"Tasdiqlayman" Toshkent Moliya instituti o’quv ishlari bo’yicha prorektor i f. d., prof



Download 3,09 Mb.
bet27/36
Sana12.01.2017
Hajmi3,09 Mb.
#371
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
3. «Ma’naviyat asoslari» fanining maqsad va vazifalari
O’zbekistonning buyuk kelajagini yaratuvchilar yuksak ma’naviyatga ega bo’lmoqlari zaruriyatdir. Zero, ulardan, avvalo, aqlli, odobli, mehnatsevar, bilimli, siyosatchi, milliy g’ururli, vatanparvar, insonparvar, halol, qo’rqmas, baynalmilal, sofdil bo’lishlari talab etiladi. Bu xislatlarni har bir shaxsda shakllantirish mazkur fanning maqsadidir.

Mustaqilligimiz sharofati tufayli, Prezident Islom Karimovning ulkan sa’y-harakatlari yordamida, dunyoviy bilimlarni rivojlantirgan ajdodlarimizning hurmatini o’rniga qo’yish, ilm-ma’rifat, ma’naviyatni yuksakligini tarannum etgan shaxslarni muborak ekanliklari haqida yoshlarga aytish va ulug’lash payti keldi. Buning uchun «Ma’naviyat asoslari» faniga murojat etiladi.

Xalqimiz milliy g’ururini ko’tarish, jamiyatning ma’naviy holatini o’zgartirishga olib keladi. «Ma’naviyat asoslari» fani ana shu dolzarb muammoni ham o’rtaga qo’yadi va uni hayotga tatbiq etadi. O’zbek xalqining qadimiy tarixi, urf-odatlari, qadriyatlari haqida hozirgi avlod ko’proq bilishni istaydi, bunga ushbu fan yordamlashadi.

Mamlakatimizda Vataniga va xalqiga jonkuyar, mustaqil fikrlaydigan, Respublika muammolarini ongli ravishda mas’uliyat bilan hal eta oladigan ijodkor, yangilikka intiluvchan, istiqlol g’oyalari va mafkurasiga sadoqatli avlodni voyaga etkazish vazifasi “Ma’naviyat asoslari” fanining diqqat markazida turadi.

Barcha islohotlarning taqdiri va ularning samarasi uchun javob beradigan, mamlakatimizning ertangi kuni va istiqboli uchun fidoyi insonlarni tarbiyalash borasida ustuvor davlat siyosati yuritilmoqda. Shu sababli, «Ma’naviyat asoslari» fani dasturida ko’zda tutilgan mavzular mohiyat jihatidan ulkan maqsad va vazifalarni ko’zlaydi. Bu fan mavjud intellektual imkoniyatlarni ishga solishga, milliy istiqlol mafkurasi g’oyasini tushuntirishga, yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashga, olijanoblik tuyg’ularini chuqurlashtirishga, buyuk o’tmishga hurmat va porloq kelajakka ishonch tuyg’ularini mustahkamlashga hizmat qiladi.

Ushbu fan qadimgi O’rta Osiyo xalqlari ma’naviyati shakllangan jarayonlarni, islom dinidagi yuksak jamiyat ma’naviyati va shaxs ma’naviyatini, O’rta Osiyo o’rta asr falsafiy tafakkuridagi ma’naviy muammolarni, Amir Temur va temuriylar sulolasi davridagi ma’naviyatni, jadidchilik davridagi ma’naviyat va ma’rifatparvarlikni, mustamlakachilik va qaramlik yillaridagi ma’naviyat masalalarini tahlil qilibgina qolmasdan, ularning nazariy, amaliy jihatlarini ham o’rtaga qo’yadi.

Barkamol inson haqida so’z yuritganda avvalo, ma’naviyat fani uning qirralarini ochib beradi. Shu bilan birga barkamol inson tushunchasi orqali Sharq va G’arb mamlakatlaridagi aloqadorlikni o’rtaga qo’yadi, tahlil qiladi.

Milliy va umuminsoniy qadriyatlardagi vatanparvarlik, insonparvarlik g’oyalarini chambarchas bog’liqligi va farqlarini tushuntirishda «Ma’naviyat asoslari» fanidan foydalaniladi. «Ma’naviyat asoslari» insonlardagi iymon, diyonat, adolat, mehr-shafqat, poklik, halollik va vafodorlik, mehnatsevarlik xislatlarini o’ziga xos xususiyatlarini, milliy o’zligini anglash va uni mustahkamlash, baynalmilallik jarayonlarini shaxs faoliyatidagi o’rnini, huquqiy jarayonlarni ma’naviyatga ta’sirini, umuman shaxsni barkamollik cho’qqilariga chiqishi yo’llarini ko’rsatuvchi fandir.

Asosan, «Ma’naviyat asoslari» fani mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng paydo bo’ldi. Uning muammolari qanchalik qadimiy bo’lsa o’zi navqirondir. U muammolarni o’rtaga qo’yibgina qolmaydi, balki, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning yangi zamonaviy sohalarini paydo bo’layotganligini ko’rsatib beradi. To’g’ri, XX asr texnika taraqqiyotining olg’a qarab borishini ta’minlagan bo’lsa, XXI asr ham shunday bo’ladi. Insoniyat qadriyatlarsiz yashay olmaydi. Texnika taraqqiyoti esa insonning ma’naviy va axloqiy muhitiga ta’sir etadi. Kompyuter, raketa, videotelefon, kimyoviy dori-darmonlar, asab sistemalarining o’zgarishi, ekologik jarayonlar, televidenie, kosmosni o’zlashtirilishi kabilar shular jumlasidandir. Ma’lumki, insonlar texnika yordamida boshqa sayyoralar to’g’risida tasavvurlarga ega bo’layotir. Demak, insonlar tafakkuri ham o’zgarayotir. Tafakkur va ma’naviyat esa bir-biri bilan chambarchasdir. Shu sababli, aytish mumkinki, ma’naviyat fanining maqsad va vazifalari yanada kengayib boradi, jiddiy tus ola boshlaydi. Uning muammolari ijtimoiy hodisa sifatida inson faoliyatining barcha qirralarini qamrab oladi.

Olamni salbiy yoki ijobiy tomonga o’zgarishi inson faoliyati bilan bog’liq. Bu faoliyat esa ma’naviyatimiz amalga oshmaydi. Tabiat va jamiyatning o’zgarishi inson ruhiyati bilan ham bog’liqdir. Ruhiyat o’z navbatida yashash sharoitlari, insonning turmush tarzi bilan doimiy aloqada. Shu sharoitlarni insonga mos qilib yaratish jamiyat taraqqiyotiga bog’liq. Binobarin, jamiyatning ma’naviy yuksalishi shu jamiyat taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Ana shu jihatlar «Ma’naviyat asoslari» fanining maqsad va vazifalarini belgilab beradi.


2-Mavzu. I.A.Karimovning Milliy-ma’naviy tiklanish konsetsiyasi va uning milliy mustaqillikni mustahkamlashdagi ahamiyati
Reja:


  1. Milliy –ma`naviy tiklanish konsepsiyasining ishlab chiqilishi va uning nazariy

hamda amaliy ahamiyati

  1. Islom Karimovning ma`naviyat tushunchasiga ta`rifi, unig nazariy va metodologik ahamiyati

  2. Milliy ma`naviyatning tiklanishi va rivojlanishida Islom Karimovning xizmatlari

Adabiyotlar:


  1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat. 2008.

  2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Asarlar 7-tom O’zbekiston, 1999

  3. I.Karimov. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xafsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Asarlar 6-jild. T. O`zbekiston 1998..

  4. I.Karimov. Barkamol avlod –O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so`zlangan nutq. 1997 yil 29-avgust. Asarlar 6-jild. T., ”O`zbekiston” 1998.

  5. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin: (I.Karimovning “Tafakkur” jurnali Bosh muxarrirning savollariga javoblari). Asarlar 7-jild, -T.: “O`zbekiston” 1999.

  6. Sharifxo’jaev M., Davronov Z. Ma’naviyat asoslari. T.: 2005.

  7. S.Otamurodov va boshqalar. “Ma`naviyat asoslari” T.: “Meros”, 2002.

1 Milliy–ma’naviy tiklanish kontseptsiyasining ishlab chiqilishi va uning nazariy hamda amaliy ahamiyati.



Mamlakat va milliy taraqqiyot unga rahbarlik qiluvchi etakchiga bog’liq bo’ladi. Chunki, u mamlakatning qaysi yo’ldan borishi, qanday maqsadlarni ko’zlashi va bajariladigan ishlarni amalga oshirishning strategiyasini belgilab beradi hamda uni real hayotga tatbiq qilish mas’uliyatini ham o’z zimmasiga olishga qodir bo’ladi. Shuning bilan birga rahbar uchun xos bo’lgan muhim xususiyati shundaki, u o’zi tanlagan yo’lning aniq mo’ljalini, uning kelajakda mamlakatni taraqqiyot qildirishiga xizmat qiladigan imkoniyatlarni aniq bilish muhim ahamiyatiga ega bo’ladi. Bunday tashqari, u o’zi belgilab bergan vazifalarni amalga oshirish uchun mamlakat aholasini o’z orqasidan ergartirish qobiliyatiga ega bo’lishi lozim bo’ladi.

Mamlakatga rahbarlik qilmoqchi bo’lgan etakchi uchun yana bir sharti shuki, u o’zi belgilab bergan vazifalar ichidan asosiy xalqani topa bilishi va uni belgilab maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qildira bilishiga salohiyati etarli bo’lishi lozim bo’ladi. Yuqoridagilarni umumlashtiradigan bo’lsak, mamlakatga rahbarlik qilmoqchi bo’lgan. Etakchi uni taraqqiy qildirishga xizmat qiloladigan ilmiy g’oyalar majmuasi hisoblanadigan taraqqiyot kontseptsiyasini ishlab chiqishi va uni amalga oshirishning imkoniyatlarini belgilab berishi talab etiladi.

Islom Karimov ko’rsatilgan barcha xususiyatlar va salohiyatni o’zida mujassamlashtirgan rahbar bo’lganligi uchun ham mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik vazifalarini aniq belgilab berdi va uni amalga oshirishning yo’nalishlari, uslublarini hamda imkoniyatlarini yuzaga chiqara oladi.

Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan kontseptsiyada mamlakatimiz va xalqimiz taraqqiyotini ta’minlashning asosiy omili sifatida milliy-ma’naviy tiklanish ustuvor o’rinni egalladi. Bu albatta, bejimz emas. Ma’naviyat jamiyat taraqqiyoti, milliy komoloti va shaxs barkamolligini belgilab beruvchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi, chunki, ma’naviyat rivojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik vujudga keladi hamda mamlakat va millat taraqqiy etadi.

Bu o’z navbatida shaxsning barkamol rivojlanishi uchun zarur bo’lgan zamin bo’lib xizmat qiladi.

Buni chuqur his qilgan va o’z qalbidan o’tkazgan Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyin ona zaminimizda demokratik jamiyatni qurishning nazariy kontseptsiyasini ishlab chiqar ekan, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotni qayta qurishning milliy-ma’naviy tiklanish bilan uyg’un holda bo’lishi kerakligini ham ilmiy-asoslab beradi. U o’zinign hajmi jihatdan kichik bo’lsada, ammo mamlakatimizda yangi jamiyat jamiyat qurishning ilmiy-nazariy asoslarini aks ettirilishi jihatdan mukammal, fundamental dastur bo’lgan “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” nomli asarida mustaqillikdan keyin O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy sohasidagi strategik vazifalarini ham belgilab berdi. Umuman bu asar O’zbekistonda yangi jamiyat qurishning ilmga asoslashgan dasturi hisoblaydi. Chunki inda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotni qayta qurish sohasida ilgari surilgan barcha g’oyalar o’tgan davrda o’zining ifodasini topdi va jamiyatimiz tubdan yangi bosqichga ko’tarildi.

Islom Karimov ushbu asarida mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini ko’rsatib berar ekan, “O’zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o’z yo’li turtta asosiy negizga asoslanadi”,-deb ko’rsatadi va quyidagilarni belgilab beradi.


  • umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

  • xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish

  • insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish;

  • vatanparvarlik1.

Asarda ana shu negizlarning mohiyati ham ochib berilgan. Jumladan, Islom KArimov shunday yozadi:

“Mustaqil O’zbekistonning kuch-qudrati manbai



xalqimizning umuminsoniy qadryatlarga sodiqligidir. Xalqimiz adolat, tinchlik, ahil qo’shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab asrab kelmoqda. O’zbekistonning yangilanishining oliy maqsadi ana shu an’analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag’shlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol toptirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdir.2

Ko’rinib turibdiki, Prezidentimiz o’z asarida ma’naviyatimizni rivojlantirish vazifalarini belgilab bergan.

Muallif xalqimizning ma’naviy ildizlari chuqur ekanligini alohida ta’kidlaydi, ularni qayta tiklash va yangi mazmun bilan boyitish zarurligini strategik vazifa sifatida belgilaydi. Bu masalaga alohida e’tibor berish zarurligini ta’kidlayotganimizga asosiy sabab shuki, Prezidentimiz keyingi asarlarida ham ma’naviy merosimizning qayta tiklash g’oyasini ijodiy rivojlantiradi va uning millatimiz ma’naviy taraqqiyoti uchun asosiy yo’nalish bo’lishini asoslab beradi.

Islom Karimov xalqimizning buyuk fazilatlari haqida to’xtalib insonparvarlikning o’zbeklarga xos qirralarini ko’rsatib berishga e’tiborni qaratdi. Jumladan, “Insonparvarlik bu o’zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir”.

Shafqatsizlik va zo’ravonlik uning tabiatiga yotdir”

Asarda ma’naviyatning xalqimizning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirishdagi roli ham asoslab berilgan. Jumladan, Prezidentimiz shunday yodadi: Xalqimizning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish – O’zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Ma’naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va navqiron xalqimizning qalbida butun insoniyatning ulkan oilasida o’z mustaqilligini tushunib etish va ozodlikni sevish tuyg’usi bilan etilgan”2.

Ma’naviyatning milliy taraqqiyotidagi o’rni va uni o’zlashtirish zarurligi asarda ilmiy asoslangan.

“Ma’naviyat o’z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib etishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi3.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ana shu kontseptual g’oyalar bugungi kunda milliy ma’naviyatni rivojlantirish davlat siyosatida ustuvor vazifa sifatida belgilanishiga xizmat qilib kelmoqda.

Islom Karimov o’z asarida mamlakatimizda milliy ma’naviyatni tiklash va rivojlantirish davlat siyosatida ustuvor vazifa ekanligiga e’tiborni qaratib, quyidagi kontseptual g’oyani ilgari suradi. U shunday yozadi % “Oldin odamlarga moddiy boylik berish, so’ngra ma’naviyat to’g’risida o’ylash kerak deydiganlar haq bo’lmasa kerak. Ma’naviyat insonning, xalqning jamiyat, davlatning kuch-qudratidir. U yo’q joyda hech qachon baxt-saodat bo’lmaydi....

Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan bu kontseptual g’oyaning nazariy va amaliy ahamiyati shundaki, birinchidan, bu bilan muallif-sobiq shurolar davrida ma’naviyatni rivojlantirishga uchunchi darajali omil sifatida qaralishining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy ma’rifiy inqirozning sabablarini ham ko’rsatib beradi. Ikkinchidan, ma’naviyatni rivojlantirmasdan, shaxsning ma’naviy ruhiyatning o’zgartirmasdan turib jamiyatda ko’zlangan maqsadni amalga oshirish mumkin emasligini ilmiy asoslab berdi.

Prezidentimizning yana bir muhim kontseptual g’oyasi ma’naviyat shaxs (ma’naviy barkamolligi)ning eng muhim mezoni va shuning bilan birga uni kamolotga elituvchi, o’z-o’zini anglatuvchi va o’z imkoniyatlarini yuzaga chiqartiruvchi ulkan omil ekanligini ilmiy asoslaganligidir.

Islom Karimovning milliy-ma’naviy tiklanishga bag’ishlangan kontseptsiyasida vatanparvarlik shaxs ma’naviyatining ajralmas qismi ekanligini asoslab berishi alohida o’rinni egallaydi. Haqiqatdan ham o’z vatanini sevmagan, uning har qarich eri uchun mas’ulligini xis etmagan har bir inson ma’naviy jihatdan qashshoq hisoblanadi.

Shu o’rinda bir muhim masalaga aniqlik kiritish lozim bo’ladi. U ham bo’lsa “Milliy taraqqiyot” va “Milliy tiklanish” tushunchalarinig mohiyati, mazmuni va mezoni masalalaridir. Aslida ular bir-birlarini inkor qiluvchi tushunchalar emas. Aksincha, meros”, tarixiy xotirasi va zaminlari mustahkam millatlar uchun bu tushunchalarning o’zaro uyg’un holatigina milliy taraqqiyotni ta’minlaydi. Lekin falsafiy kategoriya (tushuncha) sifatida va o’lchamlari (mezonlari) jihatdan ular bir-birlaridan farq qiladilar.

Milliy taraqqiyot –evoliyutsion xarakterga ega. U pasidan yuqoriga tomon ko’tarilishdan iborat bo’lgan jarayondir. U millatning shakllanishi, takomillashuvi va yuksalishi kabi o’zluksiz jarayon sifatida namoyon bo’ladi.

Milliy tiklanish esa, millat taraqqiyoti tariximizning ma’lum bir bosqichda, ma’lum bir ob’ektiv va sub’ektiv sabablar oqibatida boy berilgan salohiyatni qaytadan millat taraqqiyotiga yo’naltirish bilan bog’liq bo’lgan jarayondir.

Yana ham aniqroq aytadigan bo’lsak, milliy tiklanish -u yoki bu millat hayotida sodir etiladigan, zo’ravonlik yo’li bilan uning avlod-ajdodlari tomonidan yaratilgan meros, urf-odatlar, an’analar, qadryatlardan maxrum etilgan, tarixiy xotirasi toptalgan, milliy o’zligini anglashi cheklangan, manfaatlari, maqsadlari, huquqlari paymol etilgan, tarixiy taraqqiyotning ma’lum bosqichiga kelib esa o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi natijasida milliy rivojlanish borasida ana shu boy berilgan imkoniyatlardan foydalanishi yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni milliy rivojlanishga yo’naltirishga qaratilgan umuminsoniy faoliyat hisoblanadi.

Prezidentimizning asarlaridagi milliy-ma’naviy tiklanish g’oyasini mazmunini ham zo’ravonlik yillarida merosimizni o’zlashtirish, urf-odatlarimizni, an’analarimizni rivojlantirish, qadriyatlarimizni mustahkamlash borasida boy berilgan imkoniyatlarni bugungi taraqqiyotimizga yo’naltirish, o’zimizning milliy zaminlarimiz imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, ularni umummilliy dunyoqarashimizning ajralmas qismiga aylantirish borasida har birimizning tinmay fidoyilik ko’rsatishimiz zarurligi ko’rsatib berilgan.

Shuning uchun ham Prezidentimiz dastlabki yozgan asardagi milliy-ma’naviy tiklanish vazifasini amalga oshirishga bag’ishlangan kontseptsiyalarini o’zining boshqa asarlarida ijodiy rivojlantirilgan, yangi mazmun bilan boyitgan, taraqqiyotimizning yangi bosqichida yuzaga, kelayotgan muammolarni hal qilish extiyojlariga mos ravishda uning yangi yo’nalishlarini belgilab bergan.

Asarlarini !!!

Prezidentimiz yuqoridagi asarlarida ilgari surilgan kontseptual g’oyalarni umumlashtiradigan bo’lsak, ular quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi:

-ma’naviy meros va diniy qadryatlarni chuqur o’zlashtirish, millatimizning o’z-o’zini anglashiga erishish, milliy g’urur va iftixor to’yg’ularini izchillik bilan mustaxkamlash;

-mustaqillik sharoitida milliy g’oya va milliy mafkurani shakllantirish hamda uni xalqimiz dunyoqarashiga aylanishga erishish;

-qadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish asosida barkamol avlodni shakllantirish,

-jismonan baquvvat, ruhi, fikri sog’lom, imon-e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni voyaga etkazish;

-milliy -ma’naviy salohiyatimizning jahon tsivilizatsiyasidagi o’rnini tiklash va bugungi kunda ma’naviy, ma’rifat, fan, taxniqa, texnologiya yutuqlarini chuqur o’zlashtirish asosida hozirgi zamon umumjahon ma’naviyat tizimi rivojiga hissa qo’shish;

-yoshlar ma’naviyatini milliy istiqlol g’oyalari bilan boyitib borish, ular ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirish;

-insoniyatning asrlar davomida yaratgan va umumjahon mulkiga aylangan barcha boyliklarni milliy-ma’naviy salohiyatimizning ajralmas qismiga aylantirish kabilardir.

Ajdodlarimizdan qolgan meros har bir millatning nafaqat o’tmishi, shuning bilan birga istiqboli uchun ham kuch, fidoyilik va ilxom manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham Prezidentimiz “hozirgi O’zbekiston deb ataluvchi xudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon tsivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganligini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabbarruk tuproqdan buyuk allomalar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarnig asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sanqal topgan. Ota-bobolarimizning asrlar davomida to’plangan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o’zida mujassam etgan bu nodir qo’lyozmalarni jiddiy o’rganish davri keldi1” deb ta’kidlaydi. Uning “O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Inson uchun tarixidan judo bo’lish hayotdan judo bo’lish demakdir2” degan g’oyalarida. Har bir vatandoshimizning, ayniqsa yoshlarimizning ma’naviy merosimizni chuqur o’zrganish zarurligi milliy ma’naviy tiklanishimizning bosh vazifasi ekanligini tushunib etishga qaratilgandir.

Islom Karimov milliy mafkuraning milliy ma’naviy tiklanish va mamlakatimizda demokratik jamiat qurishdagi-ahamiyati va rolini ilmiy asoslashga katta e’tibor qaratadi. Milliy mafkura-millatni birlashtiradi, mafkurasiz odam, jamiyat, davlat o’z yo’lini yo’qotadi.



Milliy mafkura vositasida el-yurt birlashadi, o’z oldiga buyuk maqsadlar qo’yadi va ularni ado etishiga qodir bo’ladi1, deb ta’kidlaydi. Prezidentimiz o’z navbatinda.milliy g’oyaning vazifalarini aniq belgilab berdi: “... milliy g’oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtiga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvar va odamiylik fazilatliligi payvand qilishlik, oliy janob ishlarimizda madadkor bo’lishi zarur2”ligini belgilab berdi”.

Jamiyat bir bosqichdan ikkinchisiga o’tish, yana boz ustiga zo’ravonlik asosida qurilgan jamiyatdan ma’rifatli inson manfaatlari, shaxs erkinligi va kamolotiga xizmat qiluvchi demorkratik jamiyatga o’tish oson kechmaydi, chunki eski tuzum illatlari hali saqlanib turadi. O’z umrini uzaytirish uchun jon jahti bilan qarshilik ko’rsatadi, yangi jamiyat esa qisqa muhlatda ko’rilmaydi, balki ma’lum vaqtni, unda yashayotgan barcha insonlarning fidoiylik bilan mehnat qilishlarini talab qiladi. Xuddi mana shu jarayonda yuzaga kelgan muammolarni hal qilish uchun yuksak ma’naviy e’tiqod va sabr-toqat bilan odamlarni uyushtirish, ular dunyoqarashida yangi jamiyat tafakkurini shakllantirish muhim vazifa darajasiga ko’tariladi.



Mamlakatimizda ana shu buyuk muammolarni hal etish jarayonlari ketmoqda. Ularni muvaffiqiyatli hal etishda ertangi kunimiz davomchilari bo’lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazishimiz zarur. Shuning uchun ham prezidentimiz og’ir iqtisodiy muammolarni hal etish jarayonlari murakkab holatda kechayotganiga qaramasdan kadrlar tayyorlash dasturini ishlab chiqish, uni qabul qilish va hayotga tatbiq etish masalasini asosiy vazifa sifatida belgilab berdi, hamda uni muvaffiqiyatli amalga oshirishda rahbarlik qilmoqda. Oliy Majlisning IX-sessiyasidagi ma’ruzasida bu dasturning ahamiyatini shunday ta’kidlaydi: “Lunda qilib aytganda, bugungi kunda oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohatlarimiz, rejalarimizning samarali taqdiri-bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli, mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqligini barchamiz anglab etmoqdamiz”.1

Prezidentimizning milliy-ma’naviy tiklanishni amalga oshirishga xizmat qiluvchi yana bir kontseptual g’oyasi sog’lom avlodni tarbiyalab voyaga etkazish zaruriyatini ilmiy asoslanganligidir. Uning sog’lom avlod kontseptsiyasida shaxsning jismonan, ruhan baqquvat bo’lishi, yuksak bilim, ma’naviyat, tafakkur va fidoiy vatanparvar bo’lishi kabi talablarga javob beradigan avlod nazarda tutiladi. Milliy-ma’naviy tiklanishimizda yoshlarimiz ma’naviyatini yuksak darajaga ko’tarish, ularning hozirgi zamon fan, texnika va texnologiya yutuqlarini chuqur o’zlashtirishlari katta omil ekanligi Prezidentimiz tomonidan ilmiy asoslangan.

Haqiqatdan ham jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalari ko’rsatib turibdiki, qaysi mamlakat yoshlari zamonaviy fan, texnika va texnologiya yutuqlarini qanchalik mukammal egallasa, mamlakat taraqqiyotiga qo’shadigan hissalari shunchalik samarali bo’ladi, ma’naviyat yuksaladi va mamlakatning hozirgi zamon jahon tsivilizatsiya tizimiga kirib berishi tezlashadi.

Milliy taraqqiyot uchun yana bir qonuniyat ham borki, jihonda erishilgan yutuqlardan va tajribalardan foydalanishga harakat qilmagan millatning o’zi ham umumjahon tsivilizatsiyasiga o’zining hissasini ham qo’shaolmaydi.

Shu ma’noda ham Prezidentimiz milliy-ma’naviy taraqiyotimizning muhim omili sifatida jahon xalqlarining ma’naviy taraqqiyotida erishgan yutuqlaridan keng foydalanishimiz, ularni keng o’zlartirishimiz zururligini ilmiy asoslab bergan.

U O’zbekistonda ishlab-chiqilgan “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” kontseptsiyasiga yozgan so’z boshisida “.... men milliy istiqlol g’oyasi bugungi tez sur’atlar bilan o’zgarayotgan taxlikali dunyoda o’zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday ajdodlarning merosiga, necha ming yillik tarix, betakror madaniyat va qadriyatlarga ega ekanligimizni his etib yashashga, bu boylikni asrab-avaylab, demokratik qadriyatlar, butun jahon taraqqiyoti yutuqlari bilan oziqlantirib, yangi o’sib kelayotgan avlodga etkazishga xizmat qilmog’i zarur, deb bilaman”2, - degan g’oyani ta’kidladi.

Prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” nomli asarida odamzod uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo’lib kelgan ma’naviyatimizning ma’no-mazmuni, uning inson va jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyati, bu murakkab va serqirra tushunchaning nazariy va amaliy tomonlarini har tomonlama qamrovli fikr va xulosalar orqali tahlil etgan.

Unda istiqlol yillarida yurtimizda milliy ma’naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilgan ulkan ishlar, bu borada oldimizda turgan maqsad va vazifalar haqida atroflicha fikr yuritilgan.

Kitobda bugungi murakkab globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vijudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va yuksaltirish, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongini turli zararli g’oya va mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilish masalalariga alohida e’tibor berilgan. Shuningdek, asarda ma’naviyat sohasidagi dolzarb muammolar va vazifalar teran taxlil etilib, xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmay yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarni safarbar qilish hamda bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etishi qayd qilingan.

Asarda er yuzida turfa millatlar, turli ellatlar, xalqlar, davlatlar bo’lgani kabi, insonlarning tabiati va xususiyatni ham turfa ekani, ularning bir-biridan farqli hayot tarzi, urf-odat va an’analari, madaniyati borligi va ularning barchasi rang-barang ma’naviyatlarni shakllantirishga xizmat qilishi hayotiy misollar orqali tarixlil etilgan. Bu dunyoda hayot bor ekan, turfa xil odamlar, ularning ongu tafakkuridagi o’zaro tafovut va ziddiyatlar saqlanib qolaverishi, turli dunyoqarashlar, oqim va yo’nalishlar mavjudligini tabiiy bir hol deb qabul qilish zarurligi atroflicha asoslab berilgan.

Muallif ma’naviyatini shakllantiradigan asosiy mezon bo’lgan ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklarning o’rni va ahamiyati, inson va jamiyat taraqqiyoti uchun muhim omil hisoblangan ma’naviy va moddiy hayot mushtarkligi, aynan ushbu tamoyillar bir-birini inkor etmasligi, aksincha, bir-birini to’ldirishi hamda mamlakatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyotning mustahkam garovi bo’lib xizmat qilishini asoslab bergan.

Asarda ma’naviyatning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyati, bu borada asrlar davomida qizg’in baxs-munozaralarga sabab bo’lib kelayotgan muhim masalalar, masalan, odamlarning kundalik hayoti va faoliyatidagi moddiy hamda ma’naviy asoslar bir-biriga nisbatan qanday o’rin tutishi, ularning o’ziga xos xususiyatlari alohida o’rganilgan. Milliy g’oya va ma’naviyat, mafkuraviy jarayonlar va ma’naviy hayot o’rtasidagi dialektik bog’liqlik, o’zaro hamohanglik, davlat va jamiyatning oliy maqsadi xalqning, insonlarning har tomonlama farovon hayot kechirishdan iborat ekani bilan bog’liq dolzarb vazifalar taxlil qilingan.

Ayni paytda kitobda mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat poydevorini barpo etishda erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish masalasi g’oyat dolzarb ahamiyatga ega ekani, globallashuv jarayoni, uning mazmun-mohiyati, ijobiy va salbiy jihatlari fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya bilan kurashishning ahamiyati, hozirgi dunyoning geopolitik, iqtisodiy-ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi o’zgarishlar har tomonlama taxlil etilgan.

Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan milliy-ma’naviy tiklanishning ilmiy-nazariy kontseptsiyasining amaliy ahamiyati shundaki, u bugun milliy va jahon ma’naviyati taraqqiyoti ehtiyojlarini o’zida to’la ifoda ettirgan bu g’oyada milliylik va umuminsoniy ma’naviyati uyg’un holda asoslangan. Shuning uchun ham mustaqillik yillarida milliy-ma’naviy tiklanishimiz barqaror jarayon sifatida namoyon bo’lib kelmoqda. Bu o’z navbatida Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan milliy- ma’naviy tiklanish kontseptsiyasining hayotililigini tasdiqladi.
Islom Karimovning ma’naviyat tushunchasiga ta’rifi, uning nazariy va metodologik ahamiyati
Ma’naviyatning inson va millat kamolotidagi hamda jamiyat taraqqiyotidagi o’rnini aniq bilib olish hamda shu asosda uni rivojlantirish, uning mohiyati, mazmunini ilmiy tahlil qilishni taqozo etadi. Chunki, ma’naviyatning mohiyati va mazmunini bilib olmasdan turib, uning inson, millat, xalq va jamiyatga ko’rsatadigan ta’sir imkoniyatlarini ham aniq tasavvur etib bo’lmaydi.

Ma’naviyatni shaxs, millat, davlat va jamiyatning qudratli kuchi sifatida hamda shaklan va mazmunan uyg’un holatda o’rganish faqat mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyingina boshlandi.



Uni bu shaklda o’rganish esa hech mubolag’asiz aytish mumkinki, mustaqillik sharoitidan milliy tafakkur taraqqiyotimizda yangi yo’nalishdir. Bu yo’nalishining paydo bo’lishini va uning kontseptual g’oyalarini nazariy jihatdan ishlab chiqish Prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan bog’liqdir. Uning - asarlari, risolalari, ma’ruzalarida ma’naviyat tushunchasi mohiyati ochib berilgan. Bu ma’naviyatni mustaqil omil sifatida o’rganish uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi. Chunki har qanday ilgari surilayotgan g’oyalarning mohiyati ochib berilmas ekan, uning jamiyat taraqqiyotida millat va shaxs kamolotidagi rolini belgilash mumkin bo’lmaydi.

Prezidentimiz milliy taraqqiyotimizning dasturi darajasiga aylangan “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li”dayoq ma’naviyatning inson hayotidagi ahamiyatini ochib berib, shunday yozgan edi: “Ma’naviyat insonga havodek, suvdek zarur. Sahrodagi sayyoh har doim buloqdan chanqog’ini bosadi. Xuddi shuningdek, inson ham necha-necha azoblar va qiyinchilik bilan ma’naviyat chashmasini izlaydi”1

Mamlakatimizda o’tkazilayotgan islohotlar va uning vazifalarini belgilab berishda Prezidentimiz yana ma’naviyatni rivojlantirish masalasiga qaytib shunday yozadi: “Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohatlar –o’z yo’liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta’minotini ammo, ma’naviy ham amallab turish mumkin. Islohotlar- qullik, mu’telik iskanchasidan ozod bo’lish, qaddini baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga voris bo’lish-bundan og’irroq va bundan sharafliroq vazifa yo’q, bu dunyoda”2. Yani bu erda Prezidentimiz o’tkazilayotgang islohatlarnign asosiy tomonini milliy-ma’naviy tiklanish tashkil qilishni ta’kidlamoqda. Ularning bu g’oyalariga muvofiq qullik, mu’telik iskanjasidan ozod bo’lgan, o’zinign kimligini anglagan, millatining o’zligini tarannum etgan insongina mamlakatning taraqqiyotiga o’z hissasini qo’yish mumkin.

Prezidentimiz ma’naviyat tushunchasi mazmunini ochib berar ekan: “Er, oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urug’lar, qo’ni-qo’shnilar, xalq, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik –ma’naviyatning ma’nosi ana shunday keng”3 deb ta’kidlaydi.

Ma’naviyat o’z-o’zidan shakllanadigan narsa emas, u avvalo har bir insonning ichki ma’naviy salohiyatini shakllantirish yo’lida barcha moddiy va ma’naviy boyliklarini o’zlashtirish, Vatan va millat manfaatlari yo’lida halol fidoilik bilan mehnat qilish jarayonida shakllanadi. Shu ma’noda ham Prezidentimiz “Ma’naviyat- taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan, aql va qo’l bilan mehnat qilishi kerak”4ligini ta’kidlaydi.

Prezidentimiz asarlarini qunt bilan o’rganib borar ekansiz, ularda oldingi asarlarda ilgari surilgan g’oyalar keyingilarida ijodiy rivojlantirilgan, mazmunan va mohiyatan boyitilganligini ko’ramiz. Eng asosiysi shundaki, ana shu boyitilgan jarayonida jamiyat va millatimiz taraqqiyotida sodir bo’lgan ijobiy o’zgarishlar bilan bir qatorda yuzaga kelgan yangi muammolarni hal etishning nazariy asoslari o’z ifodasini topgan. Jumladan, u Oliy Majlisining XIV sessiyasidagi “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” ma’ruzasida ma’naviyat tushunchasiga qo’yidagi fundamental ta’rifni beradi. “Ma’naviyat... insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg’otadigan qudratli boyitish kuch… ”1dir.

Bu tarif o’zining mazmuni va mohiyati bilan ma’naviyat tushunchasini o’zida to’la aks ettirilgan. Unda insonning ichki ruhiy olamini ifodalovchi barcha komponentlar o’z ifodasini topgan va uning inson barkamolligini ta’minlashdagi katta kuch ekanligi belgilab berilgan. Shu munosabat bilan ma’naviyatimizning jamiyatini rivojlantirishidagi roli haqida Prezidentimiz tomonidan keltirilgan quyidagi fikrlarining mohiyatini tushuntirib olib, uni bevosita har birimiz o’zimizning kundalik vazifamizga aylantirishimiz, millatimiz va mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlash uchun muhim amaliy ahamiyatga egadir. “Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning barcha sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi, avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, tarixiy merosimizning keng o’rganilishi, an’analarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog’liqdir.2

Haqiqatdan ham ma’naviy qashshoqlik bilan hech qachon millat iqtisodiy va ijtimoiy siyosiy taraqqiyotga erisha olmaydi. Ma’naviyat har qanday taraqqiyot uchun manba bo’lib xizmat qiladi. Chunki ma’naviyat qancha yuksak bo’lsa, qilinadigan ishlarning samaradorligini va unumi ham shu darajada yuksak bo’ldi. Ma’naviyat orqali inson va millat qilinayotgan ishlarning mazmuni va mohiyatini aniq tushunib etadi, o’z mehnatini quvonch hamda taraqqiyot olamiga aylantirishga erishadi.

Shu zrinda ham Prezidentimiz ma’naviyatni isloh qilishni birinchi darajali vazifa sifatida kun tartibiga qo’ymoqda.

Prezidentimiz ma’naviyatning mohiyatini ochib berish bilan bir



vaqtda bu sohada amalga oshirishi kerak bo’lgan islohotlarning strategik yo’nalishlarini ham belgilab beradi. Shu jumladan u “Flodokor”, gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida quyidagilarni ta’kidlaydi: “… avvalambor yoshlarimizning imon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan barkamol insonlar qilib tarbiyalash, ularning tafakkurida o’zligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatlarini qaror toptirish, ularning, men o’zbek farzandiman, deb g’urur va iftixor bilan yashashga erishishdir”1

Mustaqillik yillarida Prezidentimiz tomonidan ana shu qo’yilgan vazifalarning amalga oshirilayotganligi milliy-ma’naviy rivojlanish borasida katta muvoffaqiyatlarni qo’lga kiritishimiz uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bu erda shuni alohida ta’kidlash lozim bo’ladiki, erishilgan yutuqlar Prezidentimiz ishlab chiqqan milliy-ma’naviy tiklanish kotseptsiyasi bugungi davr uchun yana ham katta amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Chunki taraqqiyotimizning bugungi bosqichi ma’naviyatni rivojlantirishga bo’lgan ehtiyojini yana ham oshirib bormoqda. Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan milliy-ma’naviy tiklanish kontseptsiyasining juda katta nazariy va metodologik ahamiyatga ega ekanligini alohida takidlash lozim. Ularning ahamiyati quyidagilardan iborat:

Birinchidan, bu kontseptsiya sobiq sho’rolarning totalitar tuzumi sharoitida boy milliy-ma’naviy madaniyatimizning inqirozga yuz tutganligini va uning sabablarini tushunishga.

Ikkinchidan, sobiq sho’rolarning o’tkazgan zo’ravonligi, zulmi va jinoyatkorona hatti-harakatlariga qaramasdan milliy-ma’naviy merosimizning ildizlari mustahkam bo’lganligi uchun bu zo’rovonliklarga bardosh berib, o’z salohiyati va xususiyatlarini saqlab qolganligini tushunib etishga, xuddi shuningdek, ana shu omil mustaqilligimiz sharoitida kuch, qudrat, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularimiz uchun manba bo’layotganligini tushunib etishga;

Uchichidan, har bir millat, u son jihatdan kichikmi yoki kattami undan qat’iy nazar mustaqillik ularning har biri uchun havo va suvdek zarur ekanligini, faqat mustaqillik millatni milliy-ma’naviyatni saqlab qolishga, uni rivojlantirishga va keyingi avlodga etkazish baxtiga muyassar etadigan asosiy omil ekanligini tushunishiga, bu esa har bir millatdoshimiz va vatandoshimizning mustaqillikdek ulug’ ne’matni saqlab qolishi uchun fidoiylik ko’rsatishi ma’naviyatning yuksak belgisi ekanligini qalban his etishga imkon berishga;

To’rtinchidan, milliy-ma’naviy tiklanishning mohiyatini, “ma’naviyat” tushunchasi, uning shaxs, millat kamoloti, davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o’rnini belgilab olishga, uni rivojlantirish uchun merosimizni chuqur o’zlashtirish, tinmay izlanish, ma’rifat, fan, texnika va texnologiya yutuqlarini sabot bilan o’zlashtirish hamda Prezidentimizning bugungi taraqqiyotimizni ta’minlaydigan “kuch-bilim va tafakkurda”-degan ilmiy va amaliy ahamiyatiga ega bo’lgan kontseptual g’oyasiga izchillik bilan amal qilishimizga;

Beshinchidan, milliy mustaqilligimizni mustahkamlash va islohotlarni amalga oshirish jarayonida milliy-ma’naviy tiklanishimiz oldida turgan vazifalar qo’lamini bilib olishga va uni amalga oshirishda umummilliy safarbarlik harakatini avj oldirishda fidoiylik ko’rsatish zarurligini anglashimizga;

Oltinchidan, talaba-yoshlarning milliy-ma’naviy tiklanish borasida ular oldida turgan vazifalarni bilib olishga, milliy g’urur, iftixor fidoiylik, vatanparvarlik, insoniylik kabi oliyjanob vazifalarni shakllantirish-mustaqilligimizni mustahkamlash va taraqqiyotimizning asosiy sharti ekanligini tushinib etishimizga;

Ettinchidan, milliy istiqlol g’oyasining ma’no va mazmunini chuqur anglashimizga, mustaqillikni mustahkamlash jarayonida ma’naviy yangilanishimiz borasidagi strategik vazifalarimizning asosiy yo’nalishlarini va ko’lamini chuqur bilib olishimiz hamda ularni amalga oshirishda fidoiylik ko’rsatishimizning ahamiyatini tushunib etishimiz zarurligi kabilardir.

Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan milliy-ma’naviy tiklanishi kontseptsiyasining ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati faqat yuqorida ko’rsatilganlar bilan chegaralanmaydi. Uning xalqaro ahamiyati ham nihoyatda kattadir. Bunda qo’yilgan har bir qadam bugungi kunda totalitarizmdan qutilib, demokratik jamiyatni qurish tomon borayotgan bir qator mamlakatlarda ham milliy-ma’naviy tiklanish uchun katta amaliy ahamiyatga molikdir.


Miliy ma’naviyatning tiklanishi va rivojlanishida

Islom Karimovning xizmatlari


O’zbek xalqi salkam bir yarim asr mustamlakachilik zulmi ostida azob tortdi. Buning ikki asosiy sababi bor. Mustamlakachilar Vatanimizga tasodifiy bostirib kelmagan, aslo.

Birinchi sabab xonliklar saltanati bosqichi davlatlar kuz o’ngida ichki nizolar tufayli tobora zaiflashib bordi. Buni diqqat bilan kuzatib borayotgan Chor Rossiyasi aynan ular o’rtasida nizo, nifoq urug’larini sochib, bu siyosatni o’ta maxorat tarzda amalga oshirib bordi.

Xonliklardagi siyosiy arboblar tashqi siyosat masalalari, davlat xavfsizligini ta’minlash, jahon siyosatining yo’nalishi Turkiston sari burilayotganligiga, shu bilan ertami – yoxud indin bu siyosat bosqinchilik urushiga o’z o’rnini bo’shatib berishini siyosiy ziyraklik, mantiq kuchi bilan anglashdek mas’ulyatdan uzoqlashgan edilar.

Turkistonga ofat buluti bo’lib yog’ilgan bosqin uchun Vatanni, davlatni katta janglarga tayyorlay olmagan hukumdorlar bu siyosiy xatolar, qondosh, dindosh va millatdosh bo’lib, o’zaro til topisha olmaganliklari uchun tarix oldida javobgardirlar.

Ularning mana shu xatolari bois millatning bir yarim asr g’ururi toptalib, milliy qadriyatlari ayoq osti qilinib, millatning mardu maydon baxodirlari yo’q qilindi, millat uchun g’am chekkan ma’rifat egalari qati etildi yoki o’zga yurtlarga umrbod surgin qilindi. Birinchi sabab shu tariqa ikkinchi sababga yo’l ochib berar ekan, bosqinchilar Turkistonning xo’jayini bo’ldilar. Boshqaruvning to’laqonli zo’rlik va qonli jabr-zulm usuli joriy qilindi. Mustamlakachilik tizimining asosiy xususiyati va shiori adolatsizlik, bo’ysinuvchi xalqlarni xoru zorlik batqog’iga uloqtirish edi. Notovon ahvolga tushgan xalqning holini tasavvur qilmoqchi bo’lgan inson moziyga boqsin, buyuklaridan ajralgan, tarixiy ildizlari qirqilgan, milliy ma’naviyati qaqshatilgan, misli qurib borayotgan daraxt tusiga kirayotgan olomonsifat xalq xotirasiga duoiy takbir ayta olmagan, qo’li qullik kishaniga bog’langan.

G’oddor tuzum Yassaviy, at-Termiziy, Najmiddin Kubro, Abu Mansur tufayli nomlari taqiq ro’yxatiga tushgan ulug’larimiz: Imom Buxoriy, Xoja Axmad Maturdiy, al-Marg’inoniy. Bahouddin Naqshband va yana ancha aziz avliyolar tafakkuri hosilasi bo’lgan ma’naviy xazinamizning haqiqiy merosxo’rlaridan bebaxra qilindi. Alpomish, Jamoliddin Manguberdi, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Mirzo Boburlarning Vatan, El-yurt uchun tortgan bahodirlik na’ralari mustabid tuzum siyosatdonlariga ahamiyatsiz edigina emas, balki kommunistik mafkuraning zaniflashuvini kuchaytiruvchi jangovor vosita, avlodlarni erk va ozodlik uchun kurashga chorlovchi hayqiriq, millatni uyg’otuvchi aks sado edi.

Xalqimizning ma’naviy-axloqiy merosi, buyuk tarbiya vositasi-Qur’oni Karim va xadisi Shariflar bilan xalqimiz o’rtasida tikanli maydon hosil qilish va bu maydon kommunistik mafkuraning xudosizlikka asoslangan devori bilan tusildi. Xudosizlik ruhida tarbiyalangan qalbning insoniylik harorati yo’lolib, yovvoiylik hislari shakillanadi, botiniylik o’la boradi. Sovet davlati islomiy iymon-e’tiqod bo’log’i, axloqi bark urgan ne-ne ulug’ allomalarni etishtirgan vatanimiz xududini mafkuraviy eksperiment, ya’ni, tajriba maydoniga aylantirib, ushbu zaminni kommunistik tuzumning xudosizlik muhiti hukmron bo’lgan changalzor maydoniga aylantirmoqchi bo’ldilar. Bu mudhishlikni sezib qolgan millatimiz faxrlari Munovvarqori, Behbudiy, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Chulpon, Usmon Nosir kabi vatanparvar zotlarimizga dindor, millatchi tamg’asi bosilib, qatlga jo’natildi. Bunday adolatsizlik, qonunsizlik, zo’ravonliklarning cheki bo’lmagan, aksincha esa uning ijodkori bo’lgan tuzum millatni ham, uning milliy-ma’naviy hayotini ham shafqatsiz davlat terroriga mubtalo qildi. Ularning bu qabohatlaridan dunyo larzaga keldi. Mustamlakachi tuzumni tarix va zamon rad qildi. Uning xarobalari o’rnida miliy ozodlik va milliy tiklanish bayrog’i ko’tarildi.

Yurtboshimiz zimmasiga og’ir va haddan tashqari murakkab vazifalar tushdi. Iqtisodiy va siyosiy tanazzul botqog’iga uzoq mustamlakachilik siyosati tufayli botirilgan, ma’naviyati emirilgan xalqni, Vatanni ozod va farovonlik kengliklariga olib chiqish, milliy tiklanishga etakchilik qilish, demokratiyaga asoslangan davlat qurish, uni chuqur islohot va yangilanish jarayoniga tortish kabi ulug’vor ishlarga yo’lboshchilik qilish yaratganning nazari tushgan davlat arbobigagina nasib etadi.

Faqat mustaqillikni qo’lga olishimiz sharofati tufayligina ma’naviy merosimizni, ko’hna va navqiron tariximizni o’rganish, jahon tsivilizatsiyasidagi munosib o’rnimizni tiklash va demokratik jamiyat qurishdek baxtga musharraf bo’ldik.

Mustaqillikni qo’lga kiritishimizdan keyingi yillar ichida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosat va ma’naviy sohalarda katta muvaffaqiyatlar qo’lga kiritildi. Mamlakatimizda siyosiy barqarorlik vujudga keltirildi, bozor munosabatlariga o’tib, milliy-ma’naviy poklanish va tiklanishimizning murakkab vazifalarini vazminlik bilan amalga oshirmoqdamiz.

Prezidentimizning milliy-ma’naviy tiklanishimiz borasida qilgan xizmatlar haqida fikr yurtganda ularning kontseptual g’oyalarni ishlab chiqish bilan bir qatorda ana shularni amalga oshirish borasida qilayotgan katta xizmatlari haqida alohida ta’kidlash lozim bo’ladi. Jumladan, 1994 yildayoq Respublikamizda “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tuzish to’g’risida farmon chiqarganlari, ularning faoliyatini takomillashtirish haqida g’amxo’rlik ko’rsatayotganliklarini aytish joiz. Mustaqillik yillarida ma’naviy merosimiz rahnomalari nomlari tiklandi, ular tavallud topgan kunlar nishonlanmoqda, asarlari chop etildi. Chunonchi, Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi, Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi keng nishonlandi. 1998 yilda imom al-Buxoriy hazratlarining 1225 yilligi. Axmad al-Farg’oniyning 1200 yilligi nishonlanishida bosh-qosh o’lganliklarini ta’kidlash lozim.

Mustaqillik yillari Qur’oni Karim o’zbek tiliga tarjima qilinib, ko’p nusxada chop etildi. Imom al-Buxoriyning turli jildlik hadisalari, Xoja Axmad Yassaviyning “Hikmatlar” to’plami, ko’plab Qur’oni Karim shaxslariga oid kitoblar chop etilganligini va ulardan xalqimiz baxramand bo’layotganliginign guvohi bo’lib turibmiz.

Mustaqillik yillari Iydi Ramazon va Qurbon hayit kunlari diniy qadriyatlarimizning bayrami sifatida xalqimiz hayotidan mustahkam o’rin oldi. Har yili 3000 dan ortiq Vatandoshlarimiz muborak xaj safarlarini ado etmoqdalar. Mustaqillik yillari ko’plab masjid va madrasalar ta’mirlandi.

Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur Mirzolarning nomi qayta tiklandi. Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Mirzo Ulug’bekning esa 600 yilligi keng nishonlandi va shu munosabat bilan yurtimizda beqiyos ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirildi.

Mustaqillik tufayli milliy istiqlolimiz kurashchilari Munovvarqori, Behbudiy, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Usmon Nosir va boshqalarning nomlari tiklandi, asarlari chop etildi. Ularning tavallud topgan kunlar umummilliy bayram sifatida nishonlanadi.

Qatag’on yillarida millatimiz mustaqilligini ta’minlash yo’lida qurbon bo’lgan xalqimizning ana shu sevikli farzandlarining muborak nomlarini abadiylashtirish maqsadida Vatanimiz poytaxti Toshkent shahrida Shaxidlar xiyoboni barpo etildi. Bu o’zlikning anglashning tarix bilan uyg’ongan millat tarjimasi holining mustaqillik ko’zgusida namoyon bo’lishining bir qarrasidir.

Uzoq va boy tariximiz hamda madaniyatimiz, shuningdek ma’naviyatimizning ildizi qadim moziy qa’riga borib taqalishidan guvohlik beruvchi Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yillik to’yining o’tkazilishi Jahon shaxarsozlik madaniyati tarixining ibtidosi sifatida ham e’tirof etilgan edi. 2002 yilda Termiz shahrining 2500 - 2006 yilda Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 Qarshi shahrining 2700 , Samarqand shahrining 2750, Marg’ilon shahrining 2000 va Toshkent shaxrining 2200 yilligi to’ylarining jahon miqyosida nishonlashi ma’naviyatimiz tomirlari naqadar baquvvatligining dalillaridir. Avestoning 3 ming yillikka yaqinlashgan yoshi tsivilizatsiya ufqlarimiz moziy tongida bo’y ko’rsatganligidan dalolat.

O’zbek tilining davlat tiliga aylanishi borasida bir qator ijobiy ishlar amalga Oshirildi. Jumladan davlat idoralarida ish yuritish, shaxarlarda ko’chalar va joylarning nomlanishida tarixiy haqiqat tiklanmoqda. Ma’naviy merosimiz sanalgan ko’plab asarlar o’zbek tiliga tarjima etilmoqda. Mustaqillik yillari biz uchun o’zbek tilining xalq va davlat hayotidagi asosiy ahamiyati va o’rnini tiklash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Shu tariqa millatning, davlatimizning qadr-qimmati mustahkamlandi. Maktablar va oliy o’quv yurtlarida o’zbek tilini rusiyzabon yoshlarining o’rganishi uchun ham katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Mustaqillik yillari ma’naviyatimizning muhim bug’ini hisoblangan ta’lim va tarbiya tizimiga milliy ruh bag’ishlashda bir qator ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, Prezidentimizning tashabbusi, bevosita rahbarligi ostida “Ta’lim to’g’risida” Qonun va “Qadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi milliy ma’naviyatimizning yuksalishida, mamlakatimizning kelajakda rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin egallashi, millatimizning obro’-e’tiborining oshib borishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

Bugungi kunda mamlakatimizning eng iqtidorli yoshlari rivojlangan xorijiy mamlakatlarning oliy o’quv yurtlarida ta’lim olmoqda. Maxalla, “Kamolot”, “Sog’lom avlod uchun”, Nuroniy, “Ulug’bek”, “Umid”, “Ustoz” kabi jamg’armalar ham Prezidentimiz tashabbusi bilan vujudga keldi. Ular bugungi kunda ta’lim, tarbiya va milliy ma’naviyatimizni rivojlantirish ishlariga katta yordam bermoqda. Eng muhimi bugungi kunda mustaqilligimiz ta’minlandi, millatimiz qadrini, g’ururini, or-nomusini, milliy-ma’naviy merosimizni tiklash borasidagi harakatimiz Prezidentimiz rahnamoligida haqiqatga aylandi. Bu muvaffaqiyatlarimiz o’tmishda faqat orzu edi, xolos. Qilingan ishlar, ma’naviy merosimizni o’zlashtirish, milliy o’zligimizni anglash va boshqa ko’plab ma’naviy hayotimizda sodir etilgan o’zgarishlar mustaqilligimizning mevasi hisoblanadi.



Shuning bilan bir qatorda milliy-ma’naviy tiklanish borasida qo’lami jihatdan juda katta vazifalar turibdi. Biz millatimiz tarixi va merosini chuqur o’rganishimiz lozim bo’ladi. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, “biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati –orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz”1

Yuqorida keltirilgan yutuqlarni qo’lga kiritishimiz adolatli ravishda Prezidentimiz nomi bilan bog’laydi.

Milliy – ma’naviy tiklanishimiz borasida Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilgan muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ishlar quyidagi ilmiy jihatdan yangi nazariy kontseptsiya yaratganligida namoyon bo’ldi.

Ular: a) milliy-ma’naviy tiklanishimizning ilmiy-nazariy kontseptsiyasini ishlab chiqqanligi va istiqbolda ma’naviy taraqqiyotimizning xxi asrdagi vazifalarini belgilab berganligida;

b) milliy-ma’naviy tiklanishning mamlakatimizning totalitarizmdan demokratik jamiyatga o’tish sharoitidagi o’ziga xos xususiyatlarini ilmiy asoslab berganligida va uning faqat milliy, ijtimoiy-ma’naviy tafakkurimizda emas, shuning bilan birga umumijtimoiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotida yangi yo’nalish boshlab berganligida ham namoyon bo’ldi.

Islom Karimov tomonidan amalga oshirilgan barcha ishlar xalqimizning qaddini ko’tarmoqda, o’zligini anglashga va mamlakatimizning rivojlanishiga xizmat qilmoqda, millatimiz abadiyligini mustahkamlamoqda.



Shuning uchun ham Prezidentimiz ishlab chiqqan kontseptual g’oyalarni chuqur o’zlashtirish va uni real hayotimizga tatbiq qilishda fidoiylik ko’rsatish, mamlakatimiz va xalqimiz taraqqiyotini ta’minlash katta amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
Takrorlash uchun savollar:

  1. Milliy-ma’naviy deganda nimani tushunasiz?

  2. Islom Karimovning milliy-ma’naviy tiklanish kontseptsiyasini ishlab chiqqanligini nimalarda ko’rsatib bera olasiz?

  3. Islom Karimov tomonidan “ma’naviyat” tushunchasigi berilgan ta’rifning mohiyati nimadan iborat?

  4. Islom Karimov ishlab chiqqan milliy-ma’naviy tiklanish kontseptsiyasining qanday nazariy va amaliy ahamiyati bor?

  5. Mustaqillik yillarida milliy-ma’naviy tiklanishimizda Islom Karimovning xizmatlari nimalardan iborat?

  6. Nima uchun Islom Karimov ma’naviyatni rivojlantirishga ustuvor vazifa sifatida qaramoqda?

  7. Islom Karimov tomonidan O’zbekiston XXI asrda ma’naviyatni rivojlantirishning qanday vazifalari belgilab berildi?

  8. Milliy-ma’naviy tiklanish va ma’naviyatni rivojlantirishning mukammal g’oyalari Islom Karimovning qaysi asarlarida asoslab berilgan?

3-Mavzu. Milliy ma’naviyat nazariyasining shakllantirilishining umummetodologik asoslari


Reja:

  1. Milliy g`oya, mafkura va ma`naviy uyg`unlik.

  2. Milliy taraqqiyotning ma`naviy –axloqiy negizlari.

  3. Ijtimoiy fanlar metodologiyasi va milliy ma`naviy meros.

Adabiyotlar:



  1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Asarlar, 7-tom O’zbekiston, 1999.

  2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat. 2008.

  3. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Asarlar 7-tom O’zbekiston, 1999.

  4. I.Karimov. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xafsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Asarlar 6-jild. T. O`zbekiston 1998.

  5. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin: (I.Karimovning “Tafakkur” jurnali Bosh muxarrirning savollariga javoblari). Asarlar 7-jild, -T.: “O`zbekiston” 1999.

  6. Sharifxo’jaev M., Davronov Z. Ma’naviyat asoslari. T.: 2005.

  7. S.Otamurodov va boshqalar. “Ma`naviyat asoslari” T.: “Meros”, 2002.

1. Milliy g’oya, mafkura va ma’naviy uyg’unlik




Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish