Kirish Yurtimizda keyingi yillarda xorijiy tillarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
21-avgustdagi 701-sonli “Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘gʼrisida”gi qarorlari xorijiy tillarni o‘rgatishni taʼlim siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida rivojlantirish, taʼlim sifatini tubdan oshirish, sohaga malakali pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etildi.1 Xorijiy tillarni o‘qitish sohasiga malakali kadrlarni jalb qilish va soha mutaxassislarining salohiyatini oshirish maqsadida:
2021/2022 - o‘quv yilida xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalariga qabul parametrlari ikki baravarga, davlat granti asosida qabul ko‘rsatkichlari esa uch baravarga oshirish;
2022/2023 - o‘quv yilidan boshlab, xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari tomonidan davlat attestatsiya imtihonlarini topshirish bilan bir qatorda ushbu taʼlim muassasalari hisobidan milliy yoki unga tenglashtirilgan boshqa yetakchi xalqaro baholash tizimlari orqali ularning bilimlari darajasini aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yish;
2022/2023 - o‘quv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi tartibi joriy etilsin.2 Bunda, filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilishi nazarda tutilgan. Bugungi kunda barcha sohalardagi singari to‘lim tizimi ham jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida pedagoglardan yanada yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlarida shakllantirib borishlarini hamda uzluksiz tarzda o‘z ustilarida ishlashlarini talab qilmoqda.3 To‘lim tizimi jamiyatimizning eng muhim bo‘g‘ini desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Zero, aynan shu bo‘g‘inda mamlakatimiz kelajagi hisoblanmish yosh avlod tarbiyalanadi va kamol topadi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb bilishimiz kerak”,-degan so‘zida o‘zbek adabiyotining bugungi kuni va ertangi istiqboli haqida so‘z yuritib, jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini tarjima qilish, chop etish, o‘rganish bilan bog‘liq tajribalar, jahon adabiyoti bilan aloqalarni yanada rivojlantirish masalasiga e’tiborni kuchaytirish lozimligiga urg‘u beradi. Tarix shundan dalolat beradiki, dunyoning har bir taraqqiyot bosqichlarida turli xil millat vakillaridan o‘zlashgan so‘zlar, sekin-asta boshqa tiliga singishib, uning fonetik, grammatik va semantik qonuniyatlariga moslashib, til lug‘at boyligining oshishiga sabab bo‘lib kelgan. Tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarning turli tillarda turlicha nomlanishidan qat’iy nazar, mana shu jarayonda u insonlar faoliyatida fikrlash va o‘zaro ijtimoiy munosabat – muomala vositasi, materiali bo‘lib qolaveradi. Ammo til muomala vositasiga aylandimi, uning tabiiy ravishda imkoniyat doirasi ham kengayib boradi. Endi u nutq, nutqiy jarayon quroliga aylanadi. Ta‘lim sifatini oshirish borasida hukumat tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqdaki, ular yoshlarimizni yanada bilimli va tajribali bo‘lib yetishishlariga zamin yaratmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning2017-yil 26-sentabr kunidagi “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq to‘limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi4 qarori mavjud muammolarni bartaraf qilish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.5 Yuqorida keltirib o‘tilganidek bugungi kunda barcha turdagi pedagoglardan zamonaviy bilimlarni egallash muhim ahamiyat kasb etmoqda.