dissertatsiyasini
bajardi.
Ilmiy
ish
jarayonida
suyuqliklar
aralashmasini fraksiyalarga ajratib haydab olish
va
azeotrop
(o'zgarmas haroratda qaynaydigan va bug’ tarkibi suyuqliklar
aralashmasi tarkibiga mos) suyuqliklar aralashmasi xususiyatlarini
o'rgandi. D.P.Konovalovning 1- va 2-qonunlari va M.S. Vrevskiyning
1-3 qonunlari
azeotrop aralashmalami
haydash,
ajratish, toza
suyuqliklar olish, neftni qayta ishlash va rektifikatsiya kolonnalarini
loyihalashda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo'ldi.
F.M.
R aul
(1830-1901 yy.) - 1878-yilda
eritma ustidagi
to'yingan bug’ bosimi, eritma harorati va kon
sentratsiyasi orasidagi bog’liqlikni o'rganib, suvli
eritmalardagi bug’ bosimi va qaynash haroratining
pasayishi bilan erigan moddalar moiekulyar massasi
orasida
uzviy
bog’liqlikni:
“
eritma
ustidagi
to'yingan bug’ bosimining nisbiy kamayishi erigan
moddaning molyar ulushiga teng, ammo uning
kimyoviy tabiatiga bog’liq emas”ligini
isbotladi.
1882-yilda F.M. Raul 29 ta organik birikmaning
suvli eritmasi bilan krioskopik tajribalar o'tkazdi va
1
litr suvda
1
mol miqdorda modda eritilganda eritmaning muzlash
harorati doimo bir xil - 1,86°C miqdorida pasayishini kuzatdi va shu
asosda o'zining
2
-qonunini: “
cheksiz suyultirilgan eritmalarda
kristallanish
haroratining
pasayishi
eritmaning
molyal
konsentratsiyasiga to 'g ’ri proportsional, ammo erigan modda
tabiatiga bog’liq
em as”ligini
kashf etdi.
Bu qonunlar asosida
eritmalardagi erigan modda konsentratsiyasini va moddaning
moiekulyar og’irligini topishning krioskopik
va ebullioskopik
usullami yaratdi:
T° - T = A T
= К Cm
T - T°
=
A T
= E Cm
T° -
toza erituvchining qaynash
yoki muzlash harorati,
T
- eritmaning
qaynash yoki muzlash harorati,
A T -
farqi,
K —
erituvchining kriosko
pik doimiyligi, E - erituvchining ebulioskopik doimiyligi,
Cm-
molyal
konsentratsiya.
F.M. Raulning tadqiqot natijalaridan foydalangan Y.G. Vant-
Goff, eritmalardagi osmotik bosim bilan erituvchi bug’ bosimi va
muzlash haroratining pasayishi hamda qaynash haroratining ortishi
374
orasidagi mutanosiblikni isbotladi. F. Raul va Y.G. Vant-Goff
tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, ham uchuvchan, ham og’ir suyuqliklar
va qattiq birikmalar eritmasining xossalari osmotik bosim, muzlash
haroratining pasayishi, bug’ bosimining kamayishi yoki qaynash
haroratining ortishini
aniq o'lchash orqali ularning moiekulyar
massasini
aniqlash mumkin. Qayd etish lozimki,
elektrolitlar
critmalarida F.M. Raul qonunidan chetla-nish ro'y beradi, masalan,
eritma muzlash (kristallanish) haroratining pasayishi
(AT)
qiymati
osh tuzi eritmasida
2
martaga ortar ekan. BaCh suvda eritilganda
eritmadagi zarrachalar erigan molekulalar sonidan 3 marta ortadi va
mos ravishda
(AT)
qiymati ham oshadi.
Bunday chetlanishning
sabablarini tadqiq etgan olimlar orasida Y. Vant-Goff, V. Ostvald va
S. Arrenius ishlari diqqatga sazovor. Bu chetlanishni o 'z nazariyasi
bilan moslashtirish uchun Y.G. Vant-Goff
PV = RT tenglamaga
elektrolitlar uchun empirik koeffitsiyent
Do'stlaringiz bilan baham: