bizda tabiat uyg‘otadigan 
о‘sha nozik hissiyotlarni tiklay oladi. Kartinadagi yorug‘lik albatta tabiatda 
mavjud bо‘lgan quyosh yoki oyning, real yorug‘ligi emas, u faqat uning yassi 


sirtdagi buyoqlar yordamida, buyoqning aniq munosabatlari orqali aks etdirilgan 
ifodasidir.
Yoritish manbaining harakatiga bog‘liq bо‘lgan haykaltaroshlik asaridan 
farqli о‘laroq, rassom о‘z asarida shu asar mazmunini va obraz ifodaliligini 
ochishga kerak bо‘lgan yorug‘likni tasvirlaydi, kartinada bu yorug‘lik abadiy 
muhrlanadi. Kartinadagi rang va yorug‘lik birligi asarning obraz yechimini 
ifodalashdagi muhim omildir.

Download 433,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish