Ko‘rgazmali metod namoyish etish, tasvirlash, kuzatuv, ekskursiya kabi shakllarda amalga oshiriladi;Ko‘rgazmalilik — O‘quvchilarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda,huquq ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ijtimoiy pedagogik tamoyillaridan biridir. Chunki ko‘rgazmalilik huquqiy ta’limning ta’sirchanligi, tushunarli, obrazli bo‘lishiga xizmat qiladi.
O‘qitishning ko’rgazmali usullari ikki turda bo‘ladi:
1.Aslicha ko’rsatilishi mumkin bo‘lgan buyum va narsalar: o’simliklar va ularning tarkibi, hayvonlar, ma’danlar, kolleksiyalar, asbob va mashinalar, modellar va hokazo.
2. Tasviriy ko’rgazmali materiallar. Tasviriy-ko’rgazmali materiallar ham mazmuni va tuzilish shakliga karab ikki turga bo‘linadi:
a) buyum, narsa, hodisa va voqealarning tasvirini ifodalovchi materiallar - rasm, surat, fotosurat, diafilm, kinofilmlar va hokazo;
b) buyum, narsa, hodisa va voqealarning biror shartli belgisi orqali ifodalangan simvolik va sxematik tasviriy materiallar - jugrofiya va tarix kartalari, chizmalar, jadvallar va diagrammalar.
Tasviriy-ko’rgazmali materiallarning har ikkala turi - illyustratsiya materiallari deb ham yuritiladi. Ko‘rgazmali vositalarda milliy bilimlarning talqini beriladi. Ko‘rgazmali vositalar (surat, plakat, reklama roliklari, kompyuter imitatsion modeli (animatsiya) va boshqalar) kechayu-kunduz, yozu-qish “ishlaydi”..
Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda targ‘ibot-tashviqot qilish orqali o‘quvchi yoshlarni milliy g‘oyani bilishga, o‘quvchilardamilliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini shakllantirish imkoniyatlari namoyon qilinadi.
Multimediali elektron qo‘llanma ko‘rinishida Vatanimiz ravnaqi, yurtimizning obodtili, turli xil mafkuraviy tahdidlardan ogoh bo‘lish, hamda ushbu sohadagi islohotlarni ekran orqali ko‘rsatish, tushuntirish o‘quvchilavrning mafkuraviy immunitetni shakllantirishga, ularning milliy g‘oya fani bo‘yicha bilimlarini yuksakltirishga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
O‘quvchilarning o‘quv predmetlari bo‘yicha o‘zlashtirish holati va hodisalarni kuzata borib, turli fan o‘qituvchilarining ko‘rsatmalari bo‘yicha ularni qismlarga taqsimlab har bir o‘quvchining o‘ziga xos, o‘xshash va muhim jihatlarini aniqlashga yo‘naltiriladi. Bilimlarni o‘zlashtirish manbai bo‘lib muayyan predmet (yoki jarayon), tajriba, model, haritalar xizmat qiladi. O‘qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini belgilash, uni ma’lum shaxs zimmasiga yuklash, obyektni belgilash, umumiy rahbarlikni olib borish, qismlarga ajratish, asosiylarini aniqlash va umumlashtirishdan iboratdir.
Ekskursiya shaklidagi dars usuli o‘ziga xos jarayon bo‘lib, ekskursiyaning muvaffaqiyatli chiqishi uni o‘tkazish uchun ko‘rilgan tayyorgarlikka bog‘liq. Ekskursiya o‘quvchilarni reja bilan tanishtirish hamda obyekt ustida qisqacha ma’lumot berish bilan boshlanadi. Ekskursiya quyidagi tuzilishda olib boriladi.
Ekskursiya haqida ekskursiyavodning dastlabki kirish suhbati.
Marshrut bo‘yicha obyektni kuzatish.
Ekskursiyalar davomida kerakli materiallarni to‘plash.
Ekskursiyani yakunlash.
Milliy g'oya, ma’naviyat asoslari va huquq darslarida “Ma’naviyatvama’rifat” markazlariga, “Ma’rifat” maydonlariga, Tarixiy muzeylarga ekskursiya shaklida amalga oshirish mumkin.
3. Amaliy mashg‘ulotlar talaba va o‘quvchilarga mashq bajartirish, laborotoriya ishlarini amalga oshirish,amaliy mashqlarni bajarish kabi shakllarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |