Innovator - menejer. Fan texnika tarakkiyotining informatsion yuksalish sharoitlarida(birinchi yuksalish qishloq xo‘jalik ekinlarini joriy etish bilan, ikkinchi sanoatning tubdan o‘zgarish bilan bog‘langan). Menejerlik ishining eng muhim tomonlaridan biri innovatsiyalar buyicha faoliyat olib borishdir. SHiddat bilan davom etayotgan fan-texnika inqilobi sharoitlarida innovatsiyalar xususida kimki sustkashlik qiladigan bo‘lsa, u tez orada orqaga o‘tib qoladi. Innnovatsiyalarning zarurligini tushuntirish juda oson. Eskirib qolgan asbob uskunalarni tiklash, yangiliklarni joriy etishdan mablag‘ tejab qolishdan ko‘ra yangi texnika va texnologiya bazasida mehnat unumdorligi va mahsulot sifatini ko‘tarish ancha oson va tezroq bo‘ladi.
Bu ayniqsa sport olamida juda shiddat bilan rivojlanib kelayotgan yo‘nalishlardan bo‘lib hisoblanadi. Bunda sport turlari bo‘yicha yangi innovativ texnologiyalarni qo‘llash orqari mashq uslublarining yangi va samarali usullari joriy etiladi. Natijada kam harakat va kuch orqali ko‘p va samarali natijalarni olish bilan belgilanadi.
Biznes hozirgi kunda xalkaro tus olib borayotganligi sababli yuqorida aytilganlardan tashkari, chet tillarini ham bilishi zarur. Har bir tadbirkor, sportchi, sport murabbiyi, spor menejeri o‘z faoliyatini boshlar ekan, bozor talab va taklif qonunlarini yaxshi bilishi, moliyaviy, akliy xamda mehnat resurslariga kelgusida kanday tasavvurga ega bo‘lishi, shuningdek, ish resurslaridan samarali foydalana bilishi kerak. Biznesni o‘z strategiya va taktikasi bor. Uning strategik maqsadi foydani eng ko‘p darajasiga etkazishdir. Taktik maqsadщi har bir kontragent o‘z vaqtida va mavjud shart sharoitlaridan foydalangan holda muomalada bo‘lib shu strategiyani amalga oshirishdir.
Biznesning maksadi, odatda foydani oshirib borish yoki barqaror holga keltirish. Tadbirkorning ham uy fikrlari harakatlari va sarf xarajatlari aynan foyda olishga qaratilgan bo‘ladi. Zarar ko‘rishga, foydani yo‘qotishga karatilgan biznes bo‘lmaydi, odatda har ishda bo‘lgani kabi biznesda ham muvaffaqiyat o‘z o‘zidan kelavermaydi. Biznesda muvaffaqiyatga erishish uning g‘oyasi, maqsadi va vazifalariga, resurslar investitsiyalar bilan nechog‘lik ta’minlangani shuningdek boshlangan ish natijalari ruyobga chiqarish usullariga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Tadbirkorlik to‘g‘risidagi Respublika qonuniga asosan O‘zbekistonda quyidagilar biznes sub’ektlari bo‘la oladi:
-Aqlli, xushi raso bo‘lib, uz ishi yuzasidan qonun oldida javob bera oladigan fukaro;
Fukarolar guruxi, jumladan davlatga, kooperativga karashli va boshka turdagi korxona – jamoa biznesi;
CHet el fukarosi yoki yuridik shaxsi shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bular Respublika qonunlarida ko‘zda tutilgan vakolatlar doirasida faoliyat olib borishlari mumkin;
Aralash mulk sub’ektlari.
Tadbirkorlik shaklini biznes ob’ektlari belgilaydi.
YUkorida aytilganlardan shuni hulosa qilish mumkinki, biznes sub’ektlari bu siz bilan biz, biznes ob’eketlari sumka, sport inventarlari, sakichlardan tortib samolyot dengiz kemalarigacha bo‘lgan narsalarni hammasi. Mana shu narsalarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish ishlab chiqarish shaklidagi biznesni tashkil etadi, ishlab chiqaruvchilardan olib sotish bu tijorat biznesdir.
Biznes ob’ekti va sub’ekti tizim sifatida faoliyat ko‘rsatib borishida mulkchilik va mulkka bo’lgan munosabat katta rol uynaydi. Biznes bu shunchaki bir ishtiyok emas, erkalik yoki boylik keltiradigan manba xam emas, avvalo tinimsiz mehnat, mashaqqatli ishdir.
Inson olim, konstruktor, shifokor, yozuvchi, sportchi va hokozo bo‘lib tug‘ilmaganidek xech kim ham biznesmen bo‘lib tug‘ilmaydi, balki biznesmen bo‘lib etishib chiqadi. Lekin buning uchun men falonchi bo‘laman degan niyat qilishi, o‘qishi, o‘rganshi, maqsadi sari intilishi, o‘z ustida ishlashi va atrofidagi muhit qulay va unda imkon bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Qarori O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish To’g’risida. 31.10.2002yil.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
«JISMONIY TARBIYA VA SPORT TO‘G‘RISIDA»GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 y., 5-6-son, 147-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005 y., 37-38-son, 277-modda)
Ushbu Qonunning ishlab chiqilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi 271-son «O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida nazarda tutilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 14 yanvarda qabul qilingan «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992 yil, № 3, 160-modda; 1994 yil, № 5, 161-modda) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000 yil 26 may,
76-II-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
JISMONIY TARBIYA VA SPORT TO‘G‘RISIDA
(yangi tahriri)
1-modda. Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
2-modda. Fuqarolarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi huquqlari
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy holatidan qat’i nazar, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalarini tuzish, jismoniy tarbiya-sport harakatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
CHet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jismoniy tarbiya va sport sohasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga egadirlar.
3-modda. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
insonparvarlik;
demokratizm;
fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi;
jismoniy tarbiya va sport tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi.
[ОКОЗ:
Do'stlaringiz bilan baham: |