Tasseming bu modda bilan olib bor"" I eksperimental ishiari natijalari


“barqaror  kimyoviy  muvozanatdagi



Download 10,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/153
Sana23.01.2022
Hajmi10,85 Mb.
#405822
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   153
Bog'liq
kimyo tarixi davomi

“barqaror  kimyoviy  muvozanatdagi
 
sistemaga  tashqaridan  biror-bir  ta'sir  ko'rsatil-
 
ganda  (P,T,C)  muvozanat shu  ta'sirni kamaytirish
 
tomoniga  siljiydi”
 
degan  tamoyilni  kimyoviy 
kinetika  faniga  kiritdi.  Bu  tamoyil  kimyoviy 
muvozanatni  reaksiya  mahsuloti  olish  tomoniga 
siljitish uchun  jarayonning qaysi ko'rsatkichlarini va 
qanday  miqdorda  o'zgartirish  kerakligini  hisoblash 
imkonini  berdi  va  1901-yilda  ammiak  sintezi 
texnologik ko'rsatkichlarini hisoblashda qo'llanildi.
Ba'zi 
manbalarda 
J.U. 
Gibbsning 
tadqiqotlari  natijalari 
Yevropa  olimlariga  noma'lum  “Konnektikut  akademiyasi  ishlari”da 
e'lon qilinganligi  sababli  ilmiy jamoa  uning  natijalaridan  15-20 yil 
keyin  xabardor  bo'lishdi  degan  fikrlar  uchraydi.  Bu  fikr  noto'g’ri 
ekanligi  isboti  tariqasida  J.U.  Gibbs  1866-1869-yillarda Yevropa- 
ning  bir  qator  ilg’or  olimlari  ma'ruzalarini  tinglagani  va jahonning 
ko'zga  tashlangan  507  nafar  olimlarining  ismi-sharifini  o'z  shaxsiy 
ro'yxatiga  kiritib,  ularga  o 'z 
ilmiy 
ishlari  nusxalarini 
yuborib 
turganligini  keltirish  mumkin.  J.U.  Gibbsning  ilmiy  farazlari  va 
g’oyalari  asosida  bajarilgan  tadqiqotlar  uchun  Yevropa  olimlari 
keyingi  50  yillikda 4  marta Nobel  mukofotiga  sazovor  bo'lishganini 
ham  eslatib  qo'yish  lozim.  I.  Van  der  Vaals,  Y.G.  Vant-Goff,  G.V. 
Rozebom (1857-1907 yy.) va boshqa  Yevropa olimlari  XIX asr oxiri 
va  XX  asr  boshlarida  J.U.  Gibbsning  fazalar  qoidasini  ikki  va  uch 
komponentli  tizimlar  muvozanatini  nazariy  va  amaliy  o'rganish 
jarayonida keng  qo'lladilar.
1899-yilda  J.U.  Gibbsning  ilmiy  ishlari  Anri  Lui  Le-Shatelye 
tomonidan  fransuz  tiliga  tarjima  qilindi.  Olib  borilgan  tadqiqot 
ishlarining 
natijalariga 
ko'ra 
J.U. 
Gibbsning 
kimyoviy 
termodinamikasi  Le-Shatelye tamoyilini yaxshi  tushuntira oldi.  J.U. 
Gibbs  ishlaridan  bexabar  holda, 
1886-yilda  Y.  Vant-Goff  ham  o'z 
ilmiy kuzatishlari natijasida uning xulosalarini tasdiqladi.
1918-yilda  Nobel  mukofotini  o'lgan  mashhur  nemis  fizigi  M. 
Plank  1909-yilda  AQSH  Kolumbiya  universiteti  talabalariga  nazariy 
fizikadan  ma'ruzasida,  J.U.  Gibbs  haqida  to'xtalib, 
"... 
и  faqat
 
Amerikaning  emas,  balki  butun  dunyoning  eng  mashhur  va  hurmatli
 
nazariyotchi olimi edi
 
deb aytgan ekan.
370


12.4. Kataliz  va katalizatorlar
K ataliz-  yunonchadan 
buzish,  vayron 
qilish
 
ma'nosini 
anglatadi.  ehtimol,  bu  atamaning  kelib  chiqishi 
katalizatoming 
reagentlar  bilan  vaqtinchalik  kompleks  hosil  qilib  parchalanishiga 
ishoradir, chunki  kataliz hodisasini  1812-yilda kuzatgan G.  Kirxgoff 
bir  qator  organik  birikmalarning 
kislota  ishtirokida  parchalanish 
reaksiyasi  tezligining  keskin  oshib  ketishiga,  ya'ni 
“buzilishiga”
 
o'z  e'tiborini qaratgan edi. 1816-yilda  G.  Devi  kislorod  va  boshqa 
organik  moddalarga vodorodning  birikishini  o'rganib,  platina  kukuni 
ishtirokida  bu  jarayon  tezlashuvini  aniqladi.  Bu  reaksiyalar  uchun 
1835-yilda Y.Y. Berselius 
“kataliz”
  atamasini taklif etdi.
1853-1932 yy. 
1852-1911  yy. 
1864-1941  yy. 
1896-1967 yy.
V.  Ostvaldning  1882-1887-yiIIarda  kimyoviy  jarayonlarga 
katalitik ta'sirlami  o'rganish  bo'yicha  erishgan yutuqlari  1887-yilda 
Leypsigda 
“Fizikaviy kimyo  instituti
”ning  ochilishiga zamin  yaratdi. 
Uning  laboratoriyasida  keyingi  yillarda  fizik  kimyo 
rivojiga  o'z 
hissalarini  qo'shgan  bir qator  talantli olimlar:  V.G. Nernst,  Le  Blan, 
Bodenshteyn,  Freyndlix,  Drukker,  V.  Byottger,  P.  Valden  va 
boshqalar  yetishib  chiqdilar.  Rus  kimyogar  olimlari:  I.A.  Kablukov, 
V.A.  Kistyakovskiy,  S.N.  Reformatskiy,  D.N.  Turbaba,  N.D. 
Zelinskiylar ham  dastlabki  ilmiy  ishlarini  F.V.  Ostvald  rahbarligida 
bajargan edilar.
F.V.  Ostvald 
Yevropada  birinchi  bo'lib  fizikaviy  kimyo 
darsligini yozdi,  Y.G. Vant-Goff bilan hamkorlikda “Fizikaviy kimyo 
jumali”ni  (Zeitshchrift  fur  physikalishe  Chemie)  tashkil  qildi  va  bu 
jumalida  J.U.  Gibbs  ishlarini  keng  targ’ib  qildi,  uning  maqolalarini
371


1892-yilda  nemis  tiliga  tarjima  qilib,  olimlar jamoasiga  havola  etdi. 
J.U.  Gibbs  nazariyasini  birinchi  marta 
katalitik  jarayonlar
  uchun 
tadbiq  etgan,  F.  Ostvaldning  ta'kidlashicha,  reaksiyaga  kirishadigan 
moddalaming  energetik  nisbatlari  o'zgarmaydi,  ammo  harorat  va 
katalizator  uni  tezlashtiradi.  Uning  fikricha,  katalizator  reaksiyaga 
kirishuvchi 
moddalar  bilan  dastlab  oraliq  modda  hosil  qiladi  va 
reaksiyaning  so'nggi  bosqichida  oxirgi  mahsulot  tarkibidan  ajralib 
chiqadi,  ya'ni  sarflanmaydi  va  qaytadan  reaksiyada  ishtirok  etadi. 
Katalitik  jarayonning  bu  sodda  tahlili  tirik  organizm  hujayralarida 
sodir  bo'ladigan  biokimyoviy  reaksiyalaming  amalga  oshish  jarayo­
nida fermentlarning rolini  va ta'sir mexanizmini  ochib berishga asos 
bo'ldi.  Shu  o'rinda,  katalizatorlar  kimyoviy  jarayonni  faqat  tezlash- 
tirmasdan,  balki  uni  sekinlashtirishi  ham  mumkinligini  va  bu  holda 
ulami 
ingibitorlar
 deb atalishini eslatish lozim.
Yangi 
fizik  kimyoviy 
tadqiqotlaming  natijalariga  ko'ra, 
kimyoyiy  reaksiya  borishi  faqatgina  issiqlik  bilan  emas,  balki 
umuman  olganda  energiya  bilan  uzviy  bog’liq  ekanligi  aniqlandi. 
Masalan,  1889-yilda  nemis  fizigi  V.  Nernst  elektr  batareyalarida 
amalga oshadigan reaksiyalar uchun termodinamika asoslarini qo'lladi 
va kimyoviy  reaksiya elektr tokini  vujudga  keltirishi,  yoki  aksincha, 
elektr  toki  yordamida  kimyoviy  reaksiyalar  (oksidlanish-qaytarilish) 
jarayonlarini  boshlab berishini ko'rsatdi.
XVIII 
asrda 
olimlar 
yorug’lik jnuri  ham  energiya  sifatida 
kimyoviy,  biokimyoviy  va  fizik jarayonlarga  ta'sir  qilishini  o'rgana 
boshladilar. Quyosh nuridagi ko'zga ko'rinmas ultrabinafsha (200-400 
nm)  va  ko'rish  diapazonidagi  (400-700  nm)  yomg’lik  energiyasi 
atrof-muhit  va  inson  organizmida  boradigan  kimyoviy  va  biokim­
yoviy  jarayonlarga  ta'sir  qilishi  qonuniyatlarini  o'rganuvchi  foto- 
kimyo  fani  shakllandi  va  rivojlana  boshladi.  Ko'pgina  tadqiqotlar 
yorug’lik  ta'sirida  modda  molekulalari  energetik jihatdan  faollashib, 
har xil  jarayonlami boshlanishiga sabab bo'lishini ko'rsatdi. Masalan, 
fotopolimerlanish,  fotosintez,  fotoliz,  fotoizomeriya,  flesh-fotoliz 
jarayonlari va fotografiya shular jumlasidandir.

Download 10,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish