Bituruv oldi amaliyotining maqsadi Amaliyotning maqsad va vazifalari nizom talablariga asoslangan bo‘lib, mazkur dasturda qayd etilgan talablarni amalga oshirish va kasbiy malakalarini o‘zlashtirishga qaratilishi belgilab qo’yildi. Bitiruv oldi amaliyotning ob’ekti va muddati
O‘zbekiston Respublikasi turizm va va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm va sport bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) turizm va sport bo‘limlari, bolalar va o‘smirlar sport maktablari, sport federatsiya va assotsiatsiyalarida va sport klublariga tashrif buyurib, u yerdagi muassasalar ish faoliyatining maqsad va vazifalari bilan yaqindan tanishish, har bir talabani qiziqtirgan sohasi bo‘yicha kelajakda ilmiy-uslubiy ishlar olib borishidagi dastlabki ko‘nikmalarini shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Dolzarbligi :2021-2022 o‘quv yili o‘quv rejasida bajarilishi lozim bo‘lgan 4-kurs bitiruv oldi amaliyoti 2022 yil 7 fevraldan 30 aprelgacha davom etishi rejalashtirildi.
Bitiruv oldi amaliyotning mazmuni va tarkibi
Bitiruv oldi amaliyoti kafedrada belgilangan amaliyot rahbari tomonidan ishlab chiqilgan kafedra mudiri tasdiqlagan kalendar ish rejasi asosida amalga oshiriladi. Amaliyot rahbari har bir amaliyotga chiquvchi talabaga va u borayotgan amaliyot ob’ektiga individual tarzda yondashishi zarur etib belgilandi. Shuningdek, “Talabaning kalendar ish rejasi” aniq maqsadli va natijaga yo‘naltirilishi lozimligi takidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarori va universitet rektorining 2021 yil 30 dekabrdagi “4-bosqich kunduzgi ta’lim talabalari bitiruv oldi amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 731-TI/CH-sonli buyruq ijrosini ta’minlash hamda 2021-2022 o‘quv yili ishchi o‘quv rejasiga muvofiq universitetni 5610800-“Jismoniy tarbiya va sport menejmenti” ta’lim yo‘nalishi 4 bosqich talabalarining 2022 yil 7 fevraldan 30 aprelgacha o‘tkazilishi belgilandi va buni bajarish bo’yicha Universitetning tegishli mutasaddilari tomonidan tashkil etildi.
Yuqorida ko’rsatilgan tafsilotlarga ko’ra bitiruv oldi amaliyotini o’tashni men O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 4-bosqich MN-52-18 guruh talabasi Tohriddinov Muxriddin Rashidbek o’g’li, Toshkent viloyati Parkent tumani joylashgan Bolalar va O’smirlar Sport Maktabida boshladim.