Maqsad va vazifaning belgilanishi:
(2.2-ilova)
Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi.
yANGI Mavzu: Yarim o‘tkazgichli materiallar
Reja:
. 1. Materiallarning elektr va magnit xossalariga ko‘ra sinflanishi
2. Yarim o‘tkazgich materiallar va ulardagi o‘tkazuvchanlik xossalari
3. Eng muhim yarimo‘tkazgichlarning xossalari
O’quvchilar faoliyatini faollashtirish:
(2.3-ilova)
Tezkor so’rov usuli orqali bilimlarni faollashtiradi.
Tezkor so’rov uchun savollar
Yarim o’tkazgichli asboblar deb nimaga aytiladi?
Yarim o’tkazgichli diod nima?
Tunel diodlari nima?
Yangi o’quv materiali bayoni:
(2.4-ilova)
Nazariy darsning asosi bayon qilinadi.
Materiallar o‘zaro bir-biridan fizik hamda kimyoviy xususiyatlari bilan farq qiladi. Elektron texnikasida ishlatiladigan materiallar 3 qismga bo‘linadi:
1. Elektrontexnik
2. Konstruksion
3. Maxsus materiallar
Elektrontexnika materiallari bu elektr va magnit maydonida ma’lum bir xususiyati bilan tavsiflanadi, bular amaliyotda elektr va magnit maydon ta’siri berilishiga qarab qo‘llaniladi.
Elektrontexnik materiallar magnit maydonida 2 guruhga bo‘linadi: kuchli va kuchsiz magnit materiallar.
Elektr maydonida ular 3 guruhga bo‘linadi:
1. O‘tkazgichlar.
2. Yarimo‘tkazgichlar.
3. Dielektriklar.
Metallar - bu materiallarning xona haroratida solishtirma o‘tkazuvchanligi σ =10-6 ÷ 10-4 (Om ∙sm) ni tashkil etadi.
Yarim o‘tkazgich materiallar – solishtirma o‘tkazuvchanligi xona haroratida σ =10-4 ÷ 1010 (Om∙sm) ni tashkil etib, ularning elekrofizik xossasi metallardan farqli holda tashqi ta’sirga: yorug‘lik, bosim, elektr maydon hamda haroratga juda ta’sirchan bo‘ladi.
Dielektrik materiallar - bu odatda solishtirma o‘tkazuvchanligi juda kichik bo‘lib, b = 1010 ÷ 1015 (Om ∙ cm) bo‘lgan va elektr xususiyati qutblangan qonuniyatiga bo‘ysunuvchi material hisoblanadi.
O‘tkazuvchan material deb - elektr o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan materiallarga aytiladi. Ularni texnikada qo‘llanilishiga sabab, normal haroratda juda yuqori solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikka egaligidir.
Yarim o‘tkazgich materiallar deb – o‘tkazuvchan va o‘tkazmaydigan (dielektrik) materiallar oralig‘idagi materiallarga aytiladi.
Bularni boshqa materiallardan farqi solishtirma o‘tkazuvchanligi tok tashuvchilarning konsentrasiyasiga hamda tashqi energetik xolatiga, haroratga va yorug‘likka bog‘liqligidir.
Dielektrik materiallar deb - elektr xususiyati qutblanishga bo‘ysinuvchi va solishtirma o‘tkazuvchanligi juda kichik bo‘lgan materiallarga aytiladi. Dielektrik materiallar 2 turga bo‘linadi:
1. Passiv
2. Aktiv (faol).
Passiv dielektrik materiallar ko‘pincha elektro - izolyasiya sifatida qo‘llaniladi. Bunga misol qilib, oddiy kondensatorni olish mumkin. Aktiv dielektriklar ko‘pincha lazer texnikasida qo‘llaniladi. O‘tkazuvchan materiallarning solishtirma qarshiligi <10-5 Om∙m dielektrik materiallar qarshiligi esa <10 8 Om∙m.
Kristall va amorf materiallar.
Qattiq jismlar tuzilishi, tarkibi, ularni tashkil etgan zarralari orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlari, mexanik, elektr, magnit, optik va boshqa xossalari jihatidan turli guruhlarga bo‘linadi. Masalan, elektr xossalari bo‘yicha qattiq jismlar yaxshi o‘tkazgichlar (metallar), yarim o‘tkazgichlar (bu atamani qo‘shib yozsa ham bo‘ladi), dielektriklar guruhlarini tashkil qiladi. Magnit xossalari jihatidan esa diamagnit, paramagnit, ferromagnit, antiferromagnit va ferritlar deb ataladigan qattiq jismlar turlari mavjud.
Qattiq jismlarning ayrim muxim xossalari hamda ularni tavsiflaydigan asosiy tushunchalar to‘g‘risida ma’lumot beramiz.
Qattiq jismlar ularni tashkil qilgan zarralarning joylashish tartibiga asoslanib kristall va amorf jismlar guruhlariga ajraladi. Amorf jismlarni (masalan, shishani) tashkil qilgan atomlar (ionlar, molekulalar)ning joylashishida qat’iy bir tartib yo‘q. Bundan ularning fazalarini o‘zgartirishida (masalan suyuqlanishida) qat’iy o‘tish nuqtalari (suyuqlanish haroratlari) mavjud bo‘lmasligi kelib chiqadi: amorf jismlar bir holatdan ikkinchi holatga uzluksiz o‘tib boradi. Ammo, kristall jismlarni tashkil qilgan atom (ion, molekula)lar joylashishida muayyan tartib mavjud: ma’lum yo‘nalishlarda har qanday ikki qo‘shni atom oralig‘i bir xil. Shuning uchun ham kristall holatdagi qattiq jismlarning fazalarini o‘zgarishi (suyuqlanish, qotish va hakozo) qat’iy muayyan haroratda va bosimda sodir bo‘ladi.
Modda qattiq holatda - kristall yoki amorf shaklda bo‘lishi mumkin.
Kristallar doimiy shaklga ega, amorf jismlar esa doimiy shaklga ega emas, bu ularning nomlanishidan ham kelib chiqadi, «amorf» grekcha so‘z bo‘lib, «shaklsiz» degan ma’noni anglatadi. Kristall moddalar bitta yaxlit kristalldan (monokristall) va juda ko‘p «o‘sgan» kristallchalar (polikristallar) dan iborat bo‘lishi mumkin. Masalan, barcha temir buyumlar polikristall temir bo‘laklaridan tayyorlangan. Amorf moddalarga misol qilib, shishani olish mumkin.
Bir moddaning o‘zi termodinamik sharoitga bog‘liq ravishda kristall yoki amorf holatida bo‘lishi mumkin. Masalan: oltingugurt kristall shaklda (sariq rangda) va amorf (plastik oltingugurt –to‘q qo‘ng‘ir rangda) bo‘ladi.
10>
Do'stlaringiz bilan baham: |