Tasviriy san’at tur va janrlari



Download 433,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/26
Sana08.02.2022
Hajmi433,65 Kb.
#437184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Maruzalar matni

3-mavzu. Rasm 
Rasm tasviriy san’atning asosiy elementi, badiiy obraz yaratishda 
haykaltaroshlik, grafika va rangtasvirning tizim asosi. Qoralama nima? Hajm – 
shaklning nur-soya va perspektiva yordamida tasvirlanishi. Yoritilganlik 
gradatsiyasi. Nur-soya – nur, blik, nimsoya, о‘zining soyasi, refleks, tushuvchi 


soya, tonal munosabat. Rasm – predmetning о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatlari va 
xaraterli qiyofasini muhitga bog‘liq holda о‘zlashtirish. Tasvirdagi rasmning 
badiiyligi shu asar obraz mazmunini chuqur va tо‘laqonli ochilganligidir. 
Rangtasir asarining rasm qurilmasi orqali tasvirning plastik jihatiga baho berish. 
Rangtasvir plastikasi – rang va nur-soya orqali shakl yaratishdagi relyeflilik va 
shakllar о‘zaro mutanosibligi va ularning fazoda joylashuvidir. Yoritilganlikning 
ahamiyati. Rembrandt Van Reynning “Daydi о‘g‘ilning qaytishi” kartinasi.
Tasvirda rasmning eng ifodaviy vositalaridan biri uning konturi va tasvirda inson, 
hayvonot olami, predmet va boshqa inson kо‘zi orqali seziladigan harakatning 
ifodalanishidir. P.Fedotovning “Mayorning sovchiligi” asarida.
Rasmning asosiy ifodaviy funksiyalaridan biri – tasvirda inson, hayvonot 
olami, predmet va boshqa inson kо‘zi orqali seziladigan harakatning 
ifodalanishidir. Rangtasvir asari о‘z tabiati mohiyati bilan harakatsiz bо‘lsa-da, 
bizning kо‘z о‘ngimizda tasvirda harakat sodir bо‘layotgandek tuyuladi. Rassom 
tasvirda harakatni aynan kо‘chirmaydi – uning nusxasini chizmaydi, u kо‘z orqali 
haqqoniy taassurot hosil qiluvchi harakatning ifodaviy obrazini yaratadi. 
Harakatdani naturani tasvirlab rassom, fotografiyada yuz beradigan harakatning 
tо‘xtatilgan holatini bermaydi. Bu harakatning bir holatdan ikkinchi holatga 
о‘tish nuqtasini tasvirlaydi.
Rasm haqidagi suhbatimizda harakat tasvirini ifodalash haqida sо‘z borgan 
edi. Lekin rasmdagi bu ifoda faqat kompozitsiyada jamlangandagina tо‘laqonli 
gavdalanadi. Unda tasvirdagi harakatning ifodalanishida rangtasvirning hamma 
vositalari – syujet tanlash, predmet tasviriga nisbatan bо‘lgan fazoviy perspektiv 
kо‘rinish nuqtasi, rasm, rang, yorug‘lik, hattoki mо‘yqalamning mato sirtidagi 
yо‘nalishi va tezligi ritmi hamda matoga qо‘yilgan moybо‘yoqning qalinligi – 
fakturasi birlashib ishtirok etishadi. Faqat kompozitsiyadagina tavsirdagi 
predmetning harakati rangtasvir vositalarining о‘zaro faol munosabatlari 
natijasida о‘zini namoyon qiladi. 


rasm tizimi rangtasvirning eng asosiy vositasi sifatidagi asosi Uyg‘onish
davrining buyuk ustozlari tomonidan yaratilgan. 
Hozirgi zamon rangtasvir asaridagi rasm tizimiga nafaqat
uning obyektga nisbatan savodli, aniqlik va о‘xshashlik tomonidan,
balki avvalam bor uning ifodaviylik jihatlaridan kelib chiqib, baho
beriladi. Shaklni tasvirlashdagi natura proporsiyalarining aniqligi,
perspektiva va nur-soya qonuniyatlarining puxta ekanligi – xullas rasm
tizimining professional savodliligi uning bahola-nishidagi badiiy meyor
emas. Rasmning tasvirdagi badiiyligi, uning san’at asarining obrazli
mazmunini qanchalik tо‘laqonli ocha olishi darajasi bilan uzviy bog‘liq. 
Muayyan holatlarda rassom asarning obrazli ifodaliligi yо‘lida
atayin yoki beixtiyor tasvirlashning ba’zi qoidalari chegara-laridan
chiqadi, model qiyofasiga о‘zgartirish kiritadi. V.Surikovning “Menshikov
Beryozovoda” (Menshikov v Berezove. 38-ill.). asariga murojaat qilamiz
Tasviriiy san’at tarixidan ma’lumki, rassomning ba’zi zamondoshlari uni
kartinaning rasm tizimida katta xatoliklarga yо‘l qо‘yganlikda
ayblashgan. Unga – “agar Menshikov butun bо‘y-bastiga tursa, uning
boshi izbaning shiftini teshib yuboradiku, kо‘rmayapsizmi?” deb dashnom
berishgan. Haqiqatdan ham, Menshikov qomati kartinaning tor fazoviy
makonidagi boshqa shakllarga nisbatan noproporsional yirik kо‘rinadi. Lekin
V.Surikov tasvirning rasm tizimidagi “xatoga” atayin yо‘l qо‘ygan.
Chunki bu “xato” unga Menshikovni qafasda о‘tirgan sher misoli
kо‘rsatib, bu tarixiy shaxsning ruhiy va jismoniy qudratini, uning
surgundagi mahkumlikda “о‘z terisiga sig‘may” о‘tirgan holatini ifodalash
uchun zarur edi. 
Yana bir, bizga tanish bо‘lgan asar – B.Iogansonning “Dopros 
kommunistov” (39-ill.) kartinasidagi xona tasvirida uning pers-pektiv
aniqligi buzilgan. Gilam tо‘shalgan pol rassom tomonidan о‘ta nishab
holda tasvirlanadi. Bu usul orqali rassom asar g‘oyasi – sо‘roq


qilinayotganlarning ruhiy ustunligini ifodalaydi. Rasm tizimidagi bu kabi
“xatoliklar” rangtasvir san’atida tez-tez uchrab turadi, lekin naturadan
bunday chekinishlar asosan rassomning yuksak mahoratidan darak
beradiki, ular rassom hissiyoti, tafakkuri va maqsadi sabab yuzaga keladi.
Haqiqiy san’at asarida rassom tomo-nidan yо‘l qо‘yilayotgan bunday
“erkaliklar” kо‘pincha obraz element-larining yaxlitligi, о‘zaro
mutanosibligi sabab bо‘rttirilmaydi, uning mantiqi faqat asar tahlil
qilingandagina, uning obrazi tizimining birma-bir kо‘rib chiqilishi natijasida
tushunib yetilishi mumkin. 

Download 433,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish