FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
O‘ZBEKISTOННИНГ ENG YANGI TARIXI
HSM
7
MAVZU
MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONNING MA’NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOTI.
Reja: 1. Milliy istiqlol davrida ma’naviy meros, milliy qadriyatlarning tiklanishi. 2. Mustaqillik yillarida adabiyot, me’morchilik, amaliy san’at va kino ravnaqi. 3. Teatr, sirk, musiqa va qo‘shiqchilik san’ati, muzey va sport taraqqiyoti. - Asosiy adabiyotlar
- I.A.Karimov. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Asarlar. t.1. –T.: O’zbekiston, 1996, 76-85 betlar.
- I.A.Karimov. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. Asarlar. t.2. –T.: O’zbekiston, 1996.
- E.Ahmedova, R.Gabidulin. Kulturologiya. –T., 2001.
- Mustaqillik. Ilmiy-ommabop lug’at. –T., 1998.
- O’zbekiston san’ati (1991-2001 yillar). –T.: Sharq, 2001.
-
- Qo’shimcha adabiyotlar
- A.Aliev. Ma’naviyat, qadriyat va badiiyat. –T.: Akademiya, 2000.
- A.Ibrohimov v. b. Vatan tuyg’usi. –T.: O’zbekiston, 1996.
- E.Gulmetov v. b. Madaniyatshunoslik. Ma’ruzalar matni. –T., 2000, 160-178 betlar.
«Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o’z yo’liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin. Ammo, ma’naviy islohotlar - qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo’lish, qadni baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo’lish – bundan og’irroq va bundan sharafliroq vazifa yo’q bu dunyoda»
Islom Karimov
|
Jamiyat ma’naviyati mamlakat taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. Shu narsa haqiqatki, biron-bir mamlakat o’z ma’naviy imkoniyatlariga tayanmay, odamlar ongi, tafakkurida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg’otmay turib, yuksak taraqqiyot darajasiga ko’tarila olmaydi.
Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo’lgan, qaramlik va zulm ostida qolgan. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum bo’lgan. Ayniqsa, chor mustamlakachiligi va sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko’plab masjidu-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo’nalishlari belgilab olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |