Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha prorektor


-mavzu: Globallashuv jarayonlarida millat va milliy



Download 0,71 Mb.
bet55/115
Sana11.03.2022
Hajmi0,71 Mb.
#490472
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   115
Bog'liq
МАЖМУА ГЛОБАЛЛАШУВ 2021

11-mavzu: Globallashuv jarayonlarida millat va milliy
o`zlikni ahglash masalalari.
Reja:



  1. Globallashuv sharoitida millat va milliy o’zlikni anglash masalalari.

  2. Demografik globallashuv, ma`naviyat va qadriyatlar.

  3. O’zbekistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiya davrida milliy o’zlikni anglash masalalari.

YUqorida “Globallashuv” tushunchasi, uning mazmun va mohiyati haqida batafsil fikr yuritgan edik. Endi “Millat” tushunchasi, mazmuni va uning globallashuv jarayonidagi rivojlanish tendensiyalari haqida fikr yuritishga harakat qilamiz.


Bugun “millat”ning “bo‘yi basti” va unga nisbatan fikrlarni ilgari surishdan oldin sobiq sovet davrida e’lon qilingan ilmiy adabiyotlarda (ular mafkuraviy manfaatlar nuqtai nazardan bo‘lishidan qatiy nazar) mavjud bo‘lgan ayrim ijobiy fikrlarni hisobga olmay turib, milliy rivojlanish, millalararo munosabatlarda yuzaga chiqqan yangi tendensiyalarni anglashga urinish samara bermaydi. CHunki, har qanday yangi g‘oyalar ham qanday bo‘lmasin mavjudlarini tahlil qilishni va o‘rganishni taqozo qiladi.
Ana shunday fikrdan kelib chiqiladigan bo‘lsa, eng avvalo “millat” tushunchasining paydo bo‘lishi va u to‘g‘risidagi munozaralarni tahlil qilish lozim bo‘ladi. “Millat” tushunchasi ustidagi bahs-munozaralar sobiq sovet adabiyotida 1966 yillarda boshlangan edi1. Adolat yuzasidan aytish kerakki, milliy masalaga bag‘ishlangan ko‘pgina jiddiy ilmiy izlanishlar bo‘lib, ularning ahamiyatini aslo inkor etib bo‘lmaydi, chunki bu tadqiqotlarning ayrimlarida asosli xulosalar mavjud. Eng muhimi ulardagi umumiy fikr-milliy rivojlanishning muammolarning mavjudligining e’tirof etilishidir. Lekin ular qog‘ozda qolib ketdi yoki “nazarga tushmadi”. SHu bilan birga ayrim ilmiy tadqiqotlarda milliy taraqqiyot va milliy masala “muammosiz” qilib ko‘rsatiladi. Milliy muammolarni hal qilishdagi “muvaffaqiyatlar” ko‘klarga ko‘tarilar, sotsializm sharoitida millatlar va elatlar o‘rtasida ziddiyatlar va nizolar “yo‘qligi” ko‘rsatilar edi. Tajriba milliy munosabatlar, ayniqsa o‘tmishda ezilib ketgan, zabun millatlar va elatlar erkin rivojlanish imkoniga ega bo‘lishi g‘oyat murakkab ekanligini ko‘rsatdi. Eski jamiyatdan qolgan “irsiy kasalliklarni” davolash juda uzoq davom etdi. Bu “kasallikni” davolashning nazariy konsepsiyasi ishlab chiqilmas va uni real hayotda tadbiq etilmas ekan jamiyat hamda davlat barqaror taraqqiy eta olmaydi va insoniyat hayotidagi dahshatli xavfni ham tugatib bo‘lmaydi. Bu xavf millatning mustaqil sub’ekt sifatida mavjudligi bilan emas, balki ularning o‘zgalar manfaatlarini hisobga olishni xoxlamasligi yoxud xukmronlik qilishga moyilligi bilan bog‘likdir. Nima bo‘lishdan qat’iy nazar millatning shakllanish jarayoniga ilmiy adabiyotlarda bir tomonlama qarab kelingan. Xususan, bu qarashlar zaminida marksizm-leninizmning millat to‘g‘risida yaratgan ta’limotlari turadi. K.Marks va F.Engels birgalikda yozgan “Kommunistik partiya manifesti” (1848 y.) asarlaridayoq “Burjuaziya ishlab chiqarish vositalarining, mulkning va aholining tarqoqligini borgan sari yo‘q qilmoqda. U aholining guj yashaydigan qildi, ishlab chiqarish vositalarini markazlashtirdi, mulkni ozgina odamlar ko‘liga to‘plab berdi. Buning muqarrar natijasi esa siyosiy jixatdan markazlashishi bo‘ladi. Manfaatlari, qonunlari, xukumatlari va tamojnya poshlinalari boshqa-boshqa bo‘lib, deyarli faqat ittifoqdoshlik munosabatlari bilangina bir-birlariga bog‘liq bo‘lgan xukumati bir, qonunchiligi bir, milliy sinfiy manfaati bir, tamojnya chegarasi bir bo‘lgan bir millat bo‘lib birlashdilar”2 – deb yozgan edilar. SHu asarning ikkinchi bir joyida “Bir individumni ikkinchi bir individum ekspluatatsiya qilish yo‘qola borgan sari, bir millatni ikkinchi bir millat ekspluatatsiya qilishi ham yo‘qola boradi.
Millatlar ichidagi sinfiy antogonizm yo‘qolishi bilan millatlar o‘rtasidagi dushmanlik munosabatlar ham tugaydi”3 deb ko‘rsatgan edilar.
Ko‘rinib turibdiki, ular millat shakllanishini kapitalizm jamiyatining vujudga kelishi bilan bog‘laydi va milliy qarama-qarshilik sababchisi sinflar o‘rtasidagi qarama-qarshilik deb ko‘rsatadi. YA’ni ular sinflarning barham topishi millatlarning turli manfaatlarga bo‘linishiga ham barham beradi, - deb hisoblaydilar.
Bu ta’limotdan agar jamiyatning sinflarga bo‘linishi bo‘lmaganda turli millatlarning ham shakllanmagan bo‘lur edi, degan mantiqiy xulosaning kelib chiqishiga olib keladi.
Millat shakllanishi masalasiga Lenin ham o‘z ustozlari ta’limotining davomchisi sifatida qaragan edi. U “Millat – bu o‘rta asr urug‘chiligining davomi emas. Millat ijtimoiy munosabatlarning tubdan o‘zgarishi millatgacha bo‘lgan kishilik birligi (elat, qabila)ning hayoti asosida paydo bo‘lgan “ijtimoiy taraqqiyotdagi burjua davrning muqarrar mahsuli va muqarrar formasidir””4 – deb yozgan edi.
Leninning fikricha ham millatning shakllanishida kapitalistik jamiyat asosiy “aybdor” hisoblanadi. Nazariyadagi kaltabinlik shundaki kapitalistik jamiyatdagi mavjud sinflarni yo‘q qilish, milliy zulmning ham yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi, - degan ta’limot marksizm-leninizmning milliy masala to‘g‘risidagi nazariyaning asosiy mag‘zini tashkil qilib kelgan. Xususan, Lenin shunday yozgan edi “Kapitalizm davrida milliy (va umuman siyosiy) zulmni yo‘q qilib bo‘lmaydi. Buning uchun sinflarni yo‘q qilish, ya’ni sotsializmni joriy qilish zarur”5.
Bu keltirilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, ularning takidlashicha millat ob’ektiv taraqqiyotning maxsuli emas, balki insoniyatning ashadiy “dushmani” bo‘lmish kapitalizmning maxsuli va qarama-qarshi sinflar yuzaga kelmasa millatning vujudga kelishiga “zaruriyat” ham tug‘ilmas emish. Ular tomonidan ishlab chiqilgan millat va milliy munosabatlardagi asosiy kamchiligi ham shunda bo‘lgan ediki, sinf millatdan ustun qo‘yilgan va milliy manfaatlarga bo‘ysundirilgan. Real hayotda esa, kapitalizm taraqqiy qilgan sari sinfiy qarama-qarshiliklar asta-sekinlik bilan barham topa boshladi, ammo milliy nizolar avj olib keldi. Ular shu tariqa istiqbolni ko‘ra olmadilar.
Eng achinarlisi shundaki, ularning izdoshlari ham o‘z ustozlarining "nazariyalarini" oxirgi xaqiqat shaklida qabul qildilar va tarixiy taraqqiyotning barcha bosqichlari uchun javob beradigan ta’limot deb qarab keldilar. Oqibatda real hayotda nazariya bilan amaliyot o‘rtasidagi masofa uzoqlashib boraveradi. Eng achinarlisi shundaki, marksizm-leninizmning izdoshlari o‘z asarlarida milliy taraqqiyotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni, milliy omil rolining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlarga ko‘rsatayotgan ta’siri kuchaygan sari millatlarni zo‘ravonlik yo‘li (pinhoniy) yaqinlashtirish konsepsiyalarini ilgari suraveradilar. Amalda esa millatlarning bir-birlaridan uzoqlashish tendensiyasi kuchaydi. 80-yillarning oxiri va 90-yillarning boshlarida sobiq sovet totalitarizmi va jahon sotsializmi tizimining qo‘lashida milliy omillarning qudratli ta’siri hamda jaxondagi ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda milliy munosabatlardagi qarama-qarshiliklarning kuchayishi jarayoni sodir bo‘ldi. Bu o‘z navbatida tadqiqodchilarning “millat” tushunchasi va u bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘rganishga qiziqishlarini kuchaytirib yubordi. Qizig‘i shundaki, jahonda milliy omil ustuvor darajaga ko‘tarilgan bir sharoitda ayrim tadqiqotchilar “g‘arbda va boshqa mamlakatlarda milliy masala so‘nib barmoqda”6 – deb yozgan bo‘lsa, rus olimi P.A.Sorokin, millat ijtimoiy borlik sifatida mavjud emas7 deb yozdi. YAna bir rus olimi V.A.Tishkov esa “Millat – bu siyosiy shior va safarbar qiluvchi vosita, ammo u ilmiy tushuncha emas….8 uning yashashga xuquqi yo‘q va u ilmiy tildan olib tashlanishi kerak”3 – deb davo qildi.
SHuning bilan birga millatning dunyoga kelishini yana o‘sha markscha ta’limot nuqtai nazardan qaraydiganlar bugun ham mavjuddir. Xususan, I.G.YAkovenko “Millat o‘rta asr yaxlitligining emirilishida yuzaga keladi…”9 – deb yozdi.
O‘zbek olimlaridan o‘z umrini milliy masalani bag‘ishlab kelgan ustoz olim Q.Xonazarov millatning birlik bo‘lib uyushishini ma’lum tarixiy davrlar bilan bog‘laydi. Ana shunga muvaffiq u “X-XX asrlar oralig‘ida xalqimiz 3 marta millat bo‘lib uyushib, XX asrning oxirgi X yilligidan boshlab to‘rtinchi marta eng yuksak darajadagi hozirgi zamon millat sifatida yuzaga chiqayotgani har birimizni mag‘rurlantirmasdan iloji yo‘q”10 – deb yozadi.
Bunday turli fikrlarning ilgari surilayotganligi bejiz emas albatta. CHunki “millat” tushunchasini ta’riflash qanchalik murakkab bo‘lsa, uning birlik bo‘lishi uchun shart bo‘lgan mezonlarni belgilash ham shu darajadagi eng murakkab masala hisoblanadi. Millat real insonlardan tashkil topgan, shu bois ular turli ichki his-xayajon, ruhiy salohiyatlarga egadir. Ularning darajalariga oxirga nutqani qo‘yishga intilishning o‘zi masalaga g‘ayri ilmiy yondashuvdan boshqa narsa emas. CHunki milliy jarayon uzliksiz, doimo xarakatdadir. Ana shunga muvofik bu erda to‘rtta muhim masalaga aniqlik kiritilishi taqazo etmoqda: birinchidan, millat real omil sifatida mavjudmi yoki yo‘qmi? Ikkinchidan, uning shakllanishida nima asosiy omil rolini o‘ynagan? Uchinchidan, etnoslar millat maqomini olishi uchun qanday mezonlar belgilanishi kerak? Va nihoyat “millat” yaxlitligini qanday omillar ta’minlaydi?
Avvalo, shuni ta’kidlash lozimki, millat real omil sifatida mavjuddir. Insonning mavduligi qanchalik haqiqat bo‘lsa, millatning realligi uchun har qanday shubha yo‘q. Insonlar ma’lum millatlarning vakillari hisoblanadi. Ular orqali millat yaxlitligi vujudga keladi. Millati bo‘lmagan inson o‘zligini yo‘qotgan mankurtdir. Millatning o‘lishi muqarrar ravishda insoniyat hayotining tugashini bildiradi. Millat mavjudligini inkor etish esa, tabiat va insoniyat go‘zalligini his qilib bilmasligini belgisidir.
Millat mavjud omil sifatida insoniyatni ertangi istiqbolga erishishga harakat qildirib turaveradi.
Agar millat shakllanishi to‘g‘risidagi ana shu mavjud fikrlarga chuqurroq yondoshadigan bo‘lsak, millatlarning dunyoga “kelishiga” asosiy sabab faqat ishlab chiqarish omili ekan degan hulosa kelib chiqadi. To‘g‘ri, ishlab chiqarish taraqqiyoti va ijtimoiy iqtisodiy omillarining rolini barcha rivojlanishning, shu jumladan millat asosiy negizi ekanligini inkor qilish mumkin emas. CHunki ularsiz taraqqiyotning, shu jumladan milliy taraqqiyot darajalarini ham tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ammo, xuddi mana shu joyda feodal yoki kapitalistik jamiyat vujudga kelmasdan avval ham millatning xususiyatlarini o‘zida namoyon etadigan ayrim belgilar yoki omillar mavjud bo‘lganmi? YOki faqat ana shu ijtimoiy, iqtisodiy tuzum millatning birlik bo‘lib shakllanishiga olib kelganmi? – degan savollar tug‘iladi.
Adabiyotlarda millatning shakllanishi odamlarning gala-gala (poda shalkida) bo‘lib yashashidan urug‘chilik, kabila, elat, xalqlar millat kabi birliklar darajasi tomon taraqqiy qilib kelganligi to‘g‘risida umumiy fikrlar bor. Lekin bu birliklarning mustaqil ravishda yuzaga kelishiga ularning turli xududlarga bo‘linib moddiy manfaatlar yuzasidan o‘zaro birlashishlari sabab qilib ko‘rsatiladi. O‘z navbatida ana shu moddiy zaruriyat ularning mustaqil (yagona) til, madaniyat (keng ma’noda) va yagona urf-odatlari shaklanishiga olib kelgan degan fikrlar ilgari surilgan.
Globallashuvning insonlar, millatlar, mamlakatlar va mintaqalarga o‘tkazayotgan salbiy ta’siri bugunning o‘zida yaqqol namayon bo‘lmoqda. U iqtisodiyoti yuksak taraqqiy qilgan yirik mamlakatning etakchiligini ta’minlashga, ularning kam taraqqiy qilgan yoki endi taraqqiyot yo‘liga kirayotgan mamlakatlar resurslarni qo‘lga kiritish imkoniyatini kuchaytirmoqda. Siyosat sohasida xuddi ana shu mamlakatlarning o‘zlarining demakratik qadriyatlarni ommalashtirishga xatto kuch ishlatish yo‘li bilan bo‘lsa ham millatlar, halqlar va mamlakatlar hayotiga joriy qilishdek mudxish amaliyotni qo‘llash imkoniyatini ham kengaytirmoqda. Bu jarayonning milliy-ma’naviy hayotga, ahloqiy qadriyatlar, urf-odat va an’analarning emirilishiga o‘tkazayotgan ta’siri ayniqsa shiddat bilan rivojlanmoqda. Bu salbiy jarayonning bugungi oqibatlarini Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq Bosh sekretari Kofe Anan shunday baholagan edi: “millionlab va millionlab fuqarolar o‘zlarining shaxsiy tajribalaridan shunga amin bo‘lmoqdalarki, globallashuv taqdirning mukofati emas, balki ularning moddiy farovonligini yoki ularning odatga aylanib qolgan turmush tarzini barbod qiluvchi kuchdir.81 Bu fikrning aytilganiga 9 yildan ortiq vaqt o‘tdi. Ammo, ana shu vaqt davomida bu jarayon to‘xtashi nari yoqda tursin, xatto susayotgani ham yo‘q, uning o‘ringa shiddat bilan rivojlanmoqda.
Globallashuv jarayonining taraqqiy qilgan mamlakatlarning iqtisodiy sohaga (gegemonligini ta’minlashga ko‘rsatayotgan ta’sirini garchand bu masala mavzumizning yo‘nalishiga kirmasa-da), o‘tkazyotgan ta’sirini quydagi fikrlar va raqamlarda ko‘rsatish mumkin. “G‘arb analiktiklari” XXI asrni qanday tasavvur etadilar? Kim bu asrda balni boshqaradi? Tabiyki, transmilliy korporatsiyalar kimning qo‘lida ko‘p bo‘lsa, o‘sha Demak, AQSH faktlarga murojaat qilamiz: 1998 yilda 200 ta eng katta transmilliy korporatsiyalardan 74 tasi AQSH bayrog‘i ostida bo‘lgan. SHunga o‘xshash korporsiyalar barcha tovar aylanmalarining 36,5 foizi ular hissasiga to‘g‘ri kelgan. Amerikaliklar barcha TMK birgalikda olganda eng ko‘p “ishlaganlar”. Ular 52,7 foiz foyda ko‘rganlar. Dunyodagi eng katta 50 kompaniyalarning 33 tasining shtat kvartirasi AQSH da joylashgan. Ular birjadagi barcha katta qiymatga ega bo‘lgan aksiyalarning 71, 8 foiziga egalik qiladilar. YAna bir jonli misol. Dunyodagi mavjud 201 katta sanoat va moliya kompaniyalarining 90 foizi AQSH, Angliya, Buyukbritaniya, Germaniya va Fransiya kabi besh mamlakat xissasiga to‘g‘ri keladi82
Bu ma’lumotlar er kurrasidagi milliy statistik xizmati va shuningdek BMT ning maxsus tashkiloti tomonidan to‘plangan va qudratli kompyuterlarda analiz qilingan. Ular analiz qilingan ma’lumotlarning bir qismigina xolos. Bu raqamlar jahonning taraqqiy qilgan mamlakatlarning naqadar shiddat bilan mavjud moddiy boyliklarga egalik qilinayotganligidan dalolat berib turibdi.
Bu erda quyidagi savolni qo‘yish mumkin. Nima bo‘libdi, taraqqiy qilgan mamlakatlar mavjud moddiy boyliklar yoki ishlab chiqarilayotgan maxsulotlardan kelayotgan daromadni asosiy qismini egallagan bo‘lsa? Ularning intellektual texnik, texnologik va iqtisodiy imkoniyatlari katta, shuning uchun ham bu jarayon tabiiy,-deb qarash kerak emasmi?
Agar bu faqat iqtisodiy sohasi bilan cheklansa, taraqqiy qilgan mamlakatlar kam taraqqqiy qilgan yoki endi taraqqiyot yo‘liga kirayotgan mamlakatlar bilan manfaatlar tengligi asosida munosabatlar olib borishganida va iqtisodiyot omili vositasida jahon xalqlari milliy-ma’naviyatlarini emirib, ular o‘rniga o‘zlarining madaniyat, ma’naviyat va turmush tarzlarini joriy qilishni etakchi tamoyilligi aylantirishni maqsad qilmaganlarida edi, yuqoridagi ma’lumotlardan havotirlanmasa ham bo‘lgan bo‘lur edi.
Afsuski, globallashuvning taraqqiy qilgan mamlakatlar iqtisodiyotning gullab-yashnashiga qo‘shayotgan hissasi zamini nixoyatda chuqur. Ular nazarimda quydagilardan iborat.
Birinchidan, Iqtisodiy omil har doim barcha boshqa omillarning taraqqiyoti va istiqbolini belgilab bergan. SHunday ekan agar TMK ning taraqqiy qilgan mamlakatlar qo‘lida to‘planishi shu darajada davom etadigan bo‘lsa, “XXI asrda barcha transmilliy korporatsiyalarni o‘z qo‘lida to‘plagan mamlakat boshqaradi”. Bu taraqqiy qilgan mamlakatning: a) jahondagi boshqa mamlakatlar ustidan iqtisodiy xukmronligining ta’minlanishiga olib keladi-degani; b) iqtisodiy xukimronlikka ega bo‘lgan mamlakatlarning jahon siyosatini belgilab beruvchi qudratli kuchga aylanishiga olib keladi va ularning “mayda”millatlar, halqlar va mamlakatlar turmush tarzini, millatlar, urf, odati, an’ana va qadriyatlariga zid bo‘lgan o‘zlarining “demakratik” qadriyatlarni singdirish imkoniyatlar kengaytirishga to‘la erishadilar -degani;
Ikkinchidan,taraqqiy qilgan mamlakatlarning o‘rtasida iqtisodiy ustunlikni qo‘lga kiritishi uchun o‘zaro kurashni yana xam kuchayib borishiga olib keladi. Bu nixoyatda xatarli “o‘yinga” aylanishi xavfi hozirdanoq ko‘zga tashlanmoqda. Uning xatarli tomoni shundaki, jafoni “o‘yinda” qatnashayotganlar emas, balki undan tashqarida bo‘lgan oddiy xalq, “mayda” mamlakatlar, halqlar va millatlar tortishi mumkin. CHunki, ular o‘rtasidagi “jang” o‘zlaridagi mavjud bo‘lgan moddiy boyliklar va resurslar uchun emas, balki kam taraqqiy qilgan yoki endi taraqqiyot yo‘liga kirayotgan mamlakatlarda mavjud bo‘lgan moddiy boyliklar va resurslarni qo‘lga kiritish uchun boradi. Bu “jang” bugun kam taraqqiy qilgan yoki endi taraqqiy yo‘liga kirayotgan mamlakatlarga; a) gumanitar yordam ko‘rsatish; b) iqtisodiyotini g‘arazli niyatida o‘zlarining invistiyalariga bog‘lab qo‘yish; g) bu mamlakatlarni yovuz kuchlardan “ximoya” qilish bahonasida o‘z qurolli kuchlarini joylashtirish ko‘rinishlarida sodir bo‘lmoqda.
YUqoridagilar garchand ko‘rinishidan o‘sha mamlakatlar taraqqiyoti uchun o‘ta zarur. Lekin, ayni paytda o‘z xukumronligini o‘rnatishning eng “beozar” uslubi ham hisoblanadi. Aslida ana shu uslub va tadbirlarni amalga oshirayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi “jang”ning avj olayotganligi yangi global muammoni keltirib chiqarayotganligi bugun yaqqol namoyon bo‘lmoqda; Ana shu xavfning oldi olinmas ekan, jahon miqyosida shundoq ham xatarli bo‘lib turgan vaziyatning yana ham avj olishi kuchayib boradi.
Uchinchidan, “Globallashuv”ni o‘zining qamrovi, kuch-qudrati iqtisod vositasi bilan millatni o‘z domiga tortayotgan ummonga o‘hshatish mumkin. Uning iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy hayot, davlatlararo munosabatlarga o‘tkazayotgan ta’sirlari qatorida millatning o‘zligidan mahrum bo‘lishiga o‘tkazayotgan ta’siri dahshatli tus olmoqda. Intellektual salohiyati va iqtisodiy imkoniyatlari yuksak rivojlangan mamlakatlar, ana shu “ummon”ning yaratuvchilari va egalari hisoblanadi. Ular kam taraqqiy qilgan mamlakatlar xalqlarini osongina ana shu “ummon”ga tortishga erishmoqdalar. Bu ummonga millatlarning o‘ziga xosligi, ularning urf-odat, an’ana, qadriyatlari “g‘arq” bo‘lib ketish xavfi kuchayotganligi bugunning o‘zida sezilmoqda.
Bu “Ummonning” xususiyati shundaki, uni yuksak taraqqiyotga erishmagan bironta millat va xalqning chetlab o‘tishning imkoniyati yo‘q. CHunki, bu jarayonda barcha uchun umumiy bo‘lgan iqtisodiy omilni ishga solish va uni kim baquvvat bo‘lsa o‘sha o‘z manfaatiga yo‘naltirishning uddasidan chiqmoqda. Bu “ummon”ning xatarli tomoni shundaki, u iqtisod omili, zamonaviy ommaviy informatsiya vositalari, televideniya, kompyuter, internet, uyali telefon va boshqa vositalari insonlar, ayniqsa yoshlarning milliy ongi, tafakkuri va dunyoqarashini o‘zgartirib yubormoqda. Taraqqiy qilgan mamlakatlar xuddi ana shu imkoniyat va vositalar yordamida jahon xalqlari ongi, dunyoqarashi va turmush tarzini bir qolipga solishni o‘zlari shakllantirayotgan “ommaviy” madaniyatni singdirishni madaniyat va ma’naviyatni rivojlantirishning bosh strategik siyosatiga aylantirayotganligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Bugun dunyoning milliy “Qiyofasi” rang-barang bo‘lib, u insonlarning milliy o‘zligini anglash jarayonining rivojlanishi bilan uyg‘un xolatda takomillanib bormoqda. Insonlarning aql-zakovati o‘sib, moddiy sharoitlarni yaxshilab borishi ularning milliy o‘zligini anglashga bo‘lgan intilishida ham o‘zining ta’sirini o‘tkazmoqda.Albatta, bu erda gap milliy o‘zlikni anglash jarayonini moddiy ehtiyojlarning qondirilishiga bog‘lab qo‘yish haqida ketayotgani yo‘q , balki uning bu jarayondagi muhim omil ekanligi haqida ketmoqda. Zero moddiy ehtiyojlarni qondirishga qarqtiladigan har qanday xarakatlar zaminida insonning yashash, va hayot kechirish maqsadlari turadi. Agar u ma’naviyat bilan uyg‘unlashmas ekan insonning boshqa tirik mavjudodlardan farqi ham qolmagan bo‘lur edi. SHu ma’noda moddiy ehtiyojlar qanchalik muhim bo‘lmasin, u ma’naviyat bilan uyg‘unlashgan xolatdagina inson “insoniyatlik” qiyofasida ega bo‘ladi. Insonning “insoniyatlik” qiyofasining muhim belgilari qatorida, uning ma’lum millatga mansubligini his etish, uning ruhiyati, g‘ururi iftihorini o‘z qalbi dunyoqarashida mujassam etishi ham turadi. Bunday ruhiyatga ega bo‘lmagan inson ma’naviy qashshoq va intellektual jihatdan manqurtdir.
SHu mezonlardan kelib chiqiladigan bo‘lsak, millatning shakllanishi rivojlanishi va bugungi kun takomillashuvi insonlarning nafaqat moddiy sharoitlarining taraqqiyoti bilan, uning ta’sirida yuksaklikka ko‘tarilgan ma’naviyatning inikosi sifatida namayon bo‘layotganligini ko‘rishimiz mumkin. Insonning ma’lum millatga mansubligini anglashi ana shu ma’naviyatning tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Bugun insonlar ma’naviyatidagi milliy “menlik”ka intilish ustvor ahamiyat kasb etmoqda.
“Millatparvarlikda” maqolda. Olamda turli xil millatlar mavjud. Avvalo ulardan har birining o‘ziga xosligi va “Men” boshqa bironta millatda aynan takrorlanmaydi. SHuning uchun ham har bir millat ana shu “Men”ni rivojlantirishga va o‘zgalarda ustunroq bo‘lishga intiladi. Ikkinchidan milliy turli-tumanlik odamzodga huzur baxsh etadi. CHunki, inson ruhiyatidagi o‘zi uchun notanish bo‘lgan har qanday narsati bilib olish, maqbul tomonlarini o‘zlashtirishga intilish uni barkamollikka olib boradi.
Uchinchidan, agar er yuzidagi barcha insonlar bir tilda so‘zlashadigan bo‘lsa, bir xil urf-odatlar, an’analarga, qadriyatlarga, dinga e’tiqod qiladigan yoxud oila, farzand tarbiyasi, maishiy hayot va boshqa bir qator moddiy hamda ma’naviy omillarni o‘zlarida bir xil ko‘rinishda aks etiradigan bo‘lsa, ularning bir-birlariga talpinib yashashga, birining ikkinchisiga qaraganda yuksak taraqqiyotga erishishga intilishlariga, “o‘zinikini” o‘zganikidan boyroq va go‘zalroq qilishga, o‘zida bo‘lmagan qirralari va go‘zalliklarini o‘zganikidan “olish”ga intilib yashash kabi butun jahon go‘zaligining shakllantirishi jarayonlariga ehtiyoj ham qolmagan bo‘lur edi.
Xullas, milliy turli-tumanlik ham umuminsoniy qadriyat. Millatlardagi go‘zallikni sezmaslik, ularni “qo‘shib” yuborish siyosatini olib borish ma’naviy qashshoqlik, go‘zallikka nisbatan johillik va umuminsoniy qadriyatni poymol qilishdir. SHo‘rolar tanazzulining bosh sababi ham shunday bo‘lsa kerak.
Dunyoda mavjud bo‘lgan, hatto son jihatdan eng kichik bo‘lgan bir millatning “yo‘q” bo‘lib ketishi ham olamga kuch-qudrat va ilhom bahsh etayotgan go‘zallika ziyon keltiradi. SHu ma’noda milliy o‘ziga xoslikni rivojlantirish, har bir millatda mavjud bo‘lgan zahiralarning yuzaga chiqarish umuminsoniy salohiyatning yuksalib borishiga xizmat qiladi. Ammo dunyo miqyosida bu jarayonlar juda murakkab kechadi. CHunki XX asr oxiri XXI asr boshida milliy uyg‘onish jarayonlarining yangi bosqichi yuzaga keldi. Buning asosiy omili inson erkinliklarining ta’minlanishida sodir bo‘layotgan imkoniyatlarning kengashi va uning intellektual salohiyatining o‘sib borayotganligi hisoblanadi. U milliy “uyg‘onish” jarayonini shiddat bilan o‘sib borishiga o‘zining ta’sirini ko‘rsatdi. Buni biz, ayniqsa, millatlarda o‘zlikni anglashning o‘sib borayotganligi natijasida har bir millatning, son jihatdan kattami yoki kichikmi, qat’iy nazar, o‘z zaminiga intilish, ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqarish moyillikning kuchayayotganligida ko‘ramiz. Ta’kidlash joizki, kam bo‘lsa-da, bu tadiiy jarayonni tan olmaslik, bir millatni ikkinchisiga qarama-qarshi qo‘yishga intilish hollari ham, afsuski, mavjud.
Ayniqsa, ana shu ikkinchi holat XXI asrda insoniyat xavsizligiga tahdid solayotgan eng xatarli omil sifatida namoyon bo‘layotganligini alohida ta’kidlash lozim bo‘ladi. CHunki, bugungi kunga kelib aytish mumkinki, hatto eng qashshoq millat ham qandaydir moddiy manfaatdorlik evaziga o‘zining o‘zgalarga qaram bo‘lishiga rozi bo‘lmasligi aksiomaga aylandi. Demakki, u yoki bu millatni qaram qilishga intilish, albatta, jahonda beqarorlik vujudga kelishiga, manffatlar to‘qnashuviga, oxir-oqibat qon to‘kilishlariga olib keladi. Bu xatarli jarayonning oldini olish bugungi kunda insoniyat oldida turgan eng dolzarb vazifalardan.
Millat, uning qadr-qimmati, or-nomusi, g‘ururi muqaddas hisoblanadi. CHunki millat real shaxslar orqali namoyon bo‘ladi. U til, urf-odat, an’analar, qadriyatlar o‘zlikni anglash ruhiyati umumiy bo‘lgan shaxslar majmuidan iborat. Agar ayrim shaxsning or-nomusi, g‘ururi, qadr-qimmati uning o‘zi bilangina bog‘liq bo‘lsa, millat sha’ni uni tashkil etadigan shahslar bilan bog‘liq bo‘ladi. Millatning ma’naviy-ruhiy qudrati va salohiyati, uni tashkil qilgan shaxslar sonining ko‘pligi bilan emas, millat ichidagi millatparvarlar salmog‘i bilan belgilanadi. CHunki, son jihatdan katta bo‘lmagan millatlar o‘zlarining ma’naviy imkoniyatlari bilan umuminsoniy taraqqiyotga ulkat hissa qo‘shishlari insoniyat tarixida ko‘p bor takrorlanganligini ko‘rish mumkin. Hatto, muayyan millat ichidan etishib chiqqan sanoqli insonlar ham o‘z millati ulug‘ligini ta’minlashi mumkin.
Millat- til, ma’naviyat, milliy o‘zlikni anglash ruhiyati, urf-odatlar, an’analar umumiyligi asosida muayyan hududda yashovchi, o‘ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi kishilarning etnik birligidir.
Jahonda 3 mingga yaqin millat va etnik guruh mavjud. Ular 5,5 ming tilda so‘zlashadilar. AQSHda 140 ga yaqin, Rossiyada 130 dan ziyod, Qanadada 60 dan ortiq, O‘zbekistonda136 ta, Afg‘onistonda esa 60 ga yaqin millat va elat vakillari istiqomat qiladi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish