termometriya, termometrik titrlash va kalorimetrik analiz usullari
yaratildi.
333
XVIII asrda eritmalardan metallar kationlarini guruhJari bilan
ajratish usuli shved kimyogari T. Bergman (1735-1784 yy.) tomoni
dan tog’jinslari va rudalami analiz qilish amaliyotiga joriy qilindi.
XIX asrda analitik kimyo fani rivojiga Yevropa olimlaridan:
X.G. Pfaff (1822 y. Germaniya), F. Zonnenshtayn (1858 yil), K.
Fisher, A. Berri, P. Valden, K.F. Mor, Y. Folgardlar o 'z hissalarini
qo'shdilar. XIX asr oxiri-XX asr birinchi yarmida analitik kimyoning
nazariy asoslari yaratildi, fanning matematik apparati va tezaurusi
shakllandi. V. Ostvald massalar ta'siri qonunini analitik reaksiya-
laming borish shart-sharoitlarini aniqlash uchun qo'lladi.
XX asrda turli sanoat tarmoqiarining, shu jumladan,
kimyo
sanoatining o'zi jadal rivojlanishi ishlab chiqarishni kimyoviy nazorat
qilish, ya'ni boshlang’ich xomashyo, yarim tayyor va tayyor
mahsulotlar
tarkibini aniqlash
usullarini takomillashtirib, yangi
analiz obyektiari va analitik vazifalar vujudga kelishi tahliliy kimyoni
ancha rivojlantirdi. Bu davrda analitik kimyo rivojini alohida yetakchi
olimlar, ularning ilmiy maktablari yutuqlari misolida qarab chiqamiz.
Akademik
I.P. Alimarin o 'z shogirdlari bilan siyrak-yer
elementlari, yarim o'tkazgichlar va yadro energetikasi mahsulotlari
analizining makro-, mikro- va ul’tramikrometod usullarini yaratdi,
mass-spektrometriya, radioaktivatsion analiz, lazer spektroskopiyasi
usullarini rivojlantirdi, o ’ta yuqori sezgirlikka ega bo'lgan
fa o l
neytron”lar
usulini analitik kimyoda joriy qildi. 60 yillik ilmiy-
pedagogik faoliyati davomida 8 fan doktori, 80 fan nomzodi
tayyorladi, 800 ilmiy maqoialar, o'nlab monografiyalar muallifi, 50
dan ortiq
kashfiyotlar muallifi, 1963-1988 yy. “Analitik kimyo”
jurnali bosh redaktori, ko'plab davlat mukofotlari va analitik kimyo
yo'nalishi bo'yicha 5 ta xalqaro mukofotlar sovrindori. Uning yaqin
shogirdlaridan akademik Y.A. Zolotov analitik kimyo amaliyodga
organik reagentlaming yangi vakillari: ichki xelat komplekslar va
makrotsiklik birikmalarni kiritdi, eng ko'p qo'llaniladigan ekstrak-
siya usullarining nazariyasi va amaliyotini rivojlantirdi, 9 fan doktori,
60 fan nomzodi tayyorladi, 900 ilmiy maqola, 44 kitob muallifi; 32
muailiflik guvohnomasi va patentlarga ega,
1989-yildan boshlab
“Analitik kimyo” jurnali bosh redaktori.
2007-yil 31-martda D.I.Mendeleyev nomidagi MKTI (hozirda
RKTU) analitik kimyo kafedrasining 70 yilligi va kafedra asoschisi
professor A.P. Kreshkovning (1907-1978 yy.)
100 yilligi keng
nishonlandi. U 1936-yilda MKTI analitik kimyo kafedrasiga asos
soldi va 1937-1977 yy. o 'z shogirdlari bilan suvsiz eritmalarda
kimyoviy analiz va instrumental analiz usullarini rivojlantirdi,
kremniyorganik birikmalar sintezi mahsulotlarini va polimer moddalar
analitik kimyosini rivojlantirdi, analitik kimyo ta'limini zamonaviy
talablar asosida qayta qurdi, o'nlab darsliklar va o'quv qo'llanmalari,
2 monografiya chop etdi. Uning 1976-yilda
davlat mukofotiga
sazovor bo'lgan 3 jildlik “Analitik kimyo asoslari” kitobi hozirgacha
kimyogar-analitiklar uchun asosiy darslik bo'lib qolmoqda. Olim 5
fan doktori va 120 ortiq fan nomzodlariga ustozlik qildi, 300 ilmiy
maqola nashr qildi va 52 kashfiyotga mualliflik guvohnomasi oldi.
I.P. Alimarin
Y.A. Zolotov
A.P. Kreshkov
I.M. Koltgof
1903-1989yy. 1932-yilda tug’ 1907-1980yy.
1894-1993 yy.
I.M.
Koltgof jahonga
mashhur
amerikalik
kimyogar-
analitik,1930-1990 yy. hajmiy analiz usullarining nazariyasi va
amaliyoti,
potensiometrik,
amperometrik,
konduktomerik
va
polyarografik analiz usullarining asoschisi, 10 dan ortiq kitoblari rus
va boshqa tillarga tarjima etilgan, IUPAK vitse-prezidenti.
Hammualliflari: R. Belcher, V.A. Stenger, G.A. Laytinen, E.B.
Sendel, N. Furman
Bu davrda Yevropa kimyogarlari aptekalar qoshidagi laborato-
riyalarda faoliyat yuritganliklari va asosan farmatsevt bo'lganliklari
sababli dorivor moddalar kimyosi va analizini rivojlantirdilar: M.G.
Klaprot (1743-1817 yy.), I.X. Vigleb (1732-1800 yy.), I.F. Vestrumb
(1751-1819 yy.), I.F. Gmelin (1748-1804 yy.), S.F. Germbshtedt
(1760-1833 yy.), F.A. Gyottling (1755-1809 yy.). Fransiya olimlari
G. Monj, K.L. Bertolle, J.B. Furye, M. Bertlo va J.B. Dyumalar esa
Napoleon Bonapart bilan hamkorlik qilishdi, harbiylarga porox va
335
o'q-dori, sifatli kimyo sanoati mahsulotiari uchun mineral xomashyo
va kimyo texnologiyasi muammolari bilan shug’ullandilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |