Fridrix List (1789-1846) Janubiy Germamyanmg Reydlingen shahrida boy hunarmand oilasida tug'ildi. List 1819-yilda Germaniya iqtisodiy birligini ta’minlash maqsadida «Savdo-sanoat ittifoqfrm tuzdi. 1825-yUda Germaniyani tark etib, AQSHga doimiy yashash uchun ketdi. 1832-yildan F.List Yevropaga qaytib, AQSHning Leypsigdagi elchisi bo‘lib ishladi. U o‘zining bor kuchini, idroki va iqtidorini iqtisodiy muammolarni keng o'rganishga qaratdi, Sanoat burjuaziyasi manfaatlarining ifodachisi boigan F.List iqtisodiy birlik uchun birinchilar qatoii maydonga chiqdi. U o‘zining «Siyosiy iqtisodning milliy sistemasi» (1841) nomli asosiy asarida milliy siyosiy iqtisodni yaratish vazifasini o'rtaga qo'ydi. Mamlakatning ishlab chiqaxuvchi kuchlari to'g'risidagi ta’limot unga asos bo‘lishi kerak edi. F.List davlatning faoliyatini, dinni, axloqni, ma’naviyati kabilami ishlab chiqa- ruvchi kuchlarjumlasiga qo‘shdi. F.Listning ta’liniotiga ko‘ra, qiymatni ishlab chiqaruvchi kuchlar, «millatning ruhi» (toj-taxtning meros bo‘lib qolishi, huquq, sud, armiya, polisiya va shu kabilar) yaratadi.
List ta’limotida xo jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari to‘g‘ri- sidagi g‘oyalar katta o‘rin egaHaydi. U tarixiy taraqqiyotni beshta bos- qichga: badaviylik, cho‘ponlik, dehqonchilik, dehqonchilik-manu- faktura, dehqonchilik — manufaktura - savdo bosqichlariga bo'ladi: Bunday bo'lishdan kuzatilgan maqsad Germaniyada sanoatning o'sishini har tomonlama qollab-quwatlash, biryoqlama rivojlanishdan
List iqtisodiy fanda klassik maktabni, ayniqsa, uning yirik namoyan- dasi bo‘lgan A.Smit iqtisodiyotini tanqid qiluvchl bo'lib faoliyat ko‘rsatdi, lekin u klassik maktabning asosi bo‘lgan qiymat va daromadlar nazariyasini mutlaqo tahrir qilmadi. Iqtisodiyotning bu kategoriyalari olimni qiziqtirmadi. Asosiy e’tibor iqtisodiy siyosatning asosiy masalalariga, ayniqsa, tashqi savdo siyosatiga qaratildi. F.List Smit iqtisodiy tizimini kosmopolitizmda ayblab, uni ayrim mamlakatlar xo‘jalik rivojlanishinmg milliy xususiyatiarini ko'rmasdan, barchasiga umumiy «tabiiy» qonun-qoidalarni dogmatik ravishda majburiy kiritayotganini ta’kidlaydi.
Listning iqtisodiy nazariyasi o'z tarixi va xo'jaligining xususiyatiga ko'ra jahon hamjamiyatining so‘nggi qatorlaridan o'rin olgan oamlakatlarning iqtisodiy qoloqligini bartaraf etish yoUidagi dastlabki irinish edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |