Kapital va takror ishlab chiqarish nazariyalari
A.Smitning bu nazariyasida katta ziddiyatlar mavjud. U ba'zida kapitalga to[g‘ri baho berib, u yollanma mehnatni ekspluatatsiya qilish tufayli foyda keltiruvchl qiymatligini aytadi. Boshqa hollarda bu ishlab chiqarish vositalari zaxirasi bo'lib, ishlab chiqarish jarayonini davom ettirish uchun kerak deyilgan. Fiziokratlar faqat qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan kapitalni unumli deb atagan bo‘lsalar, Smit sanoat va savdo kapitalini ham unumli deb uqtiradi (bu uning progressiv tomo- ni). Chunki savdo kapitali sanoat kapitalidan ajralib qolgan emas, balki moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan qocshimcha qiymat savdo foydasining manbayidir.
Oddiy tovar xo‘jaligida kapital kategoriyasi yo‘q. Kapital jamg'arish jamiyat boyligini oshirishning bosh sharti deb e’lon qilinadi. Unda asosiy rol tejamkorlikka qaratiladi, noo‘rin sari'-xarajatlar tanqid qilinadi, kapitalni isrof qilish, ya’ni buromadning daromaddan ortiqcha bo‘lishiga qarshi boigan (bu g'oyalar hozirda ham nihoyatda dolzarbdir).
Smitning kapital ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zaxira kerak- ligi to‘g‘risidagi qoidasi asosiy va aylanma kapital haqidagi tushuncha- ning boshi edi. Fiziokratlar (F.Kene) boshlang‘ich va yillik avans (bo‘nak) tushunchalarini dehqonchilik kapitaliga nisbatan qo'Uagan bo'lsalar, Smit asosiy va aylanma kapitalni sohasidan qat’i nazar, amaldagi barcha kapitalga xos deb tushuntiradi. Ammo u aylanma kapital
deganda tovar va pul kapitalini xato tushungan (bu muomala sohasiga xos kapital). Bu kapitalni hosil qiluvchi moddiy elementlarga sotuvchilar qo'lidagi oziq-ovqat, materiallar va tayyor buyumlar hamda ko‘rsatil- . j gan taqsimlash va muomalaga kiritish uchun kerak bo‘lgan pullar -I ham kixgan. Uning fikricha, aylanma kapital doimo muomalada bo'lishi kerak.
Savdo-sanoat maqsadlari uchun moijallangan mashina va mehnat qurollari, yemi yaxshilash uchun ajratilgan narsalar jamiyatning barcha a ’zolarining o'zlashtirgan va foydali qobiliyatlari asosiy kapitalga . tegishli deb hisoblangan. Pettidan keyin Smit ham asosiy kapitalga xodimlaming mehnat malakasi va qobiliyatini qo‘shdi. Bu masalanx ancha chigallashtirdi, chunki malaka va qobiliyat kapital deb e’lon qilindi. Uning egasi esa foyda oluvchi bo'lib qoladi (ishchi har doim ham foyda egasi bo'la olmaydi, uni kapitalist yoki yer egasi oladi). Asosiy S va aylanma Y kapitalni solishtirib, ular o‘rtasidagi farq shundaki, deydi Smit, birinchi S bir egadan ikkinchisiga o‘tmay va yana aylanmay foyda keltiradi, ijkkinchi Y esa egasi qo‘lidan bir shaldda ketib, boshqa shaldda qaytib keladi va foyda keltiradi. Shunday qilib, asosiy kapital umuman aylanmaydi, aylanma kapital esa doimo muo- malada bo‘ladi.
Smitning butun ijtimoiy kapitalni takror ishlab chiqarish nazariyasi uning qiymat nazariyasiga asoslangan. U ijtimoiy mahsulot qiymatining tarkibiy qismlari tocg‘risida xato ta’limot yaratdi. Olimlar bam «Smit dogmasi» deb ataydilar. Smitning fikricha, yalpi ijtimoiy mahsulotning qiymati ish haqi, foyda va renta yig‘indisiga teng, ya’ni daromadlar summasidir. Ishlab chiqarish jarayonida jonli mehnat bilan birga ishlab chiqarish vositalari ham qo‘Uanilishmi tushungan holda, Smit shunga qaramay ishlab chiqarish vositalari qiymatini oxir-oqibatda ish haqi, foyda va renta kabi daromadlarga bo‘lish mumkin, deb o‘y!adi. Shunday qilib, u yalpi ijtimoiy mahsulot «qiymati»dan doimiy kapital S ni chiqarib tashlagan. Qiymatdan uning tarkibiy qismi bo‘lgan doimiy kapitalni inkor etish takror ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish imkonini yo'qqa chiqaradi. Har yili ishlab chiqarilgan mahsulot go'yo har yili tola iste’mol qilingan bo‘lib chiqadi. Lekin bunday sharoitda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish emas, hatto oddiy ishlab chiqarish mumkin bo‘lmay qoladi (doimiy kapital S ko‘p yillar ish beradi).
Smit takror ishlab chiqarish muammosini yechish uchun o‘z nazariyasiga yalpi va sof daromad o'rtasidagi farqni kiritadi. Muayyan mainlakatning yillik barcha mahsulot! yalpi daromad boclsa, sof daromad yalpi daromadning shunday bir qismiki, uni shu mamlakat aholisi o'z kapitalini sarflamay, iste’mol zaxirasiga qo'yishi mumkin.
Smitning xatosi shuki, u yillik mahsulot qiymatini shu yili yangidan hosil qilingan qiymat ЬЯап аупад bir deb o'ylagan (milliy daromad). Lekin yangidan hosil qilingan qiymat daromadlarga ajraladi, yillik mahsulot qiymati ishlatllgan ishlab chiqarish vositalari qiymati, ya’ni doimiy kapitalni ham o‘z ichiga oladi. Bu xatolik Smitning qiymat to‘g‘risidagi ta’limotining kamchiligi va cheklanganligidan kelib chiqqan.
Bu yerda oddiy tarkor ishlab chiqarish to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Smit mehnatning ikkiyoqlama xarakterini tushunmasdan, abstrakt mehnat yangi qiymat hosil qilishini, konkret mehnat esa ishlab chiqarish vositalari qiymatini yangi yaratilgan mahsulotga o‘tkazishini ko'rsata olmadi. Ijtimoiy mahsulot qiymatidan doimiy kapital qiymatini yo‘qotib qo‘ygan Smit kapital jamg‘arilishini butun qo‘ shimcha qiymatning qo'shimcha ish haqiga aylanishi bilan teng degan xato xulosalar chiqardi. U o'ylardiki, kapitalistik ishlab chiqarish rivoji bilan ishchilar va ulaming iste’moliga talab ham bir xil sur’atda oshadi, chunki daromad va shaxsiy iste’mol ishlab chiqarish bilan parallel o‘sadi (bir qancha mamlakatlarda shunday bolmoqda).
A.Smit erkin raqobat davridagi Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy siyosami asoslashga katta e’tibor berdi. U ishlab chiqaruvchilarga iqtisodiy erkinlik ta’minlashni, davlatning iqtisodiy hayotga aralashmasligini talab qilardi. Ammo mamlakatning mudofaa manfaatlari iqtisodiyotdan us- tun ham bolishi mumkin degan fikri ham bor, ya’ni bu ba’zi paytlarda davlatning iqtisodga aralashuvi zarur deganidir. Smit iqtisodiyotda davlat sektorinmg samarasizligini ko'rsatib: «Hukumat har doim va istisnosiz buyuk isrofgarchidir», - deydi. Shu sababli davlatning faqat uch funk- siyasi tan olinadi: 1) huquq-tartibot; 2)mamlakat xavfsizligini ta’min- lash; 3)jamiyatga zarur bo‘lgan (ammo xususiy sektor tomonidan tuzilmagan) ijtimoiy korxona va muassasalami ta’minlash.
Umuman to‘g‘ri bo‘lgan bu fikrlar, ya’ni davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chegaralari keyingi paytda qayta ко‘rib chiqilmoqda.
Smit merkantilizmga, shu bilan birga, savdodagi proteksionizmga (davlat tomonidan cheklovlar, soliq, bojxona va boshqalar), tashqi savdodagi har qanday cheklovlarga qarshi edi. Olimning siyosati feodal izm qoldiqlariga katta zarba bo‘ldi.
Olimlar Smitga baho berib: «l!g‘or buiiuaziyanirig buyuk mafku- rachisi», - degan edilar. Lekin u aslida bozor iqtisodiyotining mafku- rachisi sifatida nom chiqardi.
Smit nochor ahyolga tushib qolgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun quyidagi uch omilni ko‘rsatib bergan: 1) mamlakatda tinchlik, osoyishtalik bo‘lishi va saqlanishi; 2) me’yordagi yengil soliqlar tizimi; 3) davlat iqtisodiyot ishlariga hadeb aralashaverraasligi zarur, iqtisodiyot tabiiy ravishda amalga oshaveradi.
Bu qoidalar bizning mamlakat xo'jaligiga ham bevosita oid fikrlar hisoblanadi. ^
, Qisqacha xulosalar
asr oxiri - XIX asr boshlarida klassik iqtisodiy maktab to'la shakllandi, bu britaniyalik olim A.Smit tomonidan amalga oshirildi. Bu davrda Angliyada obyektiv shart-sharoitlar mavjud edi: burjua inqilobi manufakturadan fabrikaga o4ilishi, agrar islohot, kaprtalning dastlabki jamg'arilishi, sinfiy va mulkiy differensiatsiya va boshqalar.
Mantiqiy abstraksiya uslubi asosida iqtisodiy voqea va jarayonlaming mohiyati to‘g‘ri talqin etib berildi. Yangi burjua jamiyati har tomonlama obyektiv asosda tahlil qilinib, uning progressiv tomonlari ko‘rsatib berildi. Xususiy mulkning abadiyligi va daxlsizligi qo ‘Hab-quvvatlandi. Klassik maktab vakillari inson xohishiga bog'liq bolmagan obyektiv iqtisodiy qonunlarning mavjudligini ular iqtisodiy tizimda tabiiy turg‘unlikni ta’minlashga, o‘z-o‘zini boshqarishga qodir ekanligi tan olinadi, shu sababli davlatning iqtisodiyotga aralashuvi iloji boricha irikor etiladi va erkin savlo-sotiq qo'llanadi. «Ko‘rinmas qo‘l» yordamida avtomatik iqtisodiyot erkin bozor munosabatlari doimo rivojlanish qobffiyatiga egadir.
Birinchi bor erkin bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosiy tamoyillari aniqlab berildi. Mehnat taqsimoti iqtisodiy taraqqiyot asosi sifatida to'g‘ri ko‘rib chiqilgan. Mehnat taqsimoti faqat tarmoqlararo emas, balki mamlakatlar o'rtasida ham katta naf keltirishi isbotlab berildi (D.Rikardo), mutlaq va nisbiy ustunlik prinsiplari ishlab chiqildi.
Ishlab chiqarish sohasidan qat’i nazar (sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va xizmat...), mehnat jamiyat boyligining asosi ekanligi aniq- landi. Jamiyatning sinfiy tuzilishi, азозал, to'g'ri ко‘rib chiqildi, ular o‘rtasida keskin qarama-qarshilik yo‘qligi ko‘rsatilgan, bu jamiyatda iqtisodiyot avtomatik boshqarilgani tufayli iqtisodiy inqirozlar inkor etildi. Iqtisodiyotning muhim kategoriyalari bo‘igan qiymat, pul, baho, foyda, ish haqi, renta, kapital va boshqalarga asosan to'la va to‘g‘ri ta’rif berilgan. Yangi jamiyatning progressiv tomonlan bilan birga bozor iqtisodiyotining bekam-u ko'st emasligi, uning bir qancha jiddiy kamchiliklari borligi ham qayd etiigan.
Do'stlaringiz bilan baham: |