Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X. Sh. Kadirov ” ” 2022-yil boshlang’ich ta’limfakulteti “Jismoniy tarbiya va sport”kafedrasi



Download 242,21 Kb.
bet41/55
Sana05.02.2023
Hajmi242,21 Kb.
#908160
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55
Bog'liq
menejment

Sof joriy qiymat ba’zida iqtisodiy integral samara deb ham ataladi. Loyihani amalga oshirish vaqtida mahsulotsotishdan olingan umumiy daromaddan shu vaqt davrida ketgan barcha sarf-xarajatlar ayirmasiga sof joriy qiymat deyiladi.
Rentabellik foydaning kapital qo‘yilmalarga yoki aksi­oner kapitaliga nisbati shaklida aniqlanadi. Tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rentabellik har bir yilga hisoblab chiqiladi. Bu erda soliqlarxam hisobga olinadi.
Integral samaradorlikni nolga tenglashtiruvchi rentabellikning dastlabki sath mazmuni samaradorlikning ichki koeffitsienti deb hisoblanadi. Agar samaradorlikning ichki koeffitsienti dastlabki sath mazmunidan past bo‘lmasa, loyiha samarali deb hisoblanadi.
Kapital qo‘yilmalarning qaytarilish davri. Bu ko‘rsatkich kapital quyilmalarning o‘z-o‘zini qoplash muddati sifatida amalda keng qo‘llaniladi. Bu davrda funksional-ma’muriy zararlar hisobdan chiqarilgandan keyin asosiy kapital qo‘yilmalar qoplanadi.
Pulning maksimal sarf-xarajati. Bu sof joriy qiymatning eng katta salbiy moliyalashtirish o‘lchamlarini aks ettiradi va barcha sarf-xarajatlarni qoplash manbalari bilan bog‘lanishi lozim.
Zararsizlik me’yorlari. Bu ishlab chiqarilayotgan mahsulot partiyalarining minimal o‘lchovi bo‘lib, «nol daromad» oli­nadi, ya’ni sotuvdan kelgan daromad ishlab chiqarishdagi xarajatga teng bo‘ladi.
G‘arb mamlakatlari banklaridan kredit olishda biznes-rejaning boshqacha tuzilmasi qo‘llaniladi. Bu holatda biznes-reja quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
1. Kirish va umumiy ma’lumot. Bu bo‘limda yuridik shakl ko‘rsatiladi, korxona faoliyati tarixi va muhim tadbirlarning kisqacha ta’rifi beriladi.
2.Korxona faoliyatini baholash. Bu erda korxonaning ba’zi muhim xususiyatlari ko‘rsatiladi, ya’ni uning bozorda egallagan o‘rni, mavqei, sotuv tizimi va boshqalar.
3.Mahsulotni va sotish bozorini ta’riflash.
4.Tadqiqotlar va ishlab chiqishlar. Bu bo‘limda tadqiqotlar, dasturlar va tashabbuslarning asosiy yo‘nalishlari aks ettiriladi.
5.Korxonaning ishlab chiqarish quvvati. Korxo­naning ishlab chiqarish holati, ishlab chiqarish quvvatlarining holati ta’riflanadi.
6.Xodimlar va mehnat munosabatlari.
7.Tashkil etish va boshqarish. Umumiy-tashkiliy ko‘rsatkichlardan tashqari, oliy lavozimli shaxslar va rahbar xodimlarining qisqacha biografik ma’lumotlari beriladi.
8.YUridik ma’lumotlar. Ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq o‘tmishdagi va hozirgi sud va arbitraj ishlari qisqa­cha ta’riflanadi.
9.Moliyaviy ma’lumotlar. Keyingi 5 yil ichidagi moliyaviy hisobotlar ko‘rib chiqiladi. 5 yillik istiqbolli moliyaviyahvol ta’riflanadi.
10.Likvidlik. Qarzlar, aylanma mablag‘lar holatining tahlili, kompaniyaning soliqlari, qarzlari ko‘rsatiladi.

        1. SHartnomalar. Korxonada ishtirok etgan barcha shartnoma va bitimlar ta’rifi beriladi.

        2. Buxgalteriyaning boshqa hisob-kitoblari. Ro‘yxatga olinmagan mulk (kvartira, mehmonxona, shifoxona, profi­laktoriy va boshqalar)ning qisqacha bayoni beriladi.

SHu bilan birga kutilmagan sarf-xarajatlar uchun muayyan mablag‘larni ajratib qo‘yish kerak. Agar korxona jamoasi harakatda bo‘lsa, unda oxirgi ikki-uch yil ichidagi daromad va zararlar haqida balansli hisobotni va bugungi holati haqidagi ma’lumotni taqdim etish lozim.
Ko‘rsatilgan beshta bo‘lim uchun 11 yordamchi shakl tuziladi.
1-shakl. Zayom olish uchun berilgan arizaning maqsadi va uning asoslanishi.
2-shakl. SHaxsiy moliyaviy deklaratsiya.
3-shakl. Korxonaning batafsil ta’rifi.
4-shakl. Bozorning tahlili.
5-shakl. Raqobatchilar.
6-shakl. Korxonaning joylashtirilishi.
7-shakl. Korxonaning ishchilari.
8-shakl. Boshqaruv.
9-shakl. Tashkil etilayotgan yoki kengaytirilayotgan korxona uchun moliyaviy ma’lumot.
10-shakl. Harakatdagi korxonani sotib olish uchun moliyaviy ma’lumot.
11-shakl. Rahbar uchun qiskacha xulosa.


Qator chet el mualliflari biznes-rejaning rasmiylashtirilishi shakliga e’tiborni qaratmoqdalar. Qog‘oz, papka, yozuv, varaqlarning sifati, ya’ni tashqi ko‘rinishi hujjatni o‘kiyotganda ma’lum taassurot qoldirishi mumkin. Xatosiz, toza yozilgan hujjat ishonch va hurmat uyg‘otadi.
G.Berl AQSH turli shtatlarining to‘qqiz rayonlari tadbirkor boshqaruvchilarining tresti hisoblanmish ishbilarmonlar forumi ma’qullagan namunali biznes-rejaning ta’rifini keltiradi. Bu quyidagilardan iborat:Hajmi 40 betgacha.Spiral mahkamlagich bilan mahkamlangan. Muqovadakompaniyaning nomi yozilgan. Titul varag‘ida esa kompaniyaning nomi va manzili yozilgan. Reja ikki betdayozilgan kompaniyaning bugungi operatsiyalari va rejalari haqidagi qisqacha axborotdan boshlanadi. Bo‘linmalarning nomlari ilova qilingan. Matnda etakchi xodim va investorlar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.
Buxgalteriya hisoboti bo‘yicha maslahatchilarning va yurist-konsulьtantlarning taqrizlari keltiriladi.
Biznes-rejani ishlab chiqishda undagi bo‘limlar ta’rifi qisqa, tushunarli bo‘lishiga alohida e’tibor berish lozim. CHunki bular biznes-rejaga qiziquvchi shaxs yoki bank xodimining undagi materiallarni o‘qish-o‘qimasligini belgilab beradi. Xulosa qisqa bo‘lib, biznes-rejaning barcha bo‘limlarini qamrab olishi lozim. Xulosada quyidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lishi tavsiya etiladi:
- korxonaning nomi, uning yuridik manzili;
- aloqa qilish uchun shaxs, uning telefoni;
- biznesning turi;
- kerakli zayom;
- zayomning maqsadi;
- mavjud aktivlar;
- mahsulot va bozor (mahsulotning qisqacha ta’rifi, uningreal sotish imkoniyatlari);
- boshqaruv (asosiy mulk egasi va uning yordamchilarining ta’rifi);
- moliyaviy rejalar;
- sotish va daromad hajmining o‘sish imkoniyatlari ko‘rsatiladi.

Download 242,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish