3. Turbidimetrik usul —
(lotincha
turbidus —
loyqa va yunoncha
metreo
— o'lchayman) kolloid-dispers eritmadan o'tgan yorug’lik nuri
intensivligini
o'lchashga
asoslangan.
Turbidimetrik titrlashda
aniqlanuvchi modda miqdori aralashmaning eng ko'p loyqalangan,
ya'ni ekvivalent nuqtasiga yetguncha sarflangan titrantning hajmi
(ml) orqali hisoblanadi.
4. Polyarimetrik usul
- 1811-yilda D. Arago va 1815-yilda J.
Bio kashf etgan qutblangan nur tekisligining burilish burchagini
o'lchashga asoslangan. Bu usul hozirgi kunda mineralogiya, mikro-
kimyo sanoatida minerallar va kristall cho'kmalami o'rganishda, qand
sanoatida moddalar tarkibidagi qand miqdorini aniqlashda, yog’
sanoatida refraktometrik analiz usuli bilan birgalikda yog’ tarkibini,
farmatsevtika sanoatida dorilar tarkibini
indentifikatsiyalashda
ishlatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |