Tasviriy san’at tur va janrlari



Download 433,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/26
Sana08.02.2022
Hajmi433,65 Kb.
#437184
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
Maruzalar matni

 
 
 
 

8-mavzu. Rasm tizimi ifodaviy vositalari
 
 
 
Harakat va vaqt ifodasi 
Rasmning asosiy ifodaviy funksiyalaridan yana biri – tasvirda inson,
hayvonot olami, predmet va boshqa inson kо‘zi orqali sezi-ladigan 
harakatning ifodalanishidir. Rangtasvir asari о‘z tabiati mohiyati bilan 
harakatsiz bо‘lsa-da, bizning kо‘z о‘ngimizda tasvirda harakat sodir 
bо‘layotgandek tuyuladi. Rassom tasvirda harakatni aynan kо‘chirmaydi – uning 
nusxasini chizmaydi, u kо‘z orqali haqqoniy taassurot hosil qiluvchi 
harakatning ifodaviy obrazini yaratadi. Harakatdagi naturani tasvirlab rassom, 
fotografiyada yuz beradigan harakatning tо‘xtatilgan holatini bermaydi. Bu
harakatning bir holatdan ikkinchi holatga о‘tish nuqtasini tasvirlaydi.
Rassom P.Fedotovning “Svatovstvo mayora” (IX/6-rep.) asarida harakatning 
turli holatlari, sovchining kuyov kelganligi haqidagi xabaridan sо‘nggi xonada
sodir bо‘layotgan holat tasvirlangan. Biz bu oniy lahzada sodir bо‘lgan 
holatni uzoq kuzatuv orqali kо‘rishimiz mumkin. Bunga sabab rassom shu
lahzani ungacha bо‘lib о‘tgan tayyor-garchilik vaqti bilan birgalikdagi 
“hikoyasi” sababli sezamiz. Kuyovni kutib olish uchun stol tuzayotgan ayolning 
harakati, kuyov kelishi munosabati bilan yasanib olgan ona va qiz


allaqachon bu marosimga tayyor bо‘lishsa-da, ularning hayajonda turli 
harakatdagi holatini va nihoyat otaning esa shoshib kamzuli tugmalarini 
taqayotgan harakatlari orqali sezamiz. Kompozitsiya markazidagi ona va bо‘lajak
kelin harakatlari mezbonlardagi behalovatlikni ifodalab bersa, shu bilan birga 
bir necha daqiqa avvalgi, xonadondagi osudalik seziladi. Qо‘shni xonada 
mо‘ylovini “burab” kirishga tayyor turgan mayor, hamda stol tuzayotgan 
xizmatkor ayol harakatlariga qarab xonadonda sodir bо‘lishi kutilayotgan 
voqeani ham tasavvur qilishimizga imkoniyat yaratadi.
Yoritilganlik 
Tasvir ifodaviyligi, naturaning yoritilganlik xususiyatiga ham bog‘liq.
Bu ifodaning badiiy mohiyati shundaki, yorug‘lik xarakteri sabab moddiy
dunyoni biz turlicha qabul qilamiz. Tabiatni kuzatib, erta tongda quyosh 
chiqishida, tunda oy nur taratganda, yomg‘ir sharros quyganda, tabiatda sodir 
bо‘layotgan boshqa holatlarda bir xil bо‘lmagan his-siyotlarni tuyamiz. Tabiiy 
yoki sun’iy nurdan yorishgan tabiat yorug‘lik ta’sirida uzluksiz о‘zgarib turadi.
Agar bu о‘zgarishlarga diqqat bilan e’tibor bersak, albatta ilg‘ab bо‘lmas, aniq, 
gohida noaniq tuyg‘ularni his etamiz. Tabiatdagi bu estetik ifodalilik xohi-
shimizga bog‘liq bо‘lmagan holda hissiyotimizga singib, bizning hayotiy 
tajribamizda о‘z izini qoldiradi. Bu ifodalilik – yoritilganlik xarakterini ilg‘ab
о‘z asarida aniq tasvirlay olgan rassom tasvir orqali tomoshabinda ham shu 
hissiyotni, aynan tabiatdan olganimizdek uyg‘ota olar ekan. Kartinadagi
yorug‘lik quyosh yoki oyning real yorug‘ligi emas – u faqat ranglar aniq 
munosabati orqali predmetlar shakli va rangining havoviy muhit va
yoritilganlik qonuniyatlariga bо‘ysin-dirilgan holatining ifodasidir.
Yorug‘likning ifodaviy imkoniyatlarini ochgan buyuk rassomlardan biri
Rembrandt Xarmens Van Reyndir. U tabiat yoritilganlik holatini aniq his 
qilish qobiliyatiga ega bо‘lib, tabiat qonuniyatlariga asoslanib о‘zining
rangtasvir tizimini yaratdi. Bu tizimda nur, nafaqat kartinadagi jonli yoki 


jonsiz shakllarning tashqi qiyofasini, balki tasvirdagi bu nur personajlar qalbini 
yoritib, shо‘la sochib turgandek tuyuladi. Rembrandtning sо‘nggi asarlarida 
insonlar qiyofasi qorong‘i soyalar ichidan, quyuq ranglar nurli havoviy muhit
ichidan paydo bо‘lishadi. Yorug‘lik qorong‘ulikdan butkul ajratib tasvirlangan
emas, ular bir-biriga qarama-qarshi qо‘yilmagan, nur ham, soya ham – yaxlit
mujassamlikni tashkil etadi. 
Soya 
Tasviriy san’at asarida sodir bо‘layotgan voqelik, obrazlar xarakteri, holat 
dinamikasi va tomoshabin asar mazmunini anglab yetishida, voqea 
ishtirokchilariga bо‘lgan munosabatini uyg‘otishda soya alohida ahamiyatga ega. 
Soya xarakteri va uni tasvirda aniq va ifodali taqsimlash turli-tuman – soya bizga 
predmet fakturasini ifodalaydi, uni fazoviy muhitda joylashuv о‘rni, ob-havoning 
turli holatlarini ochib beradi va h.k. Rassom tasvirda soya о‘rnini aniqtopib, 
kompozitsiyani ifodali uyushtiradi. Yorug‘likning о‘zgaruvchan effektlari va u 
bilan bog‘liq bо‘lgan tabiatning har xil holatlari rassomga о‘z taassurotlari va 
kayfiyat, uning ehtiroslari va g‘oyasi, tugallangan badiiy obraz yaratish sharoitini 
tug‘diradi. Haqiqatdan ham, umumiy yoritilganlik, yengil va aniq soyalar – 
yoz kunlari bilan, bulutsiz tiniq osmon – albatta tinch, osuda va yaxshi
kayfiyat bilan о‘xshash holatlardir. Xira, bulutlar orasidan chala tushayotgan 
yorug‘lik, yoyiq, qorong‘i soyalar – kuz, qovjirash, umidsizlik, xomushlik va 
yorqin chaqnagan nur, qora, quyuq soyalar – momaqaldiroqdan oldingi holatni
beruvchi kо‘rinish, keskin harakatdagi bulutlar orasidan tushgan quyosh
nuri, mana shu qora bulutlar fonida tevarak-atrofni keskin yoritishi – 
yaqinlashayotgan halokat hissiyotini uyg‘otadi.
Shu ma’noda qator rassomlar asarlarida obrazlilikni ifo-dalashda soyadan 
ifodaviy vosita sifatida foydalanishgan. Bu fikrni quyidagi asar bilan tanishib 
tasdiqlashimiz mumkin. N.Ge “Taynaya vecherya” kartinasida notinch va asabiy 
holat nihoyat ustalik bilan ifodali va ishonarli tasvirlaydi. Asar syujetidagi 
holatning naqadar sinoatli va xatarli ekanligini kompozitsiyada uyushtirilgan 


soyalarning joylashuvi orqali his etamiz. Tasvirdagi yorug‘lik va soya kontrasti 
orqali, devorga tushayotgan soyaning yoyiq, yirik va og‘ir tasvirlanishi, bu
soyaning tasvirdagi qolgan personajlar tepasida og‘ir yuk bо‘lib bosib turishi 
va nihoyat munofiq kimsaning yorug‘lik manbaini tо‘sib turgan qop-qora,
mash’um silueti orqali rassom asarga dramatik ruh va sarosima ifodasini 
uyushtirishga muvaffaq bо‘lganini kuzatamiz. 

Download 433,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish