Leon Valras (1834-1910) marjinalizmning Lozanna (Shveysariya) deb ataluvchi maktabi asoscliisi hisoblanadi. Unga keyinchalik Pareto, Italiyadan Borone, shvetsiyalik Kassel, amerikalik Leontevva boshqalar qo'shildi. L.Valrasnirtg «Sof iqtisodiy fan elemenflari» (1874) asari iqtisodiyotda matematikaning shaxdam qadamlariga asos soldi. Shu sababli u matematik maktabning davomchisi hamdir. Har qanday iqtisodiy tahlilni matematik izohlashga intilish bu maktab va uning izdoshlariga xos xususiyat hisoblanadi. Valrasning fikricha, har qanday iqtisodiy nazariyani faqat matematika asosida qisqa, aniq va ochiq isbotlash mumkin. Uning o‘zi matematikani yaxshi bilgan va Kumoni o'zining ustozi deb hisoblagan holda, undan ilhomlangan. Keyinchalik «eng yuqori foydalilik» (naf) deb atalgan tushunchani L.Valras «поуоЬ- lik» (rarete) deb izohlaydi. Buni u miqdor iste’molning kamayuvclii funksiyasidir deb ifodalaydi (ya’ni biror noz-ne’matning iste’mol soni oshishi bilan uning noyoblik miqdorming ko‘rsatkichi tobora pasayadi). L.Valras shuni aniqladiki, eng yuqori foydalilik iste’molchi tomonidan (mazkur daromad doirasida) sarflanayotgan mablag'- laming so‘nggi ulushining iste’mol qilinayotgan barcha noz-ne’mat- lardan bir xil qoniqish hosil qilishidir. Shu bilan birga, iste’molchi ne’matlar qimmatini o‘zi belgilaydl Masalan, uning uchun paypoq galstukdan, go‘sht paypoqdan qiramatliroq va hakozo. Boshqacha qilib aytganda, iste’molchi o‘zining belgilangan daromadini galstukka nisbatan paypoqqa tezroq, paypoqqa nisbatan go‘shtga tezroq sarflaydi. Mana shunday turli-tuman ehtiyoj bo‘lganligi tufayli, iste’molchi har bir ne’matdan shunday miqdorda xarid qiladiki, so‘nggi juft paypoq, oxirgi galstuk va so'nggi nimta go‘shtdan bir xil qoniqish hosil bocladi. Faqat shundagina barcha sotib olingan narsalar unda maksimal umumiy qoniqishni paydo qiladi. L.VaIxas hamma iste’- molchilar o‘z ehtiyojladni qoniqtirishda maksimumga ega bo'lsalar (yuqorida aytilganlarning hammasini, shuningdek, har binning cheklangan daromadini hisobga olgan holda) iqtisodiy muvozanat
yuzaga keladi deb hisoblaydi. U bundan umumiy bozor muvozanati nima ekanligi to'g'risidagi masalani hal etishga muhim qadam qo'yadi. Gap shundaki, har bir iste’molchi va har bir ishlab chiqaruvchi (har bir xaridor va sotuvchi) o'z sheriklaridan va iqtisodiyotda ro'y berayotgan barcha jarayonlardan to'la ajralgan holda harakat qila olmaydi. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyotda hamma narsalar, barcha jarayonlar o'zaro bog'liq. Har bir baholash boshqa baholarga bog'liq, ammo u ham boshqalarga ta’sir etadi. Bunga hayotda misollar bisyor. Masalan, mamlakatning biror hududida qishloq xo'jaligining ortda qolishi shu mamlakat poytaxtida zargarlik buyumlariga talabning oshuviga olib kelishi mumkin.
Qisqacha xulosalar
asrning 70-yillarida Avstriya maktabining shakllanishi iqtisodiyot fanida katta voqea bo'ldi. Uning nazariyotchilari fanda marjinalizm deb nom olgan iqtisodiy nazariyani ilmiy asoslab berdilar. Bu nazariya qoidalari klassik iqtisodiy maktabdan shu darajada farq qilardiki, a ayrim hollarda fandagi to'ntarish deb ham baholanadi. Yangicha yo'na- lishni taklif qilgan iqtisodchilar tovarlar (ne’matlar) qimmatini unga bo'lgan subyektiv munosabatlar bilan aniqladilar. Har qanday ne’matlar kishilaming talabini qanoatlantirishi darajasiga qarab, foydalilik kasb etishi mumkin.
«Foydalilik» va «qimmat» kategoriyalari o'rtasida o'zaro bog'liqlik mavjud bo'lib, har qanday ne’mat foydalidir, lekin u qimmatli bo'l- masligi ham mumkin. Foydali bo'lgan ne’matlargina ma’lum darajada qimmatli bo'ladi. Foydalilik va qimmat kategoriyalarini ajratib ko'rsatish bilan birga maijinalistlar qiymatning mehnat nazariyasini butunlay inkor etdilar. Ular bozorlardagi iqtisodiy ne’matlarning narxini unga sarf bo'lgan mehnat va ishlab chiqarish xarajatlari bilan emas, balki iste’molchining subyektiv ravishda bu ne’mat qimmatini belgilashida o'z о'mini topadi, deb hisoblaydilar.
«feng yuqori foydalilik» nazariyasi o'ta subyektivligi uchun tartib- sizligi va to'la isbotlangan faktlardan keng foydalanganligi uchun ko'p marta haqli tanqid qilindi. Lekin hoziigi zamon iqtisodiy ta’limotlarida Avstriya maktabining g'oyalarida, ayniqsa, mikroekono-mikabo'liniida keng foydalanib kelinmoqda. Bu nazariyaning ustun tomoni shu bilan belgilanadiki, unda nafaqat harajatlarning hisobi, balki ishlab chiqarish va muomalaning natijalari to'liq inobatga olinadi.
Maijinalizm inqilobi to‘g‘risida gap borganda Avstriya maktabi qatori Lozarma maktabini ham alohida ta’kidlashimiz zarurdir. Bu maktab asoschilari maijinalistik g'oyalami qollagan holda uning qisqa, ochiq va aniq matematik ifodasini topishga harakat qildilar.
Vairas foydaiilik o‘miga noyoblik tushunchasini kiritdi va miqdor iste’molining kamayuvchi funksiyasini taklif etdi. Umumiy bozor muvozanati nazariyasini ishlab chiqdi va uning tenglamasini yaratdi, iqtisodiyot va matematikani bir-biriga bog'ladi. Vairas qonuni bo‘yicha, bozor muvozanati sharoitida umumiy talab umumiy taklifga tengdir. Agar Vairas bozor muvozanati masalasini qo'ygan va uning qachon- lardir yechilishini bashorat qilgan boisa, V.Pareto bu muammoni hal etishga muhim hissa qo'shdi va tartibli foydaiilik tushunchasini kiritdi. V.Pareto optimal holati (eki Pareto optimum!) bu bozor ishtirokchUarining hammasi o‘z foydasi uchun intilib, o‘zaro manfaat va foydalar muvozanatiga erishmoqdalar.
Shved olimi K-VikseH normal almashuv sharoitida ikkala tomonning ham muvaffaqiyatga erishuvini isbotlab berdi. Ya’ni «almashuvdan hamma manfaatdordir» degan g‘oya ilgari suriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |