Tasviriy san’at tur va janrlari



Download 433,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/26
Sana08.02.2022
Hajmi433,65 Kb.
#437184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Maruzalar matni

4-mavzu. Perspektiva 
 
Perspektiva
(lot. perspicio — aniq koʻraman) — 1) mavjud borliqni inson idrok 
etganidek biror tekis yuza (qogʻoz, taxta, devor va boshqalar) da fazoviy holati 
va ularning boʻlaklarini kuzatish nuqtasidan uzokdashuvini tasvirlash tizimi. 
Realistik tasviriy sanʼatning asosini tashkil qiladi. Real jism (buyum)larning 
makondagi turli holat va koʻrinishining tuzilishi, hajmining oʻziga xos belgilarini 
toʻgʻri tasvirini yaratish imkonini chiziqli perspektiva bersa, xavo (rang) 
perspektiva jism (buyum)larning kuzatish nuqtasidan uzoklashib borishi 
natijasida rangi va chegaralarining oʻzgarishini toʻgʻri va ishonarli tasvirini 
ishlashga xizmat qiladi. Rassomlik sanʼatida kuzatish perspektivasi ishlatiladi. 
Voqelikni asboblarsiz kuz qanday kursa, shunday qilib qoʻlda chizishga 
asoslanadi. Yana "teskari perspektiva" iborasi boʻlib, unda real borliqni notoʻgʻri 
tasvirlash, yaʼni uzokdagi buyumlarni katta qilib ishlash (perspektiva qonunlariga 
eʼtibor bermay ishlash) maʼnosini anglatadi. Buni ikona sanʼatida koʻrish 
mumkin. Yuno-niston (Evklid risolasi, miloddan avvalgi 3-asr) va Qad. Rim 
(miloddan avvalgi 1-asr meʼmor va na-zariyotchilari) da perspektivaga oid 
qimmatli fiqolar bayon qilingan. Uygʻonish davridagina perspektiva ilmiy asosda 
oʻrganila boshlandi. Paolo Uchchello, Leonardo da Vinchi, A. Dyurerlar 


perspektiva rivojiga kata hissa qoʻshdilar; 2) odamning narsalarni koʻrib idrok 
etishiga mos ra-vishda ularni tekislikda tasvirlash usuli. Meʼmorlikda, qurilishda 
loyihalarni chizishda, narsalarning aksonometriyasinn yaratishda, quriladigan 
bino, inshoot yoki yasaladigan buyumni tabiiy holda tasvirlashda foydalaniladi. 
Perspektiva biror bir nuqtada tutashadigan chiziqdar (nurlar) yorda-mida hosil 
qilinadi; 3) chiziqdi perspektiva — fazoviy shakllarni tekislikda markaziy 
proyeksiya yordamida tasvirlash usuli. Bunda fazodagi R nuqta (rasmga q.) 
tekislikda OR toʻgʻri chiziqning tekislik bilan kesishish nuqtasi boʻlgan 
R’nuktaga proyeksiyalanadi (O nuqta — perspektiva markazi); 4) havo 
perspektivasi narsa (buyum) muayyan masofadan kuzatilganda rangi oʻzgarishi 
va kiyofasidagi anikdik bu-zilishini ifodalaydi; 5) kelajak uchun tuziladigan reja. 
Rassomlar о‘z kartinalarida biron bir xonada sodir bо‘layotgan voqeani 
tasvirlashda kо‘pincha shu xona perspektivasining frontal qurilmalaridan 
foydalanishadi. Buni yaqqol tasavvur qilishimiz uchun biz uchun kо‘proq tanish 
bо‘lgan kartinalar – I.Repinning “Kutmagan edilar” (1848) yoki P.Fedotovning 
(1815 – 1852) “Mayorning sovchiligi” (1848) kabi kartinalarini eslashimiz kifoY.
О‘zini о‘rab turgan atrof-muhitni kuzatayotgan odam qiziq bir hodisaga 
e’tibor bermay qolmaydi, albatta uni sezadi: predmetlar kuzatuvchidan 
uzoqlashgan sayin о‘z о‘lchamlarida qisqara boradi. Predmetlar uzoqlasha borib 
ular о‘lchamlarining qisqarishiga har kuni kо‘z о‘ngimizda sodir bо‘lib turadigan 
klassik misol – kо‘chalardagi simyog‘ochlarning uzoqlashgan sari qisqarib 
borishi. Kо‘cha bizdan uzoqlashgan sayin toraya boradi, simyog‘ochlar 
balandligi esa qisqaradi va gorizontga yetib borganda kichik bir nuqtaga aylanadi 
va bu nuqta uchrashuv nuqtasi deyiladi. Bu nuqta joylashgan chiziq, ya’ni, osmon 
bilan yer tutashgan chegara gorizont chizig‘i deyiladi. Gorizont chizig‘ining 
asosiy xususiyati shundaki u doim kuzatuvchi kо‘zining qorachig‘i balandligida 
о‘tadi. Agar kuzatuvchi balandlikda turgan bо‘lsa, unda gorizont chizig‘i 


balanddan о‘tadi, kuzatuvchi pastga tushsa, gorizont chizig‘i ham u bilan birga 
asta-sekin pastga tushadi.
Perspektiva qonuniyatlarining tasviriy san’atda qо‘llanilishi о‘rta asrlarga 
tо‘g‘ri keladi. Shu sababli perspektivaning asoschilari deb italyan rassomlari 
Pyerro della Francheska (1416-1492) Leonardo da Vinchi (1452-1528) va nemis 
rassomi Albrext Dyurer (1471-1528) hisoblanishadi. Amaliyotda shu 
qonuniyatlarga amal qilib bajarilgan tasvirlarni ham perspektiva deb yuritiladi.
Tasviriy san’atda perspektiva uch xil kо‘rinishga egadir: kuzatuv 
perspektivasi, chiziqli perspektika va havoviy perspektiva. Kuzatuv perspektivasi 
– tabiatni vizual-kо‘z orqali kuzatuv natijasida yaratilgan qator perspiktivalar 
qoidalari, chiziqli perspektiva geometrik usulda, chizgilar orqali amalga 
oshiriladigan metodlar yig‘indisi. Havoviy perspektiva asosan san’atda – 
rangtasvirda ishlatiladi. Perspektivaning bu qonuniyatini kino va televideniyeda
filmlar, spektakllar yaratish jarayonida rejissyorlar va operatorlar mukammal 
bilishlari va unumli foydalanishlari kerak.
Kartina markazidagi uchrashuv nuqtasiga yо‘naltirilgan chiziqlar 
tomoshabin nazarini shu nuqtaga yо‘naltiradi. Ba’zi holatlarda esa bu usul rassom 
tomonidan tasvirning asosiy lahzalari ifodaliligini va ta’sirchanligini oshirish 
maqsadida ham qо‘llaniladi. Leonardo da Vinchi о‘zining mashhur “Sirli 
oqshom” asarida markaziy uchrashuv nuqtasini asarning asosiy qahramoni 
boshining orqasiga joylashtirgan va yuqorida aytilgan maqsadga erishgan.
Rassomlarning о‘z kartinalarida gorizont chizig‘ini baland yoki past 
joylashtirishlari ham bejiz emas, bu ham rassom maqsadini ochib berishda 
ishlaydigan vositadir.
Past gorizontli kartinalarda rassom tasvirlanayotgan insonni yoki predmetni 
ulug‘lashga harakat qiladi. Bunaqa tasvirlar, birinchi planda, kartinadagi boshqa 


odam yoki predmetga nisbatan ancha yirik beriladi. Ular tevarak-atrofni о‘rab 
turgan kartinaning boshqa elemetlaridan ancha baland tasvirlanib osmon fonida 
viqor bilan turadi va о‘ziga asosiy e’tiborni jalb qiladi. Kartinaning boshqa 
aksessuarlari ancha xira tasvirlanib, asosiy qahramon tasviriga bо‘ysundiriladi.
Baland gorizont tasvirlangan kartinalarda rassom о‘ziga kartina sathida kо‘proq 
element joylash uchun imkoniyat yaratadi. U yerda ommaviy sahna yoki yerning 
uzoq kengliklarini – kо‘p planli tabiat manzarasini yoki kо‘p detallik 
kompozitsiyalar yaratadi. Gorizontni kо‘tarish natijasida rassom kartinani 
tomosha qilayotgan odamni ham balandlikka kо‘targanday bо‘ladi, natijada 
tomoshabinga kengliklarni, kartinadagi son-sanoqsiz odamlar ommasini va 
kо‘plab predmetlarni tomosha qilish imkoniyatini yaratadi.
Perspektiva qonuniyatlarini yaxshi о‘zlashtirgan va undan oqilona foydalana 
oladigan rassom nafaqat risoladagidek chizishi, balki bu qonuniyatlardan 
asarning kompozitsion, g‘oyaviy va obrazli yechimlarini yaratishda tо‘g‘ri va 
unumli foydalanishi mumkin.
Tabiatda kо‘zimiz bilan kо‘rib turgan predmetlar, tabiat manzaralarini keng 
xavo qatlami о‘rab turadi. Bu xavo zilol suv kabi tiniq emas, bu qatlam chang, 
namlik va tutun kabi zarralarga boy. Bu esa predmetlar bizdan uzoqlashgan sari 
о‘z о‘lchamlarida kichrayishlari bilan birgalikda ularning rangi ham о‘zgarib 
borishiga olib keladi. Tasvirda oldingi, о‘rta va uzoq planlar degan tushunchalar 
bor. Oldingi planda joylashgn predmetlar relyefi sezilarli, ulardagi yorug‘lik va 
soyalar kontrast holatda, detallar aniq predmetlar uzoqlashganda, ikkinchi о‘rta 
planga о‘tganda ular о‘zining aniqligini yо‘qotadilar, ularning relyefi biroz 
maydalashadi, ranglari xiralashib, tо‘q ranglar biroz ocharib sovuqlashadi, och 
ranglar, ayniqsa biroz qorayib issiqroq kо‘rinishga aylanadi. Yaqin va uzoq 
plandagi ranglar orasida albatta katta farq bо‘ladi.


Uzoq planda predmetlar о‘zining aniq qiyofasini yо‘qotib, bir-biri bilan 
chaplashib ketishadi, deyarli yassi sirtga aylanib ularning siluetlari xavoda erib 
ketganday tuyuladi. Tabiatda kо‘zimiz о‘ngida sodir bо‘luvchi bu optik 
о‘zgarishni “havoviy perspektiva” deyiladi. Xavoviy perspektiva rassomlarga 
yassi sirtli matoda tiniq osmon va olis dalalarni, quyosh nuri, keng dala va tog‘lar 
manzarasini haqqoniy va ifodali tasvirlashda yordam beradi.
Xajmli-plastik xususiyatli kartinalarda chiziqli, fazoviy va rang perspektivasining 
ta’siri muhim ahamiyatga ega. Xatto ozgina tasviriy savod ham real fazoviy 
makonda о‘z о‘rnida joylashgan predmetlarni tasvirlashda ularning perspektiv 
о‘zgarishlarini hisobga olishga undaydi. Bu о‘zgarishlar fazoviy planlarda
chuqurlik tomon о‘zgarib boruvchi har bir predmet satxining balandligi, eni va 
uzunligida о‘zini kо‘rsatadi.
 
Kompozitsiyada fazoviy makon illyuziyasini ifodalash maqsadida fazoviy 
va 
rang 
perspektivasining 
qonuniyatlaridan 
foydalaniladi. 
Fazoviy 
perspektivaning mohiyati shundaki, turli: nur-soya, rang, о‘lcham va x.k. kabi 
kontrastlarning ifodaliligi kuzatuvchiga yaqin joylashgan obyektlarda kuchliroq 
bо‘lib, predmetning chuqurlik tomon uzoqlashib borishi natijasida esa, uning 
satxdagi yorug‘lik va soya kontrastlari kuchsizlanib boradi. Fazoviy 
perspektivaning ta’siri predmetli dunyoni chulg‘agan havo qatlamining 
shaffofligi, uning tozalik va qalinlik darajasiga bog‘liq.
Havo qatlami zilol suv kabi tiniq emas – u chang, namlik va tutun kabi 
zarralarga boy. Bu esa predmetlar bizdan uzoqlashgan sari о‘z о‘lchamlarida 
kichrayishlari bilan birga, ularning rangi ham о‘zgarishiga olib keladi. Tasvirda 
oldingi, о‘rta va uzoq planlar degan tushuncha mavjud. Oldingi planda 
joylashgan predmetlar relyefi sezilarli, ulardagi yorug‘lik va soyalar kontrast 
holatda bо‘ladi. Predmetlar uzoqlashganda - ikkinchi, uchinchi va x.k. planlarga 
о‘tganda ularning qiyofasi о‘z aniqligini yо‘qotadi, relyefi biroz maydalashadi, 


ranglari xiralashib, tо‘q ranglar bir muncha ocharib sovuqlashadi, och ranglar 
biroz qorayib issiqroq tusga kiradi. Yaqin va uzoq planlardagi ranglar orasida 
albatta katta farq bо‘ladi. Tabiatda kо‘zimiz о‘ngida sodir bо‘luvchi bu optik 
о‘zgarish “Fazoviyperspektiva” atamasi bilan yuritiladi. Fazoviy perspektiva 
rassomlarga yassi sirtli satxda quyosh nuri, tiniq osmon va olis, ufqgacha 
yastangan keng dala va tog‘lar manzarasini tо‘laqonli tasvirlashda yordamga 
keladi. Uning vositasida tasviri yaratilayotgan har bir predmet yassi yuzadagi 
“fazoviy makonda” о‘zining aniq о‘rnini egallaydi. R.Temurovning “Zarafshon 
toshqini” deb nomlangan kartinasini kuzatib, muallifning fazoviy perspektiva 
qonuniyatlarini 
tasvir 
yaratishda 
mohirona 
qо‘llaganligiga 
guvoh 
bо‘lamiz.Tasvirda manzarada joylashgan daraxt va о‘t-о‘lan, sohillar va suv 
satxi, tog‘liklar va bulutli osmon bizdan uzoqlashgan sari, havo qatlami sabab 
rang va tonal о‘zgarishlarga uchrashini kuzatamiz – muhit elementlari bizdan 
uzoqlasha borib, bir tamondan ranglar о‘z tonal quvvatini yо‘qotsa, ikkinchi 
tomondan osmondan tushayotgan yorug‘lik reflekslari sabab ular moviy tusga 
kirib boradi. Yer relyefi fakturasi ham bizdan uzoqlasha borib mayinlasha 
borganligini, undagi tо‘q ranglarning xaqiqatdan ham ocharib sovuqlashganini, 
och ranglarning esa iliq tuslarga kirib borishini sezamiz. 
”Zarafshon toshqini” kartinasi tasviridagi ranglar uyushtirilishidan kо‘rinib 
turibdiki, ranglar och-tо‘qligi munosabatlari о‘zgarishi barobariga turli fazoviy 
planlarda ranglar kontrastlari kuchi ham о‘zgarib borar ekan. U yana yorug‘lik 
nurini filtrlayotgan, ranglar spektrining muayyan qismini ushlab qolayotgan yoki 
uni о‘zgartirayotgan havo qatlamining ta’siri ostida ham sodir bо‘ladi. Havo 
qatlamining ta’siri natijasida uning rang tо‘yinganligi kuchsizlanib, predmet 
rangi sovuqlashadi. Uzoqda joylashgan tog‘lar moviy tusga kiradi – tо‘q rangli 
predmetlar о‘zlariga tushayotgan yorug‘lik nurining juda kam qismini qaytaradi 
va shuning uchun ularning rangi asosan atmosferada doim tarqalgan sovuq nurlar 
bilan belgilanadi. Lekin, kо‘p yorug‘lik tarqatayotgan tog‘larning yaltirayotgan 


qorli chо‘qqilari va uzoq planlardagi bulutlar iliq, pushtisifat tusda kо‘rinadi. 
Chunki, intensiv yoritilgan oq rangli predmetlardan qaytayotgan nurlar 
atmosferada о‘zining yengil tarqaluvchi qisqa tо‘lqinli sovuq qismini yо‘qotib, 
chidamli uzun tо‘lqinli, iliq qismini saqlab qoladi. Atmosferada tarqalgan sovuq 
nurlar о‘zining nisbatan kam miqdorda ekanligi tufayli unchalik sezilarli ta’sir 
kuchiga ega bо‘lmaydi.
Shunday qilib, fazoviy makon illyuziyasini kartina tekisligida tasvirlash, 
predmet xajmi tasviri kabi asosan rasm tizimining perspektiv aniq qurilishi 
hisobiga amalga oshiriladi. Agar predmet va obyektlar fazoviy planlarda 
(masalan manzarada) perspektiv о‘zgarishlar hisobga olinmay qurilgan bо‘lsa, 
fazoviy perspektivaning tonal va rangli о‘zgarishlarining tasvirlanishi fazoviy 
makon ifodalanishida kutilgan natijani bera olmaydi. Yaqinda yoki olisda 
joylashgan predmet va obyektlar, ularning konstruksiyalari kuzatuv perspektivasi 
qonuniyatlari asosida aniq qurilishi shart. Faqat shundagina tasvirdagi fazoviylik 
real kо‘rinishga ega bо‘lib, fazoviy perspektiva о‘z xususiyatlarini yaqqol 
kо‘rsatadi.

Download 433,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish