Diplomat - menejer. So‘nggi o‘n yilliklar davomida, ayniksa, keng yoyilgan menejerlik malakalari va ko‘nikmalari orasida bularning avvalo muzokaralar olib borish bilan bog‘lik xillarini tilga olib utish lozim. O‘rta va oliy bo‘g‘ugin menejerlari hozirgi kunda o‘zlarining ish vaqtlarini asosan odamlar bilan aloqalar bog‘lash va bu aloqalarni kengaytirishga, ish sohasidagi aloqalarni chuqurlashtirish, shartnomalar, bitimlar tuzish, hukumat bilan o‘rnatiladigan munosabatlarni yulga qo‘yishga sarflaydilar. Har xil vositachilik ishlarida menejerlarning ishtirok etishi tobora ko‘prok zarur bo‘lib koldi. Mana shularning hammasi uchun kishida alohida, ya’ni diplomatlarga xos qobiliyatlar bulishi kerak.
Etakchi - menejer. Zamonaviy menejer, menejerlik ishlaridan tashqari etakchilik ishlarini ham olib olib boradi. Bu aynan jismoniy tarbiya va sport menejmentida faol bo‘lib, unda sportchilarning faol dam olishlarini oqilona va mazmunli qilib tashkillashtirish bilan ham baholanadi. Menejment hususidagi Amerika nashriyotchilari «har bir menejer etakchi bo‘lishi lozim» degan ishorani allaqachon o‘rtaga tashlashgan. Menejerlik vazifasi bir ma’noni anglatmaydi. Bizda menejerlik vazifasi deyilar ekan, ko‘pincha biznesning moddiy tizimi faoliyatini kuvvatlab borish uchun zarur bo‘lganligi professional harakatlar tushuniladi. Bizda bu o‘tmishda kolgan. Biznesning insonga xos bulgan boshqa avlod tizimi ya’ni boshqarishining asosiy ob’ekti bu o‘rinda guyo chetda qolib ketgan. Lekin bu vazifani yaxshi uddalash uchun menejer odamlarni o‘ziga ergashtirib boish qobiliyatiga ega, ya’ni etakchi bo‘lishi lozim. Zamonaviy nuktai nazarga muvofik etakchilik funksiyalari ikki qismdan – professional-texnokratik va emotsional-shaxsga oid qismlardan tarkib topgan.
Murabbiy – menejer. Ishlab chiqarish jaryonlari murakkablashib borgani sayin hodimlarga kuyiladigan talablar ortadi. Bir tomondan xhodimlarning texnologik bilimlarini oshirish extiyoji paydo bulsa, ikkinchi tomondan ular xayot faoliyatining ma’naviy tomonlarini kamolotga etkazish zaruoriyati tug‘iladi.
Murakkablashib borayotgan texnika texnologiya mutaxassislarga uzluksiz kasb ta’limi berib borish zaruriyatini tugdirishi xech kimda shubxa uygotmaydi. Bu ravshan, shunga ko‘ra biz, ko‘p surishtirmasdan bu ish talaygina mablag‘larni sarflaymiz. Lekin hodimlarni ma’naviy tomondan kamolotga etkazish borasida biz sustkashlik kilmokdamiz va shuning uchun ishlab chiqarishda zarar ham kuramiz. Vaholanki hodimlarning yaxshi tarbiya ko‘rganligi yuksak ma’naviy ahloqqa ega ekanligi tarakkiyot cho‘qqisiga chiqqan iktisodiyotning mintaqadan mintaqaga o‘tib borishi uchun hal qiluvchi shart bo‘lib hisoblanadi.
Muvaffakiyat qozonishni muljallaydigan menejer hodimlarni odob-ahloq, his-hayajon tomonidan tarbiyalab borish barcha menejerlik ishlarining muhim tomonidir, degan tegishli xulosaga kelish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |