I .O’QUV DALA AMALIYOTINING MAQSADI, VAZIFALARI VA MUTAXASSIS TAYYOSHLASHDAGI ROLI.
I.1. Amaliyotning maqsadi va vazifalari.
O’quv dala amaliyoti o’quv jarayonining dala sharoitidagi bevosita davomi bo’lib, u talabalarning nazariy kursni o’rganish vaqqtida olgan billimlarini mustahkamlash, kengaytirish va umumlashtirish, shuningdek bu bilimlarni amalda qo’llash bo’yicha ularda zarur ishlab chiqarish malakalari hosil qilish maqsadida o’tkaziladi.
Nazariy kurs singari o’quv-dala amaliyoti ham oliy o’quv yurtlarining 60220400–Arxeologiya ta’lim yo’nalishida Arxeologiya mutaxassisligini tayyorlash bo’yicha mavjud o’quv rejasining ajralmas qismi hisoblanadi. Kompleks arxeologik amaliyot: ushbu amaliyot davomida talabalr o’lkamiz tabiatim aholisi va uning urf-odatlarini, xo’jaligi kompleks o’rganadilar. Binobarin, amaliyot davomida talabalar turli tabiat zonalari, tabiiy va iqtisodiy gegrafik jarayonlar va hodisalar, o’lkamiz landshaftlari, shuningdek, shharlar, sanoat, qishloq xo’jaligi, transporttizmlari, hududlarning rekreatsion salohiyati bilan tanishadilar.
Mazkur amaliyot davrida talabalar amaliy mashg’ulotlarda to’plangan tajribalaridan foydalangan holda quyidagilarga:
Tabiatni va tabiiy xodisalarni o’rganish uchun ob’ekt tanlash va joyda mo’ljal olish;
Tabiiy ob’ektlar bo’yicha marshrutlar uyushtirish;
Har xil o’lchash asboblaridan mustaqil foydalana bilish;
Olingan nazariy biliblar asosida muayyan goegragik voqeylikka kompleks baho berish;
Iqtisodiy tarmoqlari tavsigi uchun muayyan hududlarI(regionlar) haqidagi ma’lumotlarni bilish va foydalana olishi;
Turli ma’lumotlar va statistik materiallarni qayta ishlash
Muayyan hududlarda – tog’larda, daryo vodiylarida, terrasalarda va boshqa joylarda dala tadqiqot ishlarini olib boorish;
Zamonaviy geoinformatsion sistemalar va kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanish;
Dala tadqiqot ishlari asosida mavzuli xaritalar tuzish;
Tadqiqot ishlarida turli o’lchash asboblarini qo’llay bilish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
Bulardan tashqari har bir talaba mazkur amaliyot davomida amaliy ishlarni bajarishga ma’lum tartibdagi izchillikka, aniqlikka muntazam nazoratga rioya qilishning muhimligini tushunishga, dala xujjatlarini o’z vaqtida bajarib, to’ldirin va tuzin borishga, dalada olingan natijalarni kameral ishlash bosqicjida qaytadan sinchiklab tekshirib chiqib qayta ishlash (o’lchash, hisoblash va tekshirish natijalarini nihoyasiga yetkazish), va rasmiylashtirish bo’yicha yetarli darajada amaliy tajriba va ko’nikmalar orttirishi kerak.
III. Baholash tartiblari va mezonlari.
Amaliyot bo’yicha talabalar baholash O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-don “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug’iga asosan Namangan davlat universitetida ishlab chiqilgan “Namangan davlat universiteti talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi bo’yicha Yo’riqnoma”ga asosan tashkil etiladi.
Amaliyotga ajratilgan umumiy soat – 144
Talabaning amaliyot bo’yicha o’zlashtirishini baholash yakuniy nazorat (YaN) shaklida amalga oshiriladi.
Yakuniy nazorat
Amaliyot bo’yicha yozma hisobot ishi shakli bo’ladi:
Topografik ishlar – 1,
Tarmoqli tabiiy geografik ishlar – 2,
Iqtisodiy geografik ishlarga – 3,
Do'stlaringiz bilan baham: |