Pul ^ Qishloq
xo'jalik mahsulotlari
Qishloq
xo‘jalik mahsulotlari Sanoat mollari
v
I mlid.
1 mlrd.
Ishlab chiqarih vositalari
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari
1 mlid.
chizma. F.Kenening iqtisodiy jadvali (2-variant)
buyumlari realizatsiya qilindi. «Unumli sinf» ixtiyorida qolgan 2 mlrd livrlik mahsulot barcha sinflar o'rtasidagi muomalaga kiimaydi, u faqat shu sinf doirasida aylanadi (jadvalda bunday aylanish berilmagan). Bu mahsulot qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonida sarflangan urug c va oziq-ovqat mahsulotlari о‘mini qoplaydi. «Unumli sinf» tomonidan sotib olingan sanoat tovarlaridan asosiy kapitalning sarflangan qismini qoplash uchun foydalaniladi. Naqd pul 2 mind, livrlik muomala (aylanish) natijasida «unumli sinf» qo'liga qaytishi mumkin, ammo bu pul yana keyingi muddat uchun ijara haqi sifatida yer egalari qo'liga kelib tushadi. Shunday qilib, yangi ishlab chiqarish sikUni boshlash, ishlab chiqarishni joriy etish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratildi. Ammo u ilgarigi hajmda, ya’ni oddiy takror ishlab chiqarish uchun mos keladi.
Jadvalda keltirilgan raqamlar haqiqatga yaqin, ulami F.Kene qirol mahkamasidan olgan bolishi aniq.
«Iqtisodiy jadvabda takroriy ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida olingan muhim qisqacha ilmiy xulosalar shundaki, unda ayrim-ayrim oldi-sotdi aktlari qarab chiqilmasdan, ko'plab individual aktlar sinflar o'rtasidagi muomalaga biriashtirilgan. Ana shu sinflar o‘rtasidagi muomala F.Kene tadqiqotining predmeti edi. Olim aylanish (muomaIa)ni takror ishlab chiqarish jarayonining shakli sifatida, pul muomaiasmi esa kapitalning aylanish momenti sifatidagina qarab chiqishga uringan. F. Kene iqtisodiyot tarixida birinchi bo'lib makroekonomik modellashtirishni amalga oshirgan edi.
F.Kenening ijodi nihoyatda yuqori baholangan edi. Fransuz iqtisodchisi Mirabo V.R. (1715-1789) fikricha, dunyo paydo bo'lganidan buyon asosan uchta kashilyot siyosiy jamiyatlar mustahkamlanishiga ko‘mak bergan:
yozuv;
tanga;
’ 3) «Iqtisodiy jadval».
F.Kene ta’limotida bir qancha kamchiliklar mavjud, sinflar to‘g‘- risidagi g'oyada izchillik va ilmiylik yo‘q. Sanoatchilar («unumsiz sinf») ishlab chiqarish vositalaridan mahrum etiigan (chunki mahsulotning hammasi sotib yuboriladi) va ularda ishlab chiqarishni qaytadan boshlash imkoniyati yo‘q (vaholanki, Ьшзаллалйаг asosiy kapitalga ega). Ammo F.Kenening jadvali iqtisodiyot tarixida birinchi marta natural, ya’ni tovar va pul holidagi moddiy ne’matlaming makroekonomik zanjiridir. Undagi g'oyalax bolajak iqtisodiy modeliaming kurtagi bo'lib qoldi.
A.Tyurgo va uning iqtisodiy ta’limoti
F.Kenening g‘oyalari Ann Rober Jak Tyurgo (1727-1781) tomonidan davom ettirildi va chuqurlashtirildi. Ammo u o‘zini F.Kenening shogirdi yoki davomchisi deb hisoblamagan. U Parijda normand dvoryanlar oilasida tug‘ildi. Sarbormaning Teologiya (diniy) fakultetini tugatdi, ammo bu sohada ishlamadi. 1751-yildan Parij parlamentining amaldori, 1761- 1774-yilIarda Limojda intendant (harbiy qismda xocjalik mudiri), 1774-1776-yillarda moliya bosh nazoratchisi, qirol Ludovik
davrida moliya vaziri sifatida bir qancha antifeodal islohotlar o'tkazdi (don savdosidagi cheklovni yo‘q qildi, savdo gildiyalarini tugatdi...),
ammo bu o£zgarishlar Tyurgo iste’foga chiqqach, bekor qilindi. U ham F.Kene singari Didro, D’Alamber va ulaming yordamchilari tomonidan chiqarilayotgan «Qomus»ga bir nechta falsafiy va iqtisodiy v maqolalar yozdi.
A.Tyurgo hayoti va ijodida progressiv amaldor Vensan Gume katta ' ю1 o'ynadi. U fiziokratlardan ancha farqli ravishda sanoat va savdoning i: mamlakat ravnaqidagi rolini to‘g‘ri tushundi. Sof bozor iqtisodiyotidagi; mashhur laissez faire, laissez passer (bu tamoyilga ko‘ra, iqtisodiyot < davlat aralashuvisiz rivojlanishi kerak) tamoyili birinchi bor shu *s tadqiqotchi tomonidan ilgari surilgan degan fikr bor. U boshqalar ' qatori hunarmandehilikdagi sex cheklovlariga qarshi chiqdi, erkin raqobatni qo'llab-quwatladi.
A.Tyurgo V.Gume (u 1759-yilda vafot etdi) bilan F.Kene huzurida ko‘p bo4gan, u ular bilan asosiy masalalarda maslakdosh bo'lsa ham, ko‘p sohalarda boshqacha fikr yuritar edi. A.Tyurgo Parijda A.Smit ■ bilan ham uchrashgan. A.Tyurgoning iqtisodiy qarashlari uning 1766- yilda yozilgan (1769-1770-yillarda chop etilgan) «Boylikning paydo bo‘lishi va taqsimlanishi to‘g‘risidagi mulohazalar» asarida nisbatan to‘la ’ yoritilgan. U Kene fikrlarini faqat targ‘ibot qilish bilan cheklanmadi,: uni rivojlantirdi. U kapitalistik ishlab chiqarish mimosabadarini ancha' • chuqur tushundi, feodaiizmni islohotlar o‘tkazish yo‘Ji hUan yaxshilash < mumkin degan fiki^a ishonmadi (Kene ishongan), kapitalizm feodalizm - qobig‘ida vujudga keladi va g£alaba qiladi degan g‘oyani ilgari surdi.
Bu kitob aslida Parijga o‘qishga kelgan ikki xitoylik uchun darslik sifatida yozilgan va 100 ta aniq tezisdan iborat (V.Petti uslubi), ammo ba’zi qoidalar aksioma (isbot talab etmaydigan qoida)dan iborat. Bu iqtisodiy teoremalar aniq uch qismga bo'linadi. 31 ta tezis (teorema) fiziokratik g‘oyalar majmuyidan iborat (ustoz F.Kenening ta’siri). Ammo «sof mahsulot» nazariyasi F.Kenedanboshqacharoqtalqin etiladi, aslini olganda bu yerda qo’shimcha qiymat haqida gap boradi va bu mahsulot tabiatning sof in’omidan dehqon mehnati bilan yuzaga keladigan ortiqcha mahsulot sifatida qaraladi hamda asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lgan yer egasi tomonidan o'zlashtiriladi.
Keyingi 17 ta teorema qiymat, baho va pulga bag‘ishlangan. ATyuigoning bu sohadagi fikriari o‘ziga xos xarakteiga ega va qiymatning mehnat nazariyasidan ancha yiroq. Uningcha, almashuv qiymati va tovaming bahosi tovarlar nisbati, almashuvda ishtirok etayotgan
shaxslar, sotuvchi va oluvchi istagining intensivligi bilan aniqlanadi (maijinalistik talqin). Ammo ATyurgoning bu g'oyasi uning ta’limotiga / mos kelmasdi. j
Oxirgi 52 ta teoremada ATyurgoning tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan asosiy iqtisodiy g'oyalari keltiriladi. A.Tyurgo jamiyatning «unumsiz» sanoatchilar sinfmi ikki qismga bo'ladi: birinchisiga tadbirkor manufakturachilar, fabrika egalari kiradi, ular katta kapital egalari sifatida namoyon bo‘lib, o‘z avans, ya’ni bo'naklari yordamida ish joyi yaratadilar va uni foyda olish uchun sarflaydilar. Ikkinchilari - bu oddiy hunarmandlar bo'lib , ular o‘z qo'l kuchlari hisobiga ish haqi oladilar (ishlab chiqarish vositalaridan mahrum). A.Tyurgo ish haqini V.Petti va F.Kene kabi tirikchilik uchun zarur minimum mablag'lar asosida hal etadi, ammo Kenedan farqli ravishda nega shunday bo'lishi kerakligi mexanizmini tushuntirib bermoqchi bo'ladi. Uning asosiy dalili shuki, mehnatga talab taklifga nisbatan kamayib boradi, ishchilar o‘rtasida raqobat boradi.
Xuddi shu kabi yer egalari sinfi ham fabrikantlar kabi ikki toifaga ajratiladi, bular avans beruvchi tadbirkorlar yoki kapitalistlar va faqat ish haqi oluvchi oddiy ishchilardir. Bu katta ijobiy voqea, chunki Fransiyada bu sinflar mavjud edi.
Demak, A.Tyurgo bo'yicha jamiyatda besh ди/mavjud, bu haqiqatga yaqindir. U yollanma ishchida qo‘1 kuchidan boshqa ishlab chiqarish vositalari yo'qligini ochib beradi, kun kechirish uchun u o'z mehnatini boshqalarga sotishi zarurligim ko'rsatadi. ATyurgoning bunday fikrga kelishida vaqtning ham ta’siri bor, chunki u Kenedan keyinroq yashadi.
Tyuigoning ta’limotida pul, qiymat, sinflar va daromad nazariyalari tahlil etiladi.
Uning fikricha, oltin, pul ham, agar ular miqdori oshib ketsa, boshqa tovarlar kabi o'z qimmatini (foydalilik- naflik) yo'qotishi mumkin (maijinalistik g‘oya). Pulning miqdori jamiyatdagi ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlarga mos kelishi shart. U shuni qayd etadiki, «milliy boyligi» bu, awalo, yerlar va ulardan olinadigan «sof mahsulot»dir.
Bu olim ham qiymatning sarf-xarajat konsepsiyasini qo‘llaydi. Noyoblikka e’tibor berib, tovar xarid etishda eng muhim element deb qaraladi (maginalizm mavzusiga qarang).
A.Tyurgo boshqalar kabi erkin sohibkorlik mehnatini qo'llab-quv- vatladi, dehqonchilik qo'shimcha, ya’ni sof mahsulot manbayi ekanli- gini (bu fikr Keneniki) tan olgan holda sanoat va savdoga ham ko‘p e’tibor qiladi.
U kapitalni Kenega nisbatan ancha chuqur va to'Ia tahlil etdi. Kene kapital deganda asosan natural (mahsulot) shaklidagi bo‘naklar summasi (xomashyo, mehnat haqi va boshqalar)ni tushnngan, shu sababli uning tizimida kapital jamiyatdagi sinflar o‘rtasidagi mahsulotlar taqsimoti muammosi bilan chambarchas bog'lanmagan. Kenening tizimida foyda, o‘rm yo‘q, kapitalist faqat «ish haqi olgan», bu «ish haqi»ning qanday vujudga kelishi ham tahlil etilmagan.
Bu sohada A.Tyurgo ancha ilgarilab ketadi. U foydani chetlab o‘ta olmaydi, hatto to‘g‘ri toyg‘u asosida uni tadqiq etishni sanoat kapi- talistidan boshlaydi; bu yerda foydaning kelib chiqishi, haqiqatan ham, aniqroq ko‘rinadi. Vaholanki, boshqa fiziokratlar (Kene ham) «barcha ortiqcha mahsulot yerdan kelib chiqadi» degan noto‘g‘ri aqidaga asos- lanadilar,
U o‘z ustozlari va maslakdoshlaridan «tabiiy tartib» konsepsiyasini buzayotganligi uchun kechirim ham so‘rab qo'yadi, chunki u tahlilni sanoatdan boshlaydi va dehqonchilikni keyin qarab chiqadi. Ammo uning uzri noo‘rindir, aksincha u muammoni yechishga to‘g‘ri yondashgan; yollanma ishchi kuchidan foydalanuvchi fermer kapitalist o‘z kapitalidan kam deganda xuddi fabrikant singari foyda olishi va renta sifatida yer egasiga berishi kerak bo‘lgan ma’lum ortiqcha- (qo'shimchajni ham olishi kerak.
Eng ajoyib teorema 62-tezis bo‘lib, unga ko‘ra ishlab chiqarishga qo'yilgan Capital o‘z-o‘zidan ortib borish qobiliyatiga egadir. Xo‘sh, o‘z-o‘zidan ortib borish darajasi va nisbatlari nima bilan belgilanadi?
A.Tyurgo kapital tomonidan yaratiladigan mahsulot qiymati nimadan iborat ekanligini tushuntirmoqchi bo'ladi (aslida kapital emas, balki mazkur kapital asosida harakatga keladigan mehnat yaratnvchidir). Awalo, uning fikricha, mahsulot qiymati kapital sarflarini, shuningdek, ishchilarning ish haqini qoplashi kerak. Qolgan qismi (aslida qo'shimcha qiymat) uch qismga ajraladi: birinchisi, foyda bo‘lib, kapitalist pul kapitalining egasi sifatida «hech qanday mehnatsiz» olishi mumkin bo'lgan daromadga teng. Bu ssuda (pul) foiziga mos foydadir. Foydaning ikkinchi qismi fabrika yoki ferma ochishga tavakkal qiigan kapitalistning «mehnati, tavakkalchiligi va san’atini» toiashga sacf etiladi. Bu tadbirkorlik daromadidir. Shunday qilib, A.Tyurgo sanoat foyda- sining ssuda va funksional kapitalga bo'linishini ko'rsatib berdi. «Agar pul foizi past boisa, bilingki, bu kapitalning ortiqchaligi oqibati hatn- dir», - deydi u.
Foydaning uchinchi qismi rentadir. U faqat dehqonchilikda band kapitalistlar uchun mavjud. So'zsiz, bu tahlil iqtisodiyot fanida aytilgan yangicha g'oyadir.
Ammo olimning keyingi fikrlari izchil bo‘lmay, yana fiziokratizm qobig'iga qaytadi. Boshida foydani foizdan chiqaradi, bu minimum bo'lib, unga har bir kapitalist egalik qilish huquqiga ega.
Agar kapitalist idorasida xotirjam o'tinnasdan fabrikaning faoliyatiga yoki qishloq xo‘jalig;da batraklar ishiga boshchilik qilsa, unga o‘ziga xos qo‘shimcha maosh beriladi. Foiz oxir-oqibatda yer rentasiga tenglashtiriladi, chunki kapital bilan eng oson bajariladigan operatsiya bu yer uchastkasi olish va uni hech tashvishsiz ijaraga topshirishdir. Endi qo‘shimcha qiymatning asosiy shakli yer rentasi bo'lib qoldi, qolgani esa uning hosilalaridir. Yana butun jamiyat faqat yer yaratadigan «ish haqida o'tirgan» bo'lib chiqadi.
Yuqorida aytilganidek, A.Tyurgo nazariyotchi olim bo'lishdan tashqari amaliyotchi amaldor edi. U qirol Ludovik XVI davrida moliya vaziri bo'lib ham ishladi, o‘zining bir qancha ilg'or g'oyalarini ilgari surishga intildi.
U birinchi bo'lib davlat moliyasini sog'lomlashtirishga harakat qildi, bu sohada uzoq muddatli dastur tuzib chiqdi, unga ko'ra yer egaligidan tushadigan daromadlardan olingan soliqlar tizimi tugatilishi kerak edi. Umuman, u sanoat va savdodagi odil bo'lmagan soliqlami tartibga solishga kirishdi. U budjet chiqimlarini cheklashga intildi, bundan saroy xodimlarining ortiqcha sarf-xarajatlarmi keskin kamaytirish mo‘ljal- landi va bu sohada ma’lum yutuqlarga erishildi.
ATyurgoning muhim muvaffaqiyatlaridan biri shuki, u don va unga erkin savdoni kiritdi, bu sohadagi monopoliyaga chek qo'ydi. Bu ishlar nihoyatda og£ir kechdi, chunki feodaUzm ddizlari hall kuchli edi, bu kuchlar yangilikka tish-timog'i bilan qarshi turdi.
ATyurgo 1776-yilning 12-mayida (yilga e’tibor bering, shu yili A.Smitning «Xalqlar boyligi» asari chop etildi) iste’foga chiqishga majbur bo'ldi. Eski tuzum davom etdi, barcha ijobiy ishlar inkor etildi, demak, hali ulami amalga oshirish uchun kerakli shart- sharoitlar mavjud emas edi.
1778-yili A.Tyurgo amerikalik do‘sti Franklinga atab o'zraing so‘nggi iqtisodiy asari bo'lgan «Soliqlar to‘g‘risidagi esdalikJar»ini yozadi.
Oiimning zamondoshi E.Kondilyak (1715-1780) tomonidan 1776- yilda qimmatga oid subyektjv qarash ilgari surildi. Uning fikricha, qimmat bu buyumda emas, balki unga biz berayotgan bahoga bog'liq. Bu baho esa bizning talab - ehtiyojlarimizga bog‘liq: baho ana shu talabga qarab yo ortadi, yo pasayadi. Narsalammg qimmati uning noyobligi bilan oshadi va moMhgi bilan pasayadi. Deyarli 100 yil avval aytilgan bu g'oya
asr 70-yiHarida maijinalistlar tomonidan isbotlandi. Iqtisodchilar butun asr davomida qiymatning insonlar xohishidan qat’iy nazar, substansiyasi (obyektiv asosi) nimada degan savoiga javob izladilar. Bu kashfiyot fiziokratlarning savdo (almashuv) sohasida boylik yaratilmaydi, chunki almashuvda teng qiymatlar almashadi degan g'oyalarini chip- pakka chiqardi. Aksincha, bozorga o'ziga kerakmas buyum bilan kelgan xaridor o‘ziga ko'proq foydali boyiikni olib qaytadi.
Fiziokratizmning ahamiyati va uning tarixiy taqdiri
' i
ASmit o‘z vaqtida: «Fiziokratizm tizimi qanchalik nomukammal bo'lmasin, shu davrgacha chop etilgan iqtisodiy g'oyalar ichida haqiqatga eng yaqini edi», - deb aytgan. Bu ta’limotiiing merkantilizmni inkor qilishi, melmat bilan yer boylikning asosi ekanligim tan olishi, savdo- sotiqda bojxona cheklovlarini olib tashlashni taklif etishi nihoyatda muhimdir. Fiziokratlar boylik tezisi to‘g‘risida fikr yuritib, boylik jamiyat mehnati bilan hai yili yaratiladigan iste’mol qiymatlaridir, deydilar.
Bu tezis ham A.Smit tomonidan qabul qilingan. Ishlab chiqarish va taqsimot jarayoniga xos umumiy mehnat doktrinasi, ishlab chiqarishning takroriyligiga alohida urg‘u berilishi katta yutuq hisoblanadi. Kapital va uning ikki qismga ajratilishi (asosiy va aylanma), takror ishlab chiqarish, erkin sohibkorlik to'g'risidagi g‘oyalar, jamiyatning sinfiarga ajratilishi iqtisodiy ta’limotlaming rivojida keyingi muhim qadamdir. Hozirgi zamon tili bilan aytganda, fiziokratlar sof bozor munosabatlarining unsurlarini, asosan, to‘g‘ri hal etib berdilar. Ulaming mehnat bilan birga yemi boylik asosi deb qabul qilinishida
davr ta’siri kuchlidir. Chunk! mamlakatdagi asosiy sinf dehqonlar bo‘Iib, asosiy boylik qishloq xo‘jaligida yaratilayotgan edi.
Kene misolida uch sektor o‘rtasidagi munosabatlar keltirilgan. Amalda, ayniqsa, hozirgi davrda esa bu sektorlar miqdori xiyla ko‘p bo‘lib, ular o‘rtasidagi aloqalar V.Leontevning «xarajatlar - chiqarish» tizimida N ta tarmoq uchun ishlab chiqilgan. Ko'rinib turibdiki, bu g'oyaning kurtaklari fiziokratlaniing asarlarida ko‘ringan. Hozirgi davrda bu tarmoqlararo balans deb yuritiladi va u makroekonomik tahlilda, umuman, iqtisodiyotda muhim ahamiyatga egadir. 0‘sha paytda bo‘lajak iqtisodiy modellaming asoslari vujudga kelgan edi. Bu g'oya klassik iqtisodiy maktab ta’limoti zanjirining muhim ajralmas qismi sifatida muhim o‘rin egallaydi. Shu bilan biiga, hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari nuqtayi nazaridan fiziokratizm g'oyalari o‘z aliamiyatini tezda yo'qotdi va o‘tkinchi xarakterga ega bo‘ldi, chunki jahon ijtimoiy va iqtisodiy hayotidagi o'zgarishlar nisbatan mukammal g'oyalar ishlab chiqilishi zarurligini taqozo etdi va bu amalda ro‘y berdi. Ayniqsa, boylikning asosi (sof mahsulot) faqat qishloq xo'jaligi sohasi bilan chambarchas bog‘Iiq qilib cheklab qo‘yilganligi to‘g‘risidagi xato tez namoyon bo'lib qoldi, sanoat inqilobi natijasida ro‘y bergan o‘zgarishlar tufayli fiziokratizm g‘oyalari unutilayozdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |