Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X. Sh. Kadirov ” ” 2022-yil boshlang’ich ta’limfakulteti “Jismoniy tarbiya va sport”kafedrasi



Download 242,21 Kb.
bet46/55
Sana05.02.2023
Hajmi242,21 Kb.
#908160
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
Bog'liq
menejment

26-modda. Nizolarni hal qilish
Jismoniy tarbiya va sport sohasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
27-modda. Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT ISHLARI VAZIRINING


buyrug‘i
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TRENERLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011 y., 30-son, 318-modda)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011 yil 22 iyulda 2247-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 y., 5-6-son, 147-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 5 apreldagi 96-son «O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005 y., 14-son, 104-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyati to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
2011 yil 9 iyunь,
484-son
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining
2011 yil 9 iyundagi 484-son buyrug‘iga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyati to‘g‘risidagi
NIZOM
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 y., 5-6-son, 147-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 5 apreldagi 96-son «O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005 y., 14-son, 104-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 sentyabrdagi 211-son «Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010 y., 38-son, 331-modda) qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida trenerlik, trener-o‘qituvchilik va trener-instruktorlik faoliyatini (bundan buyon matnda trenerlik faoliyati deb yuritiladi) amalga oshirish tartibi va yo‘nalishlarini belgilab beradi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatini olib borayotgan jismoniy shaxslar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yuritib kelayotgan tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ommaviy jismoniy tarbiya va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlari — sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot va tashviqot qilish, aholining keng qatlamini jismoniy tarbiya va sport vositalari hamda usullari orqali sog‘lomlashtirishga qaratilgan tadbirlar;
sport turi — odamning sport musobaqalariga o‘ziga xos tayyorlanishini tavsiflaydigan, musobaqalarni o‘tkazish va ularda qatnashish talablari, tartibi va shart-sharoitlari ularga muvofiq belgilanadigan o‘z qoidalariga ega bo‘lgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat turi;
sport turi bo‘yicha federatsiya (ittifoq, assotsiatsiya) — asosiy maqsadi o‘zining ustaviga binoan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan, fuqarolar bilan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport ishlarini amalga oshiruvchi, sport zaxiralarini tayyorlash va sport turi bo‘yicha Xalqaro va Osiyo federatsiyasi (ittifoq, assotsiatsiya) tomonidan o‘tkaziladigan barcha tadbir va musobaqalarda O‘zbekiston sportchilarini va mutaxassislarini taqdim etuvchi tashkilot;
sport turi bo‘yicha trener — yuqori malakali va ma’lum bir sport turi bo‘yicha bevosita sportchilar bilan o‘quv-mashq mashg‘ulotlarini olib boruvchi, ularni sport turi bo‘yicha sport musobaqalarida qatnashishga tayyorlovchi mutaxassis;
trener-instruktor — aholi o‘rtasida ommaviy jismoniy tarbiya va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi mutaxassis;
trenerlik faoliyati — aholini jismoniy tarbiya va sport vositalari yordamida sog‘lomlashtirish, sportchilarni sport turi bo‘yicha sport musobaqalarida qatnashishga o‘rgatish va tayyorlashga yo‘naltirilgan faoliyat;
sport turlari bo‘yicha trener-o‘qituvchi — maxsus sport-ta’lim muassasalarida sport turi bo‘yicha ta’lim dasturi asosida bevosita trenerlik malakaviy toifasiga muvofiq sport turidan ta’lim beruvchi va sportchilarni tayyorlovchi mutaxassis;
3. Quyidagi holatlarda trenerlik faoliyatini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tmagan shaxslar tomonidan trenerlik faoliyatini amalga oshirish;
belgilangan me’yor va talablarga javob bermaydigan sport jihozlari va anjomlaridan hamda sport kiyimlaridan foydalanish;
sport turlari bo‘yicha belgilangan me’yor va talablarga javob bermaydigan sport bino va inshootlarida, mashg‘ulotlarni olib borishda xavfsizlikni ta’minlay olmaydigan boshqa joylarda shug‘ullanish.
4. Trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan voyaga etmagan bolalar va o‘smirlar bilan jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib borish ularning qonuniy vakili yoki ularning o‘rnini bosuvchi boshqa shaxslar yoxud ular tarbiya olayotgan maxsus muassasaning roziligiga muvofiq amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasida xorijiy davlat mutaxassislari trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.
II. Trenerlik faoliyati
1-§. Trenerlik faoliyatining maqsad va vazifalari
6. Quyidagilar trenerlik faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi:
jismoniy tarbiya va sportni targ‘ibot qilish;
jismoniy tarbiya va sport vositalari yordamida aholini sog‘lomlashtirish;
sport zaxiralarini hamda xalqaro sport maydonlarida O‘zbekiston Respublikasi sporti sha’nini munosib himoya qila oladigan yuqori malakali sportchilarni tayyorlash;
kelgusida sport mahoratlarini takomillashtirish maqsadida istiqbolli va iqtidorli bolalar va o‘smirlarni saralab olish va sportda bo‘ladigan yo‘nalishlarini aniqlash.
7. Quyidagilar trenerlik faoliyatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
sportchilarni turli sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarda qatnashish uchun tayyorlash;
jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarni sport bo‘yicha tayyorlash va sog‘lomlashtirishda o‘quv-mashq mashg‘ulotlari jarayoniga ilg‘or ilmiy usullarni joriy qilish;
jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning bilim, qobiliyat va ko‘nikmasi sifatini, jismoniy rivojlanganligi va tayyorgarliklari darajasi ustidan nazoratni amalga oshirish;
olib borilayotgan mashg‘ulotlarning xavfsizligini ta’minlash va sanitariya normalari, qoidalari va gigiena normativlari talablariga rioya qilish;
jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan turli xil doping va taqiqlangan vositalarni qo‘llanilishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashish.
2-§. Trenerlik faoliyatini tashkil etish
8. Trenerlik faoliyati aholi orasida jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib borish va sportchilarni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan tibbiy tavsiyalar va boshqa hujjatlarda belgilangan sharoitlar, me’yorlar va talablarga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda chet elda o‘quv-mashq mashg‘ulotlari, o‘quv-mashq yig‘inlari va sport musobaqalari, ommaviy jismoniy tarbiya va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazilayotgan joylarda;
jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalarida, sport klublari va markazlarida, boshqa sport texnika tashkilotlarida, jismoniy tarbiya va sport jamoalarida;
o‘quv maskanlarida;
aholiga xizmat ko‘rsatadigan sport, sport-sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport-tomosha tashkilotlarida, alьpinist lagerlari, shaxmat-shashka klublari, o‘q otish maydonlari, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi seksiya va guruhlarda;
shaxsiy tartibda amalga oshiriladi.
9. Trenerlik faoliyati shartnoma asosida amalga oshiriladi.
10. Trenerlik faoliyati quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
individual (yakka) ish usuli shaklida;
guruhiy (brigada) ish usuli shaklida.
11. Trenerlik faoliyatini amalga oshirishda quyidagilar taqiqlanadi:
zo‘ravonlik, diniy ekstremizm va davlat tuzumi, mamlakatning tinchligi va xavfsizligi, uning aholisiga qarshi qaratilgan boshqa harakatlarni targ‘ibot qilish;
kamsituvchi munosabatda bo‘lish, shu jumladan milliy, diniy, jinsiy, siyosiy, madaniy, iqtisodiy va boshqa belgilar bo‘yicha kamsitish;
sport bilan shug‘ullanuvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish;
sportga aloqasi bo‘lmagan faoliyatni olib borish;
taqiqlangan vositalar, tamaki va alkogolь mahsulotlarini iste’mol qilishni targ‘ib qilish.
12. Sport va ommaviy tadbirlarda trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning ishtiroki, sport turi bo‘yicha tegishli xalqaro va milliy federatsiyalar, shuningdek ushbu tadbirlarni tashkil qiluvchi tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan reglament, nizom va boshqa hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
3-§. Sport turlari bo‘yicha trenerlik faoliyati
13. Sport zaxiralari va yuqori malakali sportchilarni tayyorlashga qaratilgan sport turlari bo‘yicha trenerlik va trener-o‘qituvchilik faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan sport turlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
14. Sport zaxiralari va yuqori malakali sportchilarni tayyorlashga qaratilgan sport turlari bo‘yicha trenerlik va trener-o‘qituvchilik faoliyati yosh toifasiga muvofiq katta yoshdagilar, yoshlar (yuniorlar), o‘smirlar va bolalar sport guruhlarida amalga oshiriladi.
15. Sport turi bo‘yicha trenerlik yoki trener-o‘qituvchilik faoliyati bilan quyidagi shaxslar shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yiladi:
jismoniy tarbiya bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan shaxslar;
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi», «Xizmat ko‘rsatgan sport ustasi» shuningdek xalqaro va boshqa sport unvonlariga ega bo‘lgan shaxslar;
tegishli malakaviy toifaga ega bo‘lgan shaxslar;
tibbiy ruxsatnoma va sug‘urta polisiga ega bo‘lgan shaxslar;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan shaxslar.
16. Respublika terma jamoasi darajasida sport turi bo‘yicha trenerlik yoki trener-o‘qituvchilik faoliyatini amalga oshirib kelayotgan shaxslarni lavozimga tayinlash va ozod etish sport turi bo‘yicha tegishli milliy federatsiyalar (ittifoqlar, assotsiatsiyalar) bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
17. Sport turi bo‘yicha trenerlik yoki trener-o‘qituvchilik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar quyidagi lavozimlarni egallab turishlari mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi sport turi bo‘yicha bosh treneri;
viloyat, shahar, ko‘ngilli, jismoniy tarbiya va sport jamoalari, tegishli terma jamoalar va boshqa tashkilotlardagi sport turi bo‘yicha katta trener;
bo‘linmalar, o‘quv-mashq guruhlari, sport turining tor sohalaridagi va tegishli terma jamoalardagi sport turi bo‘yicha katta trener;
sport turi bo‘yicha sportchi-instruktor.
4-§. Ommaviy jismoniy tarbiya va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlari sohasida trenerlik faoliyati
18. Ommaviy jismoniy tarbiya va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlari sohasida trenerlik faoliyati trener-instruktor tomonidan aholini sog‘lomlashtirish yo‘nalishida tibbiy moneliklar mavjud bo‘lmagan shug‘ullanuvchilarning yoshlaridan qat’i nazar jismoniy tarbiya vositalari va usullari yordamida sog‘lomlashtirish yo‘nalishidagi guruhlarda (salomatlik guruhlarida) amalga oshiriladi.
19. Ommaviy jismoniy tarbiya va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlari sohasida trener-instruktorlik faoliyati bilan quyidagi shaxslar shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yiladi:
jismoniy tarbiya bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega yoki maxsus kurslarni bitirgan shaxslar;
tibbiy ruxsatnoma va sug‘urta polisiga ega bo‘lgan shaxslar;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan shaxslar.
5-§. Trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari
20. Trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi hududida trenerlik faoliyatini amalga oshirish;
tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini o‘tash;
sport musobaqalari, ommaviy jismoniy tarbiya va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlari, anjumanlar, seminarlar, kurslar va yig‘inlarda ishtirok etish;
navbatdagi malakaviy trenerlik toifasini olish.
Trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
21. Trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar quyidagilarga majbur:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tish;
o‘z faoliyati jarayonida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarda vatanparvarlik, vatanga muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalashga, ularning sog‘ligini mustahkamlashga, sport mahoratini oshirishga, ularni axloqiy, ma’naviy tarbiyalashga alohida e’tibor qaratish;
o‘z faoliyatini trenerlik faoliyatiga qo‘yilgan talablarni belgilovchi reglament, nizomlar va boshqa hujjatlarga muvofiq amalga oshirish;
kasbiy malaka darajasini uzluksiz ravishda oshirib borish;
jismoniy tarbiya va sportni targ‘ibot qilish bo‘yicha faol ish olib borish;
yuksak madaniyat va tashkilotchilik bo‘yicha o‘rnak bo‘lish, shug‘ullanuvchilar tomonidan qo‘pollik, intizomsizlik va axloqiy me’yorlar buzilishining oldini olish.
Trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni o‘z zimmalariga olishlari mumkin.
III. Trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning malaka toifalari
22. Trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning malaka toifalari yagona sport klassifikatsiyasiga asosan quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi II toifali treneri;
O‘zbekiston Respublikasi I toifali treneri;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy toifali treneri;
Xalqaro toifali trener.
23. O‘zbekiston Respublikasi II va I toifali trenerlarning malaka toifalari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan, mutaxassislarning ish staji, faoliyatining sifati va mohiyatiga ko‘ra belgilangan shartlar, me’yorlar va talablarga muvofiq beriladi.
24. O‘zbekiston Respublikasi Oliy toifali trenerining malaka toifasi «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» yoki «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» unvonlari, xalqaro sport tashkilotlarining (Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi, sport turlari bo‘yicha xalqaro federatsiyalar (ittifoqlar, assotsiatsiyalar va boshqalar) oliy sovrinlari egasi bo‘lganligi uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida hissa qo‘shganligi uchun beriladi.
25. Xalqaro toifali trenerning malaka toifasi O‘zbekiston Respublikasida sport turi bo‘yicha trenerlar, trener-o‘qituvchilarga tegishli sport turi bo‘yicha xalqaro federatsiyalar (ittifoqlar, assotsiatsiyalar) tomonidan beriladi.
26. Ushbu Nizomning 22-bandida belgilangan malaka toifalari trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarga beriladi.
27. O‘zbekiston Respublikasi trenerlarining malaka toifalari va xalqaro trenerlik malaka toifalari jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yurituvchi barcha tashkilotlarda haqiqiydir.
IV. Hisob va hisobotni yuritish
28. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Sertifikatsiyalash va kompьyuterlashtirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
29. Trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar to‘g‘risidagi statistik hisobot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi.
30. Hisobot va boshqa hujjatlarda xalqaro toifali trener malaka toifasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy toifali trener malaka toifasiga tenglashtiriladi.
V. YAkuniy qoidalar
31. Ushbu Nizomda ko‘rsatilgan talablarning buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
32. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.


Download 242,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish