"Tasdiqlayman" Toshkent Moliya instituti o’quv ishlari bo’yicha prorektor i f. d., prof



Download 3.09 Mb.
bet24/30
Sana12.01.2017
Hajmi3.09 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
1

Mustaqillik tufayli farzandlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy to’plagan hadislar, Naqshbandiy ta’limoti, Termiziy o’g’itlari Yassaviy hikmatlari asosida tarbiya qilish imkoniyatiga ega bo’ldik.

Qur’oni Karim va payg’ambarimiz hadislarining eng muxim va salmoqli qismi kishilarda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishga qaratilganligidir. Ulardagi ota-onaga, ilmga munosabat, sabr-bardosh, shukronalikka da’vat, o’zaro mehr, mehmondo’stlik, vafo va sadoqat, kamtarlik, samimiyat, rostgo’ylik va boshqa chin insoniylik xislatlarining birinchi o’ringa qo’yilishi barcha insoniyat uchun bebaho umuminsoniy ma’naviy boylik tizimini tashkil qiladi.

Jismoniy va ma’naviy poklikka intilish Islom axloqining, Rasulloh hadislarining yana bir muhim mavzu yo’nalishidir. Tahorat, g’usl masalalari tashqi ozodlik talablari bo’lsa, haromdan yolg’on so’z, g’iybat, tuhmat, o’zga haqqiga xiyonat nohoqlik va zulmga yo’l qo’yilmaslik, ulardan qat’iy saqlanish ichki, ma’naviy poklikka oid talablardir.

Bularning hammasi Qur’oni Karim hamda Rasuulloh hadislarida va ularga asoslangan sharoitda juda qat’iy qilib qo’yilgan.

Xullas, islom barcha mo’minlarni yuksak ma’naviylikka chorlovchi, insonparpar din ekanligini aytib etishimiz zarur. Shundagina dindan ma’naviy va ma’rifiy tarbiyadagina ma’naviy va ma’rifiy takrbiyada foydalanish zaruriyatiga to’g’ri yondashamiz.
Tasavvuf va uning ma’naviy jihatlari
Sharq xalqlari tafakkurini asrlar davomida nurafshon etib, ma’anaviyatimiz va ma’rifatimizga chuqur ta’sir o’tkazgan tasavvuf (so’fizm) ta’limoti VIII asr o’rtalarida paydo bo’lgan. Dastlab u zohidlik tarqidunyochilik –bu dunyo xoyu-havasidan voz kechishi) harakati ko’rinishida bo’lib Bog’dod, Basra, Kufa, Damashq shaharlarida keng eyilgan.

Asli tasavvuf so’zi “Sufiy” so’zidan, “So’fiy” so’zi esa arabcha “So’f” so’zidan yasalgan. So’f deb arablar shundan bo’lgan matoni ataladilar. Dastlabki davrlarda so’fiylik yo’lini tutgan kishilar, boshqa oddiy kishilardan ajralib turish uchun shundan tikilgan chaqmon (u hirqa deb ham atalgan) yoki po’stin qiyib yurishni odat qilganlar. Shuning uchun ularni shun chaqmoq qiyib yurituvchilar, ya’ni sufiylar deb ataganlar. Sufiy boshqa odamlardan o’zini pok va g’arpbona turmush kechirishi, doimiy toat-ibodatda bo’lishi va faqft ilohiy ruhga qushilishni maqsad qilib qo’yishi bilan ajralib turadi. So’fiy uchun na dunyodan, na oxiratdan ta’ma bo’lmasligi kerak. Yagona istak bu Ollohning diydoriga etishishdan iborat. Faaqirlik tuyg’usiga ega inson na birovga banda-yu, na birovga hoji, u yolg’iz Ollohga banda, u yolg’iz Ollohga ehtiyoj sezadi. Xamma narsadan voz kechish, oxir oqibatda o’zlikdan kechish-so’fiylik ta’limotining ma’nosi mana shu. Buyuk so’fiy Boyazid Bistomiy aytadilarki: O’zingdan aytadilarki : Bizning \ech narsamiz yo’q, lekin ketidan yugurib g’am tashvishda ham emasmiz.

Esingizda janda, orqamizda go’riston, agar o’lsak hech bir motam kerak emas.

Tasavvuf –sufiylik ko’ngliga, diliga tayanadi “ko’ngilni, qalbni tarbiyalashga, ko’ngil kishisini voyaga etkazishga intiladi, chunki Olloh faqat kishining pokiza qalbidagina jilva qiladi.

Tasavvufda insondagi jamiki xudbinliklar, illatlar, razolat dunyosiga hirs qo’yish jism ehtiyoji va nafas ta’masidan kelib chiqadi, deb o’rgatiladi. Komil inson bo’lish uchun avvalo jism va nafs ehtiyoji va ta’masini engish kerak. Dunyoga, boylikka mehr qo’yish kishini nafsiga qul qilib qo’yadi. Darvesh, so’fiy nafsni rad etadi. Nafs barcha filokaylar sababchisi insonni tublashtiradi. Insonni falokat boshg’og’idan, tubilik jaridan qutqarib, uni poklashning birdan-bir yo’li nafsning ehtiyonini engishdir. Buning uchun dunyo muhabbatidan voz kechish va Olloh muhabbatiga ko’ngil bog’lash darkor. So’fiylikda buni dunyo mohiyatini va o’zligini, insoniylikni anglash yo’li deb qaralgan. O’zligini anglash kishi esa dunyo va uning boyliklari o’tkinchi ekanligini anglaydi. Xoja Bahouddinay aytadilar: “O’z nafsing yomonligidan tonish o’zligini topishdir.” Demak, tasavvuf ilmi-inson haqidagi ilmdir. U inson qalbiga sayqal berish ilmidir. Biz bu ilmdan 70 yil davomida bexabar edik. O’tmishdagi Xoja Axmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Xoja Bahouddin Naqshbandiylar yurtimiz va xalqimiznign fayzi kamoli edilar. Istiqlol tufayli shu nur, shu fayz bizga qaytdi.

Shuni iftixor bilan qayd etishimiz lozimki, tasavvuf ta’minoti taraqqiyotida Turkiston farzandlarining xizmatlari beqiyos bo’lgan. Xoja hakim at-Termiziy, Shayx Abu Mansur al-Maturdiy as-Samarqandiy, Xoja Abduxoliq G’ijduvoniy, Xoja Axmad Yassaviy, Sulaymon Baqirg’oniy, Shayx NAjmiddin Kurbo, Xoja Ali Romitaniy, Yusuf Hamadoniy, BUhovuddin Naqshband kabi siymolar ilohiy marifat yo’lining rahnamolari bo’lganlar. Ular yaratgan jamiyat ta’minot va ilgari surgan ma’naviy-axloqiy g’oyalar hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. Chunonchi, Axmad Yassaviy hikmatlarida ilgari surilgan axloqiy pand-nasihatlardan kishilarni insofli, diyonatli imonli bo’lishga chaqirishda faydalanish o’rinli.

Yassaviy inson hayotidagi katta kurash-nafsni taslim etishga xizmat qiladigan kurash deb hisoblagan. Nafsga mag’lub shoh-qul, nafslan ustunlikka erishgan g’arib-shohdir, deb aytadi. Nafs inson uchun katta yovdir. Shu yovning boshini yanchgan, uni enggan nafsga taslim bo’lmagan kishining g’ururi va insoniy qadr-qimmatini hech kim paymol qila olmaydi, -deb bilgan o’z hikmatlaridan birida shunday deydi:

Nafs yo’liga kirgan kishi ravo bo’lur, yo’ldan ozib, toyib, tuzib gumroh bo’lur. Yotsa –tursa shayton bilan hamroh bo’lur... nafsiy meni yo’ldan urib xor ayladi, termultirib xaloyiqqa zor ayladi,-deb nafs beshdalariga tanqid etadi.

Nafs insondagi butunlikni, iymonni sindiradi, ma’naviy jihatdan jarlikka qulatadi. Shu bois “Nafsni tanib mehnat etsa rohat”,-deb xitob qiladi. Bu g’oyalar bizning hozirgi kunimiz, tarbiyamiz uchun g’oyat muhim.

Movaruonnahr tasavvuf ta’limotida xoja Bahouddin Naqshbandning o’rni alohida ahamiyatga ega ekanligini ham qayd etishimiz lozim. Naqshbandiya ta’limoti hayratlarni darajada ijztimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy ma’no va mohiyatga, hayotiy mazmunga ega. Naqshbandiya ma’naviy-axloqiy ta’limotiga hur fikrlikka keng o’rin berilgan. Bu sulikdagilar mehnat qilish ilm olish, o’z mehnati evaziga halol yashash noz-ne’matlarni ko’pchilik bilan baham ko’rish, faqirona hayot kechirishi, hammaga yaxshilikni ravo qurishni afzal bilganlar.

Odamlarga yaxshilik qilish eng yuksak insoniy burch ekanligini ta’kidlab, sham kabi bo’lgan va odamlarga yorug’lik ber, o’zing esa qrong’uda bul, degan ekanlar.

Xoja Bahoudinning “Ko’ngil Ollohda bo’lsinu, quling esa ishda” hikmatlarining inson-ma’naviy dunyosi takomilidagi ahamiyati beqiyosdir.

Tasavvuf taraqatlari haqidigan ketganda. Najmiddin kubro asos solgan kubroviya haqida ham to’xtalib o’tishimiz zarur. Biz Najmiddin Kubro siymosida faqat tariqat boshchisini emas, balki o’z Vatanini xalqini dildan sevgan insonni ham ko’ramiz. 1221 yilda bosqinchi mo’g’il gaplari qadami Xorazmga etib boradi. Muhammad Xorazmshoh mamlakatni, fuqaroni o’z holiga tashlab qochadi. Shu qaltis damlarda urganchni himoya qilishga 76yoshlik Najmiddin Kubro boshchilik qiladi va jangda vaxramonlarga shahid bo’ladi. Uning siyomosi xalq qahramoni sifatida asrlar osha yashab kelmoqda.

Najmiddin Kubro asos solgan Kubraviya tariqatining qoidalari o’nta bo’lib, ularda bu tariqat yo’lini tutgan sufiyning ichki ma’naviy dunyosi qanday bo’lish ko’rsatilgan. Insonning sabr-taqatli bo’lishi, boylik va mol-mulkka mukkasiga ketmaslik, har qanday pastkashlik, riyo, manr va hiyla-nayrangga bormaslik, hayvoniy xususiyat-shahvoniy hirslarga berilmaslik g’oyalari ilgari surilgan.

Xulosa qilib aytganda, tasavvuf ilmi-inson haqidagi ilmdir. Inson qalbiga sayqal berish ilmi. U inson odobini –ya’ni ma’naviyatini yanada yuksaltiradi. Butun islom axloqining eng muhim qadriyatlarini bir nuqtaga jamladi. Shu tariqa tasavvuf komil inson nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqadi.

Islom dini va islomiy qadriyatlarning tiklanishi.

Yaqin o’tmishda namoz o’qish, diniy marosimlarni o’tash langan, masjidlar, aziz-avliyolarnign ziyoratgohlariga qulf urilgan, odamlarning uylaridagi Qur’on, Hadis, turli diniy adabiyotlar terib olinib, yoqib yuborilgan edi. Mana buni “Johiliya”, modanlik desa bo’ladi. Qanchadan-qancha odamlarimiz hozirgi emin-erkin kunlarni qamrab, ammo, ko’rolmay armon bilan o’tib ketdilar. Shu bois biz mustaqillik keltirgan ne’matlar uchun har qancha shukronalar aytsak arziydi. Mustaqillik davrdagi islomiy qadriyatlar tiklandi, imon-e’tiqodimiz o’zimizga qaytdi. Bu savobli, ezgu ishlarga hurmatli Prezidentimiz bosh-qosh ekanligini har daqiqa eslab turishimiz lozim. Prezidentimiz ma’naviy va ma’rifatga oid ma’ruza va asarlarida Islomning ma’naviy-axloqiy, ma’rifiy tarbiyadagi yuksak roli, o’rni, ahamiyatini muntazam o’qtirib kelmoqdalar.

Xususan bu masalalarga Prezidentimiz Islom KArimovnign “Istiqlol va ma’naviy to’plami, O’zbekistonnign siyosiy- ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari”, “O’zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo’lidi”, “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, “Olloh qalbimizda, yuragimizda”, “Ozod va obod Vatan erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz” kabi asar va risolalarida javob topishimiz mumkin.



“Islom dini, -jeb ta’kidlaydi Islom Karimov “Fidakor” gazetasi muxbiri savollariga javobida, hayotimiznign tub-zamiriga chuqur singib ketgan. Bu inkor etib bo’lmaydigan haqiqat. Milliy qadriyatlarimiznign zaminlar osha bezavol yashab kelishiga sabab-avvalo muqaddas dinimiz hisoblashadi”1 bu xolat xalqimizga, xususan yoshlarimizga milliy g’oyani singdirishga Islom olamidan oqilona foydalanishni taqozo etadi.

Ana shularni hisobga olgan holdja mustaqillik mamlakatimizda islom dini olamidan, uning boy ma’naviy va madaniy qadriyat sifatidagi katta imkoniyatlaridan qoydalanish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Avvalo, masjidlarga, azio’-avliyolar yotgan maqbaralarga solingan qulflar olib tashlandi. Qarovsiz qolgan masjidlar ta’mirlandi yangilari barpo etildi. Ramazon va Qurbon haytlari dam olish kuni deb e’lon qilindi. Har yili minglab fuqarolarimizning haj va umraga borib kelishlari uchun imkoniyat va sharoit yaratib beriladi.



Ulug’ allomalar Iso Termiziy, hakim Termiziy, Bahouddin Naqshband, Axmad Yassaviy, Zamaxshariy, Abduxoliq G’ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Abu Mansur Maturdiy Al-Marg’inoniy va boshqa ulug’ zotlarning yubleyning 1225 yilligi nishonlandi. Qur’oni Karim, hadislar va boshqa diniy kitoblar nashr qilindi. O’tmishda birorta ham diniy ulamonini yubleyi o’tkazilmas edi, diniy kitoblarni nashr etish taqiqlangan edi, yuqorida aytganimizdek, borlari ham yo’q qilingan edi. 1999 yilda Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Mustaqillikning 20 yilida islom dini va islomiy qadriyatlarni tiklash borasidagi asrlarga teng amaliy ishlar bajarildi. Islom va islomiy qadriyatlar ma’naviy va ma’rifiy hayotimizning tarkibiy qismiga aylanib qoldi. Prezidentimiz Islom Karimov so’zlari bilan aytganda. “Biz islom dini ota-bobolarimiz dini ekani u biz uchun ham imon ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini doimo yuksak qadrlaymiz... dinga hurmat va e’tiqod-biz uchun o’lmas qadriyatdir”1

Sobiq sho’rolar tuzumi tanazzulga yuz tutib, eski hukmron, yakka hokim bol’shevistik-kommunistik mafkura batamom inqirozga uchrab, yangi mustaqil davlatlar shakllanishi jarayonida ma’lum muddat g’oyaviy-mafkuraviy bo’shlik holati vujudga keldi.

G’oyaviy bo’shliq nima? G’oyaviy bo’shliq, eski tuzumdan yangi tuzumga o’tish jarayonida oldin hukmronlik qilib kelgan mafkura o’tmishga aylangach taraqqiyot ilg’or g’oyaviy qarash tizimining ham shakllanib ulgurmas holatidir. Chunki, yangi mafkuranign shakllanishi uchun ma’lum davr talab etiladi.

1990 yillarining boshlarida bunday g’oyaviy-mafkuraviy bo’shliq O’zbekiston xududida ham namayon bo’ldi.



Shu ma’noda, O’zbekiston Respublikasi prezidentining quyidagi fikirlari muhim axamiyatga ega: “Men ko’hna bir haqiqatni yana eslatmoqchiman: tabiatda bo’shliq bo’lganidan, insonning ongu tafakkurida hambo’shliq bo’lishiga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Har bir ongli odamnign voqelikka o’z munosabati, maqsad va intilishlari bo’lishi tabiiy”2

G’oyaviy bo’liq paydo bo’lish joyda muqarrir ravishda begona va zarurli mafkuralar xuruji boshlashadi. O’tish davrida, yangicha qarashlar mustahkam e’tiqodga aylanib ulgurmagan paytda tashqi mafkuraviy ta’sirlarnig foydali yoki zarurli ekanini hamma ham darhol fahmlay olmaydi. O’zbekistondagi mafkura maydoniga zarurli, xalqimizning orzu intilishlariga mutlaqo begona g’oyalarning hujumi ana shu bilan ham izohlanadi.

So’ngi yillarda bizning diyorimizda ham taraqqiyotimiz, osayishtaligimizni ko’rolmaydigan “vaqqobiylik” va “qizbut-tahrir” kabi oqimlarning guruh va to’dalari paydo bo’lib qoldi. Bunday to’dalar o’zlaricha masjidlarda g’avg’o ko’tarib, o’tish davrining qiyinchiliklaridan foydalanib, ayrim yoshlarning ongini zaxarlamoqdalar. Mustaqilliknign bergan erkinligini suyiste’mol qilmoqdalar. Bu jutassib dindorlar o’zlarini “vahobiy” yoki “dinni tozatevchilar”, “Fundamentalistlar” deb yuritib, aslida esa birinchi navbatda islomning o’ziga zarba bermoqdalar.

Vaxobiylar bir yarim ming yillik ilmning fan, madaniyat-tarixidan voz kechish, Imom Buxoriy, Imom G’azzoliy, Imom Abu Xanifa, Burxoniddin Marg’inoniy, Axmad al-G’arg’oniy, Bahouddin Naqshband, Mirzo Ulug’bek, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa yuzlab mutaffakkirlar, so’fiylar, olimlar merosidan voz kechish, ularning asarlarini yoqib yuborishni, maqbaralarni buzib tashlashni tavsiya qilmoqdalar.

Ular, umuman, insoln aqli inson qalbi bilan yaratilgan jamiki ma’naviyo boyliklarni uloqtirib tashlashga da’vat etmoqdalar. Axir bu vaxshilik, nodonlik, Shohilimnign o’ziku. Ma’naviyatli va ma’rifatli kishi, buni mutlaqo qabul qilmaydi.

Vahobiylik bizni orqali, jaholatga tortadigan, islomni, islom ahlini buzadigan xavfli oqim. “Dinni tozalash”, “Sof dinga qaytish” niqobi ostida tashviqotlar olib borish, odamlarni tahlikaga solish, qonli jinoyatlar qilish, otani bolaga, akani ukaga dushman qilib, jamiyatimizni xavf ostiga quyayotganlardan milliy qadriyatlarimizni avaylab-asrashimiz lozim.

Diyorimizda din niqobi ostida ish ko’rayotgan ekstrelistlar, aqidaparastlar mavjud konstitutsion tuzumga qarshi borib, hokimiyatni egallash va O’zbekistonda Islom davlatini qurish, xalqni qo’rquvga solib, hukumatga ishonchsizlik uyg’otishi uchun turli jinoyatlar va terrorastlik harakatlar sodir etish yo’li bilan el tinchligini buzishga urinmoqdalar. Ularning asl maqsadi hukumatparastlik, ya’ni davlatni qo’lga olishdan iborat. Mustaqil yurtimizda ularga o’z vaqtida zarba berildi va ularning pati qirqildi.

Xalqimiz endi-erkinligini qo’lga kiritilgan, o’zligini anglab etgan bir zamonda allaqanday kimsalarga ergashib yana jaholatga, qo’llik to’zog’iga qaytadil? Albatta yo’q. Ammo, hamma gap har qanday tahdid yoki tahlika oldida vahimaga tushmaslik, ana shu kurash va sinovlarga doimo tayyor turishda, ogoh va sergak bo’lishda. Ayniqsa, yoshlarimizni ularning zararli ta’siridan asrab qolish hozirgi tarbiya ishimiznign asosiy yo’nalishi bo’lib qolishi lozim. Begona va zararli, mohiyati g’ayri insoniy bo’lgan g’oyalarga qarashi to’ra olish uchun yoshlarimizda mafkuraviy immunitetni shakllantirishimiz zarur. Immunitet deganda organizmning doimiy ichki muayyanligini saqlay , o’zini tuli xususiyatlar ega ta’sirlardan, tashqi infentsiyalar kirib ketishidan himoya qilishga qodir bo’lgan reaktsiyalar majmui tushunildi.

Lekin insonnig ko’plab xususiyatlari tug’ma bo’lsa mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish ijtimoiy-siyosiy hayotiy ehtiyoj sanaladi. Chunki kuchli mafkuraviy immunitetga ega shaxs har qanday oshkora yoki pinxona ko’rinishdagi mafkuraviy taziqlarga bardosh bera oladi. Yoshlarimiz doimo va har on ogoh va yana ogoh, sergak bo’lishlari zamon talabi. Buning uchun yoshlarimiz ongiga mustaqillik g’oyasini chuqur singdirishimiz lozim. Tashqi ular milliy ildizlari baqquvvat dunyoni chuqr anglaydigan, zamon taraqiyoti bilan baravar qandam tashlaydigan insonlar bo’lib etishsin. Ana shunday johil aqidaparastlarning “da’vati ham axloqni rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g’oyalar ham ularga o’z ta’sirini o’tkaza olmaydi.

Prezidentimizning “Turkiston-press” axborot-agentligi muxbirining savollariga javoblarida ta’kidlaganlaridek: “Biz o’z dinimiz va e’tiqodimizdan hech qanday voz kechmaymiz. Shu bilan birga muqaddas dinimiz sha’niga dog’ tushurmoqchi bo’lgan kimsalar bilan hech qachon murosa qilmaymiz. Men O’zbekiston rahbari sifatida qandaydir yovuz kuchlar islom dinimizni, ota-bobolarimiz e’tiqodini musulmon fuqarolarimizni taqqirlashga, jamiyatimizni xavf tug’dirishiga yo’l qo’ymaymiz”1.

Prezidentimiz aytganlaredek har birimiz hamisha, har soniyada ogoh bo’lishimiz lozim. Bu mustaqil yurt har bir fuqarosining muqaddas burchi bo’lmog’i lozim. “....Muqaddas dinimiz sha’niga dog’ tushurmoqchi bo’lgan, undan g’arazli siyosiy maqsadlarda foydalanishini istaydigan kimsalar va kuchlar bilan hech qachon murosa kelajagimiz”2

Fuqaro shuni anglab etishi kerakki, O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida o’ziga xos va mos yo’li bo’lgani kabi madaniy-ma’naviy rivojlanishida ham o’z yo’li bor. Bu o’ziga xoslikni dinga, diniy qadriyatlarga munosabatlarimizda ulardan ma’naviy tarbiyada foydalanishimizda ham ko’rishimiz mumkin.

Bu yo’l Prezidentimiz asarlarida bayon qilib berilgan. Uning mohiyati, mutadil dindorlik islom ma’rifatini rivojlantirish, ichkibotiniy olamni poklab, Ollohni dilni dilda saqlab, aqlu tafakkur, ilmu-urfan bilan kamolam sari borish, o’z merosiy qadriyatlarimiz va dunyoviy ilmni egallab, zamon bilan hamkordan olg’a borish.

Xulosa shuki, mustaqillik bergan hidoyat yo’lini yot unsurlardan asrash, ularga berilmaslik ularnign kirib kelishiga yo’l qo’ymaslik lozim bo’ladi. Taraqqiyot yaqdillik, fidoiylik va umumilliy g’oyalarimiznign moddiy kuchga aylanishidadir.

6-Mavzu. Amir Temur va Temuriylar sulolasi davrida ma`naviy yuksalish

Reja:
1. Amir Temur va Temur buyuk davlat arbobi, yuksak ma`naviyat sohibi.

2. Temuriylar sulolasi davrida ma`naviyat va ma`rifat ruvoji

3. Amir Temur va Temuriylar davrida yaratilgan ma`naviy merosini ma`naviy

tiklanishida tutgan o`rni
Adabiyotlar:


  1. Karimov I.A. Amir Temur-faxrimiz, g’ururimiz. Asarlar, 5-tom. T.: ”O’zbekiston”. 1997.

  2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch T. “Ma’naviyat”, 2008.

  3. Amir Temur dunyo tarixida. T, Sharq, 1996.

  4. Mo’minov I. Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va roli. T.: 1978

  5. Temur va Ulug’bek davri tarixi. T.: 1996.

  6. Mo’minov I. Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va roli. T.: “Fan” 1978

  7. Temur va Ulug’bek davri tarixi. T.: “Qomuslar taxririyati” 1996.

  8. Qayumov A. Alisher Navoiy. T.: Fan. 1994.

Amir Temur buyuk davlat arbobi, yuksak ma’naviyat sohibi.

Amir Temur –buyuk shaxs kuragi erga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, tolantli memor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtni, xalqni sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson.

Uzoq va mashaqqatli kurashlardan so’ng Amir Temur o’z raqiblarini engib, xokimiyatni qo’lga kiritdi. Mayda tarqoq feadallarini birlashtirib, markazlashgan davlat bunyod etdi. Mamlakatda iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar qildi.

Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta.

Birinchidan; u mamlakatda yuqorida aytganimizdek, kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o’z to’g’ri ostiga birlashtira oldi, mug’ullar zulmiga barham berib, markazlashgan yirik feodal davlatni yaratdi. Bu bilan hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun “Temur va temuriylar madaniyati”, “Temuriylar davlati”, “Ulug’bek astranomiyasi maktabi”, “Navoiy”, “Bobur” kabi qutlug’ so’zlari nafaqat o’zbekning, balki jahon xalqlari asarlari sahifalarida uchratar ekanmiz, bu gaplarning zaminida albatta, Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi.

Ikkinchidan, Amir Temur bir qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilar zulmidan ozod bo’lishiga yordam berdi. Masalan, o’sha davrning eng qudratli hukmdorlaridan hisoblagan Boyazid Yildirimni tor-mol keltirib, Bolqon yarim oroli va Evropa xalqlariga ozodlik bag’ishladi. Oltin O’rda xoni To’xtatishni ikki marta tor-mor etib, Rossiyani Mo’g’ullar hukmronligidan qutulishni tezlashtirdi.

Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan o’qisak, o’rgansak, uning ko’p yaxshi xislatlari: to’g’rilik, muruvvatlilik, el-yurtiga mehr-muhabbat va boshqalarni bilib olishimiz mumkin.

Amrir Temurda vatanni sevish, xalqni ulug’lash faxrlanish va g’ururlanishi singari oliy ma’naviyat fazilatlar barq urib turgan.

Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Nizomiddin Shomiy va Sharfiddin Ali Yazdiylarning “Zafarnoma”lari, Ibn Arlbshohning “Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari” va boshqa asarlarda keltirilgan sohibqironning ibratli ishlari, pand-nasihatlari va o’gitlaridan ham uning kimligini bilib olsa bo’ladi. Bular el-yurt va fuqorolarning tashvishi, ranyatparvarlik, mehr-muruvvat, qo’shnichilikka rioya qilishi va nihoyat, mardlik va qahramonlik haqidagi o’g’itlardir.

Amir Temur 1370 yilda Movorounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirib, mustaqil davlatga asos soldi. 1370-1405 yillar davomida mazkur davlat asosida Osiyoning 27 mamlakatini o’zida birlashtirgan ulkan saltanat tuzub, bu davlatning har tomonlama taraqqiyoti va tinchligi, shuningdek, ma’naviy madaniyatining yuksalishi, gullab-yashnashi, o’tmish davrlar ajoyib an’analarining yangi tarixiy vaziyatda qayta tiklanishi uchun sharoit yaratdi. Amir Temurning salohiyati va buyuk ma’naviyat egasi ekanligi quyidagilarda namoyon bo’ladi. Aziz jonini garovga qo’yib Turon va Xurosondagi feodal tarqoqlikni bartaraf qilib, markazlashgan davlatga asos soldi. Ana shu hududdagi siyosiy ziddiyatlarga burkangan amiru beklarning qarshiligini goh qilich, goh siyosiy kelishuv bilan bartaraf qilib, ularni murosa-........ keltiribgina qolmasdan, ularning barcha kuch-imkoniyatlarini Vatan ravnaqi, yuksalishi sari burib yuboradi.

Ikkinchidan, davlatni boshqarish ishlari adolat ustuniga qurilib, bu boshqaruvga iymonli, diyonatli Vatan, el-yurt manfaatini ustun qo’yadigan, mardlik va oliyjanoblik sifatlarini uyg’unlashtira olgan davlat amaldorlarni tanlab joy-joyiga qo’ydi.

Uchinchidan, e’lon qilingan qonun va hukmlar so’zsiz o’z ijrosini topdi. Bu qonunlar xalq va davlat manfaatlari bilan hamohang edi. Bu qonunlar oddiy xalqqa ham, o’qimishli ziyoliga ham tushunarli, sodda, ammo hayotning muammolari echimini topa oladigan mazmun va mohiyatga ega edi.

To’rtinchidan, turli tabaqalar, ayniqsa, ishlab chiqarish bilan bog’liq sohalar ravnaqini ta’minlaydigan adolatli soliq tizimi ishlab chiqilgan edi.

Amir Temurning fikru-yodi Vatanni, xalq kuch-qudratini ulug’lash, boshqalar tomonidan e’tirof etilishini ko’zlab faoliyat yuritdi. Shu bilan Turon xalqlari kuchu mahoratida, jangu jadallardagi jasoratida, fan, ishlab chiqarish kabi barcha sohalarda dunyoda biron bir xalq yohud davlatdan kam emas, balki birinchilardan ekanligini o’zi bosh bo’lgan davr misolida isbotlab berdi.

Amir Temur o’z ma’naviy olamining kuchi va yuksakligi bilan jahonga ta’sir-qiladigan imkoniyatlarning mavjudligini ko’rsatdi, uni erkin, bir vaqtda favqulotda jasorat va qat’iylik bilan amalga oshirdi. Shu bilan dunyo siyosiy-xududiy xaritasini jahon xalqlari manfaatlari yo’lida o’zgartira olgan buyuk davlat arbobi va harbiy sarkarda maqomiga ko’tarildi. Sohibquron bobomiz dunyoning unlab davlatlari birlashib amalga oshira olmagan siyosiy–harbiy ishlarga qo’l urdi. Bunga dastlab Tuxtamishdek hukmdor bilan keyingi navbatda esa Osiyo, Afrika va Evropa qit’asini titratgan Kichik Osiy hukmdori Yildirim Boyazid bilan bo’lgan hayot –mamot bobidagi siyosiy harbiy to’qnashuvlarda g’alaba qozonib, jahondagi o’zigacha o’tgan davlat va harbiy arboblardan ham yuqoriga ko’tarila oldi. Jahonning keyingi tarixi ham uning bu balandlik va buyuklik pog’onasini e’tirof etadi. Shu bois Amir Temurning siyosiy harbiy manfaatlari to’qnashuvi va uning oqibatlari misolida yaqqol ko’rish mumkin. Tuxtemish Oq O’rda va Rus knyazliklari xududlarini bosib olgach, butun jahonda hukmronlik da’vosini amalga oshirish to’g’risida fikrlay boshladi. Buning uchun birinchi navbatda Amir Temurni siyosiy-harbiy maydondan yulib tashlash lozim edi. O’zining harbiy dahosiga ortiqcha baho berib, g’alabasiga ishongan To’xtamishxon Mo’g’iliston Xududlaridan to Boltiq bo’ylariga qadar xududlardan lashkar to’plab, 1391 yil yozida Samara atroflarida o’zining son-sanoqsiz lashkarini Amir Temur qo’shini bilan to’qnashuvga hozirladi. Jang jahon tarixida eng og’ir to’qnashuv bo’ldi. Har ikki tomon bemisl qurbonliklar berdi. Sohibquron Amir Temur to’la g’alaba qozondi. Biroq Muxtamish bu mag’lubiyatni tasodifga yo’yib, oradan 4 yil o’tib, yana Amir Temurga qarshi chiqadi. Bu jang, Shimoliy Kavkaz xududida sodir bo’ldi. Terek daryosi bo’yidagi bu jang avvalgisidan ham qirg’inli kechdi.

Amir Temur Tuxtamishni mag’lub qilar ekan, o’z saltanati va Vatani ravnaqi uchun qulay bo’lgan imkoniyatlarga ega bo’ldi. Avvalo Sharqiy Evropa va Dashti qipchoq, qozoq dashtlari tomonidan solinib turgan xavf-xatardan butunlay xolos bo’ldi. Shuningdek Chingizxongacha O’rta Osiyo orqali o’tgan va uning bosqini bilan yuzilib tashlangan Buyuk Ipak yo’lining Shtmoliy – g’arbiy va shimoliy-sharqiy yo’nalishi qayta tiklandi. Bu esa Amir Temur davlati iqtisodiy hayotiga katta ijobiy ta’sirini o’tkazdi. Xitoy va Sharqiy va G’arbiy Evropa bilan savdo, diplomatik aloqalar kayta tiklandi.

Amir Temur davlatini dunyoga tanitgan va uni jahonning sarkardasi hamda davlat arbobi darajasiga ko’targan xizmatlaridan yana biri Ildirim Boyaziddek saltanat egasini siyosiy maydondan chetlatib, engilmas armiyasini o’z poytaxti-Anqara ostonasida mag’lub etganligi bo’ladi.

Ayniqsa Evropa davlatlari Amir Temurni o’zlarining chinakam xaloskori deb bilardilar. O’z minnatdorchiligini bildirib, ushbu davlatlar qirollari elchilarini Tog’li Qarabog’ va Samarqandga sohibqiron huzuriga junatib, siyosiy, iqtisodiy va harbiy shartnomalar imzolashdi. Xavfsizligini ta’minlashda Amir Temurning kuch-qudratga tayandilar, sohibquron siymosida buyuk davlat arbobi, engilmas sarkarda, ishonchli ittifoqni ko’rdilar.

Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyos. Amir Temur va uning avlodlari sa’y-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, xanoqohlar, saroilar, bozorlar, qal’alar, kanallar va boshqa inshootlarnign son-sanog’i yo’q. Amir Temurning bevosita rahnomaligi bunyod etilgan Bibixonim jome masjidi, Guri Amir, Axmad Yassaviy, zangi ota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi Zinda me’moriy mo’jizalari, Bog’i Chinor, Bog’i Dilqush, Bog’i Behit, Bog’u Baland singari unlab go’zal saroy bog’lar va bu kabi boshqa inshootlar shular jumlasiga kiradi.

Tarix bu ko’xna dunyoda juda ko’p jahongirlarni ko’rgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo’yi bunyodkorlik bilan mashg’ul bo’lgan. Uning “qay bir joydan bir g’isht olsam, o’rniga un g’isht quydirdim, bir daraxt kestirsam, o’rniga o’nta ko’chat ektirdim” degan so’zlari bunyodkorlik, yaratuvchanlik faoliyatining tasdig’idir. “Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo’lsangiz, qurgan binolarimizga boqing”, deganda Amir Temur, avvalo o’z xalqiga, kelajak avlodlarga murojaat qilgay, desak yanglishmaymiz.

Har qanday jamiyat taraqqiyotini ilm-ma’rifatimiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Buni teran anglagan sohibqiron hokimiyatga kelishi bilan chiqargan dastlabki Farmonlarini madrasalar barpo etishiga, ilm toliblarga nafaqalar tayinlangan bilan boshlagan. Qaysi bir shaharga tashrif buyurmasin Amir Temur avvalo, o’sha erlik olimu fozillar bilan uchrashar, ular bilan suhbat qurar, turli mavzularda bahslashar edi.

Amir Temur ma’naviyatini belgilovchi bosh mezon uning butun umr bo’yi amal qilgan “Kuch-adolatda” degan shioridir. Bu shiorda Amir Temur hayoti va faoliyatining butun mazmuni mujassamlashgan desak-to’g’ri bo’ladi. Amir Temurning ma’naviy va ma’rifiy qarashlari unign o’z farzandlari, kabilari taxt vorislariga qoldirgan o’gitlari.

“Temur tuzuklari”da mujassamlashgan. Bu bebaho tarixiy asarda, hokimlar va vazirlarning vazifalari, o’z ishiga munosabati, aholi turli qatlamlari-ranyatining xaq-huquqini himoya qilish, sinrehlarga munosabat kabi hayotiy ma’naviy-axloqiy qonun-qoidalar o’z ifodasini topgan. “Temur tuzuklari”da sohibqironning falsafiyy huquqiy – siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy qarashlari o’z ifodasini topgan.“Tuzuklar” Amir Temurning buyuk davlat arbobi salohiyati, daholik harbiy san’at nazariyotchiligi, insoniylik dunyosining ma’naviy ruhiy quvvatlari bilan mardlik va shijoatining xududiy kengliklari haqida to’la tasavvur beradi. Binobarin tuzuklarda ifodalangan g’oyalar orqali Amir Temur ma’naviy olamining turli jabxalari yorqin ko’zga tashlanadi. Bir inson ega bo’lishi mumkin bo’lgan fazilatlar, iste’dodlar, voqealarga aql-idrok, teran zehin va tafakkur bilan baho bera olish, har qanday og’ir vaziyat va sharoitlarda vazminlik, pirovard natijada uni o’z davlati, xalqi foydasiga hal etish kabi sohibqironga xos sifatlar har bir inson uchun bugunda shuningdek kelajak avllodlar uchun ham ibrat maktabi, soboq bo’lib qoladi.

Sohibqironning “Temur tuzuklari”dan quyidagi sitrlarni mamnuniyat bilan o’qish mumkin:

“Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to’g’ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.”

“Zolimlardan mazlumlar xaqqini oldim. Zolimlar etkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin, ularni shariatga muvofiq odamlar o’rtasida muhokama qildim va bir gunohkorning o’rniga boshqasiga jabr-zulm o’tkazmadim”.

“Kimki birovning molini zurlik bilan tortib olgan bo’lsa, mazlumning molini zolimdan qaytarib olib, egasiga topshirsinlar. Agar kimda-kim tish sindirsa, ko’zini ko’r qilsa, quloq va burun kessa, sharob ichsa, zino qilsa, devondagi shariat qozisi yoki ahdos qozisiga olib borib topshirsinlar”.

Quyidagi tuzuklarda Amir Temurning kechirimli xislatlari namoyon bo’lgan. Buni u boshqalaridan ham talab qilgan. Kechirimli bo’lish inson uchun eng yaxshi fazilat sanaladi:

“Menga yomonlik qilib, boshim uzra shamshir ko’tarib, ishimga ko’p ziyon etkazganlarni ham, iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab yomon qilmishlarini xotiramdan o’chirdim. Martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yo’l tutdimki, agar xotiralarida menga nisbatan shubhayu qurquv bo’lsa, unut bo’lardi”.

“Menga hasad qilib, o’ldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg’a in’omlar berib, muruvvatu ehson ko’rsatdimki, bu yaxshiliklarni ko’rib, xijolat teriga g’arq bo’ldilar. Hamisha mening roziligimni olib ish tutgan do’stlarim oldimga panoh tilab kelganlarida, ularni o’zimning taxtu davlatimga sherik qilib, hech qachon ulardan mol-mulk va tirikchilik ashyolarini ayamadim”.

“Hech kimdan o’ch olish payida bo’lmadim. Tuimni totib, menga yomonlik qilganlarni parvardigori olamga topshirdim”..!!

“Agar dushmaning bosh urib panohingga kelsa, rahm qilib yaxshilik va muruvvat ko’rsat”.

Amir Temurnining do’stlik haqidagi pandu-nasihatlari ham haligacha biz uchun ibratdir.

“Sodiq va vafodor do’st ulkim, o’z do’stidan ranjimaydi, do’stining dushmanini o’z dushmani deb biladi. Agar kerak bo’lsa, do’sti uchun jonini ham ayamaydi.

Amir Temurning umr bo’yi obodonchilik, qurilish ishlariga katta ahamiyat berganligi, kambag’alparvarligini uning quyidagi ugitlaridan ham bilish mumkin:

“Kimki biron sahroni obod qilsa, yoki qoriz ko’rsa yo biror bog’ ko’kartirsa, yoxud biror xarob bo’lib yotgan erni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar uchinchi yili qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig’sinlar...”.

“Katta-kichik har bir shahar, har-bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsinlar, faqiru miskinlarga langaxona solsinlar, kasallar uchun shifoxona qurdirsinlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasinlar”.

Amir Temurning quyidagi so’zlari asrlar osha xalqimizning asl farzandlarini el-yurt, Vatan haqida qayg’urishga chorlab keladi.:

“Millatning dardlariga darmon bo’lmoq vazifangizdir. Zaiflarni quring, yo’qsillarni boylar zulmiga tashlamang”. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo’lsin. Bu jumlalarda Amir Temur ma’naviyati jamul-jam bo’lgan bo’lsa ne ajab.

Buyuk sohibquron mafkurasining asosiy mohiyatini tashkil etgan- “millat dardiga darmon” bo’lishga chaqirig’i hozirgi kunda ham suv bilan havodek zarur da’vatdir.

“Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyoda ikki kuch-bunyodkorlik va buzg’unchilik g’oyalari xamisha o’zaro kurashadi. Bunyodkor g’oya insonni ulug’laydi, unign ruhiga qanoat bag’ishlaydi.



Sohibqiron Amir Temurning paroqanda yurtni birlashtirish, markazlashgan davlat barpo etish, mamlakatni obod qilish borasidagi ibratli faoliyatiga ana shunday ezgu g’oyalar asos bo’lgan”
Каталог: umk


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa