Tasseming bu modda bilan olib bor"" I eksperimental ishiari natijalari



Download 10,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/153
Sana23.01.2022
Hajmi10,85 Mb.
#405822
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   153
Bog'liq
kimyo tarixi davomi

“anilin purpuri
  -  
siren  bo'yog’i ”
 deb  atashdi 
va Fransiyada 
“siren о 'n yilliklari”
 davri boshlandi.
U.G.  Perkin  o'qish  va  ilmiy-tadqiqot  ishlarini 
yig’ishtirib  qo'ydi  va  otasidan  qarz  olib  sintetik  bo'yoq  fabrikasini 
qurib  ishga tushirdi.  6  oy  ichida  sintetik bo'yoq  ishlab  chiqarish va 
sotishni yo'lga qo'ygan  U.G. Perkin va akasi boyib ketdilar.  1857-yil 
20-faebralda U.G. Perkib o’z kashfiyotini patent bilan himoya qildi.
Indigo bo'yog’i Uzoq  Sharq va Janubiy Osiyo  mamlakatlarining 
yirik  plantatsiyalarida  yetishtirilar  va  Yevropaga  olib  kelinar  edi. 
Alizarin  Yevropada  marena  o'simligidan  ekstraktsiya  usulda  olinar 
edi.  Alizarin  bo'yoqlari  olishning  sanoat  usulida  yo'lga  qo'yilishi 
Germaniyada  juda  katta  er  maydonlarining  bo'shashiga  olib  keldi. 
Alizarin  temir  ishtirokida  binafsha,  xrom  ishtirokida  jigarrang, 
alyuminiy-kaliyli  achchiqtosh  bilan  och-gizil 
rangli  kompleks 
bo'yoqlar hosil qiladi.
A d o lf  Bayer
  (1835-1917  yy.)  -   buyuk  nemis  kimyogari, 
Germaniyada  bo'yoqlar  olish  sanoati  asoschi- 
laridan  biri,  ko'plab  mashhur  nemis  kimyogarlari 
(G.O.  Viland, 
K.  Grebe, 
K.T. Liberman, V. 
Meyer, E.  Fisher,  E.  Buxnerlar)  ustozi,  sanoat 
usulida  indigo  bo'yog’ini  olish  muallifi.  1868- 
yilda  A.  Bayeming  shogirdi  Karl  Grebe  (1841- 
1927 yy.) bilan hamkorlikda fan rivoji uchun  yana 
bir  sanoat  ishlab  chiqarish  usuli,  juda 
muhim 
tabiiy  bo'yoq  -   alizarinning  sintezini  amalga 
oshirdilar.  Ular alizarinni rux kukuni bilan qaytarib,  antratsen olishdi, 
1869-yilda  antraxinonni  bromlab,  antratsen  orqali  alizarin  olish 
mumkinligini  isbotladilar.  Indigo  bo'yoqlari  ham  sanoat  miqyosida 
olina  boshlandi.  Sanoat  usulida  bo'yoq  ishlab  chiqarish  o 'z  davrida
356


plastmassa,  sintetik tolalar,  detergentlar va pestitsidlar sintezi sohasini 
shakllantirdi.
1900-1930-yillar 
organik 
kimyo 
rivojining 
2-bosqichi
 
hisoblanadi.
  Bu davrda alkaloidlar,  terpenlar,  oqsil,  polipeptid, purin, 
o'simlik  pigmentlari  va xlorofillni  o'rganish  boshlandi.  endi organik 
kimyoning  yangi  nazariy  yutuqlari  fizika  fani  orqali  bu  soha 
muvozanatini  siljitib,  yangi  fan  bo'limi  -  
fizikaviy  organik  kimyo
 
faniga  asos  solindi  va  organik  kimyo  o 'z  rivojining  3-bosqichiga 
o'tishga  tayyor  bo'ldi. 
Bungacha  organik-kimyogarlar  tabiiy 
birikmalarning  tuzilishi  bilan  qiziqar  edilar,  ammo  ularning  o'simlik 
va  tirik  organizmdagi  bajaradigan  funksiyasini  o'rganish  biokimyo 
fanining  vazifasi hisoblanar edi.
XX 
asr birinchi choragida Yevropada bir qator yetuk olimlar:  R. 
Kun,  A.  Butenandt,  P.  Karrer,  L.  Rujichka,  A.  Todd  bevosita 
organik 
moddaning  struktura  tuzilishi  bilan  ularning  funksiyalari 
orasidagi  bog’liqlikni  o'rgana  boshladilar  va  bir  qator  yutuqlarga 
erishdilar.
3-taraqqiyot  bosqichi
  analitik kimyo  fani va sintetik kimyoning 
ikki amaliy  yutuqlari bilan bog’liqdir:

birinchisi
  -   avstriyalik  kimyogar  Frits  Preglning  mikroanaliz 
usuli 0,25 gramm  organik moddani analiz qilish imkoniyati ochildi;

ikkinchisi
  -   biologik  kashfiyotlardan  biri  bo'lgan  tabiiy 
manbalardan  vitamin  va  gormonlaming  ajratib  olinishi  amalga 
oshirildi.
Rixard Kun, 
A. Butenandt 
Paul Karrer 
L. Rujichka
1900-1967 yy. 
1903-1995 yy. 
1889-1971 yy. 
1887-1976 yy.
357


A w algi 30 yil davomida organik kimyoda eksperimental usullar 
deyarli  o'zgarmagan  bo'lsa,  endilikda  mikromiqdordagi  moddalar 
bilan  ishlash  usuli  shakllandi,  organik  sintez  mahsulotlari  aralash- 
malarini  ajratish  va  identifikatsiya  qilish  uchun  xromatografiya 
usulining 
analitik 
imkoniyatlari 
va  yangi 
“yupqa 
qatlam”, 
“adsorbent”  va  “qog’oz  xromatografiyasi”  usullaridan  foydalanish 
boshlandi.  1934-1936-yillar  davomida  ingliz  olimlari  A.  Todd  va  J. 
Berdjer  hamkorligi  natijaalari  vitamin  Bi  (tiamin)ning 
beri-beri
 
kasalligiga qarshi muvaffaqiyatli qo'llash va yangi vitaminlar sintezini 
amalga  oshirish  imkoniga  olib  keldi.  A.Toddning  bu  sohadagi  ishlari 
faqat vitaminlaming  struktur  tuzilishini  aniqlash  emas,  ularning tirik 
organizmda 
ta'siri 
mexanizmini 
o'rganishga 
ham 
qaratildi. 
Biokimyogarlar bu paytda  ATF,  kokarboksilaza, kozimaza va boshqa 
kofermentlami aniqlashdi.  K.  Funk,  F.  Gopkins  va  R.R.  Yilyams- 
laming  tadqiqotlarini davom ettirgan  K. Loman va P.  Shyuster  1937- 
yilda  kokarboksilazani  ajratib  oldilar  va  uning  achitqilari  Bi 
vitaminining  pirofosfatli  efiri  ekanligini,  uning  terapevtik  samara- 
dorligini  va  katta  yoshdagi  kishilarga  sutkasiga  1,4-2,4  mg  tiamin 
kerakligini  isbotlashdi. Olimlaming aniqlashlaricha, kofermentlaming 
ko'pchiligi  faqat vitaminlaming  emas,  balki  nukleotidlar  asosini  ham 
tashkil etar ekan.  1953-yilda  J. Uotson va F. Kriklar DNK molekulasi 
qo'sh  spiralli  tuzilish konsepsiyasini  ishlab chiqdilar,  o'zaro vodorod 
bog’lari  yordamida  bu  molekulalaming juftlanishi  konsepsiyasi 
irsiy
 
replikatsiya
  (lotincha 
replicare
  -   orqaga  qaytish,  aks  ettirish) 
sabablarini 
tushunishga  yordam  berdi,  moiekulyar  biologiya  va 
hozirgi zamon genetikasini shakllantirdi. Bu konsepsiyalar zamonaviy 
tadqiqot  usullaridan  foydalanib,  A.  Todd  boshchiligidagi 
olimlar 
Xulosasi  asosida yaratilgan  edi va endilikda kimyoviy tahlilga bog’liq 
bo'lmasdan, mustaqil ishlash imkoniyatini berdi.
Doroti  M eri  Kroufut-Xodjkin
  (1910-1994 
yy.)  -   ingliz  biokimyogari,  organik  moddalar 
tuzilishini 
RSA  bilan  o'rganish  bo'yicha 
mutaxassis, penitsillin (1946 y), vitamin B
12
 (1956 
у),  B
12
  kofermentidagi 
Co-C  bog’ini  aniqlash 
(1961  y)  bo'yicha  tadqiqotlari  uchun  1964-yilda 
Nobel mukofoti sovrindori bo'lgan. RSA usulining 
YMR  spektroskopiya,  mass-spektrometriya  va 
xromato-mass-spektrometriya  usullari  bilan  birga-
358


likda  organik  kimyo  sintez  va  analizga  kirib  kelishi  murakkab 
moddalami  o'rganishga keng  yo'l  ochib  berdi  va  organik kimyogar- 
lami  modda  molekulasini  parchalab  o'rganishdek  mashaqqatli 
mehnatdan xalos qildi,  maqsadli  tadqiqotlar  samaradorligi  oshdi.
1960-yillardan  boshlab  organik kimyo fa n i  rivojining biologiya
 
va biokimyo fanlari  rivoji  bilan  uzviy  bog ’liq  bo 'Igan  IV   bosqichi
 
boshlandi.  Fizikaviy  tadqiqot  usullari  kimyoviy  tahlilni  yengil- 
lashtirgan  bo'lsa ham,  organik  sintez usuli o'z o'mini yo'qotmadi va 
kundan-kun  o 'z  imkoniyatlari  chegarasini  kengaytira  boshladi. 
Albatta,  sintez  organik  kimyo  fani  va  sanoatining  hayotiy  manbai 
bo'lgan, bo'lmoqda va shunday bo'lib qoladi.

Download 10,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish