"tasdiqlayman" O‘quv ishlari bo`yicha prorektor



Download 2,39 Mb.
bet24/152
Sana27.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#711700
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   152
Bog'liq
05.10.21y

Metodik usullar:
- Namoyish (ko‘rgazmali, obektiv – tajriba, amaliy va aqliy harakatni namoyish etish, hokazolar);
-Topshiriq berish;
-Masalani o‘rganish;
-Yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish;
Har bir metod ma’lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo‘lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin.
Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi:

  1. didaktik maqsad asosida;

  2. ta’lim mazmuni asosida;

  3. o‘quvchilarning o‘quv ko‘nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida;

  4. o‘qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.

O‘qituvchi tomonidan qo‘llanilayotgan ta’lim metodlari majmuasi boshlang‘ich sinflardan yuqori sinflarga o‘tish asosida o‘zgarib hamda murakkab xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo‘llash chastotasi oshsa, ayrim metodlarni qo‘llashga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi. Ta’lim metodlaridan foydalanish ko‘lami, holati o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati darajasiga bog‘liq holda o‘zgaradi.
Didaktikada munozaralarga sabab bo‘layotgan yana bir muhim obyekt ta’lim metodlarining tasnifidir. «Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari bo‘yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o‘nlab ta’lim metodlari ma’lum», - ekanligini ta’kidlagan holda I.P.Podlasiy fikrini quyidagicha davom ettiradi, - «Biroq bugungi kunda yetakchi sanaluvchi didaktik g‘oya yagona va o‘zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga yordam beradi. O‘qitish – favqulodda harakatchan, dialektik jarayon. Metodlar tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo‘shqin bo‘lishi, metodlarni qo‘llash amaliyotidagi doimiy o‘zgarishlarni hisobga olishi kerak»1.
Ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib kelinmoqda. Biroq tadqiqotlar soni ko‘p bo‘lsada, bu borada yagona to‘xtamga kelinmagan. Ushbu o‘rinda ta’lim amaliyotida qo‘llanilib kelayotgan metodlar tizimi (tasnifi)ga to‘xtalib o‘tamiz.
Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo‘yicha tizimlashtiriladi2. Masalan:

  1. Bilimlarni egallash metodlari.

  2. Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish metodlari.

  3. Bilimlarni qo‘llash metodlari.

  4. Nazorat (bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va tekshirish) metodlari

2.Milliy g'oya, ma’naviyat asoslari darslarini tashkil etishda va boshqarishning samaradorligini oshirishda metodlarning o‘rni.


Keltirilgan tasnif «bilimlar manbai» bo‘yicha tizimlashtirilgan metodlar – og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarni u yoki bu darajada o‘zida mujassamlashtiradi.
O‘qitishning og’zaki usullari uch turga: o‘qituvchining hikoyasi, suhbat va maktab ma’ruzasiga ajratiladi.O‘quv materiallarini og’zaki bayon qilish usuli, uning hikoya qilish, tushuntirish va maktab ma’ruzasi kabi turlari quyidagi bir qator didaktik qoida va talablarga asosan qo‘llaniladi.
1.Bayon qilinayotgan materiallar g‘oyaviy jihatdan mazmunli, ilmiy hamda nazariyani amaliyot bilan bog’lashga qaratilgan bo‘lishi kerak.
2.Bayon qilinayotgan materiallarning tarbiyaviy ahamiyatini to‘g‘ri belgilash orqali o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir kursatish vositalarini aniqlash va amalga oshirish lozim.
3.Bayon qilishda o‘qituvchining nutqi yagona manba hisoblanadi, uning ravon, tushunarli bo‘lishi hal qiluvchi omildir. Shuning uchun ham muallim o‘quv materialini his-tuyg’uli ifoda qilib berishi ham nihoyatda katta ahamiyatga egadir.
4.Bayon qilish jarayonida o‘qituvchi tomonidan ishlatilgan ta’riflar, qoida va qonunlar kitob matnidan farq qilgan hollarda o‘qituvchi ko’rsatgan ta’riflar yozib olinishi kerak.
Suhbat. O‘quvchilar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni: ular e’tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va tajribani safarbar qilish, savolga oid obyektlarni o‘zaro taqqoslash, puxta o‘ylash va savollarga to‘g‘ri javob tayyorlashdan iborat.O‘qituvchining rahbarligi: mavzuni qo‘yish, savollarni ifodalash, berilgan javoblarni tuzatish, to‘ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo‘ladi. Suhbat metodi yordamida bilimlarni o‘zlashtirishda o‘quvchilar mavjud bilimlari va tajribalariga tayanadilar.
Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni anglash, ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi). Bilimlarni o‘zlashtirish manbai bo‘lib bosma matn xizmat qiladi. O‘qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash, o‘quvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o‘rgatish, o‘zlashtirilgan bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko‘rinishlarda aks etadi.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish