(i-izotonik)
ni kiritdi, ya'ni
PV = iRT bo'ldi. Y. Vant-Goff bu koeffitsiyentning fizik mohiyatini
tushuntirishda S. Arreniusning
“Suvda erigan birikmalarning
dissotsilanishi”
nomli maqolasidagi
“dissotsiatsiya”, “dissotsiatsiya
darajasi”
atamalaridan foydalandi, izotonik koeffitsiyent dissotsiatsiya
natijasida hosil bo'lgan zarrachalar soniga tengligini bir qator
misollarda ko'rsatdi.
1853-yilda nemis fizigi Iogann Vilgelm Gittorf (1824-1914 yy.)
aniqlashicha, bir xil ionlar boshqalariga nisbatan katta tezlikda
harakatlanar ekan. Bu kuzatish alohida elektr tokini tashuvchi
ionlaming tezligidan kelib chiquvchi ko'rsatkichlar:
ionlardagi zaryad
ko'chishi, ionlar soni va ionlar harakatchanligi
tushunchalari paydo
bo'lishiga olib keldi. Bu tezlikni aniq lash ga erishgan kimyogarlar hali
ham
ionlar tabiatini
aniqlashga,
hosil
bo'lish
mexanizmiga
qiziqmadilar.
Elektrokimyo fanining asoschilari bo'lgan G.Devi va M.Faradey
ionlaming kelib chiqishi, hosil bo'lish mexanizmi haqida biror-bir
g’oyani berishmadi.
Bu yo'nalishda tadqiqotlar o'tkazgan nemis
fizigi R. Klauzius 1857-yilda ionlar hosil bo'lishi haqida ayrim
fikrlami bildirdi, ammo ular faqat tarixiy ahamiyatga ega bo'ldi.
Elektrolit eritmasidan tok o'tishi zaryadlangan zarrachalar - ionlar
orqali amalga oshishini 1833-yilda M.Faradey tajribada ko'rsatib,
elektroiiz qonunlarini kashf etdi.
375
12.6. Elektrolit eritmalarining xususiyatlari
Elektrolitlar
deb, o 'z
eritmalaridan elektr tokini o'tkazuvchi
moddalarga: mineral kislotalar, ularning tuzlari, ishqorlarga aytiladi.
XIX-XX asrlar oralig’ida Y. Vant-Goff va V. Ostvald kabi buyuk
olimlar qatorida fizikaviy kimyo sohasida ilmiy-tadqiqot izlanishlari
olib borgan yana bir yirik olim shvetsiyalik S A . Arrenius hisoblanadi.
Olim Upsala universiteti talabasi bo'lgan davridan boshlab elektrolit
eritmalari bilan qiziqib, ulaming elektr tokini o'tkazishiga o'z
e'tiborini qaratdi. Dastlab elektrolitik dissotsilanish tuzlaming erishi
jarayonida erituvchi ta'sirida kechishini, suyultirilgan eritmalarda
dissotsilanishi kuchayishini Svante Arrenius 1883-yilda
“Elektrolitlar
galvanik о 'tkazuvchanligining tadqiqotlari”
nomli maqolasida bayon
qilgan edi. Bu maqola olimning doktorlik dissertatsiya rezyumesi
sifatida Stokgolm akademiyasi olimlariga taqdim etildi. Bundan
tashqari kimyoviy aktivlikni dissotsilanish darajasi bilan bog’liqligini
ifodalab:
“...erigan birikma ionlarga qancha ko'proq dissotsilansa,
shuncha fa o l bo'ladF,-
deb yozgan edi. S. Arreniusning
bu
maqolalari va doktorlik dissertatsiyasi shved olimlari tomonidan o'ta
sovuq qabul qilindi. Masalan, 1884-yilda S.Arrenius o ’zining
doktorlik dissertatsiyasida eritmadagi molekulalar (+) va (-) zaryadli
ionlarga ajralishi hisobidan eritmadagi zarrachalar umumiy soni
oshadi degan
g’oyani
ilgari sur3i. Bu g’oyalar uning vatani
Shvetsiyada, Stokgolm va Upsala universiteti olimlarida qiziqish
uyg’otmadi, ammo Yevropaning yetakchi fizik kimyogari bolgan V.
Ostvaldni bu ishlar hayratga soldi. Bunday munosabatlardan tushkun-
likka tushmagan yosh olim
“Elektrolitlar о 'tkazuvchanligi borasidagi
tadqiqotlar”
nomli maqolasini fransuz tiliga o'girib nashr etish uchun
tayyorlaydi va Leypsig laboratoriyasi rahbari professor V. Ostvald-
ga o'z ilmiy natijalarini
bayon qiladi. V. Ostvaldga S.Arrenius
nazariyasining o'ziga xos originalligi va o 'z natijalariga ishonchi va
qat'iyligi ham yoqib qoladi.
V. Ostvald,
S. Arrenius va o'sha
paytlarda ilg’or ilmiy g’oyalari bilan olimlar tomonidan qo'llab-
quwatlanmagan, gollandiyalik yosh olim Y.G. Vant-Goff birlashib,
V. Ostvald rahbarligida
“Fizikaviy kimyo jurnali ”da
o'z ilmiy ishlari
natijalarini chop eta boshlaydilar.
V. Ostvald S. Arreniusni o'z
laboratoriyasiga taklif qiladi, bu ishlami davom ettirish uchun
376
imkoniyat yaratib beradi. Natijada olim 1887-yilda elektrolitik
dissotsiatsiya nazariyasini to'liq shakllantirdi.
I.V.Gittorf,
S.Arrenius
Peter Debay,
Yozef Xyukkel,
1824-1914 yy.
1859-1925 yy.
1884-1966 yy.
1896-1980 yy.
Do'stlaringiz bilan baham: |