Tuzilishi. Keng lentes (Diphyllobothrium latum) birinchi marta (1778) K Linney tomonidan tasvirlangan edi. Bu odamning eng yirik parazitlaridan biri bo'lib, uzunligi 10 m. gacha yetadi va bundan ham oshadi. O'lchami 3—5 mm bo'lgan boshchasi yoki skoleks cho'zinchoq - oval shaklda, yon tomonlari yassilashgan va o'zining qambar toilarida uzunasiga ketgan ikkita yopishuvchi tirqishi (botriylari) bo'lib, lentes ular yordamida ichak devoriga yopishadi.
Tanasi ko'p sonli bo'g'imlardan tashkil topgan, ularning eni uzunligidan ancha katta, parazitning nomi ham shundan kelib chiqqan. Yetilgan bo'g'imlar markazida rozetka ko'rinishidagi to'q rangli dog' bo'lib, bu tuxumlar bilan to'lgan va chiqaruv teshigi bo'lgan-bachadonidir.
Keng lentes tuxumlari nisbatan yirik-uzunasiga 75 mkm. gacha, kulrang yoki sarg'imtir rangli, yupqa silliq pardasi bor, keng oval shaklda. Qutblaridan birida qopqoqcha, ikkinchisida — unchalik katta bo'lmagan do'mboqcha bor. Tuxumning ichi lo'p sonli sariq yirik donador hujayralar bilan to'lgan. Bitta tasmasimon gijja har kuni bir necha millionlab tuxumlar ajratadi.
Rivojlanish sikli. Keng lentes odam, shuningdek, it, mushuk, cho'chqa va baliq bilan oziqlanadigan ba'zi bir yowoyi hayvonlar ingichka ichagida parazitlik qiladi.
Tuxumlari najas bilan ajraladi va bundan keyin rivojlanishi uchun suv havzasiga tushishi lozim. Havzada ularda yumaloq shakldagi, kipriklar bilan qoplangan Iichinkа yetiladi. Koratsidiylarni chuchuk suvlarda yashaydigan qisqichbaqalar — sikloplar yutadi, siklopIarni esa baliqlar yutadi. Lichinkalar (plerotserkoidlar) baliqlar tanasida uning mushaklarida va ichki a'zolarida, ayniqsa, ikrasida yig'iladi. Cho'rtanbaliq, yorsh, yelimbaliq, okunbalig'i ko'proq zararlanadi.
Pleroserkoidlarning botriylari bo'lgan shakllangan boshchalari bor, biroq ularning tanasi hali bo'g'imlarga bo'linmagan. Uzunligi 6—10 mm. Pleroserkoidlarning kapsulasi yo'q, kipriklarsiz, osmoregulatsiyasining yax- shiligi bilan ajralib turadi: suvga tushirilganda lichinka yashashga layoqatini va qat-qatligini bir necha soat mobaynida saqlab qoladi.Yetarlicha qaynatilmagan baliq yoki tuzi kam ikra iste'mol qilinganda ndam ichagidagi lichinkalar 2 oy mobaynida keng lentesga aylanadi. I'arazitning yashash muddati 10 yilga boradi.
Profflaktikasi. Aholini, birinchi navbatda baliqchilarni, daryo transporti xodimlarini va qirg'oq bo'ylarida ovchi bemorlarni tekshirib, aniqlangan bemorlarni, albatta, davolash zarur. Baliqning lichinkalardan zararlanganligini aniqlash uchun tanlab na zorat o'tkaziladi. Baliqqa termik ishiov berish yoki uni tuzlash qoidalariga amal qilish zarur. Suv havzalarining najasdan ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik uchun aholi yashaydigan joylarning va daryo kemalarining sanitariya obodonchiligi nihoyatda muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |