O‘zga til xususiyatlarini anglash orqali ona tilimiz jozibasini oshirish



Download 41,5 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi41,5 Kb.
#795016
Bog'liq
1Abrorova Firuza Seytmamatovna


O‘ZGA TIL XUSUSIYATLARINI ANGLASH ORQALI ONA TILIMIZ JOZIBASINI OSHIRISH
Abrorova Firuza Seytmamatovna,
Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanidagi 14-son umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada ona tili ta’limida grammatikaga oid ayrim tayanch bilimlarni qiyosiy o‘rganish usullari va shu orqali ona tilimizning betakror jozibasini anglash haqida so`z boradi.


Kalit so‘zlar: inversiya hodisasi, gap bo‘laklari, qator unli va undoshlar, ko‘plik qo‘shimchasi, so‘z yasalishi.
Ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar,ta’lim mazmunini takomillashtirishga oid qabul qilingan hukumat qarorlari ta’limni hayot bilan bog‘lashni,boshqa tillar bilan qiyosiy o‘rganishni,o‘qitish samaradorligini oshirishni,tez taraqqiy etib borayotgan jamiyat uchun har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishni talab etadi.Keng qamrovli islohotlar ta’lim-tarbiya masalalari mohiyatini oshirib,barkamol shaxsni shakllantirishga jiddiy e’tibor qaratishni taqozo etmoqda
Ona tili ta’limini uzluksiz o‘rganishda o‘zga til xususiyatlari tadrijiy o‘rni bilan taqqoslansa,o‘quvchi ongida grammatikaga oid keng qamrovli tushuncha orta boradi.
O‘zbek tilining tayanch grammatik xususiyatlaridan deb eganing jumla boshida,kesim va unga bog‘liq bo‘laklar oxirida,to‘ldiruvchi kesimdan oldin,hol va uning turlari ish-harakatni bildiruvchi so‘zga bog‘lanishini e’tirof etish mumkin.Gap bo‘laklarining o‘zgargan tartibi,ya’ni inversiya hodisasi ham borki,bular ko‘pincha she’riyatda uchraydi.Lekin mumtoz adabiyotda inversiyaning arab va fors tillariga xos bo‘lgan izofa shakli ham mavjud.Izofada,asosan,aniqlovchi va aniqlanmishning o‘rin almashinuvi kuzatiladi.-i tutashtiruvchi unli bilan bog‘lanadi.So‘zlashuv nutqida ham ba’zan izofali birikmalardan foydalaniladi.O‘quvchilarga tushunilishi oson bo‘lishi uchun tanish birikmalarni izohlashdan boshlash kerak.Masalan,oyinai jahon,ovorai jahon,ahli Andijon kabi.Bunday birikma va jumlalar ma’nosini oydinlashtirish va tushunishni yengillashtirish uchun izofadagi aniqlovchi va aniqlanmishning o‘rnini almashtirib o‘zbekcha gap bo‘laklari tartibiga keltirib olish kerak.Ularning o‘rni almashtirilganda o‘zbekcha tartibda egalik qo‘shimchasini qo‘yib olishga to‘g‘ri keladi:jahon oyinasi,jahon ovorasi,Andijon ahli kabi.
Rus tilida gap bo‘laklari tartibi erkin.Masalan, Дует сильный ветер (Kuchli shamol esyapti) gapida дует so‘zi gapda kesim, ветер ega vazifasida keladi.Bunday o‘zgargan tartib o‘zbek tilida ham kuzatiladi. (Shovullaydi tun bo‘yi shamol).
Gap bo‘laklari tartibi ingliz tilida quyidagicha bo‘ladi:1)ega; 2) kesim; 3)to‘ldiruvchi (vositali); 4) to‘ldiruvchi (vositasiz); 5)hol (o‘rin); 6) hol(payt); aniqlovchi esa gapda qaysi bo‘lakni aniqlab kelsa shundan oldin keladi.Masalan,My brother’s friend invited me to the party yesterday (Akamning do‘sti kecha meni bazmga taklif qildi).Ushbu gapda friend-ega, invited-kesim,me-to‘ldiruvchi, to the party-o‘rin holi, yesterday-payt holi,my-kishilik olmoshi,aniqlovchi vazifasida, brother’s -qaratqich kelishigidagi aniqlovchi vazifasida.
O‘zbek tilida tub so‘z yangi so‘z yasovchi qo‘shimchalarni oladi.Qo‘shimcha ma’no beruvchi,kichraytirish-erkalash,so‘z shaklini o‘zgartiruvchi va boshqa morfemalar ham tub so‘zga qo‘shila boradi.Asliy so‘z yasovchi qo‘shimchalar so‘z boshida yoki so‘z ichki tarkibida qo‘llanilmaydi.So‘zning asos qismiga qo‘shilish,asosga ketma-ket bir necha xil vazifa bajaruvchi affiks tirkala borishi ona tilimizga xos xususiyatdir.Rus tilida esa qo‘shimchalar asosning oldidan(приставка) yoki asosdan keyin(суффикс) qo‘shilishi mumkin.Masalan,читат-прочитат-прочитающей (o‘qimoq-o‘qib tugatmoq-o‘qiyotgan).
O‘zbek tilida ko‘plik,asosan,-lar qo‘shimchasi yordamida hosil bo‘ladi.Rus tilida esa ko‘plik shakli har xil tartibda hosil qilinadi.Masalan,парта- парты(parta-partalar) книга- книги(kitob-kitoblar), окно-окна(deraza-derazalar), дерево- деревья(daraxt-daraxtlar).Ingliz tilida ham ko‘plik asosdan keyin qo‘shimcha qo‘shish bilan hosil qilinadi.A boy-boys, a book-books.
Pedagogika fanlari doktori Valijon Qodirovning “Mumtoz adabiyot:o‘qitish muammolari va yechimlar” kitobida keltirilishicha,a bilan boshlangan arab tilidan o‘tgan so‘zlarda u old qo‘shimcha bo‘lib,ko‘plikni bildiradi.Masalan,atrof so‘zida a- old qo‘shimchasini olib tursak,o‘zagi trf harflaridan iborat ekanligini ko‘ramiz.Ularning orasida a unlisini borligini sezish qiyin emas:t harfidan keyin a ni qo‘yamiz:ta ,r va f harflari orasiga ham a ni qo‘ysak,raf bo‘g‘ini hosil bo‘ladi va ikkisini qo‘shsamiz:ta+raf-taraf.a-old qo‘shimchasining –lar qo‘shimchasiga tengligidan kelib chiqib,uni ham qo‘shamiz:taraf+lar.Demak,atrof bu taraflar degani.Xuddi shunday altof so‘zi lutflar,ash’or-she’rlar,af’ol-fe’llar degan ma’noni anglatishini bu ko‘nikmalarni egallagach bilib olish qiyin emas.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ushbu qiyoslashlar orqali o‘quvchilarning ongida grammatikaga oid keng qamrovli tushuncha orta boradi va shu bilan birga o‘quvchilarda ona tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ulari yanada yuksalib,undan faxrlanish hissini tuya boradilar.
Ko‘p til bilish, so‘z boyligimizni oshirib borish, dunyoqarashimizn shakllantirish bugungi kun talabidir. Zero, ona tilimizni asrab-avaylab, boyitib kelgusi avlodga yetkazish esa har birimizning burchimizdir. Ona tilimizni rivojlantirishimiz uchun har birimiz o’z hissamizni qo’shmog’imiz lozim hisoblanadi. Til- millatning ma’naviy boyligi. Til nafaqat muomila vositasi, balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Shunday ekan tilimizning sofligini saqlaylik.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Qodirov Valijon Abdurahmonovich. Mumtoz adabiyot: o‘qitish muammolari va yechimlar.-Toshkent.2009.
2. Aliyev A, Sodiqov Q. O‘zbek adabiy tili tarixidan.-T,: “O‘zbekiston”. 1994. 27-bet
3. Amaldagi ona tili va adabiyot maktab darsliklari.
Download 41,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish