1-mavzu.
Tasviriy san’at tur va janrlari
Nafis san’at, rang – tasvir (jivopis) – tasviriy san’at turi bo’lib, u boyoq
yordamida yaratiladi . Badiiy asar sifatida insoniyat uchun ta’lim – tarbiya, estetik
zavq berish vazifasini o’taydi , ayrim namunalari esa ma’rifiy ma’lumotlar
qimmatiga ega. Ijodning bu turi bilan shug’ullanuvchi san’atkor – rassom ranglar
vositasida tabiatni, muhitni (uning ma’lum bir qismini, ma’lum bir daqiqadagi
holatini) gavdalantirish bilan birga, roy berayotgan voqea, hodisa mohiyatini,
kishilarning ichki dunyosini va ma’lum bir q’oyani aks ettiradi. Vazifasi va
obrazlari xarakteriga ko’ra rassomlik san’atingng me’moriy bezak bo’lib ham
xizmat qiladigan monumental dekorativ, devoriy rasmlar (panmo), teatr va
kinofilmlar uchun tayyoelanadigan dekoratsiya, panorama, kichik hajmli
miniature xillari ham bor. Boyoq hili va tasvir hosil qilishdagi texnologik
usullariga ko’ra moyboyoq rassom rassomligi, freska, keramika boyoqlari
rassomligi, silikar rassomligi va h.k.z turlarga bo’linadi .
Tasviriy san’at turlari, ularning tabiati о‘ziga xos. Ular umuminsoniyat
ongining tarixiy rivoji va olamni badiiy nuqtai nazardan anglash ehtiyoji tufayli
yuzaga kelgani haqiqatdir. Har bir san’at turining umumiy estetik tabiati uning
turli kо‘rinishlarida turlicha – faqat о‘z spetsifikasida bо‘lgan kо‘rinishda
namoyon bо‘ladi. Rangtasvir san’ati va janrlari. Grafika san’ati va janrlari.
Xaykaltaroshlik va janrlari. Monumental rangtasvir. Monumental-dekorativ
san’at. Plakat. Miniatyura san’ati.
Tasviriy san’at ustalari yaratgan asarlarni tahlil qilib, shuni anglab yetish
mumkinki, kompozitsiyaning ayrim usul va qoidalari keyingi avlod rassomlari
faoliyatidan tushib qolayotganligi – ular о‘z qiymatini yо‘qotayotganligini sezish
mumkin. Ayni davrda о‘z ahamiyatini yо‘qotganlari о‘rniga kompozitsiyaning
yangi usullari yuzaga chiqib, yangi qoidalari kuchga kirmoqda.
Badiiy asar yarata turib rassom, intuitiv yoki ongli ravishda kompozitsiya
qonunlari asosida ijod qiladi, aks holda u haqiqiy muvaffaqiyatga erishishi
mumkin emas. Kompozitsiyaning qoida va usullaridan esa turlicha foydalanib,
ularni badiiy asarning aniq g‘oyaviy mazmuniga bog‘liq holda qо‘llashadi.
Ularning barchasi bir asar tizimida birgalikda foydalanish juda kam uchraydigan,
tо‘g‘rirog‘i uchramaydigan hol bо‘lib, shunday qoidalar mavjudki, ularning xatto
ikkitasi yaxlit kompozitsiyada bir-biri bilan “murosaga kela olmaydi”. Masalan,
aniq simmetrik kompozitsiya asimmetrik usulni qat’iy rad etadi, yoki uning aksi.
Ritmik elementlarning ketma-ket takrorlanishi natajasida yuzaga kelgan friz
kompozitsiyasi aniq ifodalangan syujetli-kompozitsion markazni inkor etadi.
Lekin, syujetli-kompozitsion markazga ega bо‘lgan asarlarda ritm uyushtiruvchi
asos sifatida mavjud bо‘ladi.
Janr sо‘zi fransuz tilidan - tur kо‘rinish degan ma’noni anglatadi. Umumiy
tushunchasi bu - chegaralangan mavzuni о‘zida aks ettiradigan san’at asarlari.
Masalan, manzara, tabiat kо‘rinishlarini aks ettiradigan rasmlarni manzara
janriga oid rasmlar deyiladi. Alohida yoki odamlar tо‘pini aks ettiradigan rasmlar
esa portret janridagi rasmlar deyilsa, meva, gul, uy buyumlari va shunga о‘xshash
narsalarning tasvirini aks ettiruvchi rasmlar natyurmort janridagi rasmlar deyiladi
va x. k. Portret (frans. portrait,. portraire - tasvirlash) – Odam yoki odamlar
guruhini aks ettiruvchi tasviriy san’at janri. Mazkur janrda mavjud bо‘lgan yoki
о‘tib ketgan biror bir shaxs yoki shaxslar guruxi, rassom (ijodkor) tasavvurida
paydo bо‘lgan hayoliy qiyofalar aks etishi mumkin. P. ham san’atning boshqa
turlari singari ijodkorning dunyoqarashi bilan , uning hayotga , borliqqa bо‘lgan
munosabati bilan bog‘liq. Portretning muhim tomoni bu tasvirlanuvchining
aynan о‘ziga о‘xshatish bilan bog‘liq. Portret iborasining kelib chiqishi va
dastlabki ma’nosi ham eski fransuz tilida «о‘xshatish», «bor narsani о‘ziga
о‘xshatib qaytarish» mazmunidan olingan. Lekin bu rassomning tasvirlanuvchiga
bо‘lgan munosabati( xurmati, nafrati va x.k. )ni aks ettirishga xalaqit bermaydi.
Rassom portret orqali tasvirlanuvchi shaxsning ma’naviy dunyosining boy 7 yoki
qashshoqligini, ijtimoiy hayotdagi о‘rni, kasbi, jamiyatdagi mavqini aks ettirishi
va uning shu jixatlari orqali davr xususiyati, siyosiy iqtisodiy ahvol haqida
ma’lumot beraoladi. Bu esa rassomning g‘oyaviy estetik va siyosiy qarashlari
darajasi bilan bog‘liq. Shuning uchun yetuk portret asarlari orqali na faqat shaxs
haqida balki shu shaxs yashagan davr, muxit haqida ma’lumot olish mumkin.
Rassomning professional maxorati, portret ishlash uchun tanlagan materiallari
(bо‘yoq,rasm ishlanadigan asos, ish asboblari va x.k.) esa uning yaratgan
asarlariga qaytarilmas, betakror о‘ziga xoslik baxsh etadi va dastxatini belgilaydi.
Tarixan Portret san’atida xilma xil tur va kо‘rinishlar shakllangan. P. ishlanish
uslubi (texnikasi), bajaradigan vazifasi, mazmuniga qarab Dastgoh, monumental
portret tarzida tasvirlanuvchi(yoki tasvirlanuvchilar) ning faqat bosh qismi, bosh
va yelka qismi, beligacha, butun bо‘y basti bilan uning old , yon tomonidan
ishlanishi mumkin. Mazmuniga qarab tantanovor parad portret, intim, intim lirik
portret bо‘lishi mumkin. Portret turli nishon, tanga, medallar yuzasiga
ishlanishi(Medalyer san’ati), gemma(Gliptika)da, medalyonlarda uchraydi.
Portretda tasvirlangan odamlar soni, ular tasvirlangan muxit(zaminfon) va
mazmuniga kо‘ra yakka, qо‘shaloq va guruh portretlarga ajraladi. Portretning
yana bir turi avtoportret bо‘lib, rassomning о‘zini о‘zi ishlagan portretlar nazarda
tutiladi. Portret san’tida tasvirlanuvchi 8 sof xolda atrofdagi muxitni
kо‘rsatmasdan tinch xolatda tasvirlanishi yoki uning biror faoliyati bilan ma’lum
muxitda ishlanishi mumkin. Bunda tasvirlanuvchi faoliyatini bildiruvchi
buyumlar, ularning sifati va xususiyati, yashayotgan muxit va x.k tasvirlanuvchi
fyeli va faoliyati mohiyatini tushunishga xizmat qiladi. Shuning uchun
portretlarni shartli sof partret va portret – kartinaga, aniqrog‘i janrli portretga
ajratish mumkin, Janrli portret mazmuniga kо‘ra tarixiy portret yoki maishiy
portret deb nomlanadi. Portret san’atining yana bir kо‘rinishi bu yig‘ma portret-
portret tipdir. Bunday portretlarda rassom turli odamlarning eng xarakterli
tomonlarini yig‘ib, jamlab yangi umumlashma qiyofa yaratadi. Bunday portretda
birir aniq shaxs bо‘lmasligi , lekin davrning eng xarakterli shaxsi qiyofasini aks
ettiradi. Shahsning faqat ijobiy tomoni emas, balki uning salbiy tomonlarini aks
ettiruvchi satirik portret, kulgili tomonini kо‘rsatuvchi sharj portretlar ham shu
janrga mansub. Satirik portretlardan sharjning farqi u xazil mutoiba, samimiy
tarzda bо‘ladi va shaxsning sha’ni, g‘ururini kamsitmagan xolda uning fyel
atvoridagi ayrim о‘ziga xos tomonlarini kо‘rsatishi mumkin. Manzara janri
Tasviriy san’atning lirik turlaridan biri , unda real yoki hayoliy tabiat kо‘rinishlari
orqali rassomning xis tuyg‘ulari, о‘y xayollari, orzu istaklari о‘z ifodasini topadi.
Bu janrda inson faoliyati bilan о‘zgarib borayotgan tabiat manzaralari, me’moriy
qurilmalar, tog‘ 9 manzaralari, dengiz tо‘lqinlari tasvirlanadi. Tabiat kо‘rinishlari
mavzuli kompozitsiyalar mazmunini tо‘ldiruvchi vosita sifatida ham ishtirok etib
rangtasvir va grafika asarlarida, haykaltaroshlikning bо‘rtma kо‘rinishlarida keng
ishlatiladi. Tabiat manaralarining aksi qadimdan rassomlarning diqqatini о‘ziga
jalb etib kelgan. Turli maishiy, tarixiy va batal janrida ishlangan rasmlarda tabiat
kо‘rinishlari va uning unsurlari keng uchraydi. Qadimgi Sharq mamlakatlari
jumladan Ossuriya, Bobil, Misr devoriy rasm va bо‘rtma tasvirlarida shuni
kо‘rish mumkin. О‘rta Osiyo madaniyatida Qadimgi Xorazm devoriy suratlarida
manzara janrining о‘rni salmoqli. О‘rta asrlarga kelib manzara janri
miniatyuralarda, monumental devoriy rasmlarda uchraydi,О‘rta asrlar Xitoy
san’atida ham manzara janri muxim о‘rinni egallab «tog va suvlar» turkum
asarlarida о‘z aksini topdi.О‘rta asr xitoy rassomlari Go Si( 11 asr), Ma Yuan,
Sya Guy (xar ikkisi. 12 asrning 1-yarmi. 13 aa..), Mu-si (13 a. 1-yarmi..) manzara
janrida salmoqli asarlar yaratib qoldirdilar.О‘rta asr yapon manzarachiligi ham
sezilarli yutuqlarga erishdilar.Insonning tabiat qо‘ynidagi faoliyatini manzara
kо‘rinishlarida ifodaladilar. Katsusika Xokusay va Ando Xirosige ijodi shu
о‘rinda e’tiborga loyiq. 13-15 asrlardan boshlab yevropa rassomchiligida
manzara muxim о‘rinni egallay boshladi. Va yaratilayotgan asarlarning ajralmas
qismiga aylana bordi. Uyg‘onish davri rassomlari tabiatni о‘rganish, insonni
о‘rab turgan muxitni tо‘laqonli tasvirlashga intilish realistik sa’at rivojida 10
muxim о‘rinni egallay boshladi. Shu xarakatlar manzara janrining mustaqil janr
darajasiga kо‘tarilishiga zamin yaratdi..17 asr boshlariga kelib qator rassomlar
ijodida, jumladan italiyalik aka uka Karrachilar ijodida mumtoz manzara
tamoyillari shakllandi. Manzara janri ham о‘zida yuksak ideallarni aks ettiruvchi
san’at turi qatoriga о‘ta boshladi. Nikola Pussen, Klod Loren ijodi, Salvador Roza
va b ijodi shu xususiyatlarni о‘zida ifodaladi. Manzara janri rivojida golland
rassomlari ham sezilarli о‘rinni egalladiar..Y. van Goyen, X. Segers, Y. van
Ryoysdal, M. Xobbema, Rembrandt, Y. Vermer Delftli va boshqa rassomlar о‘z
asarlarida tabiatning jonli kо‘rinishini о‘z xissiy kechinmalari, о‘y xayollari bilan
boyitdilar. Manzara mustaqil janr sifatida hayotga keng kо‘lamda kirib keldi.
Manzara janrining yangi bosqichi 19 asrning ikkinchi yarmidan boshlandi .
Tabiat kо‘rinishlarini xaqqoniy tasvirlashga nur - xavo tо‘la asarlar yaratishga
xarakat qilish fransuz rassomlari ijodida sezilarli о‘rinni egalladi. 19 asr
о‘rtalaridan boshlab ochiq kenglikda (plenerda)rasm ishlash odat tusiga kira
bordi. Bu xususda Buyuk Britaniyada J.Konstebl, Rossiyada A.Ivanov kabi
rassomlar faollik kо‘rsatdilar. Asta Fransiyada barbizon maktabi vakillari,
shuningdek K.Koro shu masala bilan jiddiy shug‘ullanib uning rivojiga о‘z
xissalarini qо‘shdilar.Plenerning haqiqiy rivoji 19 asrning ikkinchi yarmiga
tо‘g‘ri kelib ayni shu davrdan boshlab Pleneer iborasi hayotga kirib keldi,
muomalada qо‘llanilib fransuz impressoinist rassomlari –K.Mone, K.Pissaro,
O.Renuar ijodiga 11 nisbatan ishlatila boshlandi. 19 asr oxri 20 asr boshlarida
plener rangtasviri Yevropa, Osiyo, Amerika rassomlari ijodida о‘z ifodasini
topdi. О‘zbekistonga bu rangtasvir 19 asr oxrilaridan kirib keldi. L.Bure,
I.Kazakov, O.Tatevosyan, A.Isupov va b., keyinroq P.Benkov va uning
shogirdlari(R.Timurov, A.Roziqov va b.) ijodida rivojlandi. 20 asr manzara
rassomligi shu davrning g‘oyaviy plasti izlanishlari bilan uzviy bog‘liq. Turli
oqim va yо‘nalishlar manzara janrida ham о‘z ifodasini topdi..О‘zbekistonda
manzara janri ham uzoq tarixga ega bо‘lsa ham lekin uning keng kо‘lamda
rivojlanishi 20 asrning о‘rtalaridan boshlandi. Urol Tansikboyev, Rashid
Timurov, Nikolay Koraxon, Ne’mat Qо‘ziboyev keyinroq Anvar Mirsoatov,
Abdumannop Yunusov va bosh. ijodi shu janrning turli kо‘rinish va
yо‘nalishlarini namoyon etadi. Ne’mat Qо‘ziboyev Marina (ital.dengizniki,
dengizdan) janri- dengiz kо‘rinishlari, undagi hayot, inson va dengiz
munosabatlari , insonning dengiz ichidagi kurashlarini aks ettiruvchi san’at(rasm,
rangtasvir, gravyura, relyefbо‘rtma tasvir) turi. XVII asrda Gollandiyada
mustaqil janr sifatida shakllangan. Italiyalik J.Verne, ingliz J.Terner, rus
I.Ayvazovskiy, Bogolyubovlar shu janrda samarali ijod qilishgan. О‘zbekistonda
bu janr XX asrning 50 - yillardan shakllanib Madgazin va Matevosyanlarning
Orol dengiziga bag‘ishlangan asarlarida, G.Abduraxmonovning Gurzufda
ishlagan kompozitsiyalarida о‘z ifodasini topgan. 12 Natyurmort (frans. nature
morte, ital. natura morta, о‘lik tabiat) insonni о‘rab turgan borliq - turli buyumlar,
ovda otilgan qush va hayvonlarning jonsiz tanalari, ov , mehnat va jang qurollari,
gul va mevalar va boshqa shunga о‘xshash buyumlarlarni о‘zida aks ettiradigan
tasviriy san’at turi. Bu janr asosan 17 asrda shakllangan va rivojlangn. Bunga
qadar u mavzuli kompozitsiyalarning tо‘ldiruvchi , mazmunini chuqurroq
tushunishga xizmat qiluvchi vosita sifatida qо‘llanilib ramziy mazmunda
ishlatilgan Natyurmort janri unsurlari qadimgi dunyo san’atida uchraydi, lekin
mustaqil janr bо‘lib shakllanishi yangi davr bilan bog‘liq. Moddiy dunyogi
qiziqishning ortishi bilan natyurmort janri ham rivoj topa bordi. Italiya,
niderlandiyalik rassomlar shu janrda dastlabki asarlarini yaratdilar. 17 asrga kelib
bu janr о‘zining gullash davrini boshidan kechirdi.uning turli tip va shakllari
paydo bо‘ldi., milliy maktablar shakllandi. Italiyalik Karavajo va uning
davomchilari- karavajistlar shu janr rivojida katta xissa qо‘shdilar. Italiya,
Ispaniya va gollandiya rassomlari shu janrning boy imkoniyatlarini о‘z ijodlari
bilan namoyon etdilar. Natyurmort ishlovchi rassomlarning sevimli mavzulari
gullar , meva va sabzovotlar, oshxona anjomlari, dengiz noz nematlari edi. V.
Xeda va P. Klas «nonushtalari», V.Kalfning «disertlari, A.Beyren «baliqlari» va
boshqa natyurmortlar uning rangbarangligini bildiradi. Rasm. V. Xeda.
«Nonushta» .17 asrning oxri 18 asrlarda Fransiya san’atida ham natyurmort
janrida muxim asarlar yaratildi. J. B. S. Sharden natyurmortlari о‘zining nozik 13
koloriti, erkin kompozitsiyasi bilan esda qoladi. Rasm. J. B. S. Sharden.San’at
atributlari. 19-20 asrlarda yaratilgan natyurmort asarlari shu yillarda badiiy
hayotda sodir bо‘lgan jarayonlar bilan uzviy rivojda bо‘ldi. 19 asrning
о‘rtalaridan birin ketin paydo bо‘lgan turli saye’at yо‘nalishlari natyurmort
janrida ham о‘z ifodasini topdi. E.Mane, K.Mone, P. Sezann, V. van Gog A.
Matiss ,J. Brak, P. Pikasso, X. Gris va b ijodida yangi jarayonlar о‘z ifodasini
topdi. О‘zbekiston san’atida natyurmort janrining ayrim kо‘rinishlari qadimgi
dunyo va ilk о‘rta asrlar san’atida uchrasa ham, masalan Tuproq qala shoxlar
saroyi devoriy rasmlarida gul va mevalar tasviri, Afrosiyob devoriy rasmida tus
tovuqlar oldida turgan vazadagi mevalar, о‘rta asr naqqoshlik va devoriy
rassomligida uchraydigan guldondagi gullar va x., lekin uning rivojlanishi va janr
tarzida shakllanishi 20 asrning 20-30 yillariga tо‘g‘ri keladi. Latif Nasriddinov,
Shamsirо‘y Xasanova kabi о‘zbek rassomlari shu janrning dastlabki dastgox
kо‘rinishlarini
yaratdilar.Rasm.
SH.Xasanova.
Natyurmort.
1943yil.
Y.Yelizarov, N.Kashina, Z.Kovalevskaya, R. Axmedov, / Abduraxmonov va b.
shu janrda sezilarli asarlar yaratdilar. Bugungi kunda bu janr о‘zbek
rassomlarining kо‘pchiligining sevamli janri xisoblanadi, A.Yunusov,
A.Ikromjonov, V.Burmakin, YE. Melnikov va b.larning shu janrdagi asarlari
muzey ekspozitsiyalaridan о‘rin olgan. Rasm. A.Ikromjonov, natyurmort, 14
Tarixiy janr. Tasviriy san’atning muxim janrlaridan biri tarixiy janr xisoblanadi.
Ijtimoiy xayotda sodir bо‘lgan va jamiyat rivojida burilish nuqtalarini belgilagan
voqea va xodisalar, tarixiy shaxslar rassomning dastgox va maxobatli asarlarida,
bо‘rtma tasvirlarda, haykal va yodgorliklarda, kichik xajmdagi miniatyuralaru
dastgox grafika asarlarida о‘z ifodasini topishi mumkin. Tarixiy manzillar,
qadamjolar ham shu janrning syujeti isoblanadi. Tarixiy janr batal janri bilan
yaqinlashib ketadi. Jang voqealarining xal qiluvchi damlarini aks ettiruvchi
kompozitsiyalar shunday asarlar qatoriga kiradi. Jumladan Aleksandr
Makedonskiyning Doro bilan bо‘lgan jangini aks ettiruvchi mozayika, (mil. av 4-
3 asrlar) 1.2. Animalistik, batal, maishiy janrlarning о‘ziga xos jixatlari
Animalistik janri. Tasviriy san’at janrilari ichidagi «keksa» janrlardan anima janri
bо‘lib unda hayvonlar hayoti, ularning xususiyatlari, fel atvori о‘z ifodasini
topgan. Anima sо‘zining ma’nosi ham lotincha bо‘lib hayvon ma’nosini anlatadi.
Ibtidoiy davr rassomi о‘z atrofida mavjud bо‘lgan zubr, mamont, kiyik va boshqa
hayvonlarning kо‘rinishini haqqoniy tasvirlab bugungi kun tamoshabinini hamon
lol qoldirib kelmoqda. Deyarli 10-15 ming yil avval ishlangan bu rasmlarda
rassom xayvonlarga xos epchillik, kuch qudratlilikni maxorat bilan tasvirlaydi,
bо‘rtma tasvirini ishlaydi. Yevroosiyo xududida yashab ijod 15 qilgan skiflar ham
san’at tarixida xayvonlarni tasvirlash uslublari bilan shu janr imkoniyatlarini
kengaytirdilar. Rasm. Qadimgi Misr tarixi ham anima janriga boy. Bu yerda
hayvonlarning ulug‘vor va haqqoniy haykallarni yaradilar. Chunki misrliklar
xayvonlarga nisbatan xurmat bilan qaraganlar va ularni xudo darajasida
e’zozlaganlar. Rasm. Qadimgi Amerika madaniyatida, u yerning maxalliy axolisi
- xindular ham animal janrida betakror asarlar yaratdilar. Xitoy madaniyatida bu
janrda о‘ta xarakatli ajoib xayvonlarning xaykallarini yaratdilar. Rasm Old
Osiyoda buqa boshi tasviri keng uchraydi. Bunday deyarli 5000 yil avval
ishlangan arfa asbobi tepa tomoniga ishlanga buqa boshi haykali
о‘zininghayotiyligi bilan xarakterlansa. Ikkinchi tomondiye ishlanish
maxoratining yuqoriligi bilan ham kishini hayratlantiradi. Inkrustatsiya uslubida
bajarilgan bu haykalda turli qimmatbaxo madanlar uyg‘unlikda yaratilgan.
Ossuriya bо‘rtma tasvirlaridagi ov manzaralarining aks ettiruvchi bо‘rtma
tasvirlar jahon haykaltaroshligining ajoyib namunasi xisoblanadi. Ov paytidagi
xarakat. Yaralangan sherlar dagi sо‘nib borayotgan kuch xaykaltarosh tomonidan
ustalik bilan kо‘rsatilgan. Rasm Yaralangan sher bо‘rtma tasviri. Uyg‘onish
davriga kelib hayvonlarning о‘ziga qarab rasmini ishlash odati kengayib bordi.
Shunday rasmlarni italiyalik rassom Leonardo da Vinchi, nemis rassomi Albrex
Dyurer ijodida uchratamiz. Anima janrining rivojlanishi va mustaqil janrga
aylanishi 15-17 asrlarga borib taqaladi. Shu janrni boshlovchilari gollandiyalik
A.Keyp 16 va P. Potter xisoblanadi. Ular uy hayvonlarini tabiat qо‘ynida,
yaylovlarda moxirona tasvirlaydilar. 19 asrning yirik rassomi fransuz A.Bari
hayvonlarni erksevar va yengil xolda aks ettiradi. K.Truayon qishloq manzarasi
qо‘ynida osoyishta о‘tlab yurgan hayvonlarni mexr bilan tasvirlaydi. Rus
rassomlari V.Vatagin, xaykaltarosh va rassom I. Yefimov о‘z asarlarida
hayvonlarning о‘ziga xos fazilatlarini moxirona tasvirlaydilar. Rasm...О‘zbek
san’atida bu janr qadimiy bо‘lib ibtidoiy davrning paleolit va ayniqsa mezolia va
neolit davrida hayvonlarga bag‘ishlangan kо‘plab asarlar yaratildi. Zarautsoy
rasmlari, Taqatosh, Xо‘jakent tasvirlari shunga misol bо‘laoladi. Tuproq qala,
Varaxsha, Afrosiyob devoriy rasmlarida ham hayvonlar taviri keng uchraydi.
Turli qushlar yirtqich hayvonlar. Yengil bezakka boy ot va arxarlar tasviri shu
davr devoriy rasmlariga aloxida payz kiritgan Rasm.О‘zbek zamonaviy tasviriy
san’atining rivojlanishi ham shu janrda boshlandi desak mubolag‘a bо‘lmaydi,
Chunki 19 asr oxrida о‘zbek san’tidagi yangi jarayon ayni shu san’atda kо‘rina
boshladi. Abduraxim toshtaroshning Buxoro amiri Olimxon saroy kira verishiga
ishlagan sherlar haykali, knyaz Romanov saroyi atrofiga о‘rnatilgan kiyik, it va
qurbaqalar haykali shu yangi davr qarashining natijasi edi. 20 asr о‘rtalariga kelib
bu janr keng kuloch yoya boshladi. Uning ijodkorlari paydo bо‘la boshladi. Xalq
ustalari Usto Umar Jо‘raqulov, Xamro Raximova, keyinroq Abduraximovlar
ijodida xalq san’ati uslubida bajarilgan afsonaviy hayvonlar, haykalchalari
kо‘rgazmalarda namoyish etila boshlandi. 17 Professional haykaltaroshlik
A.Boymatov, M.Ivanov, T.Qosimov, SH. Mо‘minova va b. ijodida rivojlanib
bordi. Animalist (latin. "animal" - xayvon) - xayvonlarni tasvirlovchi rassom yoki
xaykaltarosh. Botal janr - “botal” frantsuzcha so’z bo’lib, “jang”, “urush”
ma’nosini bildiradi. U jang manzaralarini o’zida aks ettiradi. Bu janrda jang va
xarbiy yurishlar manzarasi asosiy o’rinni egallaydi. Maishiy janr- jamiyat va
shaxsiy xayotdagi kundalik turmush tarzini о‘zida aks ettiruvchi tasviriy san’at
janri. Bu janrda rassom(haykaltarosh) о‘z zamonasidagi kundalik turmushda
bо‘layotgan voqea va xodisalarni, odamlarning yashash tarzi, dam olishi, mexnati
va sport bilan shug‘ullanishi, xullas ularning kundalik faoliyati bu janrning
mazmunini tashkil etadi. Insonlarning maishiy hayotini aks ettirishga qiziqish
qadimdan mavjud bо‘lsa ham lekin uning rivojlanishi va mustaqil janr darajasiga
aylanishi 17 asrdan boshlab jamiyatda sodir bо‘la boshlagan demokratik
tamoyillarni ortishi bilan bog‘liq, Shu davrdan boshlar rassomlar ijodida oddiy
xalq xayotiga bag‘ishlangan asarlar kо‘paydi, mavzusi kengaydi.Bu janr
Gollandiyada keng rivojlandi. Buyuk Rembrandt, kichik golandlar Piter de Xoox,
Terborx, Yan van Ostade va bosh. ijodida shu janr yetakchi о‘rinni egalladi.
Fransiyada Jan Batist Sharden, Angliyada Uiyam Xogart, Rossiyada P.Fedotov,
V. Perov, I.Repin va bosh. ijodida ham shu janr xususiyatlari о‘z ifodasini topdi.
О‘zbek san’atida mayishiy janr 20 asrning 20-30 yillaridan boshlab rivojlana
boshladi. B.Xamdamiy, L. Abdullayev , 18 X.Raxmonov, Z.Inog‘omov va
boshqalar
shu
janrning
dastlabki
namunalarini
yaratdilar.N.Kashina,
Z.Kovalevskaya, M.Saidov ijodida xam shu janr yetakchi о‘rinni
egallaydi.Bugungi kunda ham bu janr kо‘plab ijodkorlarni о‘ziga jalb etib
kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |