Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha prorektor


O‘zbekistonda jahon global moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qarshi ko‘rilgan va ko‘rilayotgan chora tadbirlar va ularning natijalari



Download 0,71 Mb.
bet59/115
Sana11.03.2022
Hajmi0,71 Mb.
#490472
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   115
Bog'liq
МАЖМУА ГЛОБАЛЛАШУВ 2021

O‘zbekistonda jahon global moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qarshi ko‘rilgan va ko‘rilayotgan chora tadbirlar va ularning natijalari.
1.O‘zbekistonda global moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi. (2009-2012 yy). Bu dastur hozir ham davom etmoqda.
2.Bank tizimini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish-O‘zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo‘li deb qaralmoqda.
3 O‘zbekistonda 2005-2015 yilarda (keyingi 10 yilda) YAIMning o‘sish sur’atlari barqaror ravishda yiliga 8 foizdan yuqori bo‘lib kelmoqda.
4.O‘zbekistonda ishlab chiqarish va sanoat jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda, uning tarkibi tubdan yangilanmoqda, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar ishga tushirilib, ishlab chiqarish modernizatsiya va diversifikatsiya qilinmoqda, iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligi oshmoqda.
5.Mamlakatimiz shahar va qishloqlari qiyofasi tanib bo‘lmas darajada o‘zgarmoqda, aholining turmush darajasi o‘smoqda.
6.Istiqlol yillarida O‘zbekiston xalqining (31,5 mln aholi) o‘rtacha yoshi 67 yoshdan 73 yoshga erkaklarniki, 75 yoshga ayollarniki o‘sdi.
7.Keyingi besh yilda mamlakatimizda 5 mln yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Ma’naviyat maslasi Vatanimiz mustaqillikka erishgan kunlaridanoq mamlakatimiz rahbariyati tomonidan xalqimiz diqqat markaziga qo‘yib kelinayotgan eng jiddiy muammolardan biridir. Zero, “Biron bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarni, odamlar ongida ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib, o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi”. Faqat shu mavzuga maxsus bag‘ishlangan “YUksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarining yozilishi esa masalaning nafaqat jiddiy va dolzarbligini ko‘rsatadi. Asar muammoning nafaqat respublikamiz xalqi, balki butun insoniyat oldida turgan eng muhim muammo ekanini teran anglash, bugungi kunda nafaqat alohida davlat mafkurasining tub asosini tashkil etadigan alohida inson va jamiyat dunyoqarashining shakllanishida kalit rolini o‘ynaydigan, balki so‘nggi o‘n yilliklarda butun jahon madaniyati va sivilizatsiyasi hayotida ham dolzarb o‘ringa chiqqan muammo ekaniga e’tiborni qaratdi.
SHuning uchun ushbu xodisani har taraflama va chuqur o‘rganish, uning ildiziga alohida e’tibor berish zaruriyati vujudga keldi.
Mazkur muammoning benihoya dolzarbligi yashayotgan davrimizning o‘ziga xosligi bilan, ya’ni globallashuv jarayoni bilan uzviy bog‘liqdir.
Prezident I.A.Karimovning “YUksak ma’naviyat-engilmas kuch” nomli kitobida odamzod uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo‘lib kelgan ma’naviyatning ma’no-mazmuni, uning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, bu murakkab va serqirra tushunchaning nazariy va amaliy tomonlari har tomonlama keng qamrovli fikr va xulosalar orqali tahlil etiladi.
Bugungi murakkab globallashuv davrini ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va yuksaltirish, ayniqsa yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g‘oya va mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Hozirgi kunda ma’naviyatimizni asrash uchun unga tahdid solayotgan xurujlarga qarshi turish uchun, shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o‘zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug‘ ajdodlarimizning merosini chuqur o‘zlashtirishning, bugungi tez o‘zgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab, mustaqil fikrlashi va diyoramizdagi barcha o‘zgarishlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashi zarur.
Ana shunday noyob insoniy fazilatlarga, yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan xalq hech qachon qaram bo‘lmaydi, o‘zining ezgu maqsadlariga albatta etadi.
Ma’naviyat-insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”.
“Ma’naviyat” tushunchasi jamiyat hayotidagi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va ahloqiy qarashlarni o‘zida to‘la mujassam etadi. Ma’naviyat serqirra. Keng qamrovli chuqur ma’no va mazmunga ega bo‘lgan tushuncha bo‘lib, uning o‘nlab talqinlari mavjud. Arabchadan olingan bu so‘z “Ma’no”, “Ruhiy holat”, “Nur”, “YOrug‘lik” degan ma’nolarni bildiradi. Falsafiy ma’noda ma’naviyat insondagi bilim, kasb-hunar, iymon, e’tiqod, ahloq-odob, vijdon, halollik, poklik, or-nomus, vatanparvarlik, fidoyilik hamda o‘zlikni anglash, adabiy va madaniy saviya, musiqiy tarbiya va boshqa ijobiy fazilatlar majmuidir.
Ma’naviyatning negizini yuksak insoniy fazilatlar, ya’ni Vatanga mehr-muhabbat, burchga sadoqat, mustaqillik ruhi, o‘zligini anglash, xalqimizning boy madaniy va tarixiy merosi, milliy udum va an’analariga, shuningdek, umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan izzat-hurmat,ehtirom tashkil etadi. Mustaqillik bergan eng buyuk boylik xalqimizning ma’naviy erkinligi bo‘ladi. Bu esa xalqimizning boy milliy madaniy merosini xolisona va batafsil o‘rganish, uni idrok eta olish hamda yosh avlodga asrab-avaylab etkazish imkonini tug‘diradi.
Ma’naviyatning qudratli kuchi shundaki, u insonlarni yagona maqsad sari etaklaydi, ularning inoqligini, hamjihatligini mustahkamlaydi, jamiyatni turli illatlardan tozalaydi, odamlarni soflikka, poklikka, insof-iymonga undaydi, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi. SHuning uchun mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq, mamlakatimizda ma’naviyatni yuksaltirishga katta e’tibor berilmoqda.
Prezidentimiz I.A.Karimov 1992 yildayoq: “Oldin odamlarga moddiy boylik berish, so‘ngra ma’naviyat to‘g‘risida o‘ylash kerak deganlar haq bo‘lmasalar kerak. Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo‘q joyda hech qachon baxt-saodat bo‘lmaydi. YUksak ma’naviyat kelajak poydevoridir”,-deb ta’kidlangan edi.
1994 yil 23 aprelda “Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tuzish to‘g‘risida”, 1996 yil 9 sentyabrda “Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida”, 1999 yil 3 sentyabrda “Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” Prezident farmonlari, 2006 yil 25avgustda “Milliy g‘oya targ‘iboti, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi prezident qarori, qabul qilindi.
YUksak ma’naviyat jumlasiga, mustaqillik mohiyatini, Vatan istiqbolini chuqurroq anglash bilan bog‘liq bo‘lgan milliy ong, mamlakat, millat oldidagi burch va ma’suliyatni his qilish, vatanparvarlik, millatparvarlik, milliy iftixor tuyg‘usi, ona tiliga xurmat, uni rivojlantirish va hayotning barcha sohalarida kengroq qo‘llanish imkoniyatlarini izlash kiradi. Ayni paytda Vatanni sevish va undan uzoqlashishni og‘ir judolik deb bilish, tabiatni muhofaza qilish, demografik jarayonlarga oqilona yondashish, har qanday sharoitda ham ona yurt manfaatini himoya qilish, sharqona ahloqiy-huquqiy zaminga asoslangan demokratiya, vijdon erkinligi mezoniga rioya qilish, ijtimoiy adolatning milliy, umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lanib ketgan qoidalariga tayanish har qanday sharoitda ham umummilliy manfaatlar ustivorligini sezish va uni adolatli himoya etish ham shular jumlasiga kiradi.
Ahloq-odob borasidagi milliy, umuminsoniy, diniy qadriyatlarga rioya etish, iymonli, insofli, vijdonli, halol bo‘lish, o‘z manfaati uchun mehnat qilganda, davlat, millat, boshqa shaxslar manfaatini ham unutmaslik, insonni ulug‘lash va uning manfaatini hamma narsadan ustun qo‘yish, xalq bilan hamnafas bo‘lish, xayr-sahovat, mehr-muruvvat, rahm-shafqat singari milliy-ahloqiy qadriyatlarga amal qilish jamiyatda osoyishtalik va tinchlik, ahillik va totuvlikning qaror topishiga hissa qo‘shishdir.
Ma’naviyat barqaror bo‘lmagan joyda moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish madaniyati ham yuksak bo‘lmaydi. Faqat qorin to‘yishini, yaxshi kiyinishni, boylik orttirishni o‘ylagan odamning yuksak ma’naviyat sohibi bo‘lishi qiyin.
Ma’naviyati qashshoq bo‘lgan odam to‘q, farovon, madaniy turmush kechirish me’yorlarini ham bilmaydi. Etuk ma’naviyat, ijodiy-aqliy salohiyat sohibi bo‘lgan kishilargina kelajakni ko‘rishga, og‘ir sharoitda ham yuksak maqsadni oldiga qo‘yib, unga iymon va e’tiqod bilan intilishga qodir bo‘ladilar. Etuk ma’naviyatga tayanibgina jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlarni anglash, ularni amalga oshirish yo‘lida mexnat qilish mumkin.
YAponlar ikkinchi jahon urushidan keyingi og‘ir sharoitda, “oldin xalqning miyasini to‘ydirish kerak, shundan keyin uning qorni ham to‘yadi”, degan umummilliy shiorga asoslanib, ish ko‘rdilar. Ular mamlakat tarixidagi og‘ir, murakkab sharoitda xalqning bilimi, ahloqi, milliy burch va mas’uliyati, vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirdilar. Vatan va millat oldidagi o‘z burcha va qarzini anglagan xalq tez vaqt ichida mamlakatni dunyodagi eng rivojlangan davlatlardan biriga aylantirdi.
O‘ziga ortiqcha bino qo‘yish, ortiqcha baho berish hamma vaqt shaxs hayotini ham, millat taqdirini ham inqirozga olib keladi. Milliy kibr, o‘zga millatlarni mensimaslik, kamsitish oxir- oqibat millatlararo nizolarning kuchayishiga sabab bo‘ladi.
Ma’naviy barkamol ahloqiy etuk, har tomonlama kamolatga etgan aholi yashayotgan jamiyat ham, davlat ham fayzli bo‘ladi.
CHinakam sivilizatsiyalashgan bozor munosabatlari, bozor vositalari faqat yuksak ma’naviyat negizida, yuksak ahloqlilik va vatanparvarlik negizlarida barpo etilishi mumkin.
Ma’naviy qashshoqlik bilan hech qachon millat iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotga erisha olmaydi. Ma’naviyat har qanday taraqqiyot uchun manba bo‘lib xizmat qiladi.
CHunki ma’naviyat qancha yuksak bo‘lsa, qilinadigan ishlarning samaradorligi va unumi ham shu darajada yuksak bo‘ladi. Ma’naviyat orqali inson va millat qilinayotgan ishlarning mazmunini va mohiyatini aniq tushunib etadi, o‘z mehnatini quvonch hamda taraqqiyot omiliga aylantirishga erishadi.
SHuning uchun ham ma’naviyatni yuksaltirish eng muhim ustuvor vazifa qilib qo‘yilgan.
“Ma’naviy boylik moddiy boylikdan ming karra ustundir”,-deydi I.Karimov.
Ma’naviyat qancha yuksak bo‘lsa, inson qalbida johillik, yovuzlik, xudbinlik, yalqovlik kabi salbiy illatlarga o‘rin qolmaydi, uning o‘rnida yoshlarimiz ongida vatanparvarlik, yaratuvchanlik tuyg‘ulari yuksak darajaga ko‘tariladi, o‘zaro munosabatlarda samimiylik, birdamlik, mehr-oqibat, e’tiqod, iymon, mas’uliyat va boshqa bir qator ijobiy fazilatlar xalqimiz turmush tarzining ajralmas boyligi darajasida yana ham mustahkam o‘rni olib boraveradi.
“Jamiyatni ma’naviy yangilashdan bosh maqsad-yurt tinchligi. Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish va komil insonni tarbiyalash ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik kabi ko‘p-ko‘p muhim masalalardan iborat”. Globallashuvning faqatgina eng asosiy jihatlari va yo‘nalishlarini ham qamrab olish qiyin. SHuning uchun mazkur bo‘limda globallashuv milliy ma’naviyatga o‘tkazayotgan va o‘tkazishi mumkin bo‘lgan ta’sir haqida fikr yuritamiz, xolos.
Ma’naviyatni ham bir uyga to‘plangan boylikka qiyoslasak, tashqaridan kirayotgan shamol uy ichidagi narsalarni ostin-ustin qilib tashlashini hech bir xonadon sohibi istamaydi. Xuddi shu kabi biz ham yot g‘oyalar, oqimlar va mafkuralar ma’naviyatimizga vayronkor ta’sir o‘tkazishiga qarshi himoya choralari ko‘rishimiz tabiiy. CHetdan o‘tkaziladigan mafkuraviy ta’sirga qarshi himoya choralari ko‘rishdan avval qanday ta’sirlarni ma’qullash lozimu, qandaylarini rad etish kerakligini aniqlab olish lozim. ²ozirgi kunda birorta ham milliy ma’naviyat yo‘qki, u boshqa xalqlar ma’naviyatidan to‘la ihotalangan bo‘lsa. ²atto, Avstraliya chakalakzorlari, Afrika savannalari va Janubiy Amerika changalzorlarida turmush kechirayotgan qabilalar ham qo‘shni qabilalar va zamonaviy tamaddun ta’sirini o‘zida his qilib turadi. ªolaversa tarixni tahlil qilish boshqa xalqlar ma’naviyatidan bahramand bo‘lgan xalqlar ma’naviyati yuksakliklarga ko‘tarilgandan guvohlik beradi.
O‘rta Osiyo xalqlari madaniyati va ma’naviyati ham SHarq va g‘arbni tutashtirgan karvon yo‘llarida joylashgani sababli ham SHarq, ham g‘arb madaniyatidan bahramand bo‘lgan. Muhimi shundaki, xalqimiz g‘arb va SHarq ma’naviyatidan bahramand bo‘lib ularning ijobiy tomonlarini o‘zlashtiribgina qolmay, ularga ijodiy yondashib yangi cho‘qqilarga ko‘tarishdi. Bu fikrning tasdig‘ini ma’naviyatning tarkibiy qismlari bo‘lgan ilmiy bilimlar, diniy e’tiqod, san’at misolida ham ko‘rish mumkin. Faqat Vatanimiz emas, umumjahon madaniyati tarixidan mustahkam o‘rin egallagan allomalarimiz ijodi ham shu fikrni tasdiqlaydi. Masalan, ana shunday ajdodlarimizdan biri Abu Rayhon Beruniy Xitoy va ²indiston, YUnoniston va Rim falsafasini, tabiiy fanlarini chuqur o‘zlashtirgan edi. ²indistonda bo‘lgan paytida u hind fani va madaniyatini o‘rganar ekan, qadimgi manbalarni o‘rganish uchun qadimgi hind tili-sankritni bilish lozimligini anglaydi. U sanskritni o‘rganishga kirishadi va qisqa fursatda uni chuqur o‘zlashtiradi. Endi qadimgi hind madaniyati va fanini asl manbalardan o‘rgana boshlaydi. U shuningdek, yunon va Rim madaniyati va fanini o‘rganish uchun yunon va lotin hamda qadimgi yahudiy tillarini o‘zlashtirgan edi.
Jahon madaniyati tarixida chuqur iz qoldirgan Abu Nasr Forobiy ham o‘nlab tillarni bilgan va o‘nlab xalqlar madaniyati va ma’naviyatini chuqur o‘rgangan. Bunday misollarni juda ko‘plab keltirish mumkin. Eng muhim jihati shundaki, o‘sha buyuk ajdodlarimiz jahon xalqlari ma’naviyatini o‘rganibgina qolmay, ularni chuqur tahlil qilishdi, tegishli joylarini rivojlantirib olamshumul kashfiyotlarni ochishdi.
Ajdodlarimiz tarixi jahon xalqlari ma’naviyatiga hurmat bilan qarash, kerakli joylarini o‘rganib, ijodiy rivojlantirish orqaligina ma’naviyat cho‘qqisiga erishish mumkinligidan guvohlik beradi. Bizga ta’sir o‘tkazayotgan yoki ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘layotgan g‘oyalarning qay birini qabul qilish va qay birini rad etish lozimligini aniqlash uchun jiddiy tahlil lozim. Ana shunday tahlilni o‘tkazish uchun esa ba’zan erinchoqligimiz, ba’zan uquvsizligimiz xalaqit bermoqda. Buning oqibatida esa qabul qilish bo‘lgan g‘oyalarni rad etish va rad etish lozim bo‘lgan g‘oyalarni qabul qilish hollari ham uchrab turibdi.
SHunday g‘oyalar borki, ular ochiq chehra bilan eshigimizni taqillatib, kirib keladi. SHunday g‘oyalar ham borki, ular «o‘g‘ri» kabi tuynuk qidiradi.
Eshik qoqib keladigan g‘oyalar milliy ma’naviyatni boyitishga, rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu umuminsoniy ezgu-g‘oyalardir. CHunki, milliy ma’naviyatlar o‘zaro ta’sir jarayonida rivojlanadi. ²ar qanday xalq ma’naviyati rivojiga nazar tashlansa uning boshqa xalqlar udum va an’analarini qanchalik o‘zlashtirib va rivojlantirib borganini ko‘rish mumkin.
O‘zbek milliy ma’naviyati ham uzoq va yaqindagi qo‘shnilarning ilg‘or an’analarini o‘zlashtirish natijasida boyib bordi. Ma’naviyatimizning rivojlanish tarixini kuzatsak, bunga yana bir bor ishonch hosil qilish mukin. XX asr boshlaridagi o‘zbek madaniyati va ma’naviyati va uning asr oxiridagi holati o‘rtasida ancha jiddiy tafovut bor. Bu tafovutni adabiyot, san’at, fan, hatto oddiy yurish-turish va kiyim-kechak, turmush sohalarida ham kuzatish mumkin.
XX asr boshida o‘zbek adabiyotida dramaturgiya janri hali shakllanmagan edi. Demak milliy teatr san’ati to‘g‘risida so‘z ham yuritish mumkin emas edi. Munavvar qori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Fitrat singari ma’rifatparvarlarning sa’y-harakatlari tufayli dramaturgiya shakllana boshladi va keyinroq teatr san’ati vujudga keldi. o‘sha paytlarda teatr san’atini o‘zbek millati uchun yot, begona g‘oya deb e’lon qilganlar oz emas edi. Dramaturgiya va teatrni rad qilish faqat dahanaki tanqid bilan chegaralanmagan. San’atning bu turlarini o‘zbekistonga olib kirishga harakat qilayotgan insonlarni mazax qilish, masxaralash, hatto sazoyi qilish o‘zlarini milliy ma’naviyat himoyachilari, deyuvchilar tomonidan amalga oshirilgan edi. ²amma narsa uchun oliy hakam hisoblanadigan vaqt esa, teatr san’ati milliy ruhiyatimiz va ma’naviyatimizga yot, deyuvchilarning o‘zlari milliy ma’naviyat rivojiga g‘ov bo‘lganini ko‘rsatdi. ²ozirgi kunda har million kishiga hisoblaganda teatrlar soni bo‘yicha o‘zbekiston dunyodagi eng ilg‘or o‘rinlardan birini egallaydi va teatr milliy ma’naviyatimizning uzviy qismiga aylangan.
Milliy kiyimlar ham milliy qadriyatlardan biri hisoblanadi. XX asr davomida ana shu qadriyatimizning ham tadrijini kuzatsak, g‘aroyib hodisalarning guvohi bo‘lamiz. o‘tgan asr boshlarida mahalliy erkaklarning qishki kiyimi telpak yoki etikdan iborat edi. YOzgi kiyim esa do‘ppi, ko‘ylak yoki yaktak, oq lozim va shippak yoki kafshdan iborat edi.
Sport sohasidagi atamalarni globallashuv jarayoniga ham tadbiq qiladigan bo‘lsak, vayronkor g‘oyalardan himoyalanishning eng samarali yo‘li ularga qarshi hujumga o‘tishdir. YA’ni, biz yot g‘oyalardan himoyalanish bilangina shug‘ullanmay, o‘z g‘oyalarimiz, an’analarimiz, turmush tarzimizni dunyoga yoyish uchun harakat ham qilishimiz zarur.
Tariximiz ilm-fan, din, san’at sohasida yurtimizda etishib chiqqan allomalar butun dunyoga dong taratganidan, demakki butundunyo ma’naviyatiga katta ta’sir o‘tkazganidan guvohlik beradi. Abu Nasr Forobiy jahon falsafasi rivojiga sezilardi hissa qo‘shgan bo‘lsa, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zamahshariy, Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek singari allomalarimiz jahon fanini yangi pog‘onalarga ko‘tarishdi. Ismoil Buxoriy, at Termiziy, Moturidiy, Abduxoliq g‘ijduvoniy, Bahovuddiy Naqshbandiy, Ahmad YAssaviylar esa, ²adis, kalom, fikh ilmlari va tasavvufda porloq yulduzlar hisoblanishadi. Amir Temur va Mirzo Boburning harbiy san’ati naqadar yuksakligini butun jahon e’tirof etadi.
SHo‘rolar davrida milliy qadriyatlarimizni dunyoga yoyish uyoqda tursin o‘z yurtimizda qadrlash uchun ham yo‘l berilmadi, ko‘pchilik qadriyatlarimiz esa toptaldi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin o‘sha toptalgan qadriyatlarimizni tiklash imkoniga ega bo‘ldik. Bundan tashqari milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish imkoniga ham ega bo‘ldik. o‘zbek milliy kurashini dunyoga yoyish bo‘yicha qilingan ishlar, dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida o‘zbek kurashi federatsiyalarining tuzilishi buning yaqqol misoli. Dunyo bugun o‘zbekistonni milliy-madaniy merosi, boy tarixi, tili, madaniyati, urf-odat va an’analarining umuminsoniy g‘oyalar bilan mujassamligi, san’at va arxitektura, fan va madaniyat sohasida erishayotgan yutuqlari orqali ham kashf etmoqda. Demak, biz globallashuv jarayonida passiv qabul qiluvi tomongina bo‘lmay, faol targ‘ib qiluvchilarga ham aylanishimiz mumkin.



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish