A.Smitning tadqiqot predmeti va metodologiyasi
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va uning moddiy-turmush darajasini oshirish muammolari A.Smit tadqiqotiaing predmetini tashkil etadi, Qanday shart-sharoitlar va qanday qilib insonJar yuqori- roq moddiy turmush darajasiga erisha oladilar degan fikr asaming asosiy g'oyasini aks ettiradi. Iqtisodiy o‘sishning pul shakli inkor etiladi va asosiysi moddiy ne’matlar yaratish deb qaraladi, bular esa faqat ishlab chiqarish sohasida yuzaga keladi va shu sababli ustuvor deb hisoblanadi. Ammo qaysi (sanoat, qishloq xo‘jaligi) soha afzalligi aniq aytilmaydi. Asarning 2-kitobida dehqonchihkka kapital qo'yish yaxshiroq samara beradi deb uqtiriladi. Iqtisodiyot rivojlanishi bilan sanoat tovarlami narxi pasayisli, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi esa o‘sish tendensiyasiga ega deb hisoblaydi. Demak agrar soha ustun (bu xato).
Metodologik jihatdan bu tadqiqot iqtisodiy liberalizm konsepsiyasiga, ya’ni fiziokratlaming tabiiy tartibi, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslanadi.
Olim o‘z asarlari va tadqiqotlarida odamlar ba’zi tabiiy xususiyatlarga ega, ana shunday xususiyatlardan biri - egoizm (xudbinlik) bo‘lib, odamlar o‘z xo‘jalik faoliyatlarida unga amal qiladilar. Ammo ayrim shaxsninggina manfaatlari jamiyat manfaatlariga mos tushadi, deb uqtiradi. Har bir odam o‘z shaxsiy manfaatini ko'zda tutadi, ammo bu holatda ko‘p boshqa holatlardagi kabi, u tomonidan uning niyatida ham bo‘lmagan maqsad sari yo‘naltiriladi...
Bunda u ongli ravishda xususiy manfaatlarga intilgandan ko‘ra ko'proq haqqoniy ravishda jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. «■Ko'rinmas qoc/» bu - obyektiv iqtisodiy qonunlaming stixiyali harakati. Bu qonunlar odamlaming xohish-irodasidan qat’i nazar, unga qarama-qarshi harakat qiladi. Har bir odam ko‘proq foyda olish uchun kapitalni imkoni boricha qulay ishga joylashtirishga urinadi, chunki u jamiyatning emas, o‘zining shaxsiy manfaatini ko‘zlaydi. Ammo inson o‘z shaxsiy manfaatini o‘ylagan paytda, bu holat muqar- rar ravishda jamiyat uchun ko'proq naf keltiruvchi mashg4ilot.ru tan-
lashiga olib keladi, Smitning ta’rifi bo'yicha, foyda ketidan quvish va raqobat jamiyatga naf keltiruvchi faoliyatga aylanadi.
Hozir «ko‘rmmas qo‘l» iborasi bilan birga «iqtisodiy odara » tushun- chasi ham kiritildi. Unga ko‘ra, shaxsiy manfaatlar tufayli savdo va almashuv jarayoni amalga oshadi.
Iqtisodiy rivojlanislming shaxsiy manfaat va stixiyali qonunlammg olzaro samarali harakati sharoitlarini A.Smit «tabiiy tartib » deb atagan. Demak, jamiyatga naf keltiruvchi faoliyatni biror harakat bilan cheklamaslik kerak.
Bu tamoyilga ko‘ra quyidagilar taklif etiladi;
Ishchi kuchining erkin harakati; >
Savdoda (yer savdosida ham) to‘la erkinlik;
Sanoat va ichki savdoni hukumat tomonidan reglamentatsiya qi- iishga qat’iy qarshilik;
Erkin tashqi savdo (proteksionizmga qarshi).
Olimning bu g'oyalari keyinchalik to‘la amalga oshdi.
A.Smit iqtisodiy haqiqatga oid faktlami qanday bo'lsa, shunday' holda o‘rganish bilan cheklaiimasdan, «tabiiy baho», «tabiiy norma», ish haqi va boshqalaming nimaga bog‘liq ekanligini aniqlashga urindi. Buning uchun u mantiqiy abstraksiyaga tayanib ish yuritdi. U tasodffiy voqealardan holi ravishda kapitalistik xo‘ja!iknmg ayrim xususiyatlari to‘g‘risida qator muhim qisqacha xulosalar chiqardi. U aniq iqtisodiy hayotni izohlashni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. U shu maqsadda kapitalistik xo‘jalik voqealarini izohladi va ma’lum tizimga soldi.
A.Smit abstraksiya usulidan foydalanib, hodisalarning ichki bog‘lanishi masalalariga kirib bordi. Parallel ravishda u kapitalistik haqiqat to‘g‘risidagi bevosita kuzatish natijalarini umumlashtirdi. Birinchi metod izoterik, ikkinchisi - ekzoterik usullar deb ataladi.
N.G.Cheraishevskiy A.Smit metodiga aniq xarakteristika bergan. - Ikkala metodni bir vaqtda qo'llasfrning afzalligi bilan birga, katta kamchiligi ham bor: olingan natijalami bevosita solishtirish har doim ham mumkin emas. Ilmiy tahlil asosida olingan qisqacha xulosalar, yuzaki umumlashmalar bilan bir qatorga qo‘yiladi. Mazmun va hodisa shakllari doim ham o‘zaro mos kelavermaganidan bu qisqacha xulosalar ba’zida bir-biriga zid ham bo'lgan. ammo A.Smit buni oxirigacha tushunib yetmadi.
Mehnat taqsimoti va pul to‘g‘risidagi ta’limot
A.Smitning iqtisodiy qarashlan asosi da shunday g'oya yotadiki, unga ko'ra jamiyat boyligi ishlab chiqarish jarayonida mehnat tufayli paydo bo'ladi (merkantilistlardan keskin farqi bor). A.Smit mehnatnibarcha sohalarda (sanoat, qishloq xo'jaligi va xizmat ko'rsatish sohalari) boylikning asosi deb bildi. U kapitalistik ishlab chiqarishning manufaktura bosqichini tahlil qilish asosida iqtisodiy o'sishning muhim omili mehnat taqsimotidir, degan xulosalarga keldi va buni o‘z tadqiqotlari- ning boshlang'ich punkti deb qabul qildi.
Uningcha, ishlab chiqarish hajmi va mahsulot iste’moli ikki omil: aholining unumli mehnat bilan sh ug' и I la nay otgan qismi va mehnat unumdorligining darajasi bilan belgilanadi. Farqli ravishda ikkinchi omil muhimroq bo‘lib, u mehnat taqsimoti bilan bevosita bog‘liqdir.
Pul nazariyasi
Ishchi ilojsiz kapitalning qo'shimchasiga aylanib, ishlab chiqarish vositalaridan, mehnat obyekti va sharoitidan mahrum bo‘la boradi. Insonning almashuvga moyilligi uning psixologiyasi va hulq-atvoriga xos bo‘lib, mehnat taqsimotining rivojiga ham ta’sir etadi. Bundan keyin, mehnat taqsimotining o'sishi va almashuvning kengayishi parallel boradi va ular bir-birinmg rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Bu jarayonda Smit tovar dunyosining pulning stixiyali ravishda, uzoq rivojlanish jarayoni natijasida ajraiishim ko‘rsatib beradi. Pulning paydo bo'lishini ayrim iqtidorli odamlaming kashfiyoti yoki o‘zaro hamkorligiga bog'lash mumkin emas. Smit pulning muomala vositasi funksiyasini boshqalarga nisbatan (bu prinsiplar Smitda beshta, G‘arb olimlaridaesa uchta) alohida ta’kidlaydi. Oqibatda Smitning fikricha, pul texnik qurol bo‘lib, iqtisodiy jarayonlarni yengillashtiradi, uni «muomalaning buyuk g'ildimgh deb baholaydi. A.Smit oltin va kumush pullami qog'oz pul bilan almashtirish maqsadga muvofiq, uni esa banklar cheklangan miqdorda chiqaiishi zarur deb hisoblagan.
A.Smitning qarashlarida ancha chalkashliklar bo‘lsa ham, lekin u pul va kreditni ishlab chiqarishga nisbatan tobeligim ko‘rsatib berdi. A.Smit pul-kredit omillarining mustaqilligini yetarli bahoiay olmadi, ulaming ishlab chiqarishga teskari ta’sirmi tushunmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |