Klonorx
Tiizffishi. Klonorx yoki Xitoy so'ruvchisi (Clonorchis sinensis) o'zining tashqi ko'rinishidan opistorxni eslatadi, biroq undan birmuncha yirikrog'i va tanasining oldingi qismi birmuncha cho'ziq. Farq qiladigan belgilaridail bin tanasining oxirida joylashgan tarmoqlangan arug'doni hisoblanadi Bu so'ruvchining tuxumlari opistorx va metagonin tuxumlarini eslatadi, shuning uchun amaliy sharoitlarda ko'rsatib o'tilgaii gelmint turlari, odatda farq qilmaydi. Biroq katta obyektiv yordamida batalsi mikroskopiya qilinganda klonorx tuxumlarida qator o'ziga xos belgilar anii| lanadi
Fassiolalar
Tuzilisbi. Odamda jigar so'ruvchisining ikki turi: oddiy fassiola (Fas- ciola hepatica) va yirik fassiola (Fasciola gigantica) parazitlik qilishi mumkin. Oddiy fassiola yaproqsimon shaklga ega, o'lchamlari 2—3 sm. ga, yirik fassiolaniki esa 7 sm. gacha yetadi. Ichki tuzihshi o'xshash. Tanasining oldingi uchidagi tumshuqsimon qalinlashmada yonma-yon joylashgan ikkita so'rg'ichi bo'ladi. Ichakning kuchli tarmoqlangan ikki tarmog'i xarakterli. Urug'donlar va tuxumdonlar ham kuchli tarmoqlangan. Bachadon rozetka ko'rinishida parazitning oldingi qismiga joylashgan. Tuxumlari juda yirik, uzunasiga 130—145 mkm, oval, pardasi yaxshi bilinib turadi. Qopqoqchasi bo'ladi. Rangisariqyoki jigarrang. Ichida tuxumni butunlay to'ldirib turadigan ko'p sonli sariq hujayralari ko'rinib turadi.
Rivojlanish sikli. Fassiolalar qoramol va mayda hayvonlar jigarining o't yo'llarida, qator hollarda esa odamda ham parazitlik qiladi. Odam organizmida yashash muddati 3—5 yil. Tuxumlari najas bilan ajraladi. Suvga tushganda tuxumlardan chiqqan lichinkalar molluska tanasiga kirib, bu yerda ularning bundan keyingi rivojlanishi va bo'linishi ro'y beradi. So'ngra Uchinkalar (seykariylar) suvga chiqadi va qobiqqa o'ralib, suvdan o'simliklarga o'tirib qoladi. Shunday holatda ular 2—3 yilgacha saqlanishi mumkin. Hayvonlarga va odamga ular suvdagi o'simliklar yeyilganda yoki ko'llarning suvi ichilganda yuqib qoladi. Lichinkalar ichakdan uning devori orqali qorin bo'shlig'iga, so'ngra jigarning fibroz pardasi orqali jigar to'qimasiga va o't yo'llariga kiradi. Migratsiyaning ikkinchi yo'li — gematogen yo'l bo'lib, darvoza vena sistemasi orqali kiradi. Parazitlar 3—4 oy o'tgandan keyin voyaga yetadi, shundan so'ng tuxumlarning ajralishi boshlanadi. Yuqishdan keyin odamda kasallikning migratsion o'tkir fazasi rivojlanadi, bunda tana harorati ko'tariladi, qorinda keskin og'riq paydo bo'ladi eshakem toshadi, bo'g'ilish va nafas olishning qiyinlashishi sezgisi vujudga keladi, jigar kattalashadi. Keyinchalik bemorlarni jigar sohasidagi og'riq ko'ngil aynishi bezovta qiladi.
Najas yoki duodenal suyuqlikni mikroskopiya qilishda fassiola tuxum larining topilishi hah odamga yuqqanligiga kafolat bo'la olmaydi.
Fassiolaning rivojlanish sikli:
1- oxirgi xo'jayin organizmidagi voyaga yetgan nusxasi; 2— suv havzasidagi tuxum va undan chiqqan lichinka; 3—molluska tanasidagi lichinka; 4— molluska tanasidagi suvga chiqqan lichinka (serkariy); 5—suv o'simligiga insistalangan lichinka (adoleskariy).
Profilaktikasi. Hayvonlar fassiolyoziga qarshi kurash bo'yicna оni boriladigan veterinariya-xo'jalik tadbirlariga asoslanadi. Odatda, yowoyi holda o'sadigan o'simliklarni xomligicha ishlatish yoki ko'llar suvini, ayniqsa mol boqiladigan va sug'oriladigan joylarida qaynatmasdan ichish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |