143
BLITS-O’YIN METODI
BLITS-O’YIN metodi tinglovchilarni harakatlar ketma-ketligini to’g’ri
tashkil etishga,
mantiqiy fikrlashga, o’rganayotgan fani asosida ko’p, xilma-xil
fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o’rgatishga, shuningdek tez
va to’g’ri fikrlash qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan.
Ushbu metodda tinglovchilar o’rganilgan butun mavzu yoki uning ma’lum
qismining asosiy tushunchalari va tayanch iboralari bo’yicha tuzilgan savollarga
javob (og’zaki, yozma, biror jadval yoki diagramma ko’rinishida) berishlari lozim
bo’ladi.
«BLITS–O’YIN» metodini qo’llash qoidalari:
– o’qituvchi ushbu metod bir necha bosqichda o’tkazilishi haqida
tinglovchilarga tushuncha beradi. Har bosqichdagi vazifani baja-rishga aniq vaqt
berilishi, tinglovchilar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari
kerakligi haqida
ularni ogohlantiradi;
– o’qituvchi hamma tinglovchilarga (alohida-alohida) tarqatma material
beradi va tinglovchilardan ushbu materialni sinchiklab o’rganishlarini so’raydi;
– o’qituvchi tarqatma materialning mazmunini va bajariladigan vazifani
tushuntiradi, ya’ni tarqatma materialda berilgan 20 ta harakatning ketma-ketligini
to’g’ri
belgilash kerakligi, belgini esa qog’ozda alohida ajratilgan bo’limga
raqamlar bilan belgilash kerakligini tushuntiradi;
– qo’yilgan vazifa avval yakka tartibda bajarilishini aytadi;
– o’qituvchi birinchi berilgan vazifani har bir tinglovchi tomonidan yakka
tartibda bajarilishini kuzatadi, qiynalganlarga
yordam beradi yoki qaytadan
tushuntiradi;
– har bir tinglovchi tarqatma materialdagi «ShF» bo’limiga shu erda
berilgan harakatlardan o’zining shaxsiy fikri asosida manti-qiy ketma-ketligini
raqamlar bilan belgilab chiqadi (ya’ni beril-gan 20 ta harakatdan, uning fikricha
qaysi biri, birinchi bo’lishi, qaysi biri esa ikkinchi bo’lishini va hokazo). Bu
vazifani bajarish-ga 20 daqiqa vaqt beradi;
– o’qituvchi tinglovchilardan 4 kishidan iborat
kichik guruhlar tashkil
etishlarini so’raydi. Ushbu guruhlar tinglovchilarning xohishlariga qarab yoki
raqamlar bo’yicha tashkil etilishi mumkin;
– kichik guruhlardagi tinglovchilarning har biri o’z qog’ozidagi «ShF»
bo’limida belgilangan harakatlar ketma-ketligi bilan
bir-birlarini tanishtiradilar,
keyin 4 kishida to’rt xil bo’lgan ketma-ketlikni birgalashib, bir-birlari bilan
tortishib,
bahslashib, bir-birlariga ta’sir o’tkazib, o’z fikrlariga ishontirib,
kelishgan holda bir fikrga kelib, ularga tarqatilgan qog’ozdagi «GF» bo’limiga
raqamlar bilan belgilab chiqadilar;
– o’qituvchi kichik guruhdagi tortishuvlarda ishtirok etmaydi, faqat kichik
144
guruhlar va har bir tinglovchi faoliyatini kuzatadi. Bu vazifani bajarish uchun 10
daqiqagacha
vaqt beriladi;
– barcha kichik guruhlar o’z ishlarini tugatgach, o’qituvchi harakatlar
ketma-ketligi bo’yicha to’g’ri
javobni beradi, ya’ni tinglovchilardan ularga
tarqatilgan qog’ozlardan «TF» bo’limini topishi va unga o’qituvchi tomonidan
aytilgan harakatlar ketma-ketligining raqamlarini yozishni so’raydi;
– o’qituvchi tinglovchilardan «TF» bo’limida
berilgan raqamlar bilan
«ShF» bo’limida belgilangan raqamlarni solishtirishni hamda «TF» bo’limida
berilgan raqamlarga to’g’ri kelmagan qator-larga «ShX» bo’limiga belgi
qo’yishni so’raydi;
– shu tartibda «TF» va «GF» bo’limlari solishtiriladi hamda «TF»
bo’limida berilgan raqamlarga to’g’ri kelmagan qatorlarga «GX» bo’limiga belgi
qo’yiladi;
– o’qituvchi shaxsiy va guruh xatolarining umumiy miqdori (soni) bo’yicha
tushuncha berib, ularni alohida-alohida sharhlab beradi;
– tinglovchilarning javoblari o’qituvchi tomonidan berilgan «TF»ning 11–
14 tasiga to’g’ri kelsa (55–70%) «qoniqarli», 15–18 tasiga to’g’ri kelsa (71–85%)
«yaxshi», 19–20 tasiga to’g’ri kelsa (90– 100%) «a’lo» deb belgilash mumkin.
Guruh bahosi ham shu tartibda aniqlanadi.
Tarqatma materialning taxminiy nusxasi:
Do'stlaringiz bilan baham: