Mavzu: O'zbekistonda yosh oilaning qõllab quvvatlanishi.
Mavzu:O'zbekistonda yosh oilaning qo'llab quvvatlanishi.
Reja:
1. Yosh oilaga yaratilayotgan imkoniyatlar
2.Oila kichik bir davlat
3.Yosh oila chegaralari
O'zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining tomonidan 2012-yil 30 aprel kuni 124-sonli Yosh oilalarni qollab quvvatlashga doir qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida qaror qabul qilindi. Qaror yosh oilalarga ijtimoiy iqtisodiy jihatdan amaliy yordam berish maqsadida qabul qilingan.
Hujjatda qayd etilishicha, keyingi uch yilda ipoteka kreditlari berish hisobiga yosh oilalar uchun umumiy summasi 355,4 mlrd so'mlik 9 360 ta kvartira qurildi. Qishloq joylarda Davlat budjeti va Osiyo taraqqiyot bankining mablag'lari hisobiga moliyalashtiriladigan namunaviy loyihalar bo'yicha qishloqda uy-joy ipoteka qurilishi dasturlari doirasida aholining, birinchi navbatda yosh oilalarning uy-joy sharoitlari yaxshilanmoqda
Bundan tashqari, yosh oilalarga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni, shu jumladan mebellar, maishiy texnika va uzoq muddat foydalaniladigan boshqa hayotiy muhim tovarlarni sotib olish uchun kreditlar berish O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan ko'p bo'lmagan foiz stavkasi bo'yicha, 3 yilgacha bo'lgan muddatga eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha miqdorda amalga oshiriladi.
Mehribonlik' uylarining 30 yoshgacha bo'lgan, birinchi marta nikohga kirayotgan barcha bitiruvchilariga esa yosh oila tashkil etilishi munosabati bilan to'y sovg'asini - mahalliy budjetlar va xayr-ehson qiluvchilarning mablag'lari hisobiga sotib olinadigan, mamlakatimizning o'zida ishlab chiqarilgan yotoqxona mebeli to'plamini doimiy asos berish ko'zlangan.
Statistik malumotlarga kora O'zbekistonda yosh oila chegarasini 30 yoshdan 35 yoshgacha deb belgilash taklif qilinmoqda. O'zbekiston Respublikasi yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risidagiqonunining 3-moddasiga ko'ra er xotinning ikkisi ham 30 yoshdan oshmagan oila yosh oila deb belgilangan
Hozirgi kunda ayrim yoshlarda turmush qurish kechikib bormoqda. Bunga sabab turmush qurayotgan yoshlar eng avvalo moliyaviy holatini yaxshilab, keyin turmush qurishni oylaydi. Bu esa turmush qurishni kechiktirmoqda, aksar holda 30 yoshdan keyin oila qurayotganlar ham kam emas.Shu sababli ham yosh oila chegarasini 30 yoshdan 35 yoshgacha deb belgilash ko'zda tutilmoqda.